ch
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

前往频道在 Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
11 782
订阅者
-2824 小时
-2207
-92430
帖子存档
Repost from Bank va Mijoz
Имтиёзли таълим кредитлари Таълим кредити олий ва профессионал таълим ташкилотларида таҳсил олиш учун фақат кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба ва ўқувчиларга ажратилади. Кредит шартлари: • йиллик ставка – 14% (МБ асосий ставкасида)*; • миқдори – олий таълим муассасасида шартнома асосидаги йиллик контракт миқдорида**; • муддати – ўқишни тугатгандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб, 7 йил муддатга. ❗️Талаба хотин-қизлар таълим кредити фоизларини тўлашдан озод этилади!*** Кредит олиш учун қандай ҳужжатлар талаб этилади? • шахсни тасдиқловчи ҳужжат; • олий таълим муассасаси билан тузилган шартнома нусхаси; • таъминот ҳужжатлари. ✅ Таълим кредити расмийлаштириш учун аризаларни банк офисларида ва Talim-krediti.mf.uz портали орқали қолдириш мумкин. * Агар Марказий банк асосий ставкаси пасайса, имтиёзли таълим кредити фоиз ставкаси ҳам пасайтирилади, агар асосий ставка оширилса, кредит ставкаси кўтарилмайди. ** Биринчи босқич талабалари учун тўлов-контракт суммаси миқдорида, иккинчи ва ундан юқори курс талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсаткичи “3” дан паст бўлган тақдирда тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида ажратилиши белгиланган. *** Хотин-қизларга ажратиладиган таълим кредити бўйича фоиз тўловлари Таълим кредитини молиялаштириш жамғармаси томонидан тижорат банкларига тўлаб берилади. @bankmijoz
显示全部...
5👍 2
00:20
视频不可用在 Telegram 中显示
📌 Bugun qilayotgan harakatlaring – kelajagingning poydevori. Bugun o‘rganayotgan, mehnat qilayotgan, vaqtini qadrlayotgan inson, ertaga o‘z mehnatining hosilini ko‘radi. Hech kim seni o‘rningdan tortib olib, hayotingni yaxshilamaydi. Faqat sen o‘zing – harakat qilasanmi, yo‘qmi – farq qiladi.
Har bir soniya, har bir daqiqa – imkoniyat. Uni o‘tkazib yuborsang, qaytarib bo‘lmaydi . Bugun qilgan kichik ishlaring, ertaga katta natijalarga aylanishi mumkin.
☝️Orzularingni orzu qilib qolish uchun emas, ular yo‘lida ishlash uchun bor. Vaqt hech kimni kutmaydi, sen ham o‘zingni kutma. Bugun kitob o‘qi, bilim ol, mehnat qil, mashq qil, yaratilayotgan imkoniyatlarni qo‘lga ol. Harakat bugundan boshlanadi – hech qachon kech emas, faqat kechikish natija beradi. 🔥 Har bir qadam – kelajagingga yaqinlashishdir. Har bir iz – sening izlaring, sening mehnating. Sening kelajaging – bugungi harakatlaringdan boshlanadi. Ish boshlash uchun eng yaxshi vaqt – hozir. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
3.87 MB
👍 6🔥 6 3👏 2
00:33
视频不可用在 Telegram 中显示
#kibermadaniyat_oyligi 🏦 Soxta bank xodimlariga ishonmang! 📞 So‘nggi paytlarda firibgarlar “bank xodimi” sifatida qo‘ng‘iroq qilib, sizning karta ma’lumotlaringizni yoki SMS-kodlarni so‘rash hollari ko‘paymoqda. 🚫 Eslab qoling... ➡️Bank xodimlari hech qachon telefon orqali karta raqami, PIN-kod, CVV, SMS-kod yoki parolni so‘ramaydi. ➡️“Karta bloklanadi”, “Hisobingizdan pul yechiladi” kabi gaplar – bu firibgarlik! ➡️Bunday qo‘ng‘iroqlarga ishonmang va darhol qo‘ying. ✅ Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar: ➡️Faqat bankning rasmiy raqamlari orqali bog‘laning. ➡️Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermang. ➡️Shubhali qo‘ng‘iroqlar haqida bankingizga yoki 102 raqamiga xabar bering. 🔒 Moliyaviy xavfsizlik – sizning qo‘lingizda! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
Bank_UZ.mp441.34 MB
4👍 3
KUN TARIXI Bugun 14-noyabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Butunjahon diabetga qarshi kurash kuni. 🌏Xalqaro yetimlar kuni. 🌏Xalqaro logopedlar kuni. 🇮🇷Eron – Kitoblar kuni. 🇷🇺Rossiya – Sotsiologlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1888 – Parijda Paster instituti ochildi. 🔹1889 – jurnalist Nelly Bly Jyul Vern qahramoni bilan musobaqalashib, dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi. 🔹1922 – BBC radiostansiyasi eshittirishlari efirga uzatila boshladi. 🔹1960 – OPEK – neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkilotiga asos solindi. 🔹1994 – Parij va London o‘rtasida La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunnel orqali harakat ochildi. #tavalludlar 🔹1765 – Robert Fulton – amerikalik ixtirochi, birinchi bug‘li kema yaratuvchisi. 🔹1840 – Klod Mone – fransuz rassomi, impressionizm asoschilaridan biri. 🔹1889 – Javoharlal Neru – hind siyosatchisi, Hindistonning birinchi Bosh vaziri. 🔹1891 – Frederik Banting – Kanada fiziologi, insulinni kashf qilgan, Nobel mukofoti sovrindori. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
5
照片不可用在 Telegram 中显示
#kun_hikmati 🎤 Ilm – qalbni tiriltiradi. 🪶 Imom G‘azzoliy @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
👍 6 3
#munosabat MARKAZIY OSIYO: YANGI BOSQICH SARHISOBI (Prezident Shavkat Mirziyoyev maqolasiga tahliliy munosabat) Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z maqolasida Markaziy Osiyoda kechayotgan o‘zgarishlarni mintaqa tarixidagi burilish sifatida baholab, shunday deydi: “Markaziy Osiyo o‘z taraqqiyotining yangi, tarixiy ahamiyatga molik bosqichiga qadam qo‘ymoqda.” Bu jarayon o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan tabiiy oqim emas, balki davlatlar rahbarlarining yaqin yillarda boshlab bergan siyosiy irodasi natijasidir: “Bu – o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgan jarayon emas.” Maqolani batafsil o'qish 👉 https://telegra.ph/MARKAZIY-OSIYO-YANGI-BOSQICH-SARHISOBI-11-13 ✍️ Muhriddin SODIRJONOV, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzosi
显示全部...
4👍 3🔥 2❤‍🔥 1👏 1
#Diqqat #Tarqating 🇺🇿O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.
Oliy sud ushbu materiallarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topgan.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
тақиқланган_материаллар_рўйхати.pdf1.64 MB
👍 5👏 2 1🔥 1💯 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
👧 “Islohotlar bilimdoni – 2025” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi hujjatlari saralanmoqda! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Hakamlar hayʼati tomonidan tanlovning oliygoh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 200 ga yaqin ishtirokchilarning hujjatlari o‘rganilib, tegishli tartibda baholanmoqdi. 📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlari eng yuqori ballga ega bo‘lgan ishtirokchilar Hakamlar hayʼati aʼzolari oldida sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan innovatsion takliflar, ilg‘or tajribalar xususida o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar. Finalning 1-shart bo‘yicha yuqori ball to‘plab, 2-shartga yo‘llanma olib, taqdimot qiladigan ishtirokchilar ro‘yxati tez orada @yoshlareduuz kanali orqali e’lon qilinadi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
显示全部...
5👍 3🔥 1👏 1👌 1💯 1
Repost from TgId: 2329295246
11:45
视频不可用在 Telegram 中显示
#OAV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi. Mazkur sammitning ahamiyati va Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbuslar to‘g‘risida Namangan davlat universiteti Registrator ofis bo‘limi boshlig‘i Narimon Dehqonov Namangan teleradiokanalining «Guldasta» dasturida fikr-mulohazalarini bildirdi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
10 C5+1.mp452.29 MB
👍 7 1👌 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Diqqat_tanlov 👍 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qiladi! “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi. Hujjatlar maxsus — onlayn platforma orqali 2025-yilning 12-noyabridan 26-noyabriga qadar qabul qilinadi.
显示全部...
2👍 2
Repost from TgId: 2329295246
#Uchrashuv Universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Yuridik, Tibbiyot, Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Batafsil: https://namdu.uz/post=952 Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 3🔥 3 2
Repost from TgId: 2329295246
#Uchrashuv Universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Yuridik, Tibbiyot, Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
5👍 1
DIQQAT EʼLON!!! Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul bo‘lmoqda: 1. Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 13.822.600 so‘m. 2. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.382.000 so‘m. 3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7.888.000 so‘m. 4. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.888.000 so‘m. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
3👍 3
KUN TARIXI Bugun 13-noyabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni. 🌏Butunjahon mehribonlik kuni. 🇦🇷Argentina – Buvijonlar kuni. 🇪🇨Ekvador – Ta’lim kuni. 🇵🇦Panama – Jurnalistlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1805 – Venalik qassob Iogann Laneri sosiskani ixtiro qildi. 🔹1851 – London va Parij o‘rtasida telegraf aloqasi ishlay boshladi. 🔹1872 – Lev Tolstoyning “Alifbo”si birinchi bor nashr etildi. 🔹1927 – Nyu Yorkda Gudzon tunneli ochildi. 🔹1940 – Willis Motor Co. birinchi “Jip”ni sinovdan o‘tkazdi. #tavalludlar 🔹1850 – Robert Stivenson – shotland yozuvchisi va shoiri. 🔹1912 – Usmon Nosir – mashhur o‘zbek shoiri. 🔹1938 – Vera Pak – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. 🔹1976 – Albina Axatova – rossiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni, 4 karra jahon chempioni. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
👍 4 2
#OAV_biz_haqimizda_2 “O‘zbekiston24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Namangan viloyatidagi yangi loyihalar samaradorligi tahlil qilindi. ✅Ko‘rsatuvda Namangan davlat universiteti professori, xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati Narimon Dehqonov fikr-mulohazalarini bildirdi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
21.90 MB
4👍 4
#OAV_biz_haqimizda_1 “O‘zbekiston24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni Namangan viloyatidagi samarali natijalari tahlil qilindi. Ko‘rsatuvda Namangan davlat universiteti professori, xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati Narimon Dehqonov fikr-mulohazalarini bildirdi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
64.52 MB
👍 6 4
Repost from Edu.uz
照片不可用在 Telegram 中显示
Bitiruvchilar bandligini taʼminlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–328-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat bilan bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishiga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, endilikda: 🔹 bitiruvchilar va ularni ishga olgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtiriladi; 🔹 “Kelajakka qadam” dasturi tijorat banklari oʻrtasida kengaytiriladi; 🔹 oliy taʼlim dasturlariga biznes koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan fanlar kiritiladi; 🔹 bitiruvchilar bandligini monitoring qilish tartibi yangilanadi; 🔹 bitiruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap va innovatsion loyihalar grant mablagʻlari orqali qoʻllab-quvvatlanadi. Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratilib, u vakolatli tijorat banklari oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu mablagʻ bitiruvchilar amaliyotini moliyalashtirish, startap va innovatsion loyihalarga grantlar berish hamda tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun yoʻnaltiriladi. Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 5 milliard soʻmgacha bo‘lgan kreditlar taqdim etiladi. Har bir milliard soʻmlik kredit uchun tadbirkor kamida bitta bitiruvchini ishga qabul qilishi shart etib belgilangan. Shuningdek, talabalarning amaliyoti xarajatlarini moliyalashtirish uchun oliy taʼlim muassasasi, ish beruvchi va talaba oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Zaruratga koʻra, talabalar xorijdagi qisqa muddatli kurslarda ishtirok etish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Qarorda “Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etuvchi sakkizta tijorat banki roʻyxati va mablagʻ taqsimoti ham tasdiqlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
5👍 4👏 1
⚡️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi. Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi: 👉 erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi; 👉 dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin. Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi. Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin. Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzogʼi 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin. Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
3
#Bilasizmi ⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin. OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda muddatlar quyidagicha: 25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha; 50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha; 75% qismini — 2025-yil 1-martgacha; 100% qismini — 2025-yil 1-maygacha. To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi. kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
3👍 1
00:30
视频不可用在 Telegram 中显示
#kibermadaniyat_oyligi ⚠️ Soxta qo‘ng‘iroqlarga javob bermang! 📵 Nomaʼlum yoki shubhali raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarga javob bermang. Firibgarlar yaqinlaringiz, bank yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar nomidan chiqib, shaxsiy maʼlumot yoki pul so‘rashadi. ✅ Nima qilish kerak... ➡️Qo‘ng‘iroq shubhali bo‘lsa – javob bermang yoki uzing. ➡️Agar yaqinlaringiz yordam so‘rayotgandek ko‘rinsa – ularni alohida telefonidan qayta qo‘ng‘iroq qilib tekshiring. ➡️SMS-kod, karta maʼlumotlari yoki shaxsiy maʼlumotlarni hech qachon bermang. ➡️Shubhali qo‘ng‘iroqni bloklab, bank yoki 102 ga xabar bering. 🔒 Oilangiz va moliyaviy xavfsizligingizni himoya qiling – ehtiyot bo‘ling va boshqalarni ham ogohlantiring. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
显示全部...
Дедушка Уз 30 (1).mp4156.08 MB
👍 3 2