ch
Feedback
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

前往频道在 Telegram

📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal! - Matematika - Tanqidiy fikrlash - Muammoli masalalar - Yutuqli testlar Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing Testlar bazasi: pmtests.uz

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
62 479
订阅者
无数据24 小时
无数据7
无数据30
帖子存档
03:30
视频不可用在 Telegram 中显示
#Ibrat "Ta’lim fidoyilari — turing, dunyo turguncha!"
Bu shunchaki shior emas, balki kelajak avlodni tarbiyalashdek buyuk va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan ustozlarimizga bo‘lgan e’tirofdir.
Mazkur videorolikda ta’lim tizimida duch kelinayotgan muammolar haqida so‘z boradi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan tayyorlangan video sizni ham fikrlashga chorlaydi, degan umiddamiz.
Bizni kuzating
显示全部...
20.01 MB
👍 51👏 4🔥 3😱 3🤩 1
02:03
视频不可用在 Telegram 中显示
Президент ташаббуси билан тарихий воқеа юз берди — биринчи марта Ўзбекистонга муқаддас Каъба эшигининг ёпинчиғи келтирилди! 📌Батафсил видеода 👆 Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати (Telegram)
显示全部...
yutoytu TG.mp416.40 MB
👏 110👍 31🔥 12🤩 8😱 6
Farzandim buyuk inson bo'lsin deganlarga! Fotih Sulton Mehmetxon bolaligida juda yaramas, to'polonchi bir o'quvchi edi. Dars vaqtida qilgan to'polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinning jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: “Men podshohning o'gliman, hech narsa qilolmaysan”, deyishdan ham toymasdi. Oqshamsiddin podshohga shikoyat etishlikni adabsizlik hisoblab, holatni podshohga aytishdan tortinar edi. Ammo, vaqt o'tgani sayin kichik Mehmetning qiliqlari haddan oshib, chidab bo'lmas holga keladi. Shundan keyin noiloj podshohning huzuriga chiqadi. “Podshohim, Sizga aytishim zarur bo'lgan bir xususiy masala bor. Ammo, aytishdan hayo qilmoqdaman”. Podshoh: “Marhamat! Hech tortinmasdan aytavering”, deydi. Bu so'z Oqshamsiddinni hotirjam qildi. Va hodisani anglata boshladi. “Podshohim! Oʻgʻlingiz - jigarporangiz juda toʻpolonchi. Uning dastidan darsimni o'tolmayapman. Qachon tanbeh bersam, darhol Sizning nomingiz bilan menga tahdid qiladi”. Podsho bir oz sukut saqlaydi. Keyin Oqshamsiddinga yaqin kelib, bir narsalarni pichirlab tushuntiradi. Podshohning so'zlaridan Oqshamsiddin sarosimaga tushadi. “Bu qanday reja? Buni amalga oshirish mumkin emas!" Oqshamsiddin bu reja xususidagi xavotirlarini oshkor qilishiga qaramay, podshoh, “Bu ish bo'ladi,” deydi. Ertasi kuni Mehmet darsda yana to'polonini boshlaydi. Ustozining tanbehiga odatdagidek, otasi bilan tahdid javobini beradi. Ayni shu payt to'satdan eshik ochilib, podshoh ichkariga kiradi. Bu holatda g'azablangan Oqshamsiddin podshohga qarab baqiradi. Bir tarsaki urib deydi: Hech kim dars vaqtida ichkariga bunday tarzda kirishi mumkin emas! Izn so'rab kirishi lozimligini aytib, tashqariga haydaydi. Podshoh bo'ynini egib, uzr so'raydi va tashqariga chiqadi. Bu hodisa qarshisida Fotih Sulton tili kalimaga kelmay, nima qilishini bilmay qoladi. Ishongani - podshoh otasi ko'z o'ngida tarsaki yegan edi. Uning ichki dunyosi agdar-to'ntar bo'lgandi. Bir ozdan so'ng eshik takillaydi, va podshoh hijolatli holatda ichkariga uzr so'rab kiradi. Reja ajoyib shaklda amalga oshgan edi. O'sha kundan so'ng, Fotih Sulton aslo yaramaslik qilmadi. U ustoz buyuk inson ekanligini fahmladi va yaxshi bilim olishga kirishdi. U turk, arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Konstantinopol shahrini zabt etib, uning nomini 'ISLAMBO'L shahri' deb nomlagan. U sababli turklar imperiyasi jahondagi eng qudratli saltanatga aylangan. ____ Ustozlar uchun o'quvchilar o'z farzandidek bo'lib qoladi, ularga ta'lim va tarbiya berish orqali ularni har tomonlama yuksaltirishga harakat qilishadi. Ba'zan o'quvchiga tanbeh berishga ham to'g'ri keladi. Ustozlarning tartibsiz o'quvchiga dakki berayotganda videoga olib tarqatadigan va ustozlar sha'niga noo'rin so'zlar aytadigan insonlarga juda rahmim keladi. Ular shu orqali o'zining qiymatsiz inson ekanligini isbotlashadi. Ustozning qadri tushmaydi. Ammo, ustozining qadrini bilmaganlarning qadri bo'lmaydi. Ular kelajakda shu ishlari sabab sharmanda bo'lishadi. Ota-onalar ustozlar qadrini farzandlariga anglatishi, ularni hurmat qilish orqali buyuk kelajak barpo qilishga harakat qilishi lozim. 👉👉 @PMTESTS
显示全部...
👍 161👏 22🔥 14🎉 2🤩 2
02:05
视频不可用在 Telegram 中显示
Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi 18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Talaba-yoshlarimiz bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda. Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari oʻquvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor. Ma’lumot uchun, 2023-yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti. Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi. Ana shunday tarixiy voqeaga birgalikda guvoh bo‘laylik! @hilola_umarova
显示全部...
IMG_3130.MP424.40 MB
👍 80🔥 21👏 8🎉 3🤩 3
02:11
视频不可用在 Telegram 中显示
Ajoyib she'r, barcha ota-onalar uchun!! Farzandlar sho'xlik qilsa, ularni qanday so'kish kerak. 👉👉 @pmtests
显示全部...
2_5230997951500780455.mp41.92 MB
👍 71👏 19🔥 10🎉 2🤩 2😱 1
04:52
视频不可用在 Telegram 中显示
#ibratli_hikoya Farzandiga yaxshi ta'lim va tarbiya bermaydigan ota-onalar jazolanishi kerak ekan. 👉👉 t.me/pmtests
显示全部...
2.33 MB
👍 90🔥 9👏 8😱 5
‼️2025-yilda natija ko'rsatgan Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlovchi o'quv markazlari bilan tanishing‼️ "Kelajak" O'quv markazi (Navoiy vil., Xatirchi tumani) ☎️  94 977-33-83, 99 417-04-02 ✍️ @Shohrux0407 "Jaloliddin Fayzullayev" O'quv markazi (Samarqand shahri) ☎️  90 459-18-39 ✍️ @f_jaloliddin "MATEMATIKA MARKAZI" O'quv markazi (Samarqand shahri) ☎️  97 611-44-43, 99 445-58-67 ✍️ @shakhzod_math @becmirza "ALGORITM" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Angor tumani) ☎️  93 814-27-99 ✍️ @Sh_sharof "TOJIYEV SCHOOL" O'quv markazi (Termiz shahri) ☎️  93 793-77-27, 93 622-08-97 ✍️ @mirjalol2507 "VODIY TA‘LIM" o’quv markazi (Namangan shahri) ☎️ 97 427-33-77, 93 705-78-79, 94 845-20-20 ✍️ @Online_VTS “INTELLECT_UZ” o’quv markazi (Farg’ona shahri) ☎️ 99 323-65-09 ✍️ @davron0904 “Best Education” o’quv markazi (Samarqand vil., Nurbod tumani) ☎️ 99 148-21-84 ✍️ @Muxtarov_Miraziz "IQTIDOR" o'quv markazi (Qarshi shahri) ☎️ 90 342-42-45, 88 678-58-88 ✍️@Nurbek_Mahmatqobilov, @Javlon_Norqulovich “POWERFUL SCHOOL” o’quv markazi (Andijon shahri) ☎️ 97 999-20-88 ✍️ @Student_Mr_A ''Global English School'' o'quv markazi (Farg'ona vil. Qo'qon shahri) ☎️ 90 306-11-00, 95 060-11-00, 93 270-77-55 👉@rustamahad "Hilol" ilm maskani (Samarqand vil., Bulung’ur tumani) ☎️ 93 345-56-65, 55 704-00-03 ✍️ @Hilol_E "NAVOIY" O'quv markazi (Termiz shahri) ☎️  88 240-99-98., 91 908-88-44 ✍️ @Sherzodmatematik "IELTS UP" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Jarqo'rg'on tumani) ☎️ 88 240-99-98., 93 229-91-97 ✍️ @Farhod778, @Sherzodmatematik "STUDY HOUSE SCHOOL" O'quv markazi (Qashqadaryo vil., Shahrisabz shahri) ☎️ 97 235-22-42., 91 643-71-33 ✍️ @IkromCom "EVEREST" O'quv markazi (Andijon vil., Buloqboshi tumani) ☎️ 93 121-07-27., 97 303-96-96 ✍️ @Omatillo_Pm "BUYUK KELAJAK" YOSH IQTIDORLILAR MARKAZI (Surxondaryo vil., Uzun tumani) ☎️ 91 512-55-53, 91 079-26-03 ✍️ @Buyuk_kelajaknow "Buxoro Inter Study" O'quv markazi (Buxoro vil., Vobkent tumani) ☎️ 91 443-18-46 ✍️ @welove_math "DREAM SCHOOL" O'quv markazi (Farg'ona vil., Quva tumani) ☎️ 91 126-59-55, 91 108-41-66 ✍️ @UMAROVAHILOLA "ALGORITM ACADEMY" O'quv markazi (Qarshi shahri) ☎️ 88 895-05-05, 99 141-05-05, 90 895-05-05 ✍️ "O‘ZBЕGIM" AKADЕMIYASI (Andijon shahri) ☎️ 33 219-47-47, 33 419-47-47, 33 619-47-47 ✍️ @Farhod_Domla "EDU TIME" O'quv markazi (Farg'ona vil., Beshariq tumani) ☎️ 88 820-40-00, Qo'qon filiali: 88 821-40-00 ✍️ @Azizxon2101 "Smart Academy" O'quv markazi (Andijon vil., Asaka tumani) ☎️ 88 926-77-88 ✍️ @smartacademy_adnin "Real education" O'quv markazi (Farg'ona vil., Beshariq tumani) ☎️ 94 850-19-95, 94 416-61-06 ✍️ @MI18207 "Vodiy Ziyo" o’quv markazi (Namangan shahri) ☎️ 93 320-44-37, 99 087-64-87, 99 976-31-16 ✍️ @Alimardon96 "CAMBRIDGE EDUCATION CENTER" O'quv markazi (Andijon vil., Qo'rg'ontepa tumani) ☎️ 50 715-18-18, 88 773-44-22 ✍️@Omadxon0288 "INFINITY" O'quv markazi (Farg'ona vil., Bog'dod tumani) ☎️ 91 743-10-55 ✍️ @infinity_uquv "AL-XORAZMIY" O'quv markazi (Namangan vil., Pop tumani) ☎️ 93 701-97-74, 91 363-23-99 ✍️ @Nodira_Arslanova "Khiva Education" O'quv markazi (Xorazm vil., Xiva shahri) ☎️ 91 093-96-99 ✍️ @d_djabbarov "Beruniy" O'quv markazi (Qashqadaryo vil., Qarshi shahri) ☎️ 88 246-00-33, 97 808-97-87 ✍️ @beruniy_school9787 “Friends school” o’quv markazi (Farg’ona shahri) ☎️ 97 555-26-26 ✍️ @Friends_school_admin "ZAMIN LIDERLAR AKADEMIYASI" o’quv markazi (Namangan shahri) ☎️ 88 258-08-00 ✍️ @zamin_center "Ziyo-Ideal" O'quv markazi (Andijon vil., Xo'jaobod tumani) ☎️ 99 328-84-37 ✍️ @rustambek_aka "Zafar ziyo" O'quv markazi (Buxoro vil., Jondor tumani) ☎️ 90 339-88-45, 94 617-92-92, 93 968-95-98 ✍️ @Zafarziyoadmin "Bilol School" xususiy maktabi (Buxoro vil., Peshku tumani) ☎️ 99 669-98-77 ✍️ @bilol_School_admin "STEAM" O'quv markazi (Farg'ona vil., O'zbekiston tumani) ☎️ 90 332-44-42, 88 206-44-42, 90 780-46-11 ✍️ @Abrorjon4442 👉👉 @pmtests 👉👉 @tayyorlov_Markazlari
显示全部...
👍 24🔥 2🤩 2🎉 1
照片不可用在 Telegram 中显示
O'zbekiston qancha vaqtdan keyin rivojlangan mamlakatga aylanadi?! Jahon banki hisobotida O'zbekiston yuqori daromadli mamlakatga aylanishi uchun 100 yil kerak bo'lishi yozilibdi. Bu degani biz tugul, biz hozir o'qitayotgan o'quvchilar va farzandlarimiz ham rivojlangan O'zbekistonni ko'rmasligi mumkin. Ammo, biz ilm bilan tez fursatlarda taraqqiyotga erishishimiz mumkin va hozir uyg'onish davri keldi. Rivojlangan O'zbekistonni ko'rish hammamizga nasib etsin!! Shu o'rinda bir she'rni yodga solamiz: Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida. Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur, Ittifoqu g‘ayrat aylab lek irfon istamas, O‘zga millat uchsalar hikmat topib suyi samo, Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas, O‘zgalar etmoqda har kun bing sanoyi ixtiro, Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas, Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat, Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida. (Hamza) 👉👉 t.me/pmtests
显示全部...
👍 51😱 26👏 5🔥 3🤩 3
03:21
视频不可用在 Telegram 中显示
Marhamat, tanishing - yangi qahramon. ________ Bu sarfiyot eng yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir (Imom Buxoriy) Ilm olayotganlarni qo'llab-quvvatlash bobolarimizdan meros qolgan sharafli ishdir. Imom Buxoriy faqirona hayot kechirar edi. Ba'zan kiygani kiyimi qolmaganidan bir necha kun uyda qolib ketardi. Taomi uch-to'rt dona mayiz bo'lar edi. Aslida u boy edi, otasidan juda katta mol-dunyo meros qolgan, yaxshigina foyda keltirib turgan edi. Ba'zan bir savdoda 5000 dirham (130mln so'm) foyda olardi. Har oyda kamida 500 dirham (13mln so'm) kelib turardi. Ammo, u barcha dunyolarini ilm yo'lida sarflab yuborardi. Goh bir faqir talabaga boshdan oyoq kiyim olib berar, goh biror kitobga yetisha olmay yurgan o'quvchilariga o'sha kitobni sovg'a qilar edi. Imomning yaqinlari u talabalarga yordam ko'rsatishda isrof qilish darajasiga borgani aytib malomat qilishardi. Imom Buxoriy ularning e'tirozlariga javoban "Bu sarfiyot Alloh yo'lida bo'lgani uchun yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir", der edi.
显示全部...
IMG_4592.MOV27.79 MB
👍 135👏 18🔥 6🤩 3😱 1🎉 1
#imtihon_2025 #Prezident_maktablari #oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlari 🤩 Bugun, 12-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilar boʻsh oʻrinlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Maʼlumot oʻrnida, Respublikadagi barcha Prezident maktablariga oʻquvchilarning boʻsh oʻrinlari uchun jami 133 nafar talabgorning hujjatlari qabul qilingan. Shundan: 📍Guliston shahridagi Prezident maktabiga 29 nafar; 📍Termiz shahridagi Prezident maktabiga 22 nafar; 📍Navoiy shahridagi Prezident maktabiga 5 nafar; 📍Nukus shahridagi Prezident maktabiga 6 nafar; 📍Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 35 nafar; 📍Buxoro shahridagi Prezident maktabiga 13 nafar; 📍Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga 23 nafar. ❗️Mavjud bo‘sh o‘rinlari haqda quyida bilib olishingiz mumkin. 📹 Kirish imtihonlarini jonli efir orqali kuzating. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
显示全部...
👍 30😱 10👏 3🤩 2🔥 1
Matematikani o‘rganish hayotda muvaffaqiyatga erishishni ta'minlaydi Olimlarning besh yil davomida uch ming o'quvchi bilan o‘tkazgan sinovlari Matematiklarning hayotdagi muvaffaqiyat sirlari haqida ajoyib ma’lumotlarni taqdim etdi. ✅ Matematikani o‘rganayotgan bola o‘z xatolarini tan olishni biladi. Bu fan aniqlikni talab etadi, demak unda natija ham kunday ravshan va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Xato xulosaga kelgan o‘quvchi, bu javobning noto‘g‘ri ekanini tan olishga majbur. Bu esa hayotda ham o'z xatolarini tan olish, to'g'rilash va rivojlanishga katta yordam beradi. ✅ Matematika ishni oxirigacha bajarishga o‘rgatadi, aks holda masala yechimi topilmaydi. Voyaga yetayotgan bola qiyinchiliklarga uchrab, ko‘p narsadan voz kechishi mumkin, faqat matematika o‘rganayotganlar emas. Ularda maqsadga erishguncha ishlash qobiliyati shakllangan bo‘ladi. ✅ O‘quvchi matematikada tanqidiy fikrlash va muqobil yechimlarga ega bo‘lishni ham o‘rganadi. Barchamizga ma’lumki, masalaning yechimiga turli yo‘llar bilan kelsa bo‘ladi. O‘rganuvchilar ham hayotdagi voqealarni shu qarashga asoslanib, turli jabhadan kuzatadi. Undagi muammolarni yechishda eng tez va samarali uslubini tanlash imkoniyatini qidiradi. ✅ Matematika hayotda tejamkor va tadbirkor bo‘lishga undaydi. Bu fanni o‘zlashtirgan odam hayolida har qanday suhbat raqamlarda namoyon bo‘ladi. Puxta hisob-kitob qilishi, insonga ancha iqtisodiy foyda keltiradi. Bugungi "raqamli dunyo" va texnologiya asrida matematikaning ahamiyati yanada ortdi. Matematika yaxshi ish, yuqori maosh, hattoki yaxshi tarbiya vositasiga aylandi. 👉👉 t.me/pmtests
显示全部...
👍 53🔥 10👏 5🎉 2🤩 2
Foydali ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir. 30.08.2024 jum'a ma'ruzasidan parchalar ✅ Musulmonlar chet tillarini o‘rganishga targ‘ib qilinadilar. Zukko sahobiylardan Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuga Payg‘ambarimiz alayhissalom ibroniy tilni o‘rganishni buyurdilar. U kishi 15 kunda bu tilni o‘rganib, yahudiylar bilan bo‘ladigan yozishmalarda kotiblik va tarjimonlik qilganlar (Imom Termiziy rivoyati). ✅ Bugungi kunda yoshlarimiz ingliz, xitoy, rus, arab, nemis, turk tillarini bilishi ularga har jihatdan keng imkoniyatlar eshigini ochadi. ✅ Ilm olishda ixlos va yaxshi niyat ham juda muhim. Ilm olishdan asosiy maqsad o‘rganganiga amal qilish, o‘zgalarga o‘rgatish, dini, yurti va odamlarga foyda keltirish, halol kasb qilish bo‘lsin. ✅ Musulmon olimlari turli tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida ham kashfiyotlar qilganki, shulardan bir qismini sizga taqdim qilmoqchimiz. 1. Abu Rayhon Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini deyarli aniq belgilagan. 2. Abu Muso al-Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo‘ldi. U kishi kashf qilgan hisoblash algoritmi hozirgi zamonaviy kompyuterlarni kashf qilishga asos bo‘lib xizmat qilgan. 3. Ahmad Farg‘oniy 861 yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan va bu qurilma hozirgacha ishlab turibdi. 4. Mirzo Ulug‘bek hukmdor bo‘lishiga qaramay, Samarqandda katta rasadxona qurdirib, o‘z davrining buyuk astronomi bo‘lgan. 5. Nyu’tonga tegishli deb hisoblab kelingan binom formulasini algebraga Umar Xayom kiritgan. ✅ Xulosa shuki, dinimiz bizga ilmning turli sohalarini o‘zlashtirishga buyuradi. Har bir kishi o‘z sohasining bilimdoni bo‘lsin va shu yo‘nalishda musulmonlarga foydasi tegsin, o‘zgalarning og‘irini yengil qilsin. Shuningdek, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan har ota-ona va mutasaddilar qo‘l ostidagi o‘quvchi va talabalarni yuqorida sanalgan zotlardek tarbiya qilishga harakat qilishlari lozim. O‘z navbatida har bir o‘quvchi va talaba o‘tgan ulug‘ ajdodlarimizdan ibrat olib, kelajakda ularning xayrli ishlarini davom ettirishlari kerak bo‘ladi. ✅ Ilm o‘rganish har bir musulmon va muslimaga farzdir. Demak, dunyo va oxiratiga foydasi tegadigan ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir. 👉👉 t.me/pmtests
显示全部...
👍 46🔥 8👏 3😱 2🤩 2
12:39
视频不可用在 Telegram 中显示
#oltin_qoida ‼️Bolani mehr-muhabbat, e'tiborga g'arq qiling! Ammo, moddiyatdan siqib qo'ying‼️ Farzandi telefonga berilib ketgan ota-onalarga mantiqiy savol: Qachon siz o'zingizni qo'lga olasiz, qachondan beri bola sizga otalik yoki onalik qila boshladi⁉️ ✅ Tirikchilik bilan band bo'lib, farzand tarbiyasiga e'tibor bermaslik bolani yo'qotishni anglatadi. Faqirlikdan qo'rqib bolangizni o'ldirmang! ✅ Oilada qonunlar joriy qilish lozim. Qonunlarni qabul qilishda farzandlar fikri inobatga olinadi, ular bilan kelishiladi. Ammo, qonunlarni ijro qilishda ota-ona qat'iy bo'lishi lozim. ✅ Xalqaro standartlar bo'yicha 2 yoshgacha bolalarga telefon berilmaydi. 2-6 yoshgacha zarurat tug'ilganda bir kunda maksimal bir soatgacha berish mumkin. 7-12-yoshgacha maksimal 2 soatgacha berish mumkin. Ammo, imkon daraja kamroq berilgani maqsadga muvofiq. 👉👉 t.me/pmtests
显示全部...
Tarbiya - Trim.mp424.87 MB
👍 75🔥 17👏 13🎉 2🤩 1
#Bizga_tanish_savol 🔷 Ilm olish yo’lida qiyinchilikka duch kelib kiyimlarigacha sotishni boshlagan talabaga do’konchi quyidagicha masxaratomuz savol beradi ⁉️ Sen o’nlab ustozlar oldida vaqtingni behuda o’tkazib o’qiyotgan barcha kitoblaringni men bir bog’ ko’katimga almashmayman. Jamlagan barcha kitoblaringni olib kel! Bir bo’chka suvga solib ilitamiz, qani ichidan nima chiqar ekan⁉️ ‼️ Yillar o’tib talaba uning savoliga javob beradi. “Men butun kitoblarimni qalbimga soldim. Qalbimdan shu sen ko’rib turgan narsalar qaynab chiqdi”..‼️ Ajoyib hikoya ekan, eshitishni tavsiya qilamiz. 👇👇 https://www.youtube.com/watch?v=uaUfBVDI4tQ
显示全部...
👍 39🔥 4🤩 3
03:31
视频不可用在 Telegram 中显示
#ona_duosi Farzandini prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlayotgan ota-onalar e'tibor qaratishi lozim bo'lgan yana bir jihat ustoz Doniyor Nasriddinov misolida... 👉👉 t.me/PMTESTS
显示全部...
ona duosi - Trim.mp47.56 MB
👏 90🔥 27👍 15🎉 6🤩 4
照片不可用在 Telegram 中显示
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish #transfer_piima_uz 🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yilida oldidan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz. 📆 Arizalarni joriy yilning 8-18-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin. ✅️ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini eslatib o‘tamiz. 📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha: ➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi; ➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi); ➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi; ➖ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi . ❗️ESLAB QOLING! ✅️Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi. ✅️Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin. ⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi. 📞Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)
Bizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 5🔥 3🤩 3
照片不可用在 Telegram 中显示
☀️ Uyg‘on Borlig‘im saqlay desang ilmu hunardin qil yaroq! Yo‘q esa olg‘ay boringni qilmayin hech kim so‘roq. Yer yuzi o‘zgardi ammo o‘zgarishdin bizda yo‘q Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq. Har o‘g‘ul voris bo‘lur qolg‘on otoning molig‘a Bo‘ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq. Baxtsiz bo‘lg‘on kishiga o‘z uyi g‘urbat bo‘lur, Mol egasidur qaroqchi bu ajoyib ishga boq. Baxt ochilmas ul kishilarkim erurlar ilmsiz, Ilmsizlar xor bo‘lur, xohi qarodur xohi oq. Qaysi millat ustidin hokimlik etsa boshqalar, Bu kabi xorlik hayotdin o‘lganidur yaxshiroq. Ilmu iymon ikkisidin bahralik bo‘l, ey o‘g‘il! Bu ikkovlon birla olg‘aysan qo‘lingga shamchiroq. ✍ Alixonto‘ra Sog‘uniy. 1968 yil, Toshkent (@erkinvohidovijodi) 👉👉 t.me/pmtests
显示全部...
👍 44🔥 9👏 3🎉 3🤩 3
1:27:52
视频不可用在 Telegram 中显示
Manashu o'quvchilar aybdor...😊 2025-yil Ixtisoslashtirilgan maktablar va Al-Xorazmiy maktablarida ballar ko'tarilib ketdi. Ballar ko'tarilishining bir qancha sabablari bo'lishi mumkin. Men aniq ayta oladigan sabablardan biri manashu videodagi KYO-2025 olimpiadasida ishtirok etgan o'quvchilarning intilishi bo'ldi. @PMTESTS Katta yutuqli olimpiadasida ishtirok etgan 150 ta o'quvchi o'quv yili davomida 10ming dan ortiq o'quvchilar orasidan saralab olindi. O'quvchilar o'rtasida yil davomida bo'lib o'tgan kuchli raqobat, oraliq olimpiadalar, savol-javoblar tayyorgarlik jarayonini yanada jiddiylashishiga olib keldi. KYO-2025 jarayonini youtube da tomosha qiling 👉👉 https://www.youtube.com/watch?v=2d17Mbxj69I
显示全部...
SSYouTube_online_PMTESTS_KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADASI_2025_yil_15_iyun.mp4519.27 MB
🔥 36👍 21😱 7🎉 5🤩 5
Beshikdan to qabrgacha ilm izla Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotar, uni ziyorat qilish uchun ko’plab ilm ahillari tashrif buyurar edi. Oxirgi nafaslarini olayotgan Beruniy uyiga tashrif buyurgan bir olimdan: “menga falon narsaning ilmini o’rgating” - deb iltimos qildi. Olim al-Beruniyga: “Hazrat shu holatingizda sizga buni o’rganish malol kelmaydimi?” – dedi. Al-Beruniy: “To’g’ri siz hozir o’rgatadigan ilmni men boshqalarga o’rgata olmasman. Ammo, menga Allohning ilmidan bitta bo’lsa ham ko’proq ilmni o’rganib o’lish yaxshiroq” – dedi. Faqih olim al-Beruniyga so’ragan masalasidagi ilmni o’rgatdi. Olim aytadi: “Men al-Beruniyning uyidan chiqib, bir necha qadam uzoqlashishim bilanoq yig’i ovozi eshitildi….” _________________________ Ilm olishdan hayotining hech bir lahzasida to’xtamagan bobolarimiz bugungi taraqqiyotga tamal toshini qo’ydilar. Al-Beruniy „Hindiston“ nomli kitobida hozirgi Amerika qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab berdi. Yerning meridian aylanasi uzunligini hayratlanarli tarzda aniq o’lchadi. Butun dunyo al-Xorazmiy bobomiz kashf qilgan sanoq sistemasidan foydalanadi. Al-Fargʻoniyning dunyodagi eng uzun daryo Nilning suv sathini o’lchaydigan qurilmasi 1100 yil davomida insonlarga foyda keltirdi. Bobolarimizning buyukligini tasavvur qilish uchun ularning minglab yillar davomida butun dunyo insonlariga foyda keltirayotgan ishlariga qarash kifoya. Buyuklikni da’vo qiluvchi, ba’zi insonlar uchun “orzular mamlakati” bo’lgan 1776-yilda asos solingan Amerika qo’shma shtatlari hali 250 yil ham yashamadi. Bu davlatning minglab yillar mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Imom Buxoriy bobomizning “Aj-jome’ as-Sahih” hadislar to’plami 1150 yildan ortiq butun dunyo musulmonlariga foyda keltirmoqda va bundan keyin ham minglab yillar foyda keltirishini ishonch bilan aytish mumkin. 👉👉 @PMTESTS
显示全部...
🔥 64👍 32👏 8🤩 3🎉 2
00:31
视频不可用在 Telegram 中显示
Hech qachon taslim bo'lmang. Imkon bor ekan, muvaffaqiyatga erishish mumkin! 👉 @pmtests
显示全部...
IMG_20201020_171222_154.mp40.31 KB
🔥 225👍 98😱 81🤩 18👏 15🎉 10