"El-yurt umidi" Foundation
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
显示更多2025 年数字统计

33 607
订阅者
-2624 小时
-157 天
-11430 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
#Eslatma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq:
✔️test uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball olgan nomzodlar keyingi bosqichdagi suhbatga oʻtkaziladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
⚡ 12❤ 9👍 8🔥 2💯 2
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
#Jarayon
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovining test sinovlari davom etmoqda.
Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilmoqda. Testlar nomzodlarning intellektual salohiyatini, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini, psixologik barqarorligini baholashga qaratilgan.
Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida ularga test sinovlarida oflayn (agar Oʻzbekiston hududida boʻlsa) va onlayn (agar chet elda boʻlsa) shakllarida ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi.
Bundan tashqari, test topshirish nuqtalari nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ham tashkil etildi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
IMG_4696.MOV13.78 MB
❤ 15🔥 8👌 4👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Muhim
⚡️Tanlov komissiyasi ayrim nomzodlarga test sinovlarida ishtirok etish manzilini oʻzgartirishga ruxsat berdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlarida ishtirok etish manzili va shaklini oʻzgartirish boʻyicha nomzodlarning murojaatlari (2-dekabr 14:00 ga qadar kelib tushgan) belgilangan tartibda Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.
Test sinovlarida ishtirok etish manzillari va shakli oʻzgartirilgan nomzodlar roʻyxati bilan quyidagi 📎HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
❗️Hududini o‘zgartirgan nomzodlar uchun:
Toshkent shahrida, hududlarda va Qoraqalpogʻiston Respublikasida OFLAYN formatda test topshiradigan barcha nomzodlarga (bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlari boʻyicha) tegishli manzillarga soat 08:30 da yetib kelish tavsiya etiladi.
⚠️ Testga koʻrsatilgan vaqtga kelmagan (onlayn kirmagan) nomzodlar test bosqichidan chetlashtiriladi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔥 13❤ 10👏 5👍 1
00:22
视频不可用在 Telegram 中显示
#Muhim_sana_oldidan
Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli. Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 51-modda.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
олий таълим.mp411.06 MB
❤ 5⚡ 3💯 2
#Xalqaro_hamkorlik
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Qatar Finance and Business Academy rahbariyati bilan davlat xizmatchilari uchun stajirovkalarni tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Qatarga xizmat safari doirasida mamlakatning moliya, biznes va iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi professional markazi — Qatar Finance and Business Academy (QFBA) direktori Xalifa Al Salahiy
Al Yafeiy bilan uchrashdi.
2009-yilda asos solingan QFBA akademiyasi Qatarni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. U bank ishi va moliya, audit va xatarlarni boshqarish, soliq solish va investitsiyalarni tahlil qilish, korporativ boshqaruv va moliyaviy nazorat boʻyicha dasturlar taklif etadi. Akademiya jahon fintech-markazlari, biznes maktablari va taʼlim platformalari bilan hamkorlik dasturlarini amalga oshiradi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq qadamlarni muhokama qildilar. Xususan, maqsadli stajirovkalar va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, Oʻzbekiston davlat xizmatchilari va moliyachilari uchun maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, shu jumladan tahlil va moliyaviy tartibga solishning zamonaviy usullarini oʻrgatish masalalariga qaratilgan. Professorlar va mutaxassislar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot loyihalari va treninglarda ishtirok etish uchun imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi. Gulnoza Ismailova QFBA bilan hamkorlik jamgʻarmaning strategiyasi — Oʻzbekistonda xalqaro darajadagi mutaxassislar avlodini shakllantirish va mamlakatni global taʼlim makoniga integratsiyalashuviga mos kelishini taʼkidladi. Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzbekistonlik yoshlar va iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridagi mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish orqali sheriklikni rivojlantirishga tayyorliklarini tasdiqladi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 16⚡ 8🤩 5👏 3🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati Pensilvaniya universitetining ikkita uyushmasining boshqaruv qoʻmitalariga saylandi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Feruza Ochilova Pensilvaniya universitetining (AQSH) ikkita uyushmasining boshqaruv qoʻmitasiga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish assotsiatsiyada (Antitrust Association) LL.M. dasturining rasmiy vakili etib saylandi.
Yangi maqom unga talabalar manfaatlarini himoya qilish, raqobat huquqi masalalari boʻyicha muhokamalarda ishtirok etish, hamda adolatli raqobat va bozorlarni tartibga solish masalalari bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini beradi. Monopoliyaga qarshi kurashish assotsiatsiyasi (Antitrust Association) boshqaruvda shaffoflik, hisobdorlik va axloqiy meʼyorlarni mustahkamlashga intiluvchilar uchun maydonga aylangan. Ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hujjatlarni oʻrganadilar, amaliy tavsiyalar ishlab chiqadilar hamda korrupsiyaga qarshi va monopoliyaga qarshi global standartlarning jamoatchilik muhokamalarida qatnashadilar. Ekologik loyiha huquqi assotsiatsiyasi ekologiya, barqaror rivojlanish, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi va iqlim masʼuliyati masalalari bilan qiziquvchi talabalarni birlashtiradi. Ishtirokchilar ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshiradilar, ekologik adolat tashabbuslarini ishlab chiqadilar va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan siyosatni muhokama qilishda faol ishtirok etadilar. “Bu men uchun katta sharaf va masʼuliyatdir. Ushbu lavozimlar menga LL.M. talabalarining fikrlarini ifodalash, gʻoyalar almashish va halol raqobat, shaffoflik hamda barqaror rivojlanishni targʻib qiluvchi jamoalar faoliyatida ishtirok etish imkonini beradi,“ deydi F. Ochilova. Feruza Ochilova tarixi “El-yurt umidi” stipendiatlarining xalqaro akademik va kasbiy doiralarda taniqli shaxslarga aylanayotganining yana bir misolidir. Bu Oʻzbekiston yoshlari halollik, adolat va taraqqiyot qadriyatlarini himoya qilib, global ekspertlik maydoniga ishonch bilan kirib borayotganini koʻrsatmoqda.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 25👏 12🥰 3👍 1
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati Yoshlar maslahat kengashlarining mintaqaviy uchrashuvida ishtirok etdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Bonn universiteti (Germaniya) magistranti Amirbek Salimov Toshkentda boʻlib oʻtgan Yoshlar maslahat kengashlarining mintaqaviy uchrashuvida ishtirok etdi. U mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ijtimoiy, iqtisodiy, ilm-fan va boshqa sohalarda yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻzlab berdi.
Maʼlumot uchun: Yoshlar maslahat kengashlarining mintaqaviy uchrashuvi Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning Yoshlar maslahat kengashlari aʼzosi boʻlgan 70 nafardan ortiq yosh yetakchilarni birlashtirdi. Forum dasturi dolzarb mavzular boʻyicha turli munozaralarni, kelajakni bashorat qilish va tahlil boʻyicha treninglarni, mintaqa mamlakatlarining madaniy taqdimotlarini, shuningdek, har bir milliy jamoa oʻz harakat rejasini tayyorlagan alohida ishchi yigʻilishlarni oʻz ichiga oldi. Ishtirokchilar umumiy qadriyatlar va madaniy yaqinlikka asoslangan Markaziy Osiyo yoshlarining yagona kun tartibini shakllantirishning muhimligini taʼkidladilar. Muhokamalar davomida mintaqaning muammolari va imkoniyatlari umumiy ekanligi, shu bois ular muvofiqlashtirgan harakatlarni talab etishi haqidagi fikr ilgari surildi. Oʻzbekistonning Youth Sounding Board jamoasi turli kasblar, koʻnikmalar va nuqtai nazarlarni uygʻunlashtirish orqali samarali faoliyat namunasini koʻrsatdi. Forum hamkorlikni mustahkamlash, umumiy tashabbuslarni ishlab chiqish va Markaziy Osiyo yoshlarining yagona ovozini shakllantirish uchun asosiy maydon boʻlib xizmat qildi. Stipendiat Amirbek Salimovning ushbu tadbirda ishtiroki Oʻzbekiston yoshlarining mintaqaviy va xalqaro jarayonlardagi oʻrni tobora ortib borayotganini yana bir bor taʼkidladi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 21🔥 10👍 3🤩 1
#Eslatma
⚠️ Onlayn tarzda test sinovlarida ishtirok etadigan nomzodlar diqqatiga!
Test bosqichida onlayn tarzda ishtirok etish uchun Zoom havolasi nomzodlarga onlayn platforma va elektron pochta manzili orqali yuborildi.
Zoom platformasi orqali test yechish jarayoni kuzatib boriladi. Testni maxsus veb-sayt orqali topshiriladi hamda undan foydalanish tartibi boʻyicha tushuntirishlar joriy yil 3-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09-00 da boshlanadi.
‼️ Eslatma: Belgilangan vaqtda Zoom platformasiga ulanmagan va videokuzatuv talablariga rioya qilmagan nomzodlar test bosqichidan chetlashtiriladi.
✔️ Test jarayonida ishtirok etish uchun quyidagi jihozlar talab etiladi:
1. Kameraga ega kompyuter;
2. Telefon — Zoom platformasiga ulanish va ikkinchi kuzatuv qurilmasi sifatida foydalanish uchun.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 19👌 5⚡ 4🔥 4
照片不可用在 Telegram 中显示
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar diqqatiga!
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovining test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, test sinovlari joriy yilning 3-dekabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan va belgilangan muddatda xalqaro sertifikatlarni (SAT, GRE, GMAT yoki A-Level) taqdim etgan NOMZODLAR test sinovlaridan ozod qilinadi.
Joriy yilning 3-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari hududlar kesimida belgilangan grafik asosida o‘tkaziladi. Nomzodlar hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va vaqt haqidagi maʼlumot bilan ushbu 📎HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Nomzodlar hududlarda belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan test sinovlari joyiga yetib kelishlari so‘raladi.
Testda onlayn ishtirok etadigan nomzodlar esa Toshkent vaqti bilan 09:00 da Zoom platformasi orqali test sinovlarida ishtirok etadilar. Onlayn ishtirok etuvchi nomzodlarga Zoom havolasi onlayn platforma yoki elektron pochta manzillari orqali yuboriladi.
⚠️ Testga koʻrsatilgan vaqtga kelmagan (onlayn kirmagan) nomzodlar test bosqichidan chetlashtiriladi.Agar nomzod belgilangan hududda test kuni bo‘lmagan taqdirda, u test sinovlarini boshqa hududda topshirishi mumkin. Buning uchun nomzod @eyufadmissionbot'ga o‘zining F.I.O. (to‘liq ismi-sharifi), pasport yoki ID-karta raqami va test topshirmoqchi bo‘lgan hudud nomini ko‘rsatgan holda 2-dekabr 14:00 ga qadar xabar yuborishi lozim.
❗️Belgilangan tartib va mezonlarga rioya qilmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi.👉Batafsil 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔥 21❤ 7👏 6⚡ 3🎉 2👨💻 1
#Eslatma
⚠️ Eslatib oʻtamiz, “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovidagi test sinovlari spetsifikatsiyasi bilan veb-saytimizda tanishingiz mumkin:
https://eyuf.uz/admin/uploads/2025/test%20spetsifikatsiyasi.pdf
Talabgorlarning yoʻnalishlar boʻyicha bilimlari quyidagi tartibda baholanadi:
➖Bakalavr: tahliliy fikrlash (20 ta savol), IQ (20 ta savol).
➖Magistratura va doktorantura: tahliliy fikrlash (20 ta savol), ilmiy-tadqiqot olib borish kompetensiyasi (20 ta savol).
❗️Test sinovlari oʻzbek tilida oʻtkaziladi.
❤ 22👏 9🔥 8⚡ 5
照片不可用在 Telegram 中显示
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2-ochiq stipendiya tanlovining test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar diqqatiga!
2025-yil 3-dekabr kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovining test sinovlari oʻtkaziladi (oflayn va onlayn).
Qo‘shimcha maʼlumotlar (roʻyxat, manzili va vaqti) tez orada eʼlon qilinadi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔥 20❤ 11👍 7⚡ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#EYUFMUN_2025
📣📣 Call for Applications
❓What happens when the next generation of leaders meets the technologies that are redefining our world?
“El-Yurt Umidi” Foundation and IT Park Uzbekistan invites young thinkers, innovators, and emerging diplomats to step onto a global stage where AI, governance, and human potential converge.
We are excited to open applications for EYUFMUN-2025 CONFERENCE “AI for Public Good: Modernizing the State Through Talent, Technology, and Zero Bureaucracy” — a forum where bright minds will debate how artificial intelligence can serve the public good and transform the state of tomorrow.
Delegates will address some of the most pressing questions of the digital century: ➖How can AI make governments more transparent, efficient, and human-oriented? ➖What soft-skills are required from public leaders during the age of digital transformation? ➖How can states eliminate excessive bureaucracy and guarantee equal access to services? ➖What ethical and legal frameworks are needed to protect digital rights? ➖How can technology accelerate sustainable development?This conference aims to bring together young leaders ready to propose bold, evidence-based ideas for a smarter and fairer public sector.
Applications are welcome from: ✔️ university students in Uzbekistan; ✔️ active young citizens engaged in public policy, technology, or global affairs; ✔️ fellows and scholars of the “El-Yurt Umidi” Foundation; ✔️ emerging professionals in AI, GovTech, and related fields.Working language: English. Registration is conducted online via the official 🖥 application form. 🗓 Deadline: December 14 (23:59), 2025 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤ 22🔥 9👍 5🤩 5⚡ 4🤓 3🎉 1👌 1
#Eslatma
⚠️ Hozirda chet elda boʻlib turgan nomzodlar diqqatiga!
Bugun, 1-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 ga qadar xorijdagi nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni (bitta faylda, PDF formatda, hajmi 5 Mb gacha) onlayn platformaga yuklashi kerak.
Bu orqali siz test bosqichida onlayn shaklda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
❗️Agar siz Oʻzbekistonda boʻlsangiz, test sinovlarida OFLAYN shaklda ishtirok etishingiz lozim.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔥 10👍 5❤ 4⚡ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#Muhim
❗️Diqqat, eslatma!
Ish yoki oʻqish maqsadida xorijda boʻlib turgan nomzodlardan tanlovning test bosqichida ONLAYN ishtirok etish uchun Jamgʻarmaning onlayn platformasida xorijdaligini tasdiqlovchi hujjatni yuklagan holda onlayn ishtirok shaklini tanlashi talab etiladi.
❓Nomzod xorijdaligini tasdiqlash uchun qanday hujjat(lar)ni (nusxasini) yuklashi mumkin?
➖Hozirgi paytda xorijdagi universitetda oʻqishini tasdiqlovchi “Student ID”;
➖Enrollment letter;
➖Vizasidan nusxa;
➖Xizmat safari buyrugʻi (qarori, farmoyishi nusxasi) — xizmat safarida boʻlganlar uchun;
➖Aviachipta tasdiqnomasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.
Tasdiqlovchi hujjatlar (agar bittadan koʻp boʻlsa, bitta faylda) PDF formatida hajmi 5 Mb oshmagan shaklda yuklanishi soʻraladi.
🗓 Deadline: 1-dekabr 12:00 (Toshkent vaqti bilan).
⚠️ Test shaklini tanlamagan nomzodlar avtomatik ravishda jarayonda OFLAYN shaklda ishtirok etadi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔥 16❤ 11👍 3⚡ 2👏 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#Muhim
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovining 1-bosqichi yakunlandi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrgacha nomzodlarning hujjatlari jamgʻarmaning 24/7 rejimida onlayn platforma orqali yagona tartib va teng imkoniyatlar asosida qabul qilindi.
Tanlov komissiyasining Texnik guruhi tomonidan birinchi bosqich saralash jarayonida nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning Tanlov nizom talablariga muvofiqligi hamda hujjatlarni toʻliq taqdim etilganligi tegishli tartibda oʻrganildi va umumlashtirilgan holda Tanlov komissiyasiga taqdim etildi.1-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar roʻyxati bilan quyidagi 👉HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin. ⚠️ TANLOVNING 2-BOSQICHIGA TAVSIYA ETILGAN NOMZODLAR UCHUN ESLATMA Bugungi kunda ish yoki oʻqish maqsadida xorijda boʻlib turgan nomzodlardan tanlovning 2-bosqichi — test jarayonlarida ONLAYN ishtirok etish uchun Jamgʻarmaning onlayn platformasida xorijdaligini tasdiqlovchi hujjatni yuklagan holda onlayn ishtirok shaklini tanlashi talab etiladi. Agar siz Oʻzbekistonda boʻlsangiz, test sinovlarida OFLAYN shaklda ishtirok etishingiz lozim. Test shaklini Jamgʻarmaning onlayn platformasida 2025-yil 1-dekabr soat 12:00 ga qadar tanlashingiz soʻraladi. Test shaklini tanlamagan nomzodlar avtomatik ravishda OFLAYN shaklda ishtirok etishadi.
Onlayn testda ishtirok etish istagini bildirgan xorijdagi nomzodlarga ruxsat berish masalasi Tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Stipendiya tanlovining ikkinchi bosqich — test sinovlari oʻtkaziladigan sana va joyi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda yaqin kunlarda eʼlon qilinadi.👉Batafsil 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔥 32❤ 18⚡ 6🎉 5🤩 3👨💻 2👍 1
