Yoshlar.edu.uz
前往频道在 Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
显示更多2025 年数字统计

121 681
订阅者
-1 23824 小时
-6 4437 天
+26 98930 天
帖子存档
Repost from N/a
00:53
视频不可用在 Telegram 中显示
#ijodkor_talaba
☑️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Sultonmuratov Davlatbek
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Davlatbek.MOV42.12 MB
✅ Viktorina
❓Inklyuziv ta’limning asosiy prinsipi qaysi?Anonymous voting
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni alohida o‘qitish
- Hammaning teng imkoniyatda ta’limga kirishi
- Faqat maxsus sinflarda dars o‘tish
- Talabalarni guruhlarga ajratish
❤ 49🤔 16🥰 5☃ 2👏 2
照片不可用在 Telegram 中显示
🎉 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni!
🔗Ushbu sana butun dunyoda nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlari, manfaatlari va jamiyatdagi o‘rni masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirish uchun belgilangan muhim kun sanaladi.
➡️Nogironligi bo‘lgan insonlar jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, ularning har biri o‘zida beqiyos salohiyat, irodaviy kuch va fidoyilikni mujassam etadi. Ularni qo‘llab-quvvatlash bu faqat g‘amxo‘rlik emas, balki inson huquqlariga hurmat, madaniy yuksalish va ijtimoiy mas’uliyatning eng muhim ko‘rinishidir.
🗂Xalqaro nogironlar kuni bizga har bir insonning qadri borligini, uning hayotdagi o‘rni va imkoniyati hurmat qilinishini eslatadi. Bugun birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz, ertaga esa yanada qulay, adolatli va ochiq jamiyatni barpo etish uchun harakat qilamiz.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 16🎉 6⚡ 1
01:01
视频不可用在 Telegram 中显示
📚Kitobxonlik – erkin fikrlash kaliti!
📚Qoʻqon davlat universiteti talabalar mediastudiyasi a’zosi Muxriddin Omonov doimiy kitob mutolaasi orqali nafaqat bilimini boyitib boradi, balki zamonaviy yoshlar uchun ibrat boʻlayotgan faol kitobxon sifatida eʼtirofga sazovor.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_4155.MOV11.70 MB
❤ 11🔥 5👍 3👏 2
照片不可用在 Telegram 中显示
✅✅✅ “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovi test ishlash jarayoniga start berildi.
✅Testni ishlash tartibi:↪️Testni boshlash uchun @talabatanlovbot botiga kirib, /start so‘zini bosing va “Testlarni ishlash” tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.
❗️Muhim eslatmalar!🔹Sizga 3-4-dekabr kunlari soat 09:00 dan 20:00 ga qadar 50 tadan, jami 100 ta test beriladi. Testlarni kunning istalgan vaqtida (xohlasangiz hoziroq, xohlasangiz soat 14:00 da yoki 18:30 da) ishlasangiz bo‘ladi, lekin bugungi testlar ertangi kunga o‘tib ketmasligi kerak, aks holda savollar “kuyib” ketadi; 🔹Test savollarini ishlash uchun siz kamida 5 referal ballga ega bo‘lishingiz kerak (bugun ham referal yig‘ish mumkin); 🔹Test ishlash 4-dekabr kuni soat 20:00 da to‘xtatiladi va har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p ball yig‘gan TOP-10 o‘rindagi ishtirokchilar hududiy bosqichga o‘tadi. 🔹Test natijalariga ko‘ra kamida 40 ball to‘plagan ishtirokchilar elektron sertifikatga ega bo‘ladi. ➡️ Test savollarini ishlash ➡️ Test savollarini ishlash ❗️Savollarni tarqatish, guruhlarda muhokama qilish ta’qiqlanadi. Kimdir shunday ish qilgani aniqlansa, savollarni muhokama qilgan barcha ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi!
❤ 19👏 5👍 3🔥 2
⏳⏳⏳⏳
Bugun 3-dekabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro nogironlar kuni.
🌏Global pestitsidlardan foydalanmaslik kuni.
🌏Butunjahon konkida uchish kuni.
🇺🇿O‘zbekiston – Nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni.
#muhim_voqealar
🔹1586 – Angliyaga Kolumbiyadan birinchi kartoshka keltirildi.
🔹1609 – Galileo Galiley ilk yangi ko‘rinishdagi teleskopni taqdim etdi.
🔹1992 – Birinchi SMS xabar yuborildi.
🔹1994 – PlayStation video o‘yini ishga tushirildi.
🔹2003 – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi.
🔹2003 – Andijon viloyatiga Amir Temur ordeni berildi.
#tavalludlar
🔹1750 – Iogann Martin Miller – nemis yozuvchisi va shoiri.
🔹1925 – G‘anijon Abdurahmonov – tilshunos olim.
🔹1979 – Shon Parker – amerikalik taniqli tadbirkor, Napster, Plaxo, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarning asoschi va aksiyadorlaridan biri.
🔹1985 – Shuhrat Boboyev – o‘zbek para-dzyudochisi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 18👍 7🥰 4
02:54
视频不可用在 Telegram 中显示
#xulosa_sizdan
#Konstitutsiya_33
🗣Qonun oldida tenglik – jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoni
✅ O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi yoki mavqeidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega. Har bir shaxs qonun oldida tengdir va bu tenglik davlat tomonidan kafolatlanadi.
➡️Mazkur prinsip jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va adolatning mustahkam qaror topishida muhim konstitutsiyaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
2323.mp418.70 MB
❤ 15👍 12💯 3
✨✨✨✨
🗣 Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat boshqaruvi, ta’lim tizimi va jamiyat hayotida adolat va ochiqlikni ta’minlashning eng muhim omillaridan biridir.
🔴Oliy ta’lim muassasalari ushbu borada yoshlarda huquqiy madaniyatni oshirish, halollik tamoyillarini targ‘ib qilish va korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida muntazam ravishda turli tadbirlar, uchrashuvlar va targ‘ibot ishlari olib bormoqda.
• Jizzax politexnika instituti • Namangan davlat texnika universiteti • Namangan davlat pedagogika instituti • Samarqand davlat tibbiyot universiteti • Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali • Guliston davlat universiteti • Termiz iqtisodiyot va servis universiteti • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti • Navoiy innovatsiyalar universiteti • Qarshi davlat texnika universiteti • Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti😄 OTMlar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari talabalarda halollik, mas’uliyat va qonuniylik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
GULDU TARG'IBOT 29.mp416.57 MB
IMG_7937.MP414.14 MB
video_2025-12-02_15-35-10.mp419.68 MB
❤ 6🥰 2
🗣 Tyutorlar malakasi oshirilmoqda
🏛 Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun Talaba va o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan muntazam tarzda zamonaviy malaka oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.
🗣 Dastur asosida Toshkent shahridagi tyutorlar oflayn tarzda, viloyatlardagi tyutorlar esa masofaviy o‘qitilmoqda. Treninglar davomida ishtirokchilar tajribali mutaxassislar boshchiligida ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘z faoliyatida qo‘l keladigan ko‘nikmalarni mustahkamlashmoqda.
✅ Markaz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizimli o‘quv jarayonlari tyutorlarning kasbiy rivojiga, yoshlar bilan ishlash sifati va samaradorligining oshishiga, shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 20🔥 6👍 3🤩 3
✅ Viktorina
❓Talabalarda mediamadaniyatni rivojlantirishda quyidagi yondashuvlardan qaysi biri kritik fikrlashni kuchaytiradi?Anonymous voting
- Faqat rasmiy OAVga tayanish
- Fikrlar xilma-xilligini cheklash
- Axborot manbalarini tahlil qilish va taqqoslash
- Internetdan foydalanishni kamaytirish
😎 26❤ 12🔥 10🎉 8🥰 1
🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.
☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
✅Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3518.MOV22.94 MB
IMG_3627.MOV23.37 MB
❤ 22🔥 6🥰 4👍 2
00:39
视频不可用在 Telegram 中显示
#tabiatni_asraylik
🌏 Toza havo va yashil muhit uchun befarq bo‘lishga haqqimiz yo‘q!
🌱 Bugungi kunda havoning ifloslanishi, chang-to‘zon va ekologik muammolar bizning hayot sifatimizga bevosita ta’sir qilmoqda. Shuning uchun har birimiz kichik bo‘lsa-da, o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur, bu nafaqat jamiyat, balki kelajak avlodlar oldidagi burchimizdir.
🌳 Yashil hayot, toza havo va sog‘lom ekologiya bizdan boshlanadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
7.65 MB
❤ 10👍 2🥰 2
✨✨✨✨
🔬OTMlarda OITSga qarshi profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🩺 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik tibbiy tekshiruvlar, ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
• Toshkent xalqaro universiteti • Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali • Urganch davlat universiteti • SamDU Urgut filiali • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti • Jizzax davlat pedagogika universiteti • Samarqand davlat tibbiyot universiteti • University of Business and Science, Toshkent filiali • Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti • O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi • Samarqand davlat pedagogika instituti • Andijon davlat tibbiyot instituti • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti • Jizzax politexnika instituti • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti • Ipak yo‘li innivatsiyalar universiteti • Namangan davlat instituti • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti • O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali • Qarshi davlat universiteti • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti • Guliston davlat pedagogika instituti • Andijon davlat pedagogika instituti • Navoiy Innovatsiyalar Universiteti • O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali • Andijon davlat universiteti • Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti • Samarqand davlat universiteti • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali • Namangan davlat texnika universiteti😄 Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan OTMlarda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar yoshlarda sog‘lom turmush tarzi va profilaktika madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_6673.MOV49.63 MB
IMG_1984.MOV136.23 MB
1128.mp466.96 MB
video_2025-12-01_14-12-17.mp45.41 MB
❤ 17👍 6💯 4
✅ Viktorina
❓Ma’naviyat insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir. Mazkur shior qaysi manbadan olingan?Anonymous voting
- “Dunyoning ishlari” asari
- “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” asari
- “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asari
- “Tanqidiy tahlil” asari
❤ 46👍 23🔥 23😎 23🎉 5
#maxsus_rakurs
🇺🇿 Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatiga bordi. Davlatimiz rahbari "Byurokratiyani bartaraf etish – 2030" dasturini ishga tushirdi. O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda 5 million sun’iy intellekt yetakchilarini tayyorlaydi.
🇷🇺 Обзор важнейших событий за неделю: Президент Узбекистана посетил с рабочей поездкой Самаркандскую область. Глава государства запустил программу «Устранение бюрократии – 2030». Узбекистан совместно с ОАЭ подготовит 5 миллионов лидеров ИИ.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
305.71 MB
32.00 MB
❤ 11👍 3
01:26
视频不可用在 Telegram 中显示
💵 Korrupsiya ishonchni yemiradigan yashirin xavf.
Korrupsiya bu faqat pul almashinuvi emas, balki jamiyatning eng nozik nuqtalariga zarba beradigan xavfli jarayon. U adolatning qadriyatini pasaytiradi, halollikni so‘ndiradi va odamlar ishonchini yemiradi.
🎬 Ushbu rolik Qo‘qon davlat universiteti talabalari tomonidan tayyorlandi.
🤝 Halollik – kelajak poydevori.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_5626.MOV42.61 MB
❤ 10👍 8🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🙋 1-dekabr – Qoraqalpoq tili kuni
🖋 1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan.
🎉 Sana munosabati bilan, Qoraqalpog‘istonlik yurtdoshlarimizni bugungi Qoraqalpoq tilining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 41🎉 20👍 5🔥 3
