2025 年数字统计

131 946
订阅者
-5624 小时
-3387 天
-52130 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
QUR’ONDAGI SONLAR HIKMATI
✅ Ko’plik shaklidagi “Namozni qoim qilinglar!” jumlasi Qur’oni karimda 12 marta zikr qilingan.
✅ Shuningdek, “Namozni qoim qil!” jumlasi birlik shaklda 5 marta kelgan.
👉 Ikkala sonning yig’indisi 17 ni tashkil qiladi (12+5=17).
👉 Bir kunlik farz namozlarining rakaatlari soni ham 17 ta:
👉 Bomdod – 2 rakaat;
👉 Peshin – 4 rakaat;
👉 Asr – 4 rakaat;
👉 Shom – 3 rakaat;
👉 Xufton – 4 rakaat.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram照片不可用在 Telegram 中显示
#KUN_OYATI
U haq kundir. Kim xohlasa, o'z Robbiga qaytar yo'l oladir. (Naba' 39)
Tafsir:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf:
Ha, qiyomat kuni, undagi hisob-kitob, jannat-do'zax - hammasiga shak-shubha yo'q.
Bas, shunday ekan, o'sha kunda obro' topishni xohlaganlar bu dunyoda Alloh taoloning roziligini topish yo'liga yurishga harakat qilsin.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram❤ 365👍 116😢 45🔥 16
00:06
视频不可用在 Telegram 中显示
QUSHLAR IBRATI
✅ “Osmon bo’shlig’ida beminnat, bo’ysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi?! Ularni faqatgina Alloh ushlab turadi, xolos. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir” (“Nahl” surasi, 79-oyat).
👉 Bu oyat – qushlarda ko’rinadigan xatti-harakatlardan ibrat olish kerakligiga chorlovdir.
©️ Abu Hafs an-Nasafiy rahimahulloh
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | InstagramIMG_6308.MP41.22 MB
❤ 436👍 132😢 98🔥 18😱 8🤩 8
#TILOVAT
Kahf surasi | Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum
👉🏻https://www.youtube.com/watch?v=uU5zruJvwA8
照片不可用在 Telegram 中显示
#KUN_OYATI
Va sizlarni juft qilib yaratdik. (Naba' 8)
Tafsir:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf:
Ya'ni erkak va ayol qilib.
Ha, Alloh taolo odam zotini juft qilib, erkak-ayol qilib yaratishining o'zi ulkan mo'jizadir. Avvalo, erkak va ayolning tuzilishi va erkakligu ayollik xususiyatlari ulkan mo'jizalardir. Bu ishni Alloh taolodan boshqa hech kim qila olmaydi. Bu ishga faqatgina Alloh taoloning yolg'iz O'zi qodir.
Qolaversa, har bir juftga, uning ikki tomoniga ham o'zidan nasl qoldirishga cheksiz muhabbat berib qo'yilgandir. Hattoki, ular o'zidan nasl qoldirish yo'lida jon berishga ham tayyor darajaga yetgan. Ko'p ayollar o'limni bo'yniga olib, farzand ko'rishga qaror qiladilar. Umuman olganda esa har bir homilador ayolda bu jur'at bordir. Tug'ilgan farzandni tarbiyalab o'stirish mashaqqat, og'ir va tinimsiz mehnatdan iborat. Xo'sh, ushbu omilni har bir inson tabiatiga kim solib qo'ygan? Nima uchun bu narsa millionlab yillardan buyon davom etib, inson naslining yer yuzida bardavom qolish vositasi bo'lib kelmoqda? Albatta, bularni faqatgina Alloh taoloning yolg'iz O'zigina qilishi mumkin. Buni qilishga qodir Alloh taolo oʻlganlarni qayta tiriltirib, so'roq-savol qilishga, jazolashga qodir bo'lmasmidi?
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram👍 269❤ 206🔥 31😢 12🥰 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#KUN_OYATI
Va o'zlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki ko'rmayapsizlarmi?! (Zariyat, 21)
Tafsir:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf:
Inson yer yuzidagi eng ulkan ilohiy mo'jiza hisoblanadi. Uning har bir a'zosi, bu a'zolarning vazifalari, ishlashini o'ylab korgan kishi dahshatga tushadi. Lekin inson g'ofil, o'zining qiymatini o'zi bilmaydi. O'zidagi sirlardan bexabar. Uning jismi bitmas-tuganmas mo'jiza, jasadi mo'jiza, ruhiy holati mo'jiza, ichki va tashqi olamlari hadsiz-hisobsiz mo'jizalardan iborat. Yuragi yoki o'pkasining ishlashi, ko'zining ko'rishi, qulog'ining eshitishi, dimog'ining hid bilishi, miyasining o'ylashi, ruhiyatining xursand yoki xafalik holatlari - bular hammasi esli-hushli odamni hayratga solmasdan, Allohning qudratiga qoyil qoldirmasdan iloji yo'q.
Shuning uchun ham arab shoirlaridan biri: «Sen o'zingni kichik bir jism deb o'ylaysan. Lek o'zingda katta olamning jamligini bilmaysan», degan ekan. Har bir inson ozining ona qornida paydo bolishidan boshlab, to oxirgi nafasi chiqqunga qadar kechgan hayotini, uning har bir lahzasini insof bilan o'ylab ko'rsa, mo'min-musulmon bo'lishdan o'zga chora qolmaydi.
Katta davlatlar hisobsiz mablag'lar ajratib, turli soha ulamolarini jalb etib, ilmiy tekshirishlar o'tkazib, sonsiz-sanoqsiz kitoblar chiqarib ham, insonni to'liq o'rgana olmaganlarini tan oldilar.
Insonga Alloh bergan tirnoqchalik tirnoq yaratishga imkon topmadilar.
Shundoq xususiyatlarga ega bo'lgan, turgan-bitgani mo'jizadan iborat insonni yakkayu yagona, qudratli Alloh yaratmagan bo'lsa, u qayerdan paydo bo'ldi? Har kim o'zini o'ylab-o'rganib ko'rsa ham, iymoni ziyoda bo'laveradi. Alloh taolo yuqoridagi oyati karimani shuning uchun nozil qilgan.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram❤ 407😢 93👍 83🔥 12🥰 6🤩 1
05:32
视频不可用在 Telegram 中显示
显示全部...
inson vafotidan so'n kelib turuvchi savob.mp415.01 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
#KUN_OYATI
Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir. (Zaariyaat, 15)
Shirk va ma’siyatlardan taqvo qilib saqlanganlar — bog’u bo’stonlar va ularda oqib turuvchi buloqlaru anhorlar ichra (rohat-farog’atda) bo’ladilar.
Abu Hafs an-Nasafiy rahimahulloh
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram照片不可用在 Telegram 中显示
#KUN_OYATI
Albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir. Har bir jon sa'y-harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tuturman. (Toha, 15)
Tafsir:
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf:
Qiyomat albatta qoim bo'ladi. Bunga hech qanday shak-shubha bo'lishi mumkin emas.
Lekin uning qachon bo'lishini maxfiy tutaman.
Hech kim bilmaydi. Bundan maqsad har bir odamga qilgan ishiga yarasha mukofot yoki jazo berishdir. Agar qiyomat qachon bo'lishi maxfiy tutilmasa, oshkor etilsa, odamlar sa'y-harakat qilmay qo'yadilar. Insonlarning tabiati shuni taqozo etadi. Ular uchun doimo bir maxfiy, noaniq narsa bo'lib turishi kerak. O'sha maxfiy narsaga qiziqadilar, uni bilishga urinadilar, uning uchun harakat qiladilar.
Shuningdek, qiyomat gachon qoim bo'lishi maxfiy bo'lgani uchun sog'lom tabiatli, to'g'ri yo'ldagi kishilar doimo ehtiyot bolib, unga tayyor turadilar. Tabiati buzua, noto'g'ri yo'ldagilar
esa unga ishonmaydilar, tayyorgarlik ham ko'rmaydilar.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram😢 283❤ 149👍 84🔥 9
照片不可用在 Telegram 中显示
#KUN_OYATI
Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi. U Zot aziz va hikmatli Zotdir. (Hashr, 1)
Tafsir:
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf:
Oyatning boshlanishida kelgan, poklab yod etdi, deb tarjima qilingan «sabbaha» so'zida bir necha ma'no mujassamlashgan. Jumladan, ulug'lash, poklash va barcha nuqsonlardan xoli deb yodga olish ma'nolari bor. Bu oyat dunyodagi barcha narsalar Allohga tasbeh aytishini ta'kidlamoqda. Boshqa bir oyatda esa barcha narsalar Allohga tasbeh aytishi, lekin biz ularning tasbehini tushunmasligimiz zikr qilinadi.
«Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi».
Oyatning oxirida Allohning azizlik (g'oliblik) va hakimlik (har bir ishni hikmat bilan qilish) sifati zikr qilinadi.
«U Zot aziz va hikmatli Zotdir».
Kelasi oyatda Allohning azizligi va hakimligiga namuna bo'lgan ishi bayon etilgan.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram