Surxondaryo viloyati hokimligi
前往频道在 Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
显示更多2025 年数字统计

23 696
订阅者
-624 小时
+307 天
+31930 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari manzillari bilan tanishing
🟠Angor tumani:
Manzil: "Sharq guli" mahallasida joylashgan "Angor markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Bandixon tumani:
Manzil: "Bandixon" mahallasida joylashgan "Dehqon va oziq-ovqat bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Boysun tumani:
Manzil: "Tuzbozor" mahallasida joylashgan "Boysun dehqon bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Denov tumani:
Manzil: "Namozgoh" mahallasida joylashgan "Denov baraka yashil olami" savdo majmuasi hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Jarqo‘rg‘on tumani:
Manzil: "Do‘stlik" mahallasida joylashgan "Jarqo‘rg‘on markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Muzrabot tumani:
Manzil: "Yangi hayot" mahallasida joylashgan "Muzrabot dehqon bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Oltinsoy tumani:
Manzil: "Ipoq" mahallasida joylashgan "Oltinsoy dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Qiziriq tumani:
Manzil: "Rabotak" mahallasida joylashgan "Qiziriq markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Qumqo‘rg‘on tumani:
Manzil: "Beshqahramon" mahallasida joylashgan "Qumqo‘rg‘on dehqon bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Sariosiyo tumani:
Manzil: "Alisher Navoiy" mahallasida joylashgan "Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Sherobod tumani:
Manzil: "Katta hayot" mahallasida joylashgan "Sherobod dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Sho‘rchi tumani:
Manzil: "Bobotog‘" mahallasida joylashgan "Sho‘rchi dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Uzun tumani:
Manzil: "Baxoriston" mahallasida joylashgan "Uzun tuman dehqon (oziq-ovqat) bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Termiz tumani:
Manzil: "Yangi hayot" mahallasida joylashgan "Barakat oziq-ovqat bozori" hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
🟠Termiz shahri:
Manzil: "Farovon" massivda joylashgan "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori hududi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 13👍 2🔥 1👏 1🙏 1
照片不可用在 Telegram 中显示
UzA | “Xo‘jaikon” tuz koni hududida “Salomatlik turizmi” shaharchasi qad rostlamoqda
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Xo‘jaikon” tuz koni hududida Eronning “Kapa yurt salt taun” mas’uliyati cheklangan jamiyati Germaniyaning “Bizayla” kompaniyasi hamkorligida qiymati 50 million dollarga teng “Salomatlik turizmi” shaharchasini bunyod etmoqda.
Ko‘hitang tog‘ tizmasi qo‘ynida dengiz sathidan 1 ming 200 metr balandlikda “Xo‘jaikon” tuz g‘ori bor. Bu yerda 35 yilcha avval barpo etilgan uzunligi 200 metrli g‘or devorlari 1-3 santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan. Tabiatning mo‘’jizakor shifobaxsh maskanida yozning chillasida ham havo harorati mo‘’tadil iliq bo‘ladi.
Tabiiy tuzlardan hosil bo‘lgan nafis san’at galereyasini eslatadigan noyob g‘orning ichki uzun yo‘lakchasida tuz eritmali shifobaxsh suv sizib turadi. Xonalarning harorati, namligi, bosimi va mikroiqlimi bir-biridan farq qilib, turli kasalliklarga malham bo‘ladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/798032
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 5👏 5👍 3🕊 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🎄Surxondaryo viloyatining asosiy Yangi yil bayrami rachasi Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida o‘rnatilgan.
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
Shuningdek, shahar va tumanlar markazlarida quyidagi manzillarda:
📍Termiz shahri:
Manzil: Alisher Navoiy haykali o'rnatilgan maudon
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Angor tumani:
Manzil: "Sharq guli" mahallasida joylashgan tuman markaziy o‘yingohi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Bandixon tumani:
Manzil: "Bektepa" mahallasida joylashgan tuman hokimligi binosi oldidagi maydon
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Boysun tumani:
Manzil: tuman markazidagi “Yoshlar bog‘i”
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Denov tumani:
Manzil: “Zahiriddin Muhammad Bobur” mahallasidagi “Yoshlar” saylgohi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Jarqo‘rg‘on tumani:
Manzil: Tuman markazida joylashgan “Yangi Asr” savdo majmuasi maydoni
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Muzrabot tumani:
Manzil: Tuman markazida joylashgan “Shodlik” istirohat bog‘i
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Oltinsoy tumani:
Manzil: Tuman markazidagi “Yangi O‘zbekiston” madaniyat va istirohat bog‘i
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Qiziriq tumani:
Manzil: “Do‘stlik” mahallasida joylashgan tuman Sport maktabi o‘yingohi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Qumqo‘rg‘on tumani:
Manzil: “Surxon sohili” mahallasida joylashgan “Yoshlar” bog‘i
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Termiz tumani:
Manzil: Tuman hokimligi binosi oldidagi tadbirlar maydoni
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Sariosiyo tumani:
Manzil: "Yangi hayot" mahallasida joylashgan "Shaxtyor” o‘yingohi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Uzun tumani:
Manzil: “Malandiyon” mahallasida joylashgan “Turon” o‘yingohi
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Sherobod tumani:
Manzil: Tuman hokimligi binosi oldidagi maydon
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
📍Sho‘rchi tumani:
Manzil: “Charog‘on” istirohat bog‘i
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi
Barcha vohadoshlarimizni bayram archalari o‘rnatilgan maydonlarda 2026-yil 5-yanvarga qadar har kuni o'tkaziladigan konsert dasturlari va turli ko'ngilochar tadbirlar tomoshasiga taklif etamiz.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 12👍 2👏 2🙏 1🕊 1
照片不可用在 Telegram 中显示
"Surxon" podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilib, elektr energiyasi yetkazib berish tiklandi
🗓 Bugun, 2025 yil 19 dekabr kuni soat 00:07da "Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli "Surxon" podstansiyasida mavjud 220 kV kuchlanishli AT-1 hamda AT-4 transformatorlari himoya tizimi orqali favqulodda o‘chganligi xabar qilingandi.
Natijada Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Termiz tumanlari hamda Termiz shahrining ayrim mahallalaridagi iste’molchilarga elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Maxsus brigadalar va jalb qilingan vositalar orqali ta’mirlash ishlari yakunlanib, bugun, 19 dekabr kuni 13:58 dan boshlab tarmoqdagi iste’molchilarga kuchlanish berilgan.
Ayni vaqtda ushbu podstansiyasi tarmog‘idagi iste’molchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazilmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 10❤ 3⚡ 1👏 1
Termizdagi xususiy oliygoh xalqaro ekologik reytingda e’tirof etildi
Dunyo miqyosida oliy ta’lim muassasalarining ekologik barqarorlik darajasini baholaydigan UI GreenMetric 2025 xalqaro reytingi natijalari e’lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 105 mamlakatidan minglab oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning 38 ta oliy ta’lim muassasasi top-1000 talikdan joy oldi. E’tiborlisi, ular orasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ham bor.
Xususan, ushbu universitet mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida 14-o‘rinni, xususiy oliygohlar kesimida esa 1-o‘rinni egallab, yetakchi xususiy OTM sifatida e’tirof etildi. Bu natija universitetda ekologik barqarorlik, yashil infratuzilma va zamonaviy ta’lim standartlariga ustuvor e’tibor qaratilayotganining natijasidir.
❗️Ma’lumot uchun: UI GreenMetric — 2010-yildan buyon universitetlarning atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya samaradorligi va barqaror rivojlanish bo‘yicha faoliyatini baholaydigan nufuzli xalqaro reyting hisoblanadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 18👏 10🔥 8❤ 3💯 3😐 3🎉 2🕊 2🤝 1
01:30
视频不可用在 Telegram 中显示
🚍 Termiz shahrida jamoat transportlari ham Yangi yil bayramiga xos tarzda bezatilib aholiga bayramona kayfiyat ulashmoqda
🎄 Eslatib o‘tamiz, Transport boshqarmasi tomonidan viloyatning asosiy Yangi yil bayrami archasi o‘rnatilgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydoniga qo‘shimcha jamoat transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
112.28 MB
👍 18🔥 2👏 1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini Imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi.
〰️〰️〰️
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi.
〰️〰️〰️
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv o‘tkazdi.
〰️〰️〰️
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
reels_imperator_tg_new2.mp465.13 MB
reels_parlament_tg.mp435.07 MB
reels_parlament_tg_new2.mp449.56 MB
❤ 4👍 3🙏 2⚡ 1👏 1
Maxsus Shtab xabari: “Surxon-500” kV kuchlanishli podstansiya AT-1 da nosozlik bartaraf etilmoqda
Bugun “Surxon-500” podstansiyasida AT-1da sinov ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda mutaxassislar va tezkor brigadalar tomonidan elektr tarmog‘i hamda podstansiya uskunalari puxta nazoratdan o‘tkazilib, uzilish sabablarini aniqlash va nosozlikni qisqa fursatda bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
⚙️ Shu bilan birga, iste’molchilarga elektr energiyasini muqobil tarmoqlar orqali yetkazish maqsalila kuchlanish berilgan.
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 10❤ 2👎 2🔥 2🙏 1
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati
18.12.2025-yil:
➖Xalqaro hamkorlik, davlat aktivlarini optimallashtirish va investitsiya loyihalari muhokama qilindi;
➖Farmatsevtika sohasidagi investitsion loyiha faoliyati bilan tanishildi;
➖Eron va Rossiyaga tashriflar natijalari hamda yangi qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi;
➖Termiz shahrida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Sequence 01_20.mp477.46 MB
Sequence 01_1 (2).mp4176.97 MB
❤ 7👍 4👏 1🙏 1
Termiz shahrida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Aholiga bayramona kayfiyat ulashish, shuningdek, Yangi yil tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish maqsadida Termiz shahrining to‘rtta turli nuqtasida Yangi yil bayrami archalari o‘rnatilib, ular atrofida yarmarkalar faoliyati tashkil etilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu nuqtalarda bayram archalarining o‘rnatilishi hamda yarmarkalarni tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.
Xususan, archalarni o‘rnatish, ko‘chalar va jamoat joylarini bayramona bezash, ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha shahar hokimi hisobot berdi. Shuningdek, arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish yuzasidan prokuratura va departament mutasaddilari, xavfsizlik hamda jamoat tartibini ta’minlash masalalari bo‘yicha Ichki ishlar organlari hamda Favqulodda vaziyatlar xizmati mas’ullari ma’lumot berdi.
Viloyat rahbari bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, yarmarkalarda bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni aholi uchun arzonlashtirilgan narxlarda taklif etilishini ta’minlash yuzasidan har bir tuzilmaga aniq vazifalar yukladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 8👏 7👍 5🔥 1🎉 1
Eron va Rossiyaga tashriflar natijalari hamda yangi qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi
So‘nggi haftalarda Surxondaryo viloyati hokimligi xorijiy davlatlar bilan erishilgan kelishuvlar doirasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida qator delegatsiya tashriflarini tashkil etdi. Xususan, 8-12-dekabr kunlari Eron Islom Respublikasining Fors shahriga, 14-16-dekabr kunlari esa Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga viloyat delegatsiyalarining xizmat safarlari amalga oshirildi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga ushbu tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar yuzasidan mas’ullar tomonidan hisobot berildi. Delegatsiyalarga rahbarlik qilgan mas’ullarning axborotlari tinglanib, tashriflar natijalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tegishli mas’ullarga imzolangan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Shundan so‘ng viloyat rahbari shaharning Alisher Navoiy ko‘chasida qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli turar joylar, biznes markazi, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda klinika binolari bo‘yicha loyiha takliflari bilan tanishdi. Qurilish ishlarini shaharsozlik me’yorlari asosida, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilgan holda sifatli amalga oshirish, shuningdek, jarayonlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 8👍 6👏 2🔥 1🕊 1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
〰️〰️〰️
Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
video_2025-12-18_19-30-02.mp479.58 MB
video_2025-12-18_19-30-06.mp425.48 MB
👍 6❤ 2⚡ 1🔥 1👏 1
Farmatsevtika sohasidagi investitsion loyiha faoliyati bilan tanishildi
Boshqa tarmoqlar qatorida aholi salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan farmatsevtika sohasida ham xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy natijalarga erishilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston–Hindiston qo‘shma korxonasi hisoblangan "NOVA PHARM" tomonidan dori vositalari, turli preparatlar, inyeksiya vositalari hamda tibbiy buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda korxonada dorivor o‘simliklar asosida malham ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur loyihani amalga oshirilishi bilan tanishdi. Loyihaning umumiy qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etib, yiliga 2,5 million qadoq mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyiha doirasida 30 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Viloyat rahbari tashabbuskorlar bilan uchrashib, uni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatdi.
Shuningdek, 2025-yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish yakunlari hamda 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan Termiz shahar hokimining taqdimoti ko‘rib chiqildi. Loyihalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, kelgusi rejalarning manzilli, istiqbolli va maqsadli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 8❤ 4🔥 1🙏 1
Viloyatning Yangi yil bayrami bo'lib o'tadigan manzilga qo‘shimcha jamoat transporti qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Surxondaryo viloyati aholisi uchun Yangi yil bayramini xavfsiz, qulay va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida asosiy bayram archasi o‘rnatilgan Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga qo‘shimcha jamoat transporti qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Yangi yil bayrami kunlari “Yangi O‘zbekiston” massiviga quyidagi yangi yo‘nalishlar orqali qatnovlar amalga oshiriladi:
➖ShAY 246-yo‘nalishi (Yashil Dunyo bozori — “Yangi O‘zbekiston” massivi) bo‘ylab 8 ta avtobus;
➖Termiz tumani markazidan M–39 xalqaro avtomobil yo‘li orqali 6 ta “Damas” avtomobili;
➖Angor va Sherobod tumanlari markazlaridan M–39 xalqaro avtomobil yo‘li orqali avtobuslar hamda yo‘nalishli taksilar.
Mazkur qo‘shimcha qatnovlar aholining bayram tadbirlariga xavfsiz va qulay yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi. Barchani Yangi yil bayram tadbirlariga taklif etamiz.
Yangi yil bayramingiz muborak bo‘lsin!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 8👍 7🙏 3🔥 1👏 1
Xalqaro hamkorlik, davlat aktivlarini optimallashtirish va investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Prezidentimiz tomonidan belgilangan ochiq tashqi siyosat va hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan strategik vazifalar doirasida Surxondaryo viloyatining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish maqsadida viloyat delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi rejalashtirilmoqda.
Shu masala yuzasidan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda AQSHga tashrif doirasida ko‘zda tutilgan ustuvor yo‘nalishlar, istiqbolli iqtisodiy kelishuvlar hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Termiz tumanidagi "Texnopark" loyihasiga innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha Xitoyga amalga oshirilgan xizmat safari natijalari ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimining ish rejasiga asosan, davlat mulki obyektlarini optimallashtirish orqali bo‘shagan binolarni ochiq auksion savdolariga chiqarish, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasini joylashtirish bo‘yicha takliflar hamda Surxondaryo viloyatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari taqdim etildi.
Bundan tashqari, Termiz shahrida xorijiy investitsiyalar hisobidan 2026-yilga mo‘ljallangan turar joy qurilishi loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari taqdim etilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 7👍 5🔥 1👏 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Maxsus Shtab xabari: Ta’mirlash ishlari sababli Termiz shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari talabnomasiga asosan Termiz shahrida joylashgan “Oktava” 110/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 18-dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagi mahallalarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi:
▪️Saxovat
▪️Turon
▪️Baynalminal
Elektr tarmoqlari korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 5👍 3👎 3🙏 2
