ch
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

前往频道在 Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
11 820
订阅者
-3524 小时
-2317
-92530
帖子存档
#NamDU_ilmiy_axborotnomasi Namangan davlat universiteti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi tomonidan "Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi" jurnalining 2025-yil 10-sonini (oktabr) e'tiboringizga havola etamiz. #ilmiy_axborotnoma #oak_jurnali #10_son @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
NamDU Ilmiy Axborotnoma 2025-10-son.pdf38.70 MB
3👍 3
照片不可用在 Telegram 中显示
#rasmiy #qishki_taʼtil ⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
5👍 2
Repost from TgId: 2155736584
#Muhim ⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar diqqatiga! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, suhbat bosqichi joriy yilning 9–17-dekabr kunlari tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilishi belgilandi. Mazkur bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar va ularning suhbat kunlari ro‘yxati hamda vaqtlari bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin. Nomzodlardan suhbat jarayoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi. Bugungi kunda ish yoki o‘qish maqsadida xorijda bo‘lib turgan nomzodlar suhbat bosqichida ONLAYN shaklda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular F.I.Sh. va xorijda ekanligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda, @eyufadmissionbot Telegram botiga 7-dekabr soat 18:00 ga qadar murojaat yuborishlari lozim. O‘zbekiston hududida bo‘lgan nomzodlar suhbatda faqat OFLAYN shaklda ishtirok etishlari shart. Suhbat “El-yurt umidi” jamg‘armasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ochiq stipendiya tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq o'tkaziladi. Suhbat uchun belgilangan kunga kelmagan nomzodlar “suhbatdan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi. 📍Suhbat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi. ⚠️ Suhbat vaqti o‘zgarishi ehtimolini inobatga olgan holda, belgilangan kunning to‘liq qismini suhbat jarayoniga ajratishingiz tavsiya etiladi. 👉Batafsil @u_generalissimus
显示全部...
3👍 2
Repost from TgId: 2329295246
02:09
视频不可用在 Telegram 中显示
#BoshQomus #Konstitutsiya33 Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
KONSTITUTSIYA BAYRAMI NAMDU—2025.mp454.22 MB
👍 6 2🎉 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#Kun_tarixi Bugun 5-dekabr kunida ro‘y bergan muhim voqealar: #bayramlar 🇺🇳BMT – iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun xalqaro ko‘ngillilar kuni 🇺🇳Butunjahon tuproq kuni 🌏Butunjahon trick shot kuni 🇸🇷Surinam – Bolalar kuni. 🇨🇺Kuba – Quruvchilar kuni. #muhim_voqealar 🔹1830 – Gektor Berliozning “Fantastik simfoniyasi” birinchi marotaba ijro etildi. 🔹1894 – Reyxstag binosi qurib bitkazildi. 🔹1957 – Leningradda dunyoda birinchi “Lenin” atom muzyorari suvga tushirildi. 🔹2020 – Yaponiyaning “Hayabusa-2” zondi Ryugu asteroididan tuproq namunalarini Yerga yetkazdi. #tavalludlar 🔹1901 – Uolt Disney – amerikalik animatsion film rejissyori, prodyuser, rassom. 🔹1910 – Soyib Xo‘jayev – teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1916 – Bashorat Mirboboyeva – birinchi o‘zbek ayol parashyutchisi va birinchi o‘zbek ayol parovoz mashinisti. 🔹1962 – Nig‘matilla Yo‘ldoshev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 🔹1979 – Rustam Qosimjonov – shaxmatchi, xalqaro grossmeyster. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
2👍 1
❗️Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi ✅ Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi. Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. 2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
👍 4 1
照片不可用在 Telegram 中显示
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 📣 📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadiHukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi. ➖ Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. ❗️2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
显示全部...
⚡️Ijarada turuvchi talabalar diqqatiga! Kecha, 1-dekabr sanasidan boshlab ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochildi. Ushbu jarayon har doimgidek, oyning 7-sanasiga qadar davom etadi.
Ma’lum, endi talabalar my.gov.uz platformasi orqali ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin. Xizmat oktyabr oyidan boshlab kuchga kirgan, ammo oyning 7-sanasidan o‘tganligi sabab talabalar ushbu usul orqali ariza yuborishga ulgurmay qolishgan edi. Ijara shartnoma uchun arizani, aslida, istalgan kunda yuborsangiz bo‘ladi. Faqat oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan so‘rovlargagina mazkur oy uchun shartnoma miqdorining ma’lum qismi qoplab beriladi. Ya’ni hatto 8-sanada ariza yuborsangiz ham keyingi oyga qolib ketasiz.
Xizmatdan quyidagi havola orqali o‘tib foydalanishingiz mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/1310 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
6👍 4
照片不可用在 Telegram 中显示
#kun_hikmati 🎤 O‘rganishga vaqt topgan inson, kelajakda vaqtni boshqaradi. 🪶 Deyl Karnegi @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
👍 10 3
照片不可用在 Telegram 中显示
#eslab_qoling 🟡Registrator ofisining ma'lumotlar bazasi (Back office) va xizmat ko'rsatish (Front office) bo'limi menejerlari. 🔴Ushbu rasmda barcha menejerlar keltirilgan. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
👍 4 3
KUN TARIXI Bugun 4-dekabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro banklar kuni. 🌏Xalqaro gepardlar kuni. 🌏Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni 🌏Mehr bilan ko‘rishish kuni. #muhim_voqealar 🔹1946 – Moskvada birinchi “Moskvich-400” avtomobili yig‘ildi. 🔹1954 – BMT Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikni (MAGATE) tuzish haqida qaror qabul qildi. 🔹1996 – “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topdi. 🔹2002 – Germaniyaning Bonn shahrida “Alpomish” dostonining nashr etilishiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi. #tavalludlar 🔹1795 – Tomas Karleyl – ingliz yozuvchisi, publitsist, tarixchi va faylasuf. 🔹1890 – Mehmet Fuod Ko‘pruluzoda – turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi. 🔹1924 – Muhammad Rafi – hind xonandasi. 🔹1982 – Nik Vuychich – avstraliyalik motivatsion ma’ruzachi, voiz, filantrop va yozuvchi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
2👍 2
Repost from TgId: 2329295246
02:34
视频不可用在 Telegram 中显示
#Murojaat Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyevning talaba-yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan murojaati Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
Murojaat_encoded.mp445.00 MB
👍 4 1
📌Qanday sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish rad etilishi mumkin? Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:
❌ Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga; ❌ Oliy ta’lim tashkilotlarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ❌ Birinchi kursning birinchi semestriga o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno); ❌ Oliy ta’lim tashkilotida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mos mutaxassislik) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa; ❌ To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda; ❌ Talabaning shaxsiy yig‘majildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda; ❌ Oliy ta’lim tashkilotiga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklashda — davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul parametrlari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa; ❌ Oliy ta’lim tashkiloti moddiy-texnik bazasining imkoniyati cheklanganda; ❌ Maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, yoxud boshqa oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishni ko‘chirishni xohlaganda; ❌ Bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga, hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga o‘tkazish so‘ralganda; ❌ Talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa (mazkur qo‘shma dastur o‘zi bunga ruxsat bergan holatlar bundan mustasno); ❌ Qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa. ‼️ Talabani o‘qimagan semestrdan keyingi semestrga o‘qishga tavsiya etishga ruxsat berilmaydi.
Asos: VMQ-578. 13.09.2025 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
5👍 1
Repost from Edu.uz
照片不可用在 Telegram 中显示
3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni! Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
3👍 3🔥 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
照片不可用在 Telegram 中显示
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovi test ishlash jarayoniga start berildi.
Testni ishlash tartibi:
↪️Testni boshlash uchun @talabatanlovbot botiga kirib, /start so‘zini bosing va “Testlarni ishlash” tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.
❗️Muhim eslatmalar!
🔹Sizga 3-4-dekabr kunlari soat 09:00 dan 20:00 ga qadar 50 tadan, jami 100 ta test beriladi. Testlarni kunning istalgan vaqtida (xohlasangiz hoziroq, xohlasangiz soat 14:00 da yoki 18:30 da) ishlasangiz bo‘ladi, lekin bugungi testlar ertangi kunga o‘tib ketmasligi kerak, aks holda savollar “kuyib” ketadi; 🔹Test savollarini ishlash uchun siz kamida 5 referal ballga ega bo‘lishingiz kerak (bugun ham referal yig‘ish mumkin); 🔹Test ishlash 4-dekabr kuni soat 20:00 da to‘xtatiladi va har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p ball yig‘gan TOP-10 o‘rindagi ishtirokchilar hududiy bosqichga o‘tadi. 🔹Test natijalariga ko‘ra kamida 40 ball to‘plagan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi. ➡️ Test savollarini ishlash ➡️ Test savollarini ishlash ❗️Savollarni tarqatish, guruhlarda muhokama qilish ta’qiqlanadi. Kimdir shunday ish qilgani aniqlansa, savollarni muhokama qilgan barcha ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi!
显示全部...
5👍 1
Repost from TgId: 2329295246
照片不可用在 Telegram 中显示
Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyevning talaba-yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan murojaati Qadrli talaba-yoshlar! Hurmatli ota-onalar va muhtaram ustozlar! Bugungi murakkab zamonda jamiyatimizning mustahkamligi, Vatanimizning ertangi kuni siz — aziz yoshlarning qo‘lida. Shuning uchun biz yoshlar tarbiyasi, ularning sog‘lom hayot tarzi, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi va ma’naviy barkamol bo‘lib voyaga yetishini eng ustuvor vazifa deb bilamiz. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida xavfli illat — giyohvandlik va unga bog‘liq jinoyatlarning avj olishi hammamizni tashvishga solmoqda. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” yoki oson boylik ilinjida shu baloga yaqinlashib, o‘z hayoti va kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda. Aziz talaba-yoshlar! Siz – bilimga tashna, taraqqiyotga intilayotgan, orzu va maqsadlari ulkan avlodsiz! Shuni hech qachon unutmang — “bir marta sinab ko‘raman” degan o‘y ko‘plab yoshlarning jamiyatdan uzilishiga, orzularidan mosuvo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Giyohvandlik — bu hayotni yemiruvchi zahar, insonning aqlini, salomatligini, kelajakdagi oilasini, jamiyatdagi o‘rnini barbod qiladigan ofatdir. Sizdagi kuchli iroda, sog‘lom fikr va maqsadga sadoqat bu balolardan ming chandon ustun! Qiziquvchanlik qilib giyohvandlik domiga tushib qolmang. Hurmatli ota-onalar! Ota-ona uchun farzand – hamisha yosh bola. Shu bois unga doimo gʻamxoʻrlik qiladi, asrab-avaylaydi. Tarbiyada ham, nazoratda ham, eʼtiborda ham masʼuliyatli boʻlganlarning farzandlari yuqori choʻqqilarni koʻzlaydilar. Biz ham ulardek boʻlaylik. Bolamizning doʻstiga aylanaylik. Toʻgʻri yoʻlga boshlaylik. Doʻstlari kim, nimalar bilan mashgʻul – bilib qoʻyaylik. Hayotga boʻlgan ishonchini oshiraylik. Giyohvandlik balosidan asraylik. Muhtaram ustozlar va universitet jamoasi! Bugun yosh avlod tarbiyasida Sizning o‘rningiz beqiyos. Har bir dars, har bir suhbat, har bir maslahat — talabaning hayotida katta iz qoldiradi. Shuning uchun giyohvandlikning zarari, sog‘lom turmush tarzining ustuvorligi haqida yoshlar ongiga yanada ko‘proq singdirishimiz zarur. Bizning vazifamiz — nafaqat bilim berish, balki farzandlarimizni hayotning sinovlaridan omon olib o‘tishdir. Unutmang! Bugun barchamiz — talaba, ota-ona, ustoz, mahalla, jamiyat birlashishimiz kerak. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash — nafaqat huquq-tartibot organlarining vazifasi, balki har bir ongli fuqaroning burchidir. Namangan davlat universitetining ertangi kunini yaratuvchilar — sizlarsiz! O‘zbekistonning ertangi kuni ham sizning sog‘lom tanlovlaringiz, ongli qarorlaringiz va halol hayotingizga bog‘liq. Keling, birlashaylik! Bir-birimizni asraylik! O‘zbekistonning kelajagi tinch, sog‘lom va porloq bo‘lishi — bugungi hamjihatligimiz va qat’iy harakatimizga bog‘liq. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 5 4🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#eslab_qoling 🟡Namangan davlat universiteti Registrator ofisining fakultetlarga biriktirilgan menejerlari 🔴Ushbu rasmda barcha menejerlar va ularning shaxsiy telefon raqamlari keltirilgan. ⚠️Eslatma: Ish vaqtidan boshqa vaqt menejerlarning shaxsiy telefon raqamlariga aloqaga chiqmang! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
👍 13 2🔥 1
Repost from TgId: 2329295246
照片不可用在 Telegram 中显示
2025-yil 6-dekabr kuni soat: 13:00 va 15:00 da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.04.2021.F.76.06 raqamli ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. KUN TARTIBI: 🔻1. Oʻzbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Mahmudov Bekzod Hojixonovichning “Zamonaviy dunyoda urushlarning ekologik barqaror taraqqiyotga ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi. Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Omonov Boxodir Nurullayevich falsafa fanlari doktori (DSc), professor Yetakchi tashkilot: O‘R MG Jamoat xavfsizligi universiteti 🔻2. Namangan davlat universiteti doktoranti To‘xtasinov Shukurjon Shavkatjon o‘g’lining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jadidchilik harakatining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi. 🔹Ilmiy rahbar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor; Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normirzayevich falsafa fanlari doktori, professor; Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 🧭 Manzil: Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi, 161-uy, Namangan davlat universiteti, 109 xona. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
9👏 2
Repost from Yoshlar.edu.uz
🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar. ☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi. Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi. ✅Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
显示全部...
IMG_3518.MOV22.94 MB
IMG_3627.MOV23.37 MB
2
📌Билиб_олинг 📗ДИССЕРТАЦИЯ 📒АВТОРЕФЕРАТ ©️Қандай расмийлаштирилади? @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
Диссертация_ва_диссертация_автореферат.pdf9.81 KB
3👍 2