2025 年数字统计

143 847
订阅者
-15824 小时
-1 0147 天
-3 83930 天
帖子存档
00:41
视频不可用在 Telegram 中显示
🇺🇿Bugun Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida sanoat korxonalari va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etdi.
@alisher_sadullaev
36.10 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Mashhur amerikalik tarixchi olim, “Turkistonda jadidchilik” asari muallifi Adib Xolid 4–5-dekabr kunlari Toshkentga tashrif buyuradi.
Ko‘pchilik yoshlarimiz uchun bu juda foydali uchrashuv bo‘ladi. Tarixchi olim bilan shaxsan tanishib, uning kitob taqdimotida ishtirok eting.
Uchrashuv 5-dekabr buni 15:00 da Yoshlar ijod saroyida “Kitob olami” festivali doirasida bo‘lib o‘tadi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
@alisher_sadullaev
01:30
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️1 million dollar sarmoya olgan startaper
Alisher Tojiev o‘zining HGT loyihasi uchun AKFA Group tomonidan 1 000 000 dollar, AloqaVentures tomonidan esa 50 000 dollar investitsiya jalb qildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan eng yaxshi g‘oyalarni bir maydonda jamlab, nomzodlarga investorlardan o‘zlari istagan miqdorda mablag‘ olishga imkon yaratmoqda.
Loyiha tashkilotchilari — “Aloqabank” va “AloqaVentures”ga minnatdorlik bildiramiz. Ular yoshlarimiz uchun juda katta imkoniyatlarni yaratmoqda.
@alisher_sadullaev
IMG_2128.MP432.78 MB
00:21
视频不可用在 Telegram 中显示
Davlatimiz rahbari yangi savdo markazida jizzaxlik hamyurtlar davrasida
@alisher_sadullaev
minbar_mall_new_3.mp436.78 MB
👍 302
162❤ 76🔥 8🎉 5🏆 2
00:38
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Jizzax politexnika instituti qoshida tashkil etilgan Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Bu yerda “BYD Uzbekistan Factory” va “ADM Jizzakh” korxonalari bilan malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni ishga joylashtirish boʻyicha hamkorlik oʻrnatilgan.
Davlatimiz rahbari maktabdagi mashgʻulotlar jarayonini kuzatdi, mini konveyerda ishlayotgan talabalar bilan suhbatlashdi.
Asosiysi, aholi, xususan, yoshlarga munosib sharoit yaratish, yuqori daromadli ish bilan taʼminlash, – dedi davlatimiz rahbari.
@alisher_sadullaev
37.79 MB
01:16
视频不可用在 Telegram 中显示
📚 “Kitob olami” kitoblar festivali
🆔 5–6 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Kitob olami” kitoblar festivali bo‘lib o‘tadi!
O‘qing, o‘rganing va yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shing.
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
@alisher_sadullaev
IMG_9831.MP46.67 MB
01:01
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Prezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Ishtixon tumani “Ko‘ktepa” mahallasi yoshlar yetakchisi Iskandar O‘sarov yurtboshimizga taklif bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Videoda barchasini batafsil ko‘rishingiz mumkin!
@alisher_sadullaev
Final tg.mp414.85 MB
00:52
视频不可用在 Telegram 中显示
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” uchun qabul boshlandi
⚡️Yoshlarimiz uchun zamonaviy kasblar va chet tillarini o‘rganishda yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi”ga ro‘yxatga olish boshlandi.
Forum mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlarini birlashtiradigan, hamkorlik va tajriba almashuviga xizmat qiladigan katta maydon bo‘ladi.
12–13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forum “2+6“ dasturi hamda “Ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etiladi.
👉 Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
forum.kelajakkasblari.uz
forum tg.mp414.27 MB
00:46
视频不可用在 Telegram 中显示
🇺🇿Davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etib, mamlakatimizda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berdi.
@alisher_sadullaev
51.77 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:
– “Nvidia” kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi “Kelajak markazlari”da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi;
– maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;
– Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;
– yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start beriladi. 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;
– har yili noyabr oyi “Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi” deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda “Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi” o‘tkazib boriladi.
@alisher_sadullaev
照片不可用在 Telegram 中显示
🇺🇿Bugun sun’iy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sun’iy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Erishilgan natijalar:
– sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida qariyb 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan 4,5 karra o‘sib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi;
– IT sohasida ta’lim berayotgan oliy ta’lim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va ko‘nikmalarini oshirdi;
– mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika o‘qituvchisi Yangi O‘zbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini o‘tmoqda;
– raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi;
– Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qo‘yish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;
– startaplar soni 10 barobar o‘sdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan birinchi yashil ma’lumotlar markazini barpo etish boshlandi.
@alisher_sadullaev
00:34
视频不可用在 Telegram 中显示
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev FIDE Jahon Kubogi 2025 g‘olibi Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonini topshirdi.
@alisher_sadullaev
IMG_1993.MP411.46 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezidentimiz farmoni bilan Sindarov Javohir Sanjarbekovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchi 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
@alisher_sadullaev
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
01:12
视频不可用在 Telegram 中显示
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев поговорил по телефону с победителем Кубка мира по шахматам Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
tel_razgavor_tg.mp462.54 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Prezidentimiz Javohir Sindorov bilan videoaloqa orqali suhbatlashmoqda!
Bayram-bayramdek bo’ldi.
E’tibor uchun rahmat Janob Prezidentimiz!
Credits: @minbarortida
Yashavor Javohir!!!
Jahon Kubogi O’zbekistonga keladi!!!
Javohir chempion!!!!
00:41
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Oramizda Abduraxim kabi yoshlarning kundan-kunga ko‘payib borayotgani, albatta, quvonarli holat.
U “Ekdim” loyihasi orqali har bir obunachisi uchun daraxtlar ekib, tabiatimizni asrash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Biz ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, loyiha atrofida yanada ko‘proq yoshlarni birlashtirishni reja qildik.
@alisher_sadullaev
Ekdim final TG.mp427.66 MB
03:16
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Navbatdagi manzil Qashqadaryo
Hududlarda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularning taklif va tashabbuslarini ham tingladik. Har bir uchrashuvda yoshlarning intilishi, fikri va orzulari bizga yangi maqsadlar beradi.
Safarimiz davomida Qarshi shahri, Qamashi va G‘uzor tumanlarida bo‘lib, yangi tashkil etilgan yoshlar markazi, “Abdinabi” o‘quv markazi, temirchi tadbirkorlar hamda Yoshlar guzarida bo‘ldik.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash komissiyasi ayni kunlarda barcha hududlarda o‘rganish ishlarini davom ettirib, yoshlar muammolarini aniqlash va ular uchun yanada qulay sharoit yaratishga harakat qilmoqda.
@alisher_sadullaev
IMG_9522.MP471.89 MB
