Sevgi She'rlari
前往频道在 Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
显示更多2025 年数字统计

12 722
订阅者
-3624 小时
-1527 天
-34830 天
帖子存档
YURAK MENGA SHODON KERAKSAN...
Gʻamlari koʻp dunyoda netay
Faqat menga oʻzing keraksan.
Ado boʻlma, yigʻlama faqat
Yurak menga shodon keraksan.
Toʻlib ketdi alamlar bisyor
Sevib suyib misli halaksan.
Qoʻy dunyoni, aytaman takror
Yurak menga shodon keraksan.
Gʻamlar kelsa quvaylik birga
Menga hamroh oʻzing tirgaksan.
Besh kunlik bu dunyoda faqat
Yurak menga shodon keraksan.
Har kimni oʻz aravasi bor
Yagonasan,oʻzing yupanchsan.
Adolat yoʻq ajib makonda
Yurak menga shodon keraksan.
Yulduzlarga sirimni aytsam
Ovutasan, netay ermaksan.
Nima desa desin odamlar
Yurak menga shodon keraksan.
IRODAXON QOSIMOVA
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 14👍 7🥰 5👌 3😍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
SIKITKA 25 MINGDAN
ZAKAZLARNI QABUL QILISHNI BOSHLADIK📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣
+998912929030 💋💋
BIZNING LOYIHAMIZ ORQALI YAQINLARINGIZNI HURSAND QILING XIZMAT NARXIMIZ CHEGIRMADA 25 MING SÒM
MUROJAT UCHUN👇
@Dil_ishorim_admin
BIZDA AVIDOLI TABRIK 25 MING😘😘😘
VIDIYOLLI TABRIK 40 MING
CHETGA TABRIK 35 MING
BIZDA BARCHASI UZGACHA BULADI👇👇👇👇👇👇
https://t.me/dil_isxorim_5
@Dil_ishorim_admin
+998912929030 👍👍👍👍
❤ 5🥰 4👍 3😍 3
SOG‘INDIM
So‘zlari qand otamni
Sog‘indim-a, sog‘indim,
Bir so‘zli mard otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim.
Toychoq edim toy edim,
Otam bor men boy edim,
Boy badavlat otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim.
Savlat to‘kib turishi,
Ibrat edi yurishi,
Izi jannat otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim.
Bir bor qovoq solmagan,
Duo qilib tolmagan,
Mehri payvand otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim.
Boqishlari himmatli,
So‘zi nurli, hikmatli,
Yuzi jannat otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim.
Tunar yig‘lab bo‘zlayin,
Endi qaydan izlayin,
Tog‘dek savlat otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim,
So‘zlari qand otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim,
Bir so‘zli mard otamni,
Sog‘indim-a, sog‘indim.
✍️ Xurshid Karim
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin ❌
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 12👍 7🥰 6😢 4😍 3🔥 1
Rashqdan yonib sevgilim
Demang kim man siz uchun
Jismu jonim sizniki
Qadrlisiz men uchun.
Sevdim yoshlik chogʻida
Kuydim ishq oʻchogʻida
Siz koʻnglim ardogʻida
Qadrlisiz men uchun.
Hayotimga manosiz
Dil qoʻmsagan sadosiz
Men Toxir siz Zuxrosiz
Qadrlisiz men uchun.
Yurak urar sizni deb
Sizdek ohu koʻzni deb.
Men yashayman sizni deb
Qadrlisiz men uchun.
Yolgʻonga ishonmangiz
Yigʻlab koʻnglim tilmangiz.
Siz hammadan bilsangiz
Qadrlisiz men uchun.
Sevdim yoshlik chogʻida
Kuydim ishq oʻchogʻida
Siz koʻnglim ardogʻida
Qadrlisiz men uchun.
✍Abdumalik shoir so‘zi
She‘rlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 14👍 9😍 3🥰 2💋 2
00:12
视频不可用在 Telegram 中显示
🍁❄️ASSALOMU ALAYKUM
🍁❄️XAYRLI TONG
Payshanba tongi muborak bo‘lsin!
Alloh barchamizni yuzi nurli, so‘zi huzurli, toleimizni baland, rizqimizni keng qilsin.
Qalbimizdagi niyatlarimizni ijobat aylasin.
Kunimizni mazmunli qilib, xayru barokatlarini yog‘dirsin.
Омин. 🤲
😍Hamisha
🥰Omad
😊Quvonch
🤗Tark etmasin
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
3.43 MB
❤ 7👍 7🥰 4😍 4💋 2🎉 1
Rashqdan yonib sevgilim
Demang kim man siz uchun
Jismu jonim sizniki
Qadrlisiz men uchun.
Sevdim yoshlik chogʻida
Kuydim ishq oʻchogʻida
Siz koʻnglim ardogʻida
Qadrlisiz men uchun.
Hayotimga manosiz
Dil qoʻmsagan sadosiz
Men Toxir siz Zuxrosiz
Qadrlisiz men uchun.
Yurak urar sizni deb
Sizdek ohu koʻzni deb.
Men yashayman sizni deb
Qadrlisiz men uchun.
Yolgʻonga ishonmangiz
Yigʻlab koʻnglim tilmangiz.
Siz hammadan bilsangiz
Qadrlisiz men uchun.
Sevdim yoshlik chogʻida
Kuydim ishq oʻchogʻida
Siz koʻnglim ardogʻida
Qadrlisiz men uchun.
✍Abdumalik shoir so‘zi
She‘rlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
25 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.82 MB
👍 7🥰 6😍 4❤ 2
00:28
视频不可用在 Telegram 中显示
✨❄️XAYRLI TUN❄️✨
✨❄️Qancha namunali boʻlmasin inson,
✨❄️Topilar nomingni deguchi yomon.
✨❄️Sen ularni shunchaki unut va kechir,
✨❄️Axir farishtani xam xushlamas shayton.
BARCHANGIZNI ALLOHIM PANOHIDA ASRASIN TUNINGIZ OSUDA OʻTSIN!
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
7311326249803058439.mp43.69 MB
❤ 7👍 6🥰 3😍 3
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni!
Ishingiz yo'q bizlar bilan
Bahona deb uni buni
Zo'rlaridan sizlar bilan
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Holim ko'rib kulasizlar
Oyoq osti qilasizlar
Hali izlab kelasizlar
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Bugun oddiy bolamizda
Dardu alam nolamizda
Odam bo'lib qolamizda
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Davralarda to'r bo'lamiz
Qo'shiqlarga jo'r bo'lamiz
Hammasidan zo'r bo'lamiz
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Yo'qlab kelar tanish bilish
Kunda bazmu jamshid qilish
Bitib hamma bitmagan ish
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Bugun omad yarim yo'ldan
Qolib ketdim o'lda jo'ldan
Dasta pullar o'tar qo'ldan
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Armonlarim yopiladi
Azoblarim chopiladi
Tengimiz ham topiladi
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Restoranda qorin to'qlab
Tanlab yeymiz, uni buni
Soxta do'stim kelar yo'qlab
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni
Yo'qchilik ham bo'ldi yetar
Jon jonimdan o'tib ketar
Nima ishlar bo'lib ketar
Pulimiz ko'p bo'lgan kuni.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 23.12.2025 yil.
❤ 7👍 6😍 4🥰 3🔥 1🎉 1
00:24
视频不可用在 Telegram 中显示
𝑶𝑫𝑫𝑰𝒀 𝑺𝑶‘𝒁𝑳𝑨𝑹 𝑯𝑨𝑴 𝒀𝑼𝑹𝑨𝑲𝑨 𝒀𝑬𝑻𝑨𝑫𝑰
𝑌𝑎𝑞𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑚𝑖𝑧𝑔𝑎 𝑞𝑢𝑣𝑜𝑛𝑐ℎ 𝑢𝑙𝑎𝑠ℎ𝑎𝑚𝑖𝑧❣️
🇹🇦🇧🇷🇮🇰🇱🇦🇷
✨🌙✨🌙✨
❗𝐴𝑢𝑑𝑖𝑜 𝑡𝑎𝑏𝑟𝑖𝑘 🎶
❗𝑽𝒊𝒅𝒆𝒐 𝑴𝒂𝒏𝒕𝒂𝒋 🎥
❗𝒀𝒂𝒏𝒈𝒊 𝒚𝒊𝒍 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊🎄
❗𝑹𝒂𝒔𝒎𝒍𝒂𝒓 🖼
❗𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊 ❤𝒎𝒂𝒌𝒕𝒖𝒃𝒊💌
𝑺𝒐‘𝒛 𝒕𝒐𝒑𝒊𝒍𝒎𝒂𝒚 𝒒𝒐𝒍𝒈𝒂𝒏𝒅𝒂, 𝒃𝒊𝒛 𝒚𝒐𝒓𝒅𝒂𝒎 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒎𝒊𝒛.
𝒀𝒖𝒓𝒂𝒌𝒅𝒂𝒏 𝒄𝒉𝒊𝒒𝒒𝒂𝒏 𝒔𝒐‘𝒛 𝒂𝒍𝒃𝒂𝒕𝒕𝒂 𝒚𝒆𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒂𝒅𝒊.
𝐵𝑎𝑟𝑐ℎ𝑎 𝐵𝑎𝑟𝑐ℎ𝑎𝑠𝑖𝑛𝑖𝑏𝑖𝑧 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑎𝑚𝑎𝑙𝑔𝑎 𝑜𝑠ℎ𝑖𝑟𝑖𝑛𝑔🫴
+998996226995
+998996226995
@Elshod6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
5.83 MB
👍 6🥰 5❤ 4😍 4
Mehr muhabbatni so‘rama mendan,
Xoxlasang jonimni berib kelaman.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Zafar Ergashov Firuz Ruzmetov - Lablaridan (audio 2025).mp33.02 MB
❤ 7🥰 6👍 5😍 4💋 1
00:25
视频不可用在 Telegram 中显示
AQOmAJYD38gEnIwJJqJ29XlFkEhtNB9a6wNPvIqeswcp2ASHbUhJkYArD1v6CzLuTO7UlRZ5mJvhPK.mp42.96 MB
❤ 12🥰 10👍 7😍 4😢 1
Sinfdosh qizlarga salom deb qoʻying
Sinfdosh qizlar ham sinfdosh asli
Toʻqqiz yil oʻtirgan parta dosh asli
Sizni koʻrganida yuragi tasli
Sinfdosh qizlarga salom deb qoʻying
Toʻyingiz kunida yigʻilgan axir
Baxtingiz koʻrib sevingan axir
Ularni koʻrganda boʻlmaylik baxil
Sinfdosh qizlarga salom deb qoʻying
Omon boʻlsin deyman yigitlarimiz
Togʻni talqon qilar burgutlarimiz
Eshiting sizlarga oʻgitlarimiz
Sinfdosh qizlarga salom deb qoʻying
Siz ham qariysiz u ham qariyar
Taqdir oʻzi bir qilib oʻzi ayirar
Qarisa ham sinfdosh doʻstin taniyar
Sinfdosh qizlarga salom deb qoʻying
✍( Asmus)
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
👍 12❤ 7🥰 5😍 2
QANIYDI...
Koʻzlaring tubiga choʻksam qaniydi
Kipriging yosh boʻlib oʻpsam qaniydi.
Unutib, dunyoning gʻamlarin bir zum
Sening hayotingda qolsam qaniydi.
Qoʻl tutsa, baxt menga, chorlab yoniga,
Hasta dilim yupatsam, tinglab zoriga.
Ketsaydim,quchsaydim, samoni butkul
Bir kuni koʻnardi mensiz boriga.
Koʻzlaring tubiga choʻksam qaniydi
Toʻkilib yuraging borki qoniga.
Bu kunlar, bu tunlar oʻtmasa edi
Umrbod qolsaydim yorning yonida.
Koʻzlaring tubiga choʻksam qaniydi
Bir zumga dunyodan kechsam roziman.
Qor boʻlib, yomgʻirday yogʻsam qaniydi
Qoʻlingga gard boʻlib qoʻnsam roziman.
Koʻzlaring tubiga choʻksam qaniydi
Yanoqlaring oʻpsam qatra yosh boʻlib.
Yonimda bir umr qolsang qaniydi
Yuragim charchadi, qolmoqda toʻlib.
Koʻzlaring tubiga choʻksam qaniydi
Chiqmasam roziman dunyolariga.
Bir ishq ham charchadi sarsona endi
Chidab berolmaydi gʻavgʻolariga.
Koʻzlaring tubiga choʻksam qaniydi...
IRODAXON QOSIMOVA.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 10👍 8🥰 1🕊 1😍 1
00:08
视频不可用在 Telegram 中显示
❄️ Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! ❄️
Yana bir yangi tongga sogʻ-salomat yetkazgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!
Kuningiz fayzli, barakali va xayrli kelsin.
🌤 Alloh taolo bugungi kuningizni tinchlik-ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan toʻla boʻlib oʻtishini sizga nasib qilsin!
XAYRLI TONG 🌦
❤️ Telegram.me/Sherlari_Sevgi 🌦
1.67 MB
👍 3❤ 2🥰 1😍 1
00:29
视频不可用在 Telegram 中显示
❄️Аssalomu alaykum.
Chorshanba tongi muborak boʻlsin.
🤲Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga xamdlar boʻlsin!
❄️Allohim tongingizni nurafshon,
❄️Koʻnglingizni xotirjam,
❄️Chehrangizni nurli qilsin.
❄️Tanangizni salomatlik,
❄️Yuzingizni esа tabassum bezab tursin!!
🍀Baxt,omad, muvaffaqiyat, mehr-muhabbat hamisha hamroxingiz boʻlsin!!
🌧 ❄️ 🌦
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
3.26 MB
👍 7🥰 5❤ 4😍 3
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
24 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.82 MB
❤ 9😍 6🥰 3👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🌙✨X A Y R L I T U N
✨🌹Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!🤲🤲
Alloxim barchamizni
Jannatlarida
jam qilsin...!🤲
Xayrli tun AZIZLARIM
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
❤ 11👍 5😍 4🥰 2
UCHRASHUVGA CHIQQANDA
Mungli boqar ul qaro ko‘zlar,
Hush, muloyim bo‘ladi so‘zlar,
Sipo bo‘lib qolar juda ham,
Uchrashuvga chiqqanda qizlar.
Kamon bo‘lar, qoshlari kamon,
Rangi ro‘ying aylaydi samon,
Yaralaydi yurakni yomon.
Uchrashuvga chiqqanda qizlar.
Tovusdayin tovlanar, yonar,
Dilga alam, firoqlar solar,
Kulib turib joningni olar,
Uchrashuvga chiqqanda qizlar.
Misoli gul, tog‘ning lolasi,
Kumush bo‘lar sochlar tolasi,
Pistirmada turar xolasi,
Uchrashuvga chiqqanda qizlar.
Gulzoda-yu, Gulruh, Gulchiroy,
Yonib turar yanog‘ida oy,
Yuragingdan o‘g‘irlaydi joy,
Uchrashuvga chiqqanda qizlar.
Yopiq bo‘lar ko‘ngil darchasi,
Muhrlanar qalbga xandasi,
Yoqib ketar barcha, barchasi,
Uchrashuvga chiqqanda qizlar.
Xurshid Karim
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
👍 10❤ 9😍 5🥰 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Hurmatli she'riyat ixlosmandlari!
Go‘zal va betakror she'rlar sohibi, shoir JO‘RABEK RO‘ZIYEVICH ning sheʼrlari jamlangan rasmiy kanaliga taklif etamiz!👇
https://t.me/sabrim_05
❤ 7🥰 4😍 4👍 1
Obuna bo‘lish
Sheʼrlarni ko‘rish
