ch
Feedback
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram

🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
180 798
订阅者
-51624 小时
+16 7717
+25 63330
帖子存档
00:40
视频不可用在 Telegram 中显示
🌍 Darsda o‘rgangan bilimlaringizni haqiqiy xalqaro amaliyotga aylantirishga nima deysiz? Bizning Osiyo Xalqaro Universiteti iste’dodli talabalaridan biri yaqinda xalqaro amaliyotdan o‘tdi va nazariy bilimlarni amaliy tajribaga aylantirdi.
Ushbu amaliyot davomida: 🔘Global muhitda o‘zining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdi; 🔘Xalqaro sohaga oid mutaxassislar bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi; 🔘Yangi dunyoqarash va o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ko‘proq yutuqlarga erishishga tayyor holda qaytdi.
🚀 Osiyo Xalqaro Universiteti har bir talabaga chegara cheklovlari yo‘q imkoniyatlar yaratadi va ularni haqiqiy global mutaxassisga aylantiradi. Agar siz ham chet elda o‘qishni, xalqaro tajriba orttirishni va dunyo miqyosida o‘z kelajagingizni qurishni orzu qilsangiz, Osiyo Xalqaro Universitetiga hujjat topshiring! 🌍 What’s it like to turn classroom lessons into real-world international experience? One of our talented AIU students has recently completed an international internship, turning knowledge into real experience.
During this program, the student: 🔘 Gained practical skills in a global environment; 🔘 Worked side by side with international experts; 🔘 Returned with new perspectives and confidence to achieve even more.
🚀At Asia International University, every student is given the chance to go beyond borders and grow as a true global professional. Do you also dream of studying abroad, gaining global experience, and building your future on an international level? Apply to Asia International University Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
amaliyotchi talaba(2)-video-export-2025-09-15T06-19-20.381Z.mp460.09 MB
14
⚡️Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi Hukumat qarori (578-son, 13.09.2025-y.) bilan “Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. 🔰 Nizomga ko'ra, oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o'qishga qabul qilinadi: 🔹 Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha davlat granti, jumladan, ta'lim granti asosida; 🔹 O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida. ✅ Kirish imtihonlari 2 bo'limdan iborat bo'ladi: ➖ 1-bo'lim – barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O'zbekiston tarixidan test sinovlari; ➖ 2-bo'lim – abiturient tanlagan bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta'lim yo'nalishiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar. 📜 Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi: ▪️ 1-bosqichda 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududi; ▪️ 2-bosqichda test sinovi yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta'lim tashkiloti, bakalavriat ta'lim yo'nalishi, ta'lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi. ⏳ Abiturientning test sinovida to'plagan ballari haqida ma'lumot test sinovi o'tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilinadi. ❇️ Abiturientning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo'yicha tanlov natijasi ro'yxatdan o'tishning 2-bosqichi yakunlangach, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. ✅ @talimuz
显示全部...
52👍 9🔥 6 1💯 1
⚡️Dunyo universitetlari Isroil ta’lim muassasalarini boykot qilmoqda G‘azo urushi sababli dunyo bo‘ylab ko‘plab universitet va ilmiy tashkilotlar Isroil akademik muassasalari bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda. Bunga Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlarida akademik doiralar ham aybdor degan e’tiroz sabab bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda Braziliya, Norvegiya, Belgiya, Ispaniya va Irlandiyadagi nufuzli oliygohlar Isroil universitetlari bilan ilmiy tadbir va dasturlarni bekor qilgan. Amsterdam universiteti Quddusdagi Yahudiy universiteti bilan talabalar almashinuvini to‘xtatgan. Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi faollar Isroil akademiyasi davlat siyosatini quvvatlayotganini aytib, universitetlarni hamkorlikdan voz kechishga chaqirmoqda. Biroq Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya oliygohlari esa akademik boykotga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, bu ilmiy erkinlikka ziddir. Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi Isroilni ilmiy hamkorlik dasturlaridan (Horizon Europe) qisman chiqarishni taklif qilgan. Bu Isroil ilm-faniga ajratilayotgan yirik mablag‘larning kamayishiga olib kelishi mumkin. Yahudiy tadqiqotchilar orasida brain drain — ya’ni ilmiy kadrlarning mamlakatni tashlab chiqib ketishi xavfi ortib bormoqda. Britaniyadagi falastinlik jarroh, Glazgoning sobiq rektori G‘asson Abu-Sitta vaziyatga quyidagicha munosabat bildirmoqda:
“Akademik boykot Isroil hukumatini to‘xtatishga majbur qiluvchi kuchli vosita bo‘lishi mumkin”.
Akademik boykot kampaniyasi vakillaridan biri Stefani Adamning aytishicha, yahudiy  institutlari mamlakat olib borayotgan harbiy okkupatsiya rejimi va genotsidida sherik hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida, G‘azoda 2023-yil oktyabr oyidan beri 64 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligini tinch aholi tashkil etadi. BMT ekspertlari esa mintaqada antropogen — inson qo‘li bilan yaratilgan ocharchilik yuzaga kelganini ta’kidlamoqda. ✅ @talimuz
显示全部...
🔥 88 43👍 22👎 4🫡 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga! Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi. ✅ @talimuz
显示全部...
26👍 7🔥 5👏 3
02:54
视频不可用在 Telegram 中显示
❓Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? Endi testlar bekor bo’ladimi? ✅ Yagona davlat imtihoni g‘oyasi haqiqatdan bor, dastlab bu haqda 2020-yilda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. ❗️Mazkur tizimni taxminan 2028-yildan keyin joriy etilishi rejalashtirilgan (agar ulgurishsa). Ya’ni kelasi yildan bo’lar ekan, deb vahima qilish shartmas. 📝 Yagona davlat imtihoni (YDI) nima? • 11-sinf yakunida topshiriladigan davlat attestatsiyasi boshqa tizimlar bilan birlashtiriladi; • O’quvchilar maktabni bitirayotganda topshirgan imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • YDI o’z navbatida Milliy sertifikat o‘rnini ham bosadi. 🔹 Bundan nima maqsad ko’zlangan? • Abituriyentlarni ortiqcha ovoragarchilikdan qutqarish (maktab imtihoni, sertifikat va alohida kirish testlari o‘rniga bitta imtihon); • Faqat yodlashga emas, balki fikrlash, esse (insho) yozish, matnni tushunish, mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ham e’tibor qaratish. Chunki hozir kirish imtihonidagi yopiq test formatidagi (4 ta variantli) testlar asosan xotiraga yo’naltirilgan xolos, fikrlashga emas. 🔸 Tartibi qanday bo‘ladi? • Imtihonlar Bilimlarni baholash agentligining hududlardagi maxsus katta pavilyonlarida, kompyuter orqali topshiriladi; • Har bir maktab bitiruvchilari grafik asosida navbatma-navbat imtihon topshirib chiqadi. Shu bitta imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • Bu hali taxminiy tartiblarga takliflar xolos, aniq qaror yoki rasmiy hujjat yo’q. Tartibi tasdiqlangandan keyin, aniqroq va batafsilroq nimadir aytish mumkin. ❗️Xulosa: bu o‘zgarishlar yaqin yillarda bo’ladi degani emas. Tizimdan maqsad — ovoragarchilikka barham berib, yoshlarni shablondan chiqarib, ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
显示全部...
IMG_5515.MP434.54 MB
32👍 19💯 7👎 1😐 1
00:32
视频不可用在 Telegram 中显示
🎓 OXUda ta’lim — zamonaviy sharoitlarda, yuqori darajada tashkil etilgan jarayon! Bizning auditoriyalarimizda o‘quv mashg‘ulotlari xalqaro standartlarga mos ravishda olib boriladi. Zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or metodlar va erkin muhit — bularning barchasi sizning muvaffaqiyat sari dadil odimlashingiz uchun yaratilgan. 🚀OXU talabalari nafaqat bilim egallaydilar, balki o‘z kelajaklarini barpo etadilar. Chunki bu yerda ta’lim — bu shunchaki dars emas, balki hayotingizdagi eng katta imkoniyatdir 🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz 📞 Biz bilan bog'lanish: +998553050009 🔗 rus/english Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
IMG_3430.MP425.34 MB
18🔥 1🥰 1
🇨🇳 Endilikda Respublikamizdagi oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘rgatiladi Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi. Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi. Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi. ✅ @talimuz
显示全部...
👎 51 41😭 22👍 16🔥 4😁 2🥰 1
❗️Oliy ta’lim vazirining barcha o’rinbosarlari lavozimidan ozod etildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi. Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. ✅ @talimuz
显示全部...
😁 23 16👍 15🥰 4🔥 2
00:53
视频不可用在 Telegram 中显示
🌍 O‘zbekistonda tahsil olib, dunyo bilan raqobat qila oladigan mutaxassis bo‘lish imkoniyati endi sizga yaqin. OXU nafaqat sifatli ta’lim, balki xalqaro qo‘shma dasturlar, xorijiy professorlar va amaliyot imkoniyatlari orqali talabalarga mustahkam poydevor yaratadi. OXUda sizni kutayotgan imkoniyatlar: ✅ 90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari 10 mln boshlanadigan kontrakt narxlari AQSh bilan qo‘shma dastur va ko‘plab xorijiy hamkorliklar Rektor stipendiyalari va grant dasturlari Xorijiy amaliyot Simulyatsion markaz, laboratoriyalar, farmatsevtika mini-zavodi va klinik baza 5 ta kampus, tez orada Xorazmda ham yangi filial Har yili ortib borayotgan xorijlik talabalar safi
✈️ Universitetning talabalari chet elda amaliyot o‘tash orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini xalqaro tajriba bilan boyitdilar.
👉Siz ham xalqaro amaliyot va keng imkoniyatlarga ega bo‘lishni istasangiz, bugunoq hujjat topshiring va OXU talabasi bo‘ling! Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz Biz bilan bog'lanish: +998553050009
显示全部...
0721 (2)-copy-copy-copy-copy(1).mp4105.85 MB
12🤝 3👍 2🔥 1🤨 1
⚡️Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Unga ko‘ra, joriy o‘quv yilidan boshlab, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda. Stipendiya bakalavriatning 3-4-kurslari uchun bo‘ladi, yoshlarni o‘qish va ilmiy izlanishlarga undaydi. Yig‘ilishda fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tartiblari takomillashtiriladi. Jumladan, doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi. Fanlar akademiyasining respublikada istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy ishlanma natijalarini amaliyotga tatbiq etishdagi o‘rni kuchaytiriladi. ✅ @talimuz
显示全部...
24👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🗺 Toshkent metro xaritasi. Saqlab oling, albatta foydasi tegadi. ✅ @talimuz
显示全部...
🔥 43👍 26👎 12 10😁 10
Yaponiya sari qadam tashlashga hali imkon bor ! 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetda o'qib, Yaponiyada IT sohasida ishlamoqchi bo'lsangiz sizda hali ham imkoniyat bor.       Japan Digital Universityning dastlabki bitiruvchilari allaqachon Yaponiyada IT sohasida ish boshlashdi !       Universitetga qabul sentabr oxiriga qadar davom etadi, hujjat topshirishga ulgurib qoling 😊 👉 Ichki imtihonlar uchun hujjat topshirish 👉  UZBMB( DTM) orqali hujjat topshirish 📞 71-200-05-95 Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
显示全部...
13💯 1
Ijarada turadigan talabalar diqqatiga! 🔰 Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan. ▶️ Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi. 🔹Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (412 ming so‘m); 🔹qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (206 ming so‘m). ❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. 📝 Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshirishi lozim. @talimuz
显示全部...
36👍 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Kirish imtihonlari statistikasi-2025 Endilikda siz 2025/2026-o‘quv yilidagi kirish imtihonlariga oid turli statistik ma’lumotlarni onlayn ko‘rishingiz mumkin. Quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: ➖ Joriy yil bitiruvchilarining TOP-10 ta’lim muassaslari; ➖ Joriy yil bitiruvchilarining o’rtacha ballari; ➖ Joriy yil bitiruvchilarining maksimal ballning 30 foiz bo’yicha ko’rsatkichkari; ➖ Joriy yil bitiruvchilarining majburiy fanlar bo’yicha ko’rsatkichi; ➖ Chetlashtirilgan joriy yil bitiruvchilari; ➖ Qiymatlanmagan joriy yil bitiruvchilari; ➖ Erkaklar va Ayollarning o’rtacha ballari joriy yil bitiruvchilari kesimida; ➖ O’rtacha ballar; ➖ TOP-250; ➖ Maksimal ballning 30 foizi; ➖ Majburiy fanlarning ishlanish ko’rsatkichi; ➖ Chetlashtirilgan abituriyentlar; ➖ Qiymatlanmagan abituriyentlar; ➖ Erkak va Ayollarning o’rtacha ballari. 📊Statistikalarni ko‘rish uchun havola: 👉 https://mandat.uzbmb.uz/Bakalavr2025/Stat Izoh: Ushbu statistik ma’lumotlar abituriyentlarning imtiyoz ballarini hisobga olmagan holatda shakllantirilgan.@talimuz
显示全部...
39👍 9
00:58
视频不可用在 Telegram 中显示
🎓Chet elda amaliyot, AQSH bilan qo'shma dastur, Sifatli ta'lim olish uchun — OXUda tahsil oling. Bugun yuzlab talabalar shu yo‘lda, ertaga esa safga siz ham qo‘shilishingiz mumkin! Osiyo Xalqaro Universiteti — xalqaro hamkorliklari, zamonaviy infratuzilmasi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlari bilan ajralib turadigan oliygohdir.
OXUda sizni kutayotgan imkoniyatlar: 90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari 10 mln so’mdan boshlanadigan kontrakt narxlari AQSh bilan qo‘shma dastur va ko‘plab xorijiy hamkorliklar Rektor stipendiyalari va grant dasturlari Xorijiy amaliyot Simulyatsion markaz, laboratoriyalar, farmatsevtika mini-zavodi va klinik baza 5 ta kampus Har yili ortib borayotgan xorijlik talabalar safi 📚OXUda mavjud ta’lim shakllari: 🟢Kunduzgi ta’lim 🟢Kechki ta’lim 🟢Masofaviy ta’lim
🚀Sizning kelajagingiz ham shu yerda boshlanishi mumkin. Qabul davom etmoqda — bugun qaror qabul qiling va ertangi muvaffaqiyatlaringizni bugundan yarating! Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz Biz bilan bog'lanish: +998553050009
显示全部...
IMG_3254.MP445.19 MB
14👍 2🤝 2
00:15
视频不可用在 Telegram 中显示
🗿 Metro bekatlari ayni vaqtdaEDU | INFO
显示全部...
get.mp42.20 MB
😁 127😨 54😭 16 12🤔 4👍 3💯 2
照片不可用在 Telegram 中显示
❗️41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmaganOxirgi 3 yilda holat 10 foizga yaxshilangan #abituriyent 2025-yilda 614 ming 768 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 122 mingga kam. Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 253 ming 844 nafari (41,29%) 56,7 balni (maksimal ballning 30%i) ham to‘play olmagan. O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz naq 6 foizga yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor, ko‘z tegmasin. Masalan, 2022-yilda 51,2% abituriyent 56,7 balldan kamroq to‘plagan edi. 2025-yilda eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang). 2023-yilda 8 ta hududda, 2024-yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy ko‘rsatkich qayd etilmagan. Bu alohida e'tiborga molik raqam. 🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud: ⬆️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9% ⬆️ Navoiy — 8,9% ⬆️ Sirdaryo — 8,1% ⬆️ Buxoro — 7,8% ⬆️ Qashqadaryo — 6% O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor. *** 56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
51😁 30😭 8👎 7👍 6🔥 4👏 1
00:16
视频不可用在 Telegram 中显示
Temir yo‘l transportida yo‘l harakatini tashkil etish — har bir qatnov xavfsiz va aniq bo‘lsin!
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida temir yo‘l transportida harakatni samarali boshqarish bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘ling! O‘qish muddati: 4 yil Yillik kontrakt: 12 000 000 so‘m Ta’lim shakli: Kunduzgi Siz: 1.Temir yo‘l transportida harakatni tashkil etish va boshqarish. 2.Harakat xavfsizligini ta’minlash 3.Zamonaviy transport texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallaysiz. Qabul davom etmoqda! Aniq reja, xavfsiz qatnov — sizdan boshlanadi!
Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1. ipuedu.uz saytiga kiring; 2. Ro‘yxatdan o‘ting; 3. Shartnomangizni yuklab oling! Aloqa markazi: +998752306060 - (Qashqadaryo) Yozish +998557056060 - (Samarqand) Yozish Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy Telegram | Web-sahifa
显示全部...
IMG_6779.MP411.56 MB
12😁 2
​​​​Birinchi kurs talabalariga tegishli Koʻpchilik talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlgandan keyin oradan vaqt oʻtib, talabalikka erishish uchun qilgan harakatlarini, uyqusiz tunlarini sekin-asta unuta boshlaydi. Talaba boʻlishni qanchalik orzu qilganini, bunga erishish uchun nimalarga tayyor boʻlganini unuta boshlaydi. Oliygohga birinchi qadam bosgan kundagi hayajonlar unutiladi. Goʻyoki, talabalikka shunday erishib qolganday, koʻnikish boshlanadi. Darslarga tayyorgarlik sustlashadi. „Krutoy“ oʻrtoqlar paydo boʻladi. Ularga qoʻshilib, ora-sira darsdan qochishlar boshlanadi. Oʻqituvchilar yoqmay boshlaydi. Bir amallab baholarni olib, sessiyalarni yopib, diplomni olishni oʻylab qoladi. Natijada, diplomdan boshqa hech narsasi yoʻq kadrga aylanib, institutni bitiradi. Hurmatli birinchi kurs talabalari! Siz nima uchun oʻqishga kirdingiz? Maqsadingiz nima? Kim boʻlmoqchisiz? Shularni hozir aniq bilasiz-a? Javob chiqqanda naqadar hursand boʻlganingizni hali unutmagandirsiz? Atrofingizda qancha tengdoshingiz bu baxtga erisha olmay qolganini koʻryapsizmi? Siz bu baxtga erishdingiz! Oliygohni bitirib olguncha shu narsani unutmang! 4 yil umringizni qadrlang! Vaqtingizni ilmga sarflang! Bu gaplarni oliygohni bitirib olganlar doim takrorlaydi. „Endi tushundim, qani endi hozir vaqtim boʻlsa, rosa kitob oʻqirdim!“, deydi. Lekin, vaqti yoʻq! Sizda vaqt bor! Qilishingiz kerak boʻlgan ish ham shu! Kitob oʻqing, bilim oʻzlashtiring, oliygoh bilim berish darajasi qoniqtirmasa, qoʻshimcha kitoblar olib oʻqiyvering. Mehnat bozoriga yetuk, qimmat kadr boʻlib chiqing! Shunda sizni orqangizdan ish beruvchilar yuradi, takliflar koʻp boʻladi. Tanlab-tanlab ishlaysiz! Vaqtida ilmni egallaganingiz uchun tez oʻsasiz, koʻp natijaga erisha olasiz! Talabalik bilan tabriklaymiz! Institutni bitirguncha umringizni samarali oʻtkazishingizni tilab qolamiz!@talimuz
显示全部...
👍 67 55🔥 13💯 7 3🕊 2😇 2
00:39
视频不可用在 Telegram 中显示
💻 Masofa — endi muammo emas! 🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida siz Respublikamizning istalgan nuqtasidan turib masofaviy shaklda tahsil olishingiz mumkin. Safarga chiqish, ko‘chib yurish, vaqt va xarajat haqida o‘ylash shart emas — sifatli ta’lim endi bevosita uyingizda! 📚 OXUdagi masofaviy ta’lim sizga:
✅ Respublikamizning istalgan hududidan turib o‘qish imkoniyati ✅ 90 ga yaqin yo‘nalishda ta’lim olishZamonaviy onlayn platformalar va xalqaro dasturlarSifatli darslar va professor-o‘qituvchilar bilan bevosita aloqa kabi sharoitlarni yaratib beradi.
💸 Eng muhimi — narxlar atigi 10 mln so‘mdan boshlanadi! 🚀 Orzularingizni orqaga surmang. OXUda istalgan shaklda ta'lim olishingiz mumkin! 📄 Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.) 👉 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.oxu.uz 📞 Aloqa: +998553050009
显示全部...
7.96 MB
14🔥 2🤝 1