ch
Feedback
POSTDA|Rasmiy kanal

POSTDA|Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
24 763
订阅者
-1024 小时
-77
-7230
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
Sotsiologik so‘rovnoma
Huquqbuzarliklarning ijtimoiy omillarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti sotsiologlari tomonidan ayollar jazoni ijro etish muassasasida mahbus ayollar o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi — ayollar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning ijtimoiy omillarini aniqlash, ularning reabilitatsiya jarayonidagi ehtiyojlarini baholash hamda ozodlikka chiqqach jamiyatga integratsiya bo‘yicha mavjud muammolarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi. So‘rovnoma davomida mahkumalarning huquqiy xabardorligi, ijtimoiy-psixologik holati, kasbiy tayyorgarligi va oilaviy munosabatlari yuzasidan ma’lumotlar to‘plandi. Olingan javoblar ayollar orasida psixologik qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj yuqoriligi, kasb-hunar o‘rganish va qayta ijtimoiylashuv dasturlarida faol ishtirok etish istagi mavjudligini ko‘rsatdi. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
XODIMLARNING NAMUNALI XIZMATI Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Ana shu ezgu maqsad yo'lida viloyatda IIB huzurida faoliyat yuritayotgan Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi huquq-tartibot va xavfsizlik sohasida muhim amaliy poydevorni mustahkamlab kelmoqda. Boshqarma xodimlari har kuni qadimiy va betakror Buxoro shahridagi turistlar jalb etiladigan hududlar, tarixiy obidalar, ziyoratgohlar hamda zamonaviy mehmonxonalarda sayyohlar osoyishtaligini ta'minlash maqsadida xizmat olib bormoqdalar. Ular har kuni yuzlab xorijiy va mahalliy turistlar bilan muloqotda bolib, nafaqat tartib posboni, balki madaniyat elchilari sifatida ham o'z burchlarini sidqidildan bajarmoqdalar. Qisqasi, xodimlarning fidokorona xizmatlari tufayli bugungi kunda viloyatda o'tkazilayotgan xalqaro festival va madaniy tadbirlar yuqori darajada xavfsizlik ta'minlangan holda o'tmoqda. O'z muxbirimiz. Buxoro viloyati. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
Чекиш шундай зарарлики... Сиз овқатдан сўнг дарҳол чекадиган одамларни кўргансиз. Балки ўзингиз улардан биридирсиз. Аммо бу саломатлик учун зарарлидир. Никотин организмдаги кислород миқдорини камайтиради. Кислород, ўз навбатида, овқат ҳазм қилиш учун жуда зарур. Агар унинг ҳажми камайтирилса, организм одатдагидан кўп марта кўпроқ канцерогенларни ўзлаштира бошлайди. Овқатдан кейин чекиш танага шундай зарар келтирадики, уни бирин-кетин чекилган 10 та сигарет билан солиштириш мумкин. Ҳатто, ичак ёки ўпка саратони ривожланиш хавфи бир неча марта ортади. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
Zahri qotilning salbiy oqibatlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-sonli akademik litseyida navbatdagi profilaktik tadbir o'tkazildi. Unda IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari podpolkovnik S. Jalilov va mayor A. Mo'minov ishtirok etib Giyohvandlik aholi salomatligi va millat genofondini narkojinoyatlardan samarali himoya qilish mavzusida ma'ruza qilishdi. Tadbir davomida giyohvand moddalar iste'molining oqibatlari, psixologik va jismoniy zararlari, yoshlar orasida uchrayotgan xavfli illatlarning oldini olish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi. O'z muxbirimiz. Toshkent shahri. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
HARBIY DIRIJYОRLAR USTOZI Bu surat 2006-yil 29-mart kuni IIV Akademiyasi saf maydonida, serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslarining tantanali Bitiruv marosimi paytida olingan. Unda dirijyor, polkovnik Grigor Terzyan mag‘rur turibdi. Grigor Terzyan Gretsiyaning Korfu orolida dunyoga kelgan. Ijodiy faoliyatini 10 yoshida boshlagan. Terzyanlar oilasi 1948-yil boshida Armanistonga ko‘chib o‘tgan, Grigorni 18 yoshida Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi harbiy orkestrga harbiy xizmatga chaqirishadi. 1962-yilda u Namangan musiqa bilim yurtiga o‘qishga kiradi va harbiy xizmatdan ajralmagan holda, tahsil oladi. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
显示全部...
03:24
视频不可用在 Telegram 中显示
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatiga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi ——— Оммавий ахборот воситалари вакиллари учун Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Жазони ижро этиш департаментининг фаолиятига бағишланган пресс-тур ташкил этилди 👉 @postdarasmiy
显示全部...
TG~1.mp434.76 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
🏛Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida “Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni isteʼmol qilish, shuningdek, diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyalari va taʼsiriga tushib qolish holatlarining oldini olish” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi tinglovchisi, podpolkovnik Sardorbek Yusupov ishtirok etdi. Targʻibot tadbiri davomida giyohvandlik, psixotrop moddalarni isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari, terrorizm va yot gʻoyalar, ularning yoshlar ongiga taʼsir koʻrsatish mexanizmlari borasida fikr yuritildi. Tadbir davomida: 🔹huquqbuzarlikning yoshlar hayotiga ta'siri, 🔹internetdagi xavfsizlik, 🔹giyohvandlikning zararli oqibatlari, 🔹sog'lom turmush tarzi va mas'uliyatli qaror qabul qilishning ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi. 📘Tadbirning asosiy maqsadi-yoshlarni ogohlikka, faollikka va sog'lom hayot sari yo'naltirishdir.
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармойиши Батафсил: https://uza.uz/posts/786091 Телеграм каналларимиз Facebook | Instagram | YouTube | X
显示全部...
02:58
视频不可用在 Telegram 中显示
Сўнгги кунларда мамлакатимиз, айниқса Тошкент шаҳрида атмосфера ҳавосининг ёмонлашуви юзасидан Ўзгидромет раҳбари Шерзодхўжа Ҳабибуллахўжа тушунтириш берди Тушунтиришга кўра, бу ҳолат бир вақтнинг ўзида кучайиб намоён бўлган бир нечта табиий омиллар билан боғлиқ. Биринчи омил – кескин ҳарорат алмашиши ва инверсия. Жорий ҳафтада ҳаво ҳарорати тез ўзгарди. Иссиқ кунлардан совуқ кунларга ўтиш даврида инверсия деб аталувчи табиий жараён юзага келади. Инверсия пайтида совуқ ҳаво пастда, иссиқ ҳаво юқорида қолади ва ҳаво қаватлари аралашмайди. Шу боис майда заррачалар паст ҳавоқатламида тўпланиб, қисқа вақтда концентрация кескин ошади. Бу жараён Тошкент, Олма-ота, Бишкек, Душанбе каби шаҳарларда ҳар йили ноябрь–февраль ойларида кузатилади. Иккинчи омилёғингарчиликнинг йўқлиги. Ноябр ойи бошидан бери Тошкентда деярли ёмғир ёғмади. Учинчи омил – арид жараёнларнинг кучайиши ва табиий чангланиш. Ўзбекистон табиий жиҳатдан қуруқ ва яримқуруқ иқлим ҳудудида жойлашган. БМТ экспертлари бу минтақани дунёда арид жараёнлар энг тез кечаётган маконлардан бири сифатида қайд этган. Синоптикларимиз прогнозига кўра, амалга ошган инверсия жараёни 24 ноябргача давом этиши мумкин. Шу вақтгача майда заррачаларнинг маълум даражада сақланиб туриши табиий ва мавсумий ҳолдир. Об-ҳаво барқарорлашиши билан ҳаво сифати ўз-ўзидан сезиларли яхшиланади.
Ҳозирда маҳаллий ҳокимиятлар, коммунал хизматлар ва масъул идоралар томонидан қуйидаги амалий ишлар олиб борилмоқда: – кўча ва йўлларни намлаш; – яшил ҳудудларни қўшимча суғориш; – жамоат жойларини нам тозалаш; – аҳоли учун тавсияларни етказиш; – атмосфера ҳавосини доимий мониторинг қилиш.
Ўзгидромет атмосфера ҳавоси ҳолатига оид барча муҳим кўрсаткичларни кунига икки марта – эрталаб ва кечқурун расмий каналлар орқали эълон қилиб боради. Каналга қўшилиш 👈 Facebook | Instagram | Медиабанк
显示全部...
35.62 MB
Amaliy tavsiyalar berildi Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Pop tuman FVB mas'ul xodimlari tomonidan IIV huzuridagi JIED Ikkinchi mintaqaviy hududga qarashli 6-son jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin bo'lgan yong'in, chaqnash, is gazidan zaharlanish, botulizm va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, zilzila vaqtida to'g'ri harakatlanish tartiblari bo'yicha amaliy tavsiyalar yetkazildi. Uchrashuv ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. O'z muxbirimiz. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Бу қизиқ Ўрта асрларда аччиқ қалампир жуда қимматбаҳо маҳсулот бўлиб, у кредитлар ва солиқлар учун тўлов сифатида ҳам қабул қилинган. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
Tuman hokimligida yig‘ilish Shayxontohur tuman hokimligida mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda kambag‘al oilalarga biriktirilgan tijorat banklari rahbarlari hamda mahalla vakillari qatnashdi. Yig‘ilish davomida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash tartibi, ularning turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
PROFILAKTIK TADBIRLAR Xavfsiz hudud dolzarb 50 kunlik maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Kogon tumani IIB xodimlari tomonidan Oila mahalla maktab tamoyili asosida tizimli profilaktik ishlar olib borilmoqda. Tadbirlar davomida tumandagi bir qator maktablarda o'quvchilarning dars davomati o'rganildi. Sababsiz dars qoldirgan yoki mashg'ulotlar vaqtida darsda bo'lmagan o'quvchilar aniqlandi. Ular mashg'ulotlarga qaytarilib, pedagoglar va inspektor psixologlar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi kelishmovchiliklar, janjal va guruhiy nizolarning oldini olish bo'yicha profilaktik suhbatlar tashkil etildi. Dars mashg'ulotlarini sababsiz tark etgan o'quvchilarning ota-onalariga rasmiy ogohlantirish xatlari berildi, ayrim hollarda esa MJtKning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi. Sabina ESHTURDIYEVA, leytenant. Buxoro viloyati. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
Ko'rik-tanlovning tuman bosqichi O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan e'lon qilingan Obod xonadon, Obod kocha va Obod mahalla ko'rik-tanlovining Shayxontohur tumani mahalla bosqichi bo'lib o'tmoqda. Baholash jarayonida mahalla yettiligi va faollar ishtirok etib, tanlov mezonlariga muvofiq ravishda xonadon va ko'chalarning obodonligi, tozaligi, tartib-intizomi hamda yashash muhitining namunaviy holati o'rganilmoqda. Mazkur tanlov nafaqat mahallalar ko'rkiga ko'rk qo'shadi, balki aholini yanada faol, tashabbuskor va ozoda yashashga undaydi. O'z muxbirimiz, Toshkent shahri. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
Tuman hokimligida yig‘ilish Shayxontohur tuman hokimligida mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda kambag‘al oilalarga biriktirilgan tijorat banklari rahbarlari hamda mahalla vakillari qatnashdi. Yig‘ilish davomida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash tartibi, ularning turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Оёқ саломатлиги учун Оғир иш кунидан сўнг жува ёрдамида оёқлардаги чарчоқ ва шишларни енгиллаштириш мумкин. Бунинг учун уни оёқларимизда айлантириб юргазиб чиқамиз. Яхшиси, аввал жувани музлатгичга қўйиб оламиз. Муздек жува нафақат массаж учун, балки ҳарорат контрасти учун ҳам фойдалидир.
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
“KURKAXONA” TOMIDAGI “MARIXUANA” “Sogʻlom avlod − xavfsiz jamiyat” keng ko'lamli profilaktik oyligi doirasida oʻtkazilgan nazorat tadbirida, Zangiota tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan, tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro oʻzining yashash xonadonidagi “kurkaxona” tom qismida oʻndan ortiq shisha idish va polietilen qoplarda “marixuana” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. @Postdarasmiy
显示全部...
Keksalar turizmi oyligi doirasida ziyorat-turizm tashkil etildi Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan soha faxriylariga hurmat va e’tibor sifatida Shovot tumanidagi muqaddas “Yusuf Hamadoniy” qadamjosiga ziyorat-turizm tashkil etildi. Mazkur tashabbus keksalar turizmi oyligi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — yillar davomida tizimda mehnat qilgan faxriylarga e’tibor ko‘rsatish, ularning ruhiy-ma’naviy holatini mustahkamlash va jamiyatda ularga bo‘lgan ehtiromni yanada kuchaytirishdan iborat. Ziyorat davomida faxriylar muqaddas maskanning tarixi, avliyolar merosi va hududning ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bunday tadbirlar nafaqat ma’naviy ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, balki soha faxriylari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Nilufar Jabborova, Xorazm viloyati. 👉 @postdarasmiy
显示全部...
Энг яхши психологлар Фарғонада беллашмоқда Бугун Фарғонада Ички ишлар вазирлиги тизимида ўтказилаётган “Энг яхши психолог" кўрик-танловининг республика босқичи бўлиб ўтмоқда. Танловда вилоят босқичларида ғолибликка эришган жами 17 нафар мутахассислар қатнашмоқда. Низом талабларидан келиб чиқиб, иштирокчиларнинг психология соҳасига оид билимлари ва касбий маҳорати 4 шарт асосида синовдан ўтказиляпти. Айни пайтда танлов жараёнлари қизғин давом этяпти. Абдувосит СИДИҚОВ, ўз мухбиримиз. Фарғона вилояти.
显示全部...
Кучлилар аниқланди Жиззах вилоятида волейбол бўйича “U-20” ёш тоифасидаги йигитлар ўртасида Ўзбекистон кубоги учун ўтказилган мусобақада 1- ўринни бухороликлар эгаллади. Кейинги ўринлар Қорақалпоғистон Республикаси ҳамда Жиззах вилояти вакилларига насиб этди. Ўз мухбиримиз. Жиззах вилояти. 👉 @postdarasmiy
显示全部...