Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Open in Telegram
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Show more2025 year in numbers

100 010
Subscribers
No data24 hours
+337 days
+1 60430 days
Posts Archive
01:26
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
Namangan viloyati: “Ilk rivojlanish markazlari”
🟢 Namangan viloyatida 5 ta zamonaviy “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ular Namangan shahri, Uychi, Chust, Norin va Kosonsoy tumanlarida joylashadi.
⏺Hozirda ushbu markazlarda yakuniy ishlar qizg'in amalga oshirilmoqda.
➡️Yangi o‘quv yilidan boshlab markazlar o‘z faoliyatini boshlaydi va bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
2025-08-13 16.09.07.mp475.61 MB
✅✅✅✅
#Seminar_trening
🔴 Ayni damda Respublika bo‘ylab “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
➖ O‘quv mashg‘ulotlarida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan:➖mezonlarga asoslangan baholashning an’anaviy baholashdan farqli jihatlari, ➖baholash mezonlarini belgilash tartibi, ➖yangi baholash tizimini amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha batafsil ma'lumot berilmoqda. 📊 Tadbir davomida o‘qituvchilar amaliy mashg‘ulotlarda baholash mezonlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning yutuqlarini xolisona baholash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlashdi. _______ Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
01:39
Video unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅
✅ Yangi o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida ham “Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” ish boshladi.➖ Ushbu Markaz talabalarga: ➖Yotoqxona va ijara xonadonlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish; ➖Xavfsiz, qonuniy va qulay yashash sharoitlarini ta’minlashda ko‘maklashish; ➖Ijaraga berilayotgan xonadonlar haqida aniqlangan, ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishga yordam beradi. 📍Namangan davlat pedagogika instituti 📍Nukus davlat pedagogika instituti 📍Chirchiq davlat pedagogika universiteti 📍Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 📍Urganch davlat pedagogika instituti 📍Shahrisabz davlat pedagogika instituti 📍Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti 📍Buxoro davlat pedagogika instituti 📍Andijon davlat pedagogika instituti 📍Guliston davlat pedagogika instituti 📍Termiz davlat pedagogika instituti 📍Jizzax davlat pedagogika universiteti 📍O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
TTJ ga joylash markazi mob.mp412.47 MB
✅✅
#ustozlar_forumi
🔴 "Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” Toshkent shahar bosqichi boshlandi.
👉 Tadbir jarayonlari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida oʻtkazilmoqda.
🌐 JONLI EFIR
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
01:35
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
🇺🇿🇰🇷 Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari malakasini oshirish” loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
✅12–14 avgust kunlari Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliy tajriba almashish mashg‘ulotlari hamda ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
➡️ Ushbu trening 2025-yil sentyabrdan joriy etilishi rejalashtirilgan “O‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya” jarayoniga tayyorgarlik bosqichidir.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_5480.mp4116.05 MB
#vazir_qabuli
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Xorazm, Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi.
➖ Unda davlat xususiy sheriklik asosida ish olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha muhim masalalar muhokama qilindi.
➖ Vazir uchrashuv davomida oʻrtaga tashlangan fikr-mulohaza va takliflar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi hamda ularni koʻrib chiqish uchun masʼullarga zarur topshiriqlar berdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from TgId: 1082366969
02:37
Video unavailableShow in Telegram
🌐 Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida talabalarni talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirish boʻyicha maʼlumotlar markazi tashkil etildi.
➖ Markazda talabalar turar joyiga joylashish istagidagi talabalar va ularning ota-onalariga roʻyxatdan oʻtish va ariza yuborish boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan maslahat va yordam koʻrsatilmoqda.
👉 Maʼlumot uchun: ayni vaqtda universitetdagi mavjud 7 ta talalabalar uyida 3 300 nafar talabani qamrab olish imkoniyati bor. Shuningdek, talabalar 3 mingga yaqin ijara xonadonlariga yoʻnaltirilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating✈️ Telegram 🌐 Instagram 📹You Tube 💬Facebook
IMG_0467.MP4125.31 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Сўраган_эдингиз
#Prezident_iqtidorli_farzandlari
❓Yaqinda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga qabul uchun oʻquvchilar oʻrtasida imtihon oʻtkazildi. Ushbu oʻquvchilar kelgusida qay tartibda oʻqitiladi, bundan maqsad nima?
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-mayida Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda bu haqida batafsil keltirib oʻtilgan.
➖ Unga koʻra, har yili xorijiy oliy taʻlim tashkilotlarida oʻqishga salohiyati mavjud umumtaʻlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari (1 500 nafargacha) imtihon asosida saralab olinadi.
➖ Bundan asosiy maqsad, ushbu oʻquvchilar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi. Oʻquvchilar 10-11-sinfda oʻqish davomida maxsus platforma orqali qoʻshimcha oʻqishga jalb etiladi.
👉 Shuningdek, oʻquvchilar uchun dunyoning ilgʻor oliy taʻlim tashkilotlari qabul talablaridan kelib chiqib “Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida qisqa muddatli oʻquvlar tashkil etiladi.
❗️Bulardan asosiy maqsad, tanlab olingan oʻquvchilarni xorijiy oliy taʻlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi uchun chuqurlashtirilgan holda tayyorlashdan iboratdir.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
02:07
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Maktabgacha_taʼlim
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamkorligida o’tkazilgan "Tabiat bolalar nigohida" rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.➖ O’zbekiston 24 telekanali — Axborot 24 | «Tabiat - bolalar nigohida» mavzusida rasmlar tanlovi ➖ Toshkent telekanali — Toshkent │"Poytaxt" Informatsion dasturi │ ➖ Yoshlar TV — “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi ➖ MY5 TV — Bolalar o'rtasida rasm chizish bo'yicha tanlov ➖ UzA.uz — Bolalar nigohidagi tabiat ➖ Zamon.uz — Toshkentda bolalar uchun rasmlar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi ➖ Marifat.uz — Природа глазами детей ➖ “Ma’rifat” gazetasi — “Tabiat bolalar nigohida” ➖ “Tong yulduzi” gazetasi — “Tabiat - bolalar nigohida” tanlovi g’oliblari taqdirlandi ➖ Учитель Узбекистана — Природа глазами детей 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
2025-08-10 12.49.47.mp421.06 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#kasbiy_sertifikatlash
📣 Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarini o‘tkazish kunlari belgilandi
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 19-21-avgust kunlari navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi. Xususan;
➖Biologiya, Kimyo, Matematika, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlari — 19-avgust kuni;
➖Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Ingliz tili (umumta'lim), Nemis tili (umumta'lim), Fransuz tili (umumta'lim), Koreys tili, Xitoy tili, Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlari hamda psixologlar uchun — 20-avgust kuni;
➖Boshlang‘ich ta‘lim, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya (umumta'lim), O‘qituvchi-defektolog (umumta'lim), O‘qituvchi-logoped (umumta'lim), Tasviriy san'at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun), Musiqa madaniyati fanlari — 21-avgust kuni tashkil etiladi.
👉 Ma’lumot uchun: sinov jarayonlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.
📍 Eslatma: zaruriyatga ko‘ra, sinov kunlari va fanlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
Yangi taʼlim muassasalari foydalanishga topshirilmoqda
➖Ayni vaqtda Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy maskanlar qad rostlamoqda. Jumladan,
➡️Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 157-umumtaʼlim maktabida 120 o‘rinli "Ilk rivojlanish markazi" tashkil etildi.
➡️ Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrining A.Jomiy mahallasida qad rostlagan 12-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilarni kutib olmoqda!
➡️Navoiy viloyati, Karmana tumanida — 4 ta, Navbahor tumanida — 2 ta yangi DMTT barpo etilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
янгиер.mp413.75 MB
#Maktabgacha_taʼlim
#Dolzarb_90_kun
✅ Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 252-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sabzavotlar hosilini yig’ib, qishki mavsum uchun tuzlamalar "tayyorlashdi".
🌱Bu jarayon jajji o'g'il-qizlarda mehnatsevarlik, tabiatga mehr tuyg'ulari va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini mustahkamladi.
👉 Yozgi mavsum bolalar uchun nafaqat sog'lomlashtirish va chiniqish davri, balki amaliyot orqali yangi bilim va ko'nikmalarni egallash imkoniyatini ham yaratadi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
4.mp416.94 MB
5.mp414.12 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2025
#infografika
✅ 2025-2026-oʻquv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul qilingan oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumot
🔹 Joriy yil 11-avgustga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 666 782 nafar bola (90 %) qabul qilindi.
👉 Eslatib oʻtamiz: mikrohududdan tashqaridagi maktablarga qabul jarayonlari 15-avgustga qadar davom etadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from TgId: 1294224760
Photo unavailableShow in Telegram
🧑🏻💻😊“Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Yozgi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan ushbu loyiha 2025-yil 25-avgustdan 29-avgustga qadar ONLINE formatda bo‘lib o‘tadi.
🟡 Onlayn yo‘nalishlar:
• Python
• Dot Net
• Vue JS
• Sun’iy intellekt (AI)
• DevOps
• Flutter
• Web Design
🎁 Faol ishtirokchilarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz
📌Shoshiling! Zamonaviy texnologiyagalar va qiziqarli darslarni qoldan boy bermang!
___
Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#sport
✅ Bugun Namangan viloyatida “Quvnoq startlar” sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin 5–8-sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.
📍 Ushbu musobaqa oʻquvchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👉 Bellashuvlar joriy yil 16-avgustga qadar davom etadi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from TgId: 2511921971
Photo unavailableShow in Telegram
Dron texnologiyalar muhandisligi yo‘nalishi bilan yaqindan tanishing!
⁉️Ushbu yo'nalishda nimalarni o'rganasiz?
🔹Aerodinamika va UAV dizayni orqali dron qanday uchishi va ishlashini chuqur o‘rganasiz.
🔹Robototexnika va mexatronika kurslarida real qurilmalar yaratib, unlarni ishga tushirasiz.
🔹Logistika, qishloq xo‘jaligi va xaritalashda dronlardan qanday foydalanish kerakligini bilib olasiz.
🔹Sun'iy intellekt tizimlari yordamida dronlarni boshqarishni o'rganasiz.
🔹Zamonaviy laboratoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar uchun barcha sharoitlarga ega bo'lasiz.
💥 Dron texnologiyalari muhandisligi bilan siz osmon ilmini puxta egallaysiz.
🗓 Al-Xorazmiy universitetiga qabul 18-avgust sanasigacha davom etadi.
👉 Ro‘yxatdan o'tish uchun havola
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#akhufaculty #drontexnologiyalari
👇 Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Repost from TgId: 2511921971
Photo unavailableShow in Telegram
Dron texnologiyalar muhandisligi yo‘nalishi bilan yaqindan tanishing!
⁉️Ushbu yo'nalishda nimalarni o'rganasiz?
🔹Aerodinamika va UAV dizayni orqali dron qanday uchishi va ishlashini chuqur o‘rganasiz.
🔹Robototexnika va mexatronika kurslarida real qurilmalar yaratib, unlarni ishga tushirasiz.
🔹Logistika, qishloq xo‘jaligi va xaritalashda dronlardan qanday foydalanish kerakligini bilib olasiz.
🔹Sun'iy intellekt tizimlari yordamida dronlarni boshqarishni o'rganasiz.
🔹Zamonaviy laboratoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar uchun barcha sharoitlarga ega bo'lasiz.
💥 Dron texnologiyalari muhandisligi bilan siz osmon ilmini puxta egallaysiz.
🗓 Al-Xorazmiy universitetiga qabul 18-avgust sanasigacha davom etadi.
👉 Ro‘yxatdan o'tish uchun havola
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#akhufaculty #drontexnologiyalari
👇 Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
✅✅✅✅
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar Fransiyada malaka oshirmoqda
➖ Fransiya janubidagi dengizbo‘yi Nitsa shahrida o‘zbekistonlik 85 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
➡️Ikki hafta davom etadigan mazkur malaka oshirish kurslarida ishtirokchilar “Fransophonia” universitetining mahoratli trenerlari yordamida xalqaro DELF sertifikatlari imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishadi. Shu bilan bir qatorda, O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘idagi Monako, Vilfransh va bir qator diqqatga sazovor shaharlarga tashrif buyurishadi.
➕Bugun tashkilotchilar tomonidan o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ayni vaqtda pedagoglar metodik bilim va ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan dars jarayonlarida ishtirok etmoqda.
⬇️Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur taʼlim sayohati joriy yilning iyun va iyul oylarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan intensiv kurslarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
