Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Open in Telegram
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Show more2025 year in numbers

100 010
Subscribers
No data24 hours
+337 days
+1 60430 days
Posts Archive
05:23
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
#Соғлом_овқатланиш
✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 51-sonli DMTTda bolajonlarning sog‘lom ovqatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.➡️Ovqatlanish jarayoni gigiyena qoidalari va sanitariya me’yorlariga to‘liq mos ravishda tashkil etilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
new.mp464.27 MB
✅✅✅✅
#Ўқитувчилар_олимпиадаси
🔴 Ayni vaqtda Respublikamiz bo'ylab O‘qituvchilar olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
🔰2 kun davom etadigan olimpiadada ustozlar informatika, matematika va biologiya fanlaridan o'zaro kuch sinashishmoqda.
➖ Ma'lumot o‘rnida: sinov davomida ishtirokchilarga 40 ta test topshiriqlari taqdim etilib, ularini bajarish uchun 2 soat 30 daqiqa vaqt ajratilаdi.Yakuniy natijalariga ko‘ra, fanlar kesimida 5 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. _______ 🌐 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:
Muxamedov Sherzod Nurmuxamedovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʻlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari boʻlinmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sherzod Muxamedov 2006-2016-yillarda Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyida pedagog sifatida faoliyat yuritgan. 2016-2017-yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Olmazor tumani Kengashi raisi, 2017-2019-yillarda Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi Olmazor tumani Kengashi raisi, 2019-2023-yillarda Xalq taʼlimi vazirligi Progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish shoʻba mudiri, Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi, Strategik rivojlantirish va yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.
2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tinglovchisi boʻlgan.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:
Siradjev Ilxom Toxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.
Ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelgan Ilxom Siradjev 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Ilxom Siradjev dunyodagi qator davlatlar taʻlim ekspertlari uchun Xitoyda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yoʻnalishidagi xalqaro seminar hamda taʼlimga doir ko‘plab xalqaro loyihalar ishtirokchisi.
U pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), “Taʼlimda menejment" yo‘lishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Faqulodda va Muxtor elchisi Timoti Smart va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan direktori Maykl Xolgeyt bilan uchrashdi.
Unda xalqaro hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlarni yuqori baholashdi.
➖ Shuningdek, Buyuk Britaniya elchixonasi va Britaniya Kengashi bilan ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari, jumladan, ingliz tilini o‘qitish, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim sohasida britaniyalik ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib borish kabi masalalar muhokama qilindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:
Yuldashev Baxtiyor Gayradjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining innovatsiya va tadqiqot ishlari bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Baxtiyor Yuldashev 2016-2018 yillarda Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, 2018-yilda Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2020-2022 yillarda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi Yengil sanoatni rivojlantirish boshqarmasi Eksport shoʻbasi mudiri, 2022 yilda Prezident ta’lim muassasalari agentligi Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
U Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiyaning xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishi aspiranti.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Baxtiyor Yuldashevga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Radjabov Sardor Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sardor Radjabov 2008-2012-yillarda “Uzdunrobita” MCHJ, “Expert va marketing markazi” MCHJ, “Real consult servise” MCHJda turli vazifalarda, 2012-2015 -illarda Toshkent shahar hokimligida yetakchi mutaxassis, 2015-2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida bosh ekspert, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2023-yillarda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari, 2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini baholash, lisenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sardor Radjabovga ta’lim sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Vazirlik jamoasi Azizbek Turdiyevga maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
01:16
Video unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅
Sport musobaqalari jamoalarni birlashtirdi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparati xodimlari o‘rtasida stol tennisi va voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqalarda jamoalarning chaqqonligi va tezkor fikrlashi hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.➕Musobaqalar sog‘lom raqobat tamoyillari asosida tashkil etildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_8505.MOV13.73 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yildan boshlab oliygohlarda qabul kvotalarini investisiya loyihalarida kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi.
Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari o‘zlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar ko‘rayotgani, texnikumlar ham nimani o‘qitishni bilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish davomida soha va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi, ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot qilindi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
“Bizda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat. Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti. Bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi”,– dedi Prezident. Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi. Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi. Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
“Meni tashvishga solayotgan masala – yoshlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topishi uchun sharoit yaratish. Agar buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, mahallada kambag‘al va ishsiz qolmaydi”,– dedi Prezident. Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi. Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi. Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
Kuni kecha Prezidentimiz maktabdan tashqari ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qarorni imzoladi.
Joylardagi 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoshlik” sport jamiyati, O‘quvchi yoshlar markazi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.
“Kelajak” markazlari maktablar bilan uzviy va maqsadli tadbirlarni jonlantirib, muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qiladi.
Ushbu tizim bilan barcha maktablar qamrab olinishi ta’kidlandi. Har bir o‘rta maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchilar o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, san’at va sport to‘garaklarini tashkil qiladi.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari sinf rahbari, maktab psixologi bilan xulq-atvorida salbiy o‘zgarish bo‘lgan o‘quvchilarni ta’lim va oiladagi muammolarini o‘rganib, ularni yengib o‘tishga hamrohlik qiladi.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa o‘quvchilarni maktabdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mas’ul bo‘ladi.
Eng asosiysi, endi maktablarda o‘quvchilarning to‘garaklar, sport, volontyorlik va olimpiadalarda erishgan natijalari bo‘yicha “raqamli portfolio”si shakllanib, elektron shahodatnomada ko‘rsatiladi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
Kecha Prezident yosh avlodni tarbiyalashning yagona konsepsiyasi bilan tanishdi.
Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis bo‘lish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson bo‘lib tarbiyalanadi.
Buning ilk qadami sifatida yangi o‘quv yilidan barcha bog‘cha, maktab va oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.
Umuminsoniy, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik g‘oyasi, Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni o‘zgarib borayotgan zamon sharoitida texnologiya asri bolalariga chuqurroq, zamonaviy usullarda yetkazish kerakligi aytildi.
Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.
Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
Bog‘cha va maktablardagi 10 dan ziyod xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaydi.
Shu bilan birga, maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari davomati haligacha raqamli platformaga to‘liq o‘tmagan.
Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uchun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda o‘quvchilar eskicha tartibda qabul qilinmoqda, bog‘chalarda xodimlar tabeli qog‘ozda yuritilyapti.
Mutasaddilarga yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilash topshirildi. Keyingi o‘quv yiligacha maktab va bog‘chalardagi barcha xizmatlar to‘liq raqamli formatga o‘tishi shartligi qayd etildi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.
Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablag‘larni keyingi yil davlat byudjetida nazarda tutish topshirildi.
Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.
Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
2026-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Bosh vazirga poytaxtimizda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala – maktab ta’limi.
Olis hududlardagi 74 ming o‘quvchi hozirgacha 5-7 kilometr uzoqlikdan maktabga qatnayotgani qayd etildi.
Qashqadaryo va Surxondaryo hokimlari bu masalani ichiga kirib, mablag‘ini hal qilib, 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ygan. Samarqand va Jizzax viloyatlari hokimlari ham bir oyda 100 ta shunday maktabga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan.Bu qolgan hududlar uchun namuna ekani ko‘rsatib o‘tildi. Uch yil ichida iqtidorli o‘quvchilar uchun 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilindi. Lekin 12 ta ixtisoslashgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari haligacha yakunlanmagani qayd etildi. Tegishli viloyatlar hokimlariga ishlarni yil oxirigacha yakuniga yetkazish topshirig‘i berildi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
“Qamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bog‘chalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”,– dedi Prezident. Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi. Shu bois, yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi. Xususiy bog‘cha bilan davlat bog‘chasi uchun ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha yagona yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi. Mutasaddilarga “Yangi avlod” bog‘chasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
Bir yilda 2 mingta ko‘p qavatli uy qurilmoqda, ularning to‘rtdan biri – “Yangi O‘zbekiston” massivlarida.
Bunday massivlarda uylarning birinchi qavatida 100 o‘rinli xususiy bog‘cha ochish bo‘yicha Bektemir va Yangihayot tumanlarida tajriba bor.
Buni barcha tuman va shahar hokimlari o‘z hududida qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Endilikda ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun aytilgan imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham berilishi belgilandi.
Mutasaddilarga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha tashkil qilish tartibini ishlab chiqish topshirildi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda 80 ta tumanda bog‘cha ochish uchun imtiyozlar e’lon qilindi.
Ushbu mexanizmdan unumli foydalanib, bog‘cha o‘rinlarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qashqadaryoning barcha tumanlarida xususiy sektor va chet ellik hamkorlar bilan ikki yil ichida bog‘cha va maktab o‘rni 3 barobar oshgan. Viloyat hokimlariga bu tajribani o‘rganish topshirildi.
Umuman, har bir tumanda bog‘cha qamrovi 80 foizdan kam bo‘lmasligi shartligi belgilandi. Buning uchun viloyat va tuman hokimlari oldiga bo‘sh yerlarni topib, auksionga chiqarish, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda qaysi maktab va bog‘chada bo‘sh joy bo‘lsa, bog‘cha qurish rejasini belgilash vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilarga bo‘sh yerlarda bog‘cha tashkil etish bo‘yicha xususiy sheriklik yoki sarmoya kiritish sharti bilan uch yillik dastur qabul qilish, yangi xususiy bog‘chalarga subsidiya berish, tarbiyachilar maoshini qisman qoplash tartibini joriy qilish topshirildi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
