Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
显示更多2025 年数字统计

180 430
订阅者
-1 07824 小时
+13 9857 天
+25 02330 天
帖子存档
Kechki va masofaviy ta’limning farqi nimada? Qaysi biri sizga mos?
Bugungi kunda ta’lim olishning turli shakllari mavjud. Ayniqsa, ishlayotgan yoki kun davomida boshqa mashg‘ulotlari bo‘lganlar uchun kechki va masofaviy ta’lim juda qulay hisoblanadi. Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz:
Kechki ta’lim — bu odatda ertalabdan kuni bilan band bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Darslar:
Asosan kechki paytlarda (soat 17:00 yoki 18:00 dan boshlab) bo‘lib o‘tadi. Talabalar darslarga universitetga kelib qatnashadilar. O‘quv jarayonlari kunduzgi ta’limga o‘xshash, faqat vaqt jihatdan farq qiladi. Masalan:Ishlaydigan talabalar soat 18:30 da institutga kelib, 2-3 soat davomida darsda qatnashishadi.
Masofaviy ta’lim — bu internet orqali o‘qitiladigan ta’lim shakli. Darslar onlayn platformalar orqali olib boriladi (Zoom, Moodle, Telegram va h.k.). Talaba istalgan joyda bo‘lib, dars materiallarini mustaqil o‘rganadi yoki video darslar orqali qatnashadi.
Darslar odatda belgilangan vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni talaba o‘zi uchun qulay vaqtda o‘qiydi. Masalan: Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan talaba ish vaqtida bo‘sh bo‘lganida telefonda yoki kompyuterda darsni ko‘rib chiqadi, topshiriqlarni elektron shaklda topshiradi.
O‘quv jarayonlari qanday bo‘ladi?
Kechki ta’limda – darslar jadvali bor, odatda haftaning 3-5 kuni, kechki soatlarda.
Masofaviy ta’limda – dars materiallari ilgari tayyorlanadi, talabalar o‘zlari o‘qib, savollari bo‘lsa murojaat qilishadi. Nazorat ishlari onlayn bo‘ladi.
Kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o’qishni rejalashtirayotgan yaqinlaringizga ulashing✅ @talimuz
❤ 54🔥 13🐳 4
照片不可用在 Telegram 中显示
TBC Bank’dan STEM va biznes yo‘nalishida o‘qimoqchi bo‘lgan qizlar uchun grant dasturi
O‘zbekistonda minglab iqtidorli qizlar stereotiplar va yetarli qo‘llab-quvvatlov yo‘qligi tufayli “erkaklarga xos” sanaladigan kasblarni tanlamaydi. Buni o‘zgartirish vaqti keldi!
TBC Bank tomonidan STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda biznes yo‘nalishlarida ta’lim olish uchun 7 ta grant ajratiladi. Grantlar quyidagi oliygohlarda birinchi o‘quv yili uchun beriladi: American University of Technologies, IT Park University, Amity University in Tashkent, TEAM University.
Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 13-avgustgacha yuqoridagi universitetlardan biriga hujjatlaringiz va grant arizangizni topshiring.
Batafsil ma’lumot saytda.
❤ 27🤝 3🔥 1
⚡️Maqsadli qabul kvotalari-2025
Bu yil maktab ta'limi, tibbiyot va san'at yo'nalishlarida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.
✅ @talimuz
Maqsadli_qabul_maktab_kvota_2025.pdf10.70 MB
Maqsadli_qabul_san'at_kvota_2025.pdf9.31 MB
Maqsadli_qabul_tibbiyot_kvota_2025.pdf11.79 MB
❤ 29👍 11
02:18
视频不可用在 Telegram 中显示
Bir qaror bilan — grant yutish, Amerikada o‘qish va tan olingan diplom!
📍 Qayerda o‘qish? Kimdan o‘rganish? Qanday bilim olish?
Bu savollar hayotingiz qanday kechishini belgilaydi.
Savollaringizga eng to’g’ri javobni Osiyo Xalqaro Universiteti — sizga taqdim etadi!
OXU sizga
✔️ 90+ yo‘nalish — Tibbiyot, IT, Biznes, Psixologiya va boshqalar
✔️ Nazariya + real tajriba — haqiqiy amaliyotga asoslangan ta’lim
✔️ O‘zbek, rus, ingliz tillarida zamonaviy o‘qish tizimi
✔️ 200 ta grant va har oylik rektor sitpendiya
✔️ Yotoqxona, kuchli infratuzilma, tan olingan diplom
✔️ Chet elda amaliyot va AQShda o‘qishni davom ettirish imkoniyati
📚 Kunduzgi | Kechki | Masofaviy — siz uchun qulay formatda ta’lim
⏳ Hujjatlar har kuni belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Shoshiling!
🚀 Kelajagingiz uchun — bugun qadam tashlang!
Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.)
🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009
Telegram | Instagram | YouTube
IMG_2108.MP427.05 MB
❤ 21🔥 4👍 3😁 3
照片不可用在 Telegram 中显示
❗️Joriy yilda xotin-qizlar uchun 4 mingta kvota beriladi. Demak, tavsiyanomalilar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda
Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta grant kvotasiga tavsiyanoma asosida imtiyoz beriladi. Joriy yilda Prezident farmoyishi asosida ushbu kvotalar soni 2 barobar ko‘paytirilgan holda, 4 mingta etib belgilandi. Demak, katta ehtimol bilan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari joriy yilda pasayishi kutilmoqda.
Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, "Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku" degan savollarga ham duch kelyapmiz.
‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi.
✅ @talimuz
❤ 41👎 7👍 4🔥 2
00:49
视频不可用在 Telegram 中显示
👩🎓🧑🎓DTM BALLINGIZ BILAN TALABA BO'LING!!!
Turan Xalqaro Universiteti sizga DTM ballingiz bilan IMTIHONSIZ talaba bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.
🎓 20+ ta zamonaviy bakalavriat yo‘nalishlari 💳10%dan 100%gacha cheksiz grantlar 🌍 20ga yaqin chet davlatlardagi nufuzli xorijiy universitetlarda 100% grant asosida almashinuv dasturlari 🇯🇵 Yaponiyada HAQ TO‘LANADIGAN amaliyot imkoniyati 🏫 Yangi avlod universiteti, yuqori atmosfera, professional ustozlar va do‘stona muhit 📹 Necha ball bilan qabul qilinish mumkinligini bilmoqchimisiz? Unda videoni tomosha qiling! QABUL DAVOM ETMOQDA! 🌐Hujjat topshirish 📞+998999210055 📍 Manzil: (Namangan shahri, Q. Mamarasulov ko’chasi, 10-D uy) 📚Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram Website | YouTube
39.57 MB
❤ 17🔥 3👍 2🥰 1
❌ Minimal o’tish bali o’zgarmadi
✅ 56.7 ball hamon o'z kuchida qoldi!
Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unda ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%); 🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi. 👉 DIQQAT: @DTMSTAT_BOT orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin. ✅ @talimuz
❤ 91👍 23👏 9🎉 9😭 6👎 4💯 3
🎓 Rasman: Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 148 400 ta bakalavriat kvotalari tasdiqlandi!
2025/2026-o'quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
📊 Umumiy qabul parametrlari:
Jami kvota: 148 400 ta O‘zbek tilida: 124 339 ta Rus tilida: 19 125 ta Qoraqalpoq tilida: 4 121 ta Qolgan tillarda: qozoq - 375, tojik - 305, qirg‘iz - 75, turk - 60 ta#BAKALAVR #KUNDUZGI ✅ @talimuz
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf15.22 MB
❤ 31👎 3💯 2🎃 2
01:47
视频不可用在 Telegram 中显示
📹 Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
💻 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
🧑🎓 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
✒️ Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
✍️ Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
✅ @Abituriyent_Off
Otm tanlash uzb + surdo.mp429.38 MB
❤ 32🔥 6👍 1
Yo‘nalishlar bo'yicha maksimal ball qancha?
Kirish imtihonlarida abituriyentlar o‘z yo‘nalishlarida turlicha maksimal ball to‘plashni uddalashdi.
Keling, o‘zbek tilidagi yo‘nalishlar kesimida keltirilgan maksimal natijalarni ko‘rib chiqamiz:
👉 Huquq + Ingliz tili - 214,8 👉 Ingliz tili + Ona tili - 194.2 👉 Kimyo + Biologiya - 184.6 👉 Matematika + Ingliz tili - 210.3 👉 Matematika + Ona tili - 170.7 👉 Matematika + Fizika - 214.8 👉 Ona tili + Ingliz tili - 189 👉 Ona tili + Matematika - 181,3 👉 Tarix + Geografiya - 186.9 👉 Tarix + Ingliz tili - 217,4 👉 Tarix + Ona tili - 184.8 👉 Biologiya + Ona tili - 181.7 👉 Biologiya + Kimyo - 189 👉 Kimyo + Matematika - 187.9 👉 Geografiya + Matematika - 161.6Siz qaysi yo‘nalishda test yechgansiz? 👉 @DTMSTAT_BOT orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin. ✅️@Talim24uz
😨 84❤ 46😭 29🥰 7👍 5🎃 2🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🏆 Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi-2025
⏳ Tanlov davom etmoqda!
🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi LITSENZIYAGA EGA barcha nodavlat oliygohlar doirasida o'tkazilayotgan "Yilning eng yaxshi nodavlat (xususiy) oliygohi-2025" tanlovi qizg'in davom etmoqda.
TOP-10 yetakchilar:
(25-iyul 09:00 holatiga)
1⃣ ISFT
2⃣ University of management and future technologies
3⃣ TMC institute
4⃣ University of business and science
5⃣ Alfraganus universiteti
6⃣ Toshkent amaliy fanlar universiteti
7⃣ Zarmed universiteti
8⃣ Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
9⃣ Impuls tibbiyot instituti
🔟 Osiyo xalqaro universiteti
Boshqa nomzodlar reytingi
Eslatib o'tamiz, tanlov 9-avgustgacha davom etadi, yakuniy natijalar bo'yicha eng ko'p ovoz to'plagan nomzod g'olib deb topiladi va tanlovning ramziy sovg'asi, ya'ni muassasa nomi tushirilgan maxsus statuetka va rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi.
✅ @talimuz
❤ 54😁 4🔥 2⚡ 1😍 1
01:44
视频不可用在 Telegram 中显示
🔴 DTM BALINGIZ BILAN IMTIHONSIZ TALABA BO'LING!
🔵Nufuzli universitetning 8 ta fakulteti hamda 50 dan ortiq yo‘nalishida professorlardan sifatli ta’lim oling!
_________________
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
➖ Rasmiy qabul platformasi: qabul.afu.uz
➖ Qabul boti: @AfuQabulBot
☎️ +99878 122 75 57
🌐 @Alfraganus_callcenter
📌 Lokatsiya
😁 AFU | Telegram
IMG_1830.MP420.18 MB
❤ 10👍 2⚡ 1🔥 1🤔 1
#Akademik_litsey #Qabul_2025
Akademik litseylarga kirish test sinovlari birinchi kuni yakunlandi
Bugun, 24-iyul kuni Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlarida akademik litseylarga kirish bo‘yicha test imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib, jarayonlarni test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.
Ertaga, 25-iyul kuni test sinovlari Toshkent shahridagi maxsus belgilangan hududlarda davom etadi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud, sanasi hamda vaqti har bir abituriyentning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 47👍 5⚡ 1
#natija_2025
O‘NINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI
📆 2025-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
❤ 31🔥 1💯 1
📈 ISFT hammadan oldinda ketmoqda!
🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi LITSENZIYAGA EGA barcha nodavlat oliygohlar doirasida o'tkazilayotgan "Yilning eng yaxshi nodavlat (xususiy) oliygohi-2025" tanlovi davom etmoqda.
TOP-10 yetakchilar:
(24-iyul 13:19 holatiga)
1⃣ ISFT
2⃣ University of management and future technologies
3⃣ TMC institute
4⃣ University of business and science
5⃣ Alfraganus universiteti
6⃣ Toshkent amaliy fanlar universiteti
7⃣ Zarmed universiteti
8⃣ Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
9⃣ Osiyo xalqaro universiteti
🔟 Impuls tibbiyot instituti
Boshqa nomzodlar reytingi
Eslatib o'tamiz, tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, yakuniy natijalar bo'yicha eng ko'p ovoz to'plagan nomzod g'olib deb topiladi va tanlovning ramziy sovg'asi, ya'ni muassasa nomi tushirilgan maxsus statuetka va rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi.
✅ @talimuz
❤ 39🔥 11👍 4🤝 1
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Natijani QR kod orqali aniqlang!
Test natijangizni aniqlash uchun quyidagi botlardan biriga abituriyent ruxsatnomasidagi QR kod qismini alohida rasm holatida yuboring:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
👉@bmba_natija_3bot
👉@bmba_natija_4bot
❤ 21👎 2🔥 2👏 1😁 1
#natija_2025
TO'QQIZINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI
📆 2025-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
2️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
3️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
❤ 17👍 5🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Botdagi qaysi funksiya ko'proq qiziq?
👍 Muhim savollarga javoblar
✅ Mening test natijam
📝 Men yechgan test tahlili
📊 Mandat saytidagi o'rnim
👉 @titulrobot
👏 39❤ 33🔥 28👍 15🆒 5🤓 3👎 1
❓Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi?
So‘nggi yillarda nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ko‘paydi. Har oy yangi bir universitet yoki institut ochilgani haqidagi e’lonlarga ko‘zimiz tushadi.
Ana shunday paytda ota-onalar va abituriyentlarda faqat asosiy bitta savol paydo bo‘ladi: «Diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi?» (lekin ta’lim sifati hozircha ko‘pchilikni qiziqtirmaydi)
✅ Ha albatta faqatgina litsenziyaga ega bo'lgan xususiy oliy ta’lim muassasalarining diplomi O'zbekistonda o'tadi.
Maʼlumot uchun, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini mustaqil belgilaydi.
Shu bilan birga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida o‘tkaziladi.
Agar biror qing‘ir ishi uchun sud qarori orqali faoliyati to‘xtatilmasa yoki lisenziyasi qaytarib olinmasa, ularning diplomi O‘zbekistonda o‘tadi.
✅ @talimuz
❤ 30💯 22🤔 8🔥 1😁 1
00:37
视频不可用在 Telegram 中显示
🎓 DTM natijangiz bormi? Unda kirish imtihoni haqida o‘ylashga hojat yo‘q!
Ha, imtihonsiz ham bemalol talaba bo‘lish mumkin — faqat DTM (UZBMB) natijangiz bo‘lsa — bo‘ldi!
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayoni ayni qizg‘in pallada!
Tibbiyotmi? Pedagogikami? Iqtisodiyotmi? Siyosatshunoslikmi? Yoki orzuingizdagi boshqa yo‘nalishmi? OXU’da tanlash imkoniyati — sizning qo‘lingizda! Ha, aytgacha, 35 ta bakalavr va 14 ta magistratura yo'nalishlari ham aynan sizni kutmoqda!
Kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim, tajribali ustozlar, zamonaviy infratuzilma va chet el amaliyoti — barchasi OXUda.
Har oydagi rektor stipendiyasi ham borligini unutmang! Va 200 ta grant o'rinlari borligini ham aytmasak bo'lmas...
📥 DTM natijangiz bilan bugunoq hujjat topshiring.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998553050009
IMG_1671.MP428.92 MB
❤ 25⚡ 3
