ch
Feedback
Alisher Sadullaev

Alisher Sadullaev

前往频道在 Telegram

Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
143 595
订阅者
-18424 小时
-1 0507
-3 78430
帖子存档
01:01
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Sirdaryolik Kamola 24 yoshida transport vaziriga yordamchi bo‘ldi Kamola o‘z oldiga katta marralar qo‘ygan. Ayol-qizlarimizning yo‘l qurilishi sohasida ham munosib o‘rinlariga ega bo‘lishlari uning eng asosiy maqsadlaridan biri. Jamoamiz nomidan Kamola Irisqulovaga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! #prezident #yoshlar @alisher_sadullaev
显示全部...
AQO0Y0c_RXoFE2K9wKcOxvgdv_8po0AgAZx8V2HYGzmm1SeOHBN5qaZusQwalgs.mp45.42 MB
star reaction 10👍 1 122🔥 183 108🏆 40
00:51
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi Parviz ota-onasining mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda. Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilayman! @alisher_sadullaev
显示全部...
8.93 MB
star reaction 10👍 1 215🔥 250 129🏆 59
00:59
视频不可用在 Telegram 中显示
🇺🇿Azizbekning muvaffaqiyatli qadami har bir o'zbekistonlik yosh uchun katta motivatsiya! Azizbek kelgusidagi o'qish va ishlaringizda omad. Ma'lumot o'rnida, Azizbek 4 yil ta'lim uchun Garvarddan jami 360 ming dollar grant yutib oldi 🔥 @alisher_sadullaev
显示全部...
10.63 MB
star reaction 13👍 1 204🔥 249 124🏆 57
01:31
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Jahongirmirzo Marg'ilonda ilm-fan, muhandislik hamda 3D bo'yicha global dunyo uchun kontent tayyorlaydi. Ayni vaqta barcha ijtimoiy tarmoqlarda (YouTube, Instagram) 750 mingdan ortiq obunachilari bor. Prezidentimiz Jahongirmirzoning loyihasini yuqori baholab, u bilan faxrlanishlarini aytib o'tdilar. Aynan shu kabi foydali kontentlarni boshlash uchun Yoshlar ishlari agentligi 100 million so'mgacha grantlar berishini e'lon qildilar. Yana shunday foydali kontent yaratayotgan yoshlardan kimlarni bilasiz? @alisher_sadullaev
显示全部...
16.17 MB
star reaction 10🔥 469👍 338 63🏆 35
01:14
视频不可用在 Telegram 中显示
🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi? Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz? #prezident #yoshlar #uzbekpower
显示全部...
23.52 MB
star reaction 29 744👍 561🔥 202🏆 67
01:00
视频不可用在 Telegram 中显示
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан самимий мулоқот ўтказиб, уларни янги марралар сари руҳлантирди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
显示全部...
Yoshlar_tg.mp476.57 MB
🔥 100👍 54 8🏆 8
⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taassurotlar! Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿
显示全部...
6.57 MB
star reaction 35👍 1 435🔥 245 132🏆 84
照片不可用在 Telegram 中显示
So‘ng Prezidentimiz faol yoshlar bilan muloqot qildi. Turli hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va nodavlat o‘quv markazlari, korxona va fermer xo‘jaliklari vakillari, yosh olim va sportchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, takliflari ko‘rib chiqildi.
“Bugungi kunda Vatanimiz o‘z taraqqiyotining yangi bir tarixiy bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu davrda oldimizda ilgari duch kelmagan murakkab vazifalar, g‘ov va to‘siqlar paydo bo‘lishi tabiiy, albatta. Lekin qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga albatta yetamiz. Chunki bizning olis va yaqin tarixda ne-ne sinovlardan o‘tgan, donishmand xalqimiz bor, bugun barcha soha va tarmoqlarda maydonga dadil chiqayotgan g‘ayrat-shijoatli yoshlarimiz bor. Sizlar bilan maslahat va muloqotni o‘z faoliyatimizda asosiy mezonlardan biri, deb bilamiz. Sizlar ham bunday yuksak ishonchga munosib bo‘lib, jonajon Vatanimizni har tomonlama rivojlangan, go‘zal va farovon mamlakatga, Uchinchi Renessans diyoriga aylantirishda oldingi saflarda bo‘lasiz, deb ishonaman”,
- dedi Prezident so‘zining yakunida. @alisher_sadullaev
显示全部...
star reaction 6👍 338🔥 59🏆 34 21
照片不可用在 Telegram 中显示
Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yo‘nalish sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlandi. Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha bo‘yicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi. Mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilganidan keyin yoshlar siyosati tubdan o‘zgarib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof qilindi. Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 183🔥 32🏆 21 12
照片不可用在 Telegram 中显示
Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. “Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika” darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi. Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va g‘ayrat” sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi. “Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va g‘ayrat” musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 154🔥 27 17🏆 8
照片不可用在 Telegram 中显示
Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi. Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi. Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi. Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 117🔥 22 16🏆 8
照片不可用在 Telegram 中显示
Bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tgani qayd etildi. Shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi. Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi. Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Nuroniylarimiz ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 122🔥 18 16🏆 9
照片不可用在 Telegram 中显示
Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu laboratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda. Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi. Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi”ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 123🔥 24 10🏆 8
照片不可用在 Telegram 中显示
Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi. Bundan tashqari, dunyoning nufuzli ”Top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10-yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi. Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon”davlat stipendiyasi joriy etiladi. Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi. Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ”Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil qilinadi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 119 14🔥 13🏆 5
照片不可用在 Telegram 中显示
Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi. Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi. Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi. Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi. Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 124🔥 17 15🏆 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Joriy yil IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda asosiy kuch, albatta, yoshlar ekani ta’kidlandi. “Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. “Coursera” platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yil “Muhammad Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘istonda ham joriy etilib, yana 1 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan O‘zbekistonda bir million sun’iy intellekt muhandislarini tayyorlash loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi. O‘tgan yili 25 ming nafar qizlar IT bo‘yicha bepul o‘qitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. 1 ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi. Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish topshirildi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 119🔥 17 6🏆 5
照片不可用在 Telegram 中显示
Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos. Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 128🔥 30 15🏆 11
照片不可用在 Telegram 中显示
Yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 98 foizi yoshlar. O‘tgan yili kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asoslari belgilandi. Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da namunaviy “Kreativ park” tashkil qilindi. Endi, kreativ industriya parklari hududlarda ham barpo etiladi. Ular zarur resurs va infratuzilma bilan ta’minlanadi. Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘ladi. Parklar negizida kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil qilinadi. Ushbu maktablarda yoshlar yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rganadi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 65🏆 19🔥 11 6
照片不可用在 Telegram 中显示
Servis sohasida ham yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi. Bu imtiyoz 3-yil amal qiladi. Bu orqali tadbirkor ham manfaat ko‘radi, yoshlar rasmiy ishlab, daromadi oshadi. Umuman, "Yoshlar daftari" tizimini ham yangilash, transformatsiya qilish vaqti kelgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi ijtimoiy paketlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 80🔥 16🏆 5 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu yil yana 17 ta shunday maktab ochiladi. O‘tgan yili 56 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Bu o‘z samarasini berib, hozirda 153 ming nafar yoshlar dehqonchilik bilan shug‘ullanyapti. Bu yil Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida bo‘sh turgan 3 ming 300 gektar yer yangicha tartibda ijaraga beriladi. Endi ilgari ajratilgan yerga mahsulot ekib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga ham ushbu tartib asosida bu yerlardan beriladi. Yoshlar kooperatsiyalari tashkil qilinib, yoshlar qishloq xo‘jaligida bilim va ko‘nikma oshirishiga yordam beriladi. Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi orqali bino olayotgan tadbirkorlarga uskuna xaridi uchun 500 ming dollargacha kredit ajratiladi. Sodda qilib aytganda, tayyor ishlab chiqarish maydonini olgan yosh tadbirkorga imtiyozli shartlarda uskunalar ham olib beriladi. @alisher_sadullaev
显示全部...
👍 70🔥 14 8🏆 3