"El-yurt umidi" Foundation
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
显示更多2025 年数字统计

33 600
订阅者
-3424 小时
-527 天
-13630 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
—
В преддверии седьмой Консультативной встречи глав государств Центральной Азии в Ташкенте опубликована статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Центральная Азия на пороге новой эпохи".
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
🔥 14👌 6❤ 4👍 3
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿 Qalblarni birlashtiruvchi bayroq
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari qayerda boʻlmasin — Gonkongda, Manchesterda yoki Vashingtonda — oʻzlari bilan Vatan ramzini olib yurishadi.
Bayrogʻimiz mustaqillik va millionlab oʻzbekistonliklarning orzulari timsolidir.
#MenUchunQadrli chellenjida ishtirok eting — Davlat bayrogʻi bilan suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiring.
Oʻzbekiston bayrogʻi dunyo uzra yanada baland hilpirab tursin! 🇺🇿🌍
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 33👍 11🔥 7
照片不可用在 Telegram 中显示
#Diqqat_tanlov
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qiladi!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi.
Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.
Tanlovga oid maʼlumotlar 📎veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
🔥 77❤ 46⚡ 21👍 9🤗 4✍ 2👌 1
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Tsukuba universiteti magistratura va doktorantura dasturlariga qabul davom etmoqda
1️⃣Yaponiyaning Tsukuba universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan, Yevrosiyo mintaqasida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishga faol hissa qoʻsha oladigan yosh mutaxassislarni tayyorlashga moʻljallangan nufuzli xalqaro NipCA Fellowship dasturiga arizalar qabulini boshladi.
Xalqaro davlat siyosati boʻyicha magistratura dasturi (SPJES — Yaponiya va Yevrosiyo tadqiqotlari maxsus dasturi) Yaponiya va Yevrosiyo munosabatlari, xalqaro aloqalar, mintaqaviy siyosat va barqaror rivojlanishni oʻrganishga qaratilgan. Oʻqish muddati — 1,5 yil. Dastur The Nippon Foundation koʻmagida amalga oshiriladi va akademik qobiliyatlarni namoyish etgan nomzodlar uchun toʻliq stipendiyalarni oʻz ichiga oladi. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. 🗓 Deadline — 2026-yil 15-yanvar.🖥 Batafsil maʼlumot ________ 2️⃣Yaponiyaning Tsukuba universiteti Xalqaro davlat siyosati boʻyicha doktorlik dasturi (IPP) doirasida Yaponiya va Yevrosiyo tadqiqotlari maxsus dasturi (SPJES) doktorlik dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Bu xalqaro ommaviy siyosat, xalqaro munosabatlar va Yevrosiyo tadqiqotlari sohasida tadqiqotchilar va ekspertlarni tayyorlashga moʻljallangan noyob ingliz tilidagi dasturdir.
SPJES — kelajakdagi olimlar va siyosiy ekspertlarda tahliliy, tadqiqot va yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan uch yillik PhD dasturidir. Dastur talabalari Yaponiya, Markaziy Osiyo va Yevroosiyo mintaqasi bilan bogʻliq mavzular ustida ishlaydilar, akademik loyihalarda qatnashadilar va xalqaro anjumanlarda ishtirok etadilar. 🗓 Deadline — 2026-yil 15-yanvar.🖥 Batafsil maʼlumot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 14⚡ 5👍 3🔥 3
#MenUchunQadrli
🌍🇺🇿 “Men uchun qadrli” fleshmobi — Oʻzbekiston bayrogʻining jahon boʻylab sayohati
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kuni arafasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari “Men uchun qadrli” fleshmobiga start berdi.
Bayroq Nyu-York va Sidney, Boston va Seul, London va Tokiodagi... yosh oʻzbekistonliklar qoʻlida. U sayyoramiz boʻylab sayohat qilib, oʻrganayotgan, tadqiq etayotgan, bunyod etayotgan va jahon maydonida Oʻzbekistonni tanitayotgan insonlar qalbini birlashtirmoqda.
Bayroq shunchaki ramz emas. U minglab kilometr uzoqda boʻlsada, Oʻzbekiston ularning har birining qalbida ekanligini eslatib turadi!
📎Har kim fleshmobga qoʻshilishi mumkin. Bayroq bilan suratni joylashtirish va tavsifda #MenUchunQadrli heshtegni koʻrsatish kifoya.
Oʻzbekiston bayrogʻi taraqqiyot, birdamlik va umid timsoli sifatida dunyo uzra yanada baland hilpirab tursin! 🇺🇿🌍
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 36🔥 11😍 6
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️ 17 ta toʻliq moliyalashtiriladigan PhD dasturlari uchun arizalar qabuli boshlandi
Yevropa Komissiyasi tomonidan Horizon Europe / Marie Skłodowska-Curie Doctoral Networks (MSCA DN) dasturi orqali moliyalashtiriladigan “Sociology of Authoritarian Law: Insights from Central Asia (SOCIAL)“ loyihasi doirasida 17 ta toʻliq moliyalashtiriladigan PhD oʻrinlari uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Dastur boshlanishi: 2026-yil, sentabr
Davomiyligi: 48 oy
Dasturning har bir ishtirokchisi turli mamlakatlardan kelgan ilmiy rahbarlarning qoʻshma rahbarligi ostida taʼlim oladi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi dala tadqiqotlarini oʻz ichiga olgan akademik va kasbiy amaliyotlarda qatnashadi.
Dastur korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va korporativ shaffoflikdan tortib maʼmuriy huquq islohotlari, raqamli nazorat va huquqiy nigilizmgacha boʻlgan mavzularni qamrab oladi.
Asosiy hamkor universitetlar qatoriga Lund universiteti (Shvetsiya), Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toronto universiteti (Kanada), Syurix universiteti (Shveysariya), Vilnyus universiteti (Litva), Groningen universiteti (Niderlandiya) va boshqalar kiradi.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
➖huquq, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, antropologiya yoki turdosh fanlar boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlish;
➖ariza topshirish paytida PhD darajasiga ega boʻlmaslik;
➖MSCA mobillik qoidasiga muvofiq boʻlish (qabul qiluvchi universitet joylashgan mamlakatda soʻnggi 3 yil ichida 12 oydan ortiq yashamagan boʻlish);
➖ingliz tilini yuqori darajada bilish va fanlararo tadqiqotlarga kuchli qiziqish koʻrsatish.
🗓 Deadline — 2026-yil 31-yanvar.
🖥 Batafsil maʼlumot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 20⚡ 3🔥 2🤩 2👍 1🤗 1
00:45
视频不可用在 Telegram 中显示
#EYUF_Global
Yangi avlod, global nigoh — Birmingham Dubay universitetidagi “El-yurt umidi” stipendiatlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi yangi “EYUF Global” media loyihasini taqdim etadi. Loyiha doirasida dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan, zamonaviy bilim va texnologiyalarni oʻzlashtirib, Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshishga intilayotgan stipendiatlar haqida hikoya qilamiz.
Har bir sonida — zamonaviy Oʻzbekistonning intellektual qiyofasini shakllantiruvchi boʻlajak olimlar, muhandislar, shifokorlar, huquqshunoslar, tadqiqotchilar va yetakchilar boʻlmish stipendiatlarning muvaffaqiyati, ilhomi va kasbiy oʻsishining jonli hikoyalari.
Birinchi lavha — Birmingham Dubay universitetida tahsil olayotgan stipendiatlar haqida.
📹 Toʻliq video
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_9532.MP415.39 MB
❤ 14🔥 10⚡ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi
Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.
Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish.
Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi.
Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 12🔥 5👍 3🤩 3
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️ Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi
Tibbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha uch bosqichli tizimga o‘tilishi belgilandi. Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar bo‘yicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat ro‘yxatidan o‘tadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Ko‘p vaqtini bemor oldida o‘tkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar.
Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga ko‘makchi bo‘ladigan hamshiralarni tayyorlashga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi.
Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy ma’lumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 10👍 7🤩 4⚡ 1
01:20
视频不可用在 Telegram 中显示
#Press_klub #ElYurtUmidiSuccessStory
Bobur Turayev, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bolalar kardiojarrohi:
— University College London universitetiga biriktirilgan shifoxonasida bolalar kardiojarrohligining asoslarini oʻrganganman. Oʻqish oxirida oʻsha yerdagi professorlar tomonidan yordamchi shifokor sifatida qolish taklifi boʻlgan. Undan tashqari, Myunxendagi yurak markazi va Avstraliyadagi Melburn bolalar shifoxonasi ham ishga chaqirgan.
Toʻgʻri, siz u yerda ishlashingiz mumkin, yashab, yaxshi pul topishingiz mumkin. Lekin Oʻzbekistonda ishlash davomida sizda bir his boʻladi: kerakli ekanligingizni his etasiz. Masalan, koʻkarib, zoʻrgʻa nafas olayotgan chaqaloqni oldingizga olib keladi. Uni operatsiya qilasiz, bir haftadan – oʻn kundan keyin kulib, xursand boʻlib, soppa-sogʻ holatda uyga kuzatayotganingizda jamiyatga, oddiy insonlarga foydangiz tegayotganini his qilasiz. Aynan shu his Vatanga qaytishga eng asosiy turtki boʻlgan.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Бобур тураев.MOV29.09 MB
❤ 28👍 10🔥 9💯 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#ElYurtUmidiSuccessStory
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning University College London (UCL) universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi Bobur Turayev “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Bobur Turayev — Oʻzbekiston pediatrik kardiojarrohligi rivojiga beqiyos hissa qoʻshayotgan yosh va fidoyi shifokor, Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar koʻp tarmoqli klinikasi kardioxirurgiya boʻlimi kardiojarrohi. 2019-yildan buyon 1000 dan ortiq bemor bolalarda yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
2025-yil avgust oyida u Oʻzbekistonda ilk bor noyob yurak operatsiyasini amalga oshirdi — bemorning oʻz yurak toʻqimasidan klapan yasab, oʻtkazilgan kardiojarrohlik amaliyoti mamlakat tibbiyotida tarixiy burilish sifatida baholandi va milliy hamda xalqaro OAVlarda keng yoritildi.
Ilmiy sohada ham faol boʻlgan Bobur Turayev 20 taga yaqin ilmiy maqolalar (PubMed, Scopus, Google scholar) muallifi, oʻnlab xalqaro kongresslarda oʻz izlanishlari bilan qatnashib, mamlakatimiz ilm-fanini dunyo miqyosida tanitib kelmoqda.
Eslatib o ʼtamiz, joriy yilning sentabr oyida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan “The EYUF Awards 2025” tanlovida Bobur Turayev “Jamiyatga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasida eʼtirof etildi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 28👏 19🔥 7👍 3
01:31
视频不可用在 Telegram 中显示
#Islohotlarga_daxldorman
Intervyu 24 | O‘zbekiston Prezidentining tarixiy tashrifi: AQSh bilan keng ko‘lamli hamkorlik yangi bosqichda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Italiyaning Sapienza universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi Ibrohimjon Joʻraboyev “Oʻzbekiston 24” kanaliga bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashriflari yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
B,hj=bv.mp419.66 MB
👏 9🔥 8❤ 6⚡ 3👍 2👌 1
02:01
视频不可用在 Telegram 中显示
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi o‘zaro hurmat va manfaatga asoslangan O‘zbekiston–AQSH munosabatlarining yangi qirralarini ochdi hamda hamkorlikni aniq loyiha va kelishuvlar bilan boyitdi.
—
Визит Президента Шавката Мирзиёева в Вашингтон открыл новые грани узбекско-американских отношений, основанных на взаимном уважении и выгоде, наполнил повестку сотрудничества конкретными проектами и договоренностями.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
video_2025-11-07_18-42-50.mp461.47 MB
❤ 12👍 7🔥 3💯 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Professor Gulnoza Ismailova davlat boshqaruvida ayollarning roliga bagʻishlangan xalqaro anjumanda soʻzga chiqdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismailova “Davlat boshqaruvida ayollarning roli: Oʻzbekiston kelajagini shakllantirayotgan islohotlar ovozi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq soʻzladi.
Taʼkidlanishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda rivojlanishning yangi modeli shakllanmoqda — bunda taʼlim va teng imkoniyatlar islohotlarning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Birgina misol: soʻnggi 7-yilning oʻzida magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar soni deyarli 11 barobar oshdi. Davlat ularning taʼlim olishini moliyalashtirishni davom ettirmoqda. Bugun ayollar ilm-fan, muhandislik, axborot texnologiyalari, tadbirkorlik, davlat boshqaruvi kabi turli sohalarda oʻzlarini faol namoyon etmoqdalar. “Biz murakkab va noanʼanaviy kasblarni tanlashdan choʻchimaydigan qizlar tobora koʻpayib borayotganini koʻryapmiz. Ular qoliplarni buzib, minglab boshqalarga ibrat boʻlishmoqda. Bu — oʻziga ishonch bilan imkonsiz narsaning oʻzi yoʻqligining jonli isbotidir”, — dedi jamgʻarma ijrochi direktori. Buni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati misolida ham koʻrish mumkin. 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi gʻoliblarining 25 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Ularning har uchinchisi STEM yoʻnalishlarini, yaʼni fan, texnologiya, muhandislik, matematikani tanlagan. “Ayollar taʼlimiga sarmoya kiritish orqali biz millat kelajagiga sarmoya kiritamiz. Zero, bugungi qizlarimiz ertangi rahbarlar, vazirlar, muhandislar, professorlar va yangi avlod innovatorlarining onalaridir. Ular shunchaki karyera qurmaydi — ular Yangi Oʻzbekistonni barpo etadi”, — dedi G. Ismailova. Maʼlumot uchun: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Boshqaruv samaradorligi agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda tashkil etilgan. Konferensiya maqsadi — 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi, xususan, ayollarning davlat xizmatidagi oʻrnini eʼtirof qilish hamda sohada ilgʻor tajribalarni muhokama qilishdan iborat.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👏 15❤ 13🤩 3⚡ 1🤓 1
05:20
视频不可用在 Telegram 中显示
#ElYurtUmidiSuccessStory #OAV_biz_haqimizda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendianti Saidakbarxon Poʻlatov Arizona davlat universitetida (AQSh) oʻrgangan muhandislik bilimlarini sinovdan oʻtkazib, amaliyotga tatbiq etish maqsadida Umida ismli yordamchi robotni yaratdi. Robotning dastlabki namunalari ustida 2021-yilda ish boshlangan.
Batafsil 👉 lavhada
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_9478.MP428.16 MB
❤ 14🔥 10💯 3👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
AQSH Prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:
"Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi. Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!".— Президент США Дональд Трамп написал следующий пост на своей странице в социальной сети Truth Social:
"Я рад объявить о невероятном торгово-экономическом соглашении между Соединёнными Штатами и Узбекистаном. В течение ближайших трёх лет Узбекистан осуществит закупки и инвестирует почти 35 миллиардов долларов, а за следующие десять лет – более 100 миллиардов долларов – в ключевые американские отрасли, включая критические минералы, авиацию, автокомпоненты, инфраструктуру, сельское хозяйство, энергетику и химию, информационные технологии и другие сферы. Я хочу поблагодарить высокоуважаемого Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева. Мы с нетерпением ждём долгосрочных и продуктивных отношений между нашими странами!".🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 35👍 17🔥 9🤓 3💯 1😇 1
00:35
视频不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в саммите лидеров стран Центральной Азии и США в формате «C5+1».
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_9472.MP412.79 MB
🔥 7💯 7❤ 2👏 2
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Garvard va Stenfordda kasbiy rivojlanish kurslarini tamomladi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Kolorado davlat universitetining (AQSh) talabasi Ilhomiddin Nabijonov dunyoning ikki yetakchi oliy taʼlim muassasasi — Garvard va Stenford universitetlarida kasbiy rivojlanish dasturlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Garvardda u yosh rahbarlar uchun moʻljallangan “Essential Management Skills for Emerging Leaders” kursini oʻzlashtirdi. Bu kurs yetakchilik fazilatlarini va boshqaruv tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, muloqot, hissiy intellekt, muzokara olib borish va qaror qabul qilish kabi mavzularni qamrab oladi. Ushbu dasturda 17 mamlakatdan kelgan vakillar ishtirok etdi. Bu haqiqiy xalqaro va ilhombaxsh muhitni yaratib, ishtirokchilarga boshqaruv va yetakchilik sohasidagi tajriba hamda gʻoyalarini almashish imkonini berdi. Ilhomiddin, shuningdek, Stenford universitetida sunʼiy intellektning tashkilotlarni boshqarish yondashuvlariga taʼsiri haqidagi “Harnessing AI to Transform Organizations” dasturini oʻzlashtirdi. Jadal mashgʻulotlar davomida u sunʼiy intellekt texnologiyalarining aniqroq qarorlar qabul qilish, jamoalar samaradorligini oshirish va innovatsiyalarni joriy etishdagi ahamiyatini chuqur oʻrganib chiqdi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
🎉 21❤ 14🔥 10👏 6🤩 2
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Vanderbilt universiteti Muhandislik maktabi magistratura va doktorantura uchun arizalar qabulini eʼlon qildi
Times Higher Education reytingiga koʻra dunyoning Top-100 talik universitetlar qatoriga kiruvchi Vanderbilt universiteti 2026-yil kuz semestrida Muhandislik maktabining magistratura (MS) va doktorantura (PhD) dasturlariga hujjat qabulini boshladi.
Asosiy yoʻnalishlar:
➖Elektr va kompyuter muhandisligi
➖Mexanika muhandisligi
➖Kimyoviy va biomolekulyar muhandislik
➖Kiber-fizik tizimlar (CPS)
➖Muhandislik va jarrohlik aralashuvi (ESI)
➖Xavf (risk), ishonchlilik va barqarorlik (RRR)
✔️Afzalliklari: ▫️ PhD talabalari uchun toʻliq oʻqishni toʻliq qoplaydigan stipendiyalar mavjud; ▫️ Istiqbolli magistratura talabalari uchun oʻqishni qisman qoplaydigan stipendiyalar. ▫️ Universitet va tashqi homiylardan individual grantlar hamda ilmiy-tadqiqot stipendiyalari olish imkoniyati. ▫️ Qabul uchun GRE test natijalari talab etilmaydi. Ingliz tili boʻyicha talab: ➖TOEFL — 89 ball va undan yuqori; ➖IELTS — 7.0 ball va undan yuqori; ➖Duolingo English Test — 130 ball va undan yuqori. Maʼlumot uchun: Vanderbilt Muhandislik maktabi sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, robototexnika, barqaror muhandislik va tibbiyot texnologiyalari sohasidagi yutuqlari bilan mashhur. Universitet AQShning yetakchi ilmiy-tadqiqot oliy oʻquv yurtlarini birlashtirgan nufuzli Carnegie R1 Research Universities guruhiga aʼzo hisoblanadi.🖥 Batafsil maʼlumot: https://engineering.vanderbilt.edu/graduate-admissions/ 🗓 Deadline — 2025-yil 1-dekabr. ⚠️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari uchun universitetning muhandislik dasturlarida oʻqish narxiga 50 foizlik chegirma koʻzda tutilgan. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 8🔥 6🤩 3👏 2
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati yangi taʼlim texnologiyalari boʻyicha stajirovka oʻtadi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Rohempton universiteti (Buyuk Britaniya) magistratura bitiruvchisi, Fargʻona davlat universiteti Ingliz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi Saidmuxammad Toʻychiboyzoda Rossiya xalqlar doʻstligi universitetida stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladi.
U zamonaviy pedagogik va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan “Oliy taʼlimda oʻqitish metodikasi” dasturi boʻyicha taʼlim oldi. Dastur davomida Saidmuxammad oʻqitishdagi eng soʻnggi yondashuvlar va innovatsion taʼlim texnologiyalarini oʻzlashtirdi. Asosiy yoʻnalishlar qatoriga raqamli oʻquv mahsulotlarini loyihalash, LMS platformalaridan foydalanish, taʼlim jarayoniga sunʼiy intellekt va VR texnologiyalarini joriy etish, yumshoq koʻnikmalar va refleksiv taʼlim malakalarini rivojlantirish, shuningdek, barqaror taʼlim va muzey pedagogikasi tamoyillari kirdi. Bundan tashqari, Saidmuxammad Toʻychiboyzoda universitet talabalari uchun ochiq dars oʻtkazib, oʻz oʻqituvchilik tajribasi va pedagogik amaliyoti bilan oʻrtoqlashdi. Stajirovka yakunida u yakuniy loyihasini himoya qildi va kursni muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👍 9⚡ 3❤ 2🎉 2🔥 1🤩 1
