en
Feedback
IT specialist

IT specialist

Open in Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
9 694
Subscribers
-524 hours
-307 days
-12930 days
Posts Archive
Repost from IT specialist
#excel 📊 Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3): Excelda jumla boshida keluvchi so‘zning dastlabki harfini katta qilish Oddiy ko‘rinishda yozilgan sanani qanday qilib oy nomlanishi ko‘rinishiga keltirish mumkin? Belgilash uchun qaynoq klavishlar bilan tanishamiz Muayyan yacheykalardan himoyani olib tashlash Matnni diagonal bo‘ylab ajratish Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi? Matnli diapazonlarni tezkor belgilash Belgilangan diapazonda keraksiz qiymatlar kiritilishini cheklash Excel'da F4 klavishidan foydalanish Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz” Sanalarni saralashda shartli formatlashdan foydalanish Ishchi kunlar bo‘yicha avtoto‘ldirish Yacheykalardagi qoldirilgan izohlarni chop etish Yacheykaning kengligi va balandligi qanday sozlanadi? MS Office dasturlarida hujjatni saqlashda rasm sifatini sozlash Katta jadvallarni chop etish Excel hujjatiga YouTube videosini joylashtirish Hujjatni parol bilan himoyalash Jadvalni funksiya yordamida transponirlash Kasr sonlarning ustun bo‘ylab avtoto‘ldirilishiga oid maslahat Uzun jadvallar bilan ishlash Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish Kasr sonlarni jadvalga kiritishda nuqta (.) va vergul (,) belgilarining ahamiyati Faqat yacheyka formatini boshqa yacheykaga nisbatan qo‘llash Obyektlarni bir listdan boshqasiga olib o‘tkazish Excel hujjati foniga suvli belgi (водяной знак)ni qo‘shish Diagramma va jadvallarni oq-qora printerda chop etish “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas! Excel'da satr va ustunlarni belgilash Alohida son yoki formulalar guruhini belgilash Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma) Sonni tezkor darajaga oshirish Nostandart ro‘yxatlar bo‘yicha saralash Oddiy sahifaga chop etilgan ma’lumotlarni Excel'ga kiritishning ideal usuli (mobil Excel ilovasi orqali) Butun jadvaldagi summani tezkor hisoblash Mantiqiy funksiya yordamida muayyan ko‘rsatkichdan oshgan qiymatlarni saralash 📌 P.S.: Kanalga MS Excel dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi. 🔠 Agar MS Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz. 💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum, Barcha kutgan yangilik, UZUM marketda aksiya asosida 50% chegirmalar ketmoqda, mahsulotlar soni cheklangan! Shoshiling, ushbu havola orqali 50% chegirmada xarid qiling: https://uzum.uz/richstore123 Yanada ko‘proq yangi aksiyalar haqida @aksesuarlarrich'dan xabardor bo‘ling!
Show all...
👍 3
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security ⤴️ Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish Windows 10'da Windows'ning qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamalariga qaytaruvchi “Сбросить настройки ПК” opsiyasi mavjud. Bu Windows'ni qayta o‘rnatib o‘tirgandan ko‘ra tezroq va qulayroq kechuvchi jarayondir. Kompyuteringizdagi Windows 10 sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: 1️⃣. WIN + I klavishlari birikmasi yordamida “Настройки” oynasini ekranga chaqiring. 2️⃣. Ochilgan oynada “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” bandlari bo‘ylab o‘ting. 3️⃣. “Перезагрузить этот компьютер” bo‘limida “Начать” tugmasi ustiga bosing. 4️⃣. Qayta tiklash (сброс)ning kerakli parametrlarini tanlang. (Fayllarni saqlash, qattiq diskni to‘liq tozalash va hokazo) “Сбросить этот ПК” opsiyasi qulay, biroq qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi zavodda ko‘plab istalmagan dasturiy ta’minotlarni o‘rnatgan bo‘lsa, qayta tiklash ushbu dasturlarni o‘chirmaydi. 📌 P.S.: Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля) Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi? Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset) “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish CyberShredder dasturi Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin? • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 4
Kunlaringiz be'tartib, hayotda maqsadingiz yo‘qmi? Shaxsiy rivojlanishni va intizomni shakllantirish uchun Abul Yusuf blogni tavsiya qilaman.
Bugundan o‘zgacha fikrlashni boshlang.
Bu blogda to‘g‘ri maqsad qo‘yish, intizom, o‘zimda bor fikrlar, kitoblardan iqtiboslar, ustozlarning tavsiyalari, shaxsiy rivojlanishga oid bilimlar, kitob tavsiyalari va boshqalar haqida gaplashamiz. https://t.me/abulyusufblog
Show all...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software ❌ Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin? Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin. Bu qanday amalga oshiriladi: 1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz. 2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz. 3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz. 4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz. ❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin. 📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля) Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi? Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset) “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish CyberShredder dasturi • Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 6
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat 👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar. Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz: 1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N). 2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting. 3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing). 4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing. 5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating. 6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting. 7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉 📝 Manba: @GooogleTM ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish • Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz. • Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 8 1
Repost from IT specialist
#excel Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 🗓 Yodingizda bo‘lsa biz kalkulyator yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlashni ko‘rib chiqqan edik, bu safar buni Microsoft Office dasturlari paketi tarkibidagi Excel – jadval muharriri yordamida hisoblashni ko‘rib chiqamiz. 👉🏻 Batafsil... ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi: Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish • Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 3😁 1
Servercore Toshkentda yangi zonasini ochadi Servercore — Toshkent va Olmaota shaharlarida mavjud zonalarga ega IT-infratuzilmasi provayderi. Mijozlar orasida — Uzum Nasiya, Alif, Samarkand Air va HWG Sababa. Provayder mijozlari uchun Toshkentda yangi mavjudlik zonasi mavjud bo‘ldi. Umumiy tarmoq orqali ulangan ikkita pool-ga joylashtirish quyidagilarga imkon beradi: — IT-tizimlari va xizmatlarining nosozliklarga chidamliligini oshirish; — ma‘lumotlarni saqlash xavfsizligi darajasini oshirish; — oxirgi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlarni kamaytirish. Yangi mavjudlik zonasida Servercore mijozlari endi quyidagilardan foydalanishlari mumkin: — AMD EPYC 7713 Milan asosidagi UZ-2 pool-dagi bulutli serverlar, — Intel Xeon E-2236, Intel Xeon W-2255 va Intel Xeon Silver 4214R protsessorlari asosidagi TAS-2 da ajratilgan serverlar. Yangi mavjudlik zonasining xavfsizligi va ishonchliligi ISO 27001 xalqaro axborot xavfsizligi standarti bilan tasdiqlangan. Barcha Servercore xizmatlari PCI DSS xalqaro ma‘lumotlar xavfsizligi standartiga mos keladi. Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun veb-saytga o‘ting.
Show all...
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#smartfon #android 🧮 Symbolab – matematik masalalarni kamera orqali yoki qo‘lda kiritib yechish uchun WolframAlpha ilovasidan qolishmaydigan analogi. Android 5.0+ 📎 Symbolab Pro v9.6.13 mobil ilovasini yuklab olish. 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi: Matematika endi muammo emas! Ushbu rukndagi boshqa mobil ilovalar: Photomath Wolfram Alpha 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 4😁 1
Repost from IT specialist
#word #maslahat 📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (2-qism) Ushbu postimizda Microsoft Word'da ishingizni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar haqida ma’lumot berishni boshlagandik. Bugun hujjatni bezatish va tayyor matnning o‘qilishini yaxshilash borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 5️⃣. Bir nechta alohida matn bo‘laklarini ajratish Ketma-ket kelmagan matn bo‘laklarini ajratish imkonini taqdim etuvchi juda foydali funksiya. Bunda CTRL klavishini bosib turgan holda hujjatning turli qismlari sichqonchaning chap tugmasi bilan boshqariluvchi kursor yordamida belgilanadi. 6️⃣. Ichki almashinish buferi (Буфер обмена) Word barcha nusxalayotgan narsalaringizni eslab qoladi va ushbu elementlarning istalganini kengaytirilgan almashinish buferidan topish mumkin. Ushbu opsiya post ostidagi rasmda👇🏻 ko‘rsatilgan “Буфер обмена” tugmasini bosish orqali chaqiriladi va hujjatni ishga tushirib, uni yopguningizga qadar bo‘lgan tahrirlash davomidagi nusxalashlaringiz tarixini o‘ziga yozib borishi mumkin. Agar “Параметры” menyusidagi mos keluvchi opsiya faollashtirilsa, uni istalgan vaqtda CTRL + C klavishlari birikmasini ikki marta bosish orqali ekranga chaqirish mumkin. 7️⃣. Satr oxiridagi uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish (Расстановка переносов) Uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish – ularning o‘qilishini yaxshilaydi, shuningdek so‘zlar orasida uzun intervalli bo‘shliqlar qoldirilishining oldini oladi. Siz ularni birma-bir qo‘lda o‘rnatib chiqishingiz (matnning kerakli qismiga borib, CTRL + - klavishlari birikmasini bosish orqali, bunda harflar yuqorisida joylashgan “minus” belgisi nazarda tutilgan) yoki buni kompyuterning o‘ziga topshirishingiz mumkin. Buning uchun menyu satrining “Макет” varaqa (вкладка)siga o‘ting, “Расстановка переносов” tugmasi bosish orqali uning ro‘yxatini oching va “Авто” variantini tanlang. 📌 P.S.: Ushbu usul ko‘proq rus va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlashda qo‘l kelishi mumkin, o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda dastur xatolik bilan yondashadi, ammo o‘zbek tilidagi uzun so‘zlarga nisbatan yuqorida keltirilgani kabi bo‘g‘inlarga qo‘lda ajratish usulini bemalol qo‘llayverishingiz mumkin. 8️⃣. Ajralmas probellar Ba’zida abzatsda familiya va ismning bosh harflari kabi so‘zlar qatnashsa va ular muayyan satrning oxiriga kelib qolsa, familiyalar yuqori satrning oxirida, ismlarning bosh harflari pastki satrning boshiga o‘tib ketadi, bunga sonlardan o‘lchov birliklarining keyingi satrda ajralib tushib qolishini ham misol o‘rnida keltirish mumkin (masalan: 5 sm, 10 kg, 25 l). Bunday holatlarda hujjatdagi matnning o‘qilishiga jabr yetmasligi uchun – ajralmas probellarni qo‘llash qulay va to‘g‘ridir. Ular tufayli matn elementlari bir-biriga “yelimlanadi” va ushbu usulda biriktirilgan ikki so‘z hech qachon turli satrlarga ajralib qolmaydi. Buning uchun ikki so‘z o‘rtasidagi oddiy probelning o‘rniga CTRL + SHIFT + PROBEL birikmasi bosiladi. Ajralmas defis (chiziqcha) ham xuddi shu tamoyilda qo‘llaniladi va bunda CTRL + SHIFT + - (harflar yuqorisidagi “minus” belgisi) birikmasi bosiladi. Misol uchun: ketma-ket, qop-qora, zim-ziyo, qarama-qarshi, birma-bir va shu kabi boshqa juftlikda keluvchi so‘zlarda. 📌 P.S.S.: Ushbu foydali opsiya haqida ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot keltirilgan: Ajratib yozaymi yo qo‘shib? 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 4👏 2
00:13
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor Frontend'chi Backend'chi bilan urushib qolib, oqibatda oddiy foydalanuvchi jabr ko‘rganda... 🙄 ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
video_2024-02-26_14-44-21.mp48.68 KB
🤣 13👍 1😢 1
#smartfon #android 🔒 AppLock — Boshqa ilovalardan foydalanishni grafik kalit yoki parol yordamida bloklash uchun xizmat qiluvchi mashhur ilova. Ko‘plab qo‘shimcha funksiyalarga ega. Premium-versiya. 📎 AppLock Premium v7.7.1 mobil ilovasini yuklab olish. 📎 AppLock Fingerprint Pro v7.9.2 mobil ilovasini yuklab olish. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: 🎓 Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar 📲 Android'ga o‘rnatilgan ilovalarni ulashish uchun Skit ilovalar menejeri 📛 Ilovalar bilan Android smartfonini “bug‘ish”ga chek qo‘yamiz Android'dagi barcha bo‘sh papkalar va ortiqcha fayllarni o‘chirish 🗑 Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin? 🔋 Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash) 👁 Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz 🎧 Android'dagi quloqchinlarning tovush sifatini yaxshilaymiz 📺 YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul) 🕸 Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash 🌎 Google-xaritalaridan internetsiz foydalanish 🖥 PC Creator PRO 🚫 AdGuard 🛡 NetGuard 🔍 AppWatch 🏎 Speedtest 🏎 Net Speed Indicator 🧹 CCleaner ⚙️ AIDA64 ⚙️ Castro 🕹 PC Remote 🕹 J2ME Loader 📥 Internet Download Manager Plus 🗜 WinRAR 🗂 ES File Explorer 🗂 X-plore File Manager Donate 🔤 Text Converter (Codec) 💸 Monefy 🧭 MAPS.ME 📷 Full Qr Code Scanner and Generator 📷 CamScanner 📷 Genius Scan+ 📷 TextGrabber 📄 PDF Extra 🏞 DiskDigger 📧 Instant Email Address 📨 SMS Backup Restore Pro 📶 Briar 📹 TikTok 📲 Telegraph (Graph Messenger) 📞 Viber 📞 Cube Call Recorder 📸 Flash on Call 🗣 Voice Changer 📐 GnaCAD 📐 AutoCAD 📐 eDrawings 📐 Геометрия 📚 WPS Office (Kingsoft Office) 📚 OfficeSuite Pro + PDF 📚 Moon Reader mobil ilovasi 📚 eReader Prestigio 📚 Librera Reader 🤠 Meme Generator Pro 🖼 Logo Maker 🖼 Logo Maker Plus 🖼 Photoshop Express 🖼 PhotoRoom 🖼 Canva 🖼 VSCO 🖼 InShot 🖼 Enhance it 🖼 Prisma 🖼 Wallcraft 📌 Foydali mobil ilovalar ro‘yxatining 2-qismi. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 2🔥 2🫡 1
#internet #maslahat 🕵🏻‍♂️ Windows tizimidagi Google Chrome'da “abadiy” inkognito rejimi Google Chrome brauzeridagi “inkognito” rejimi sahifalarga kirish tarixi, cookie-fayllar va boshqa ma’lumotlarni saqlamasdan veb-sahifalarni kuzatishni istaydigan foydalanuvchilar uchun qulay vositadir. Ammo aytaylik, brauzer har doim avtomatik ravishda ushbu rejimda ishga tushirilishini xohlaysiz, buning iloji bormi? Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: 1️⃣. Vazifalar panelidagi Chrome yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. 2️⃣. Ochiluvchi kontekstli menyudan yana bir bor yuqoridan birinchi turgan “Google Chrome” bandi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va so‘nggi joylashgan “Свойства bandini tanlang. 3️⃣. Ochiluvchi muloqot oynasining yuqorisidagi varaqa (вкладка)lar orasida “Ярлык”ka o‘ting. 4️⃣. Ishga tushiriluvchi fayl joylashgan manzil uchun xizmat qiluvchi “Объект” maydonidagi yozuv so‘nggiga -incognito kalitini qo‘shing, bunda natija quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
"C:\Program Files (x86)\Google\Chrome\Application\chrome.exe" -incognito
5️⃣. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlash uchun oyna ostida joylashgan “ОК” tugmasiga bosing, tayyor! 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Google Chrome'da “doimiy” yashirin – “Инкогнито” rejimni faollashtiramiz • Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👨‍💻 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
💯 grant asosida oylik to’lovlarsiz.
O’zbekistonda yagona 5 oydan ish topguncha oflayn dasturlash kurslari
Grant kurs kimlar uchun 💻 🏛 Barcha universitet talabalari 👨‍💻Talaba bo’lmagan yoshi 18 dan yuqorilar 💻 Kuniga kamida 5 soat dasturlashga vaqt ajrata oladiganlar 📍Hozirda va kurs davomida Toshkent shahrida yashaydiganlar 🕐 5 oylik kursdan keyin, ishga kirguncha sabr bilan bepul amaliyotda qatnasha oladiganlar ℹ️ Batafsil izohda 💬 🔗 Shartlarimiz sizga ma’qul kelsa telegram botda “ZERO TO FULLSATCK OFFLINE” kursidan ro’yxatdan o’ting va GRANT asosida ta’lim oling. 🌐 Instagram | ▶️ Youtube | 🌐 Telegram | | 🌐 Website
Show all...
👏 2🔥 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor Ideal klaviaturaga va nihoyat erishganingda, atrofingda baxtingni anglay olmaydiganlar bo‘lsa qiyindaaa... ⌨️🙄 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
IMG_5265.MP43.87 MB
🤣 7👍 3
Repost from IT specialist
#word #excel #powerpoint #outlook #internet ⌨️ CTRL + SHIFT + ALT + WIN orqali bajariluvchi kombinatsiyalar Agar siz Windows 11 yoki 10'dan foydalanayotgan bo‘lib, Microsoft Store'dagi Office ilovasini o‘chirmagan bo‘lsangiz, u holda CTRL + SHIFT + ALT + WIN kombinatsiyasi orqali uni ishga tushirishingiz mumkin. Shuningdek ofis ilovalarini ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi quyidagi klavishlar birikmalari mavjud: 1️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + W – Word; 2️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + P – PowerPoint; 3️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + X – Excel; 4️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + O – Outlook; 5️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + T – Teams; 6️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + DПроводник'dagi OneDrive papkasini ochish; 7️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + N – OneNote; 8️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + L – LinkedIn'ga o‘tish; 9️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + Y – Yammer'ga o‘tish. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism • Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism • Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism • Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👏 3👍 2
“E-commerce uchun IT-infratuzilmasini qanday tanlash mumkin: Uzum Nasiya keysi” vebinari Sizni E-commerce loyihalari uchun IT-infratuzilmasini tanlash mavzusidagi bepul vebinarga taklif qilamiz. Sunnat Shamuratov, Servercore kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori sizga bulutli platforma mahsulotlaridan foydalangan holda onlayn-tijorat bozoridagi muammolarni qanday hal qilishni aytib beradi. Mehmon ma‘ruzachi Uzum Nasiya loyiha ofisi rahbari Sardorbek Bayahmedov IT-infratuzilmasini Servercore bulutiga ko‘chirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Dasturda: — 2024 yilgi bozor tendentsiyalari va e-commercening asosiy ko‘rsatkichlari. — Onlayn tijorat loyihalari qanday biznes muammolariga duch keladi? — Elektron tijoratdagi muammolarni hal qilish uchun IT-infratuzilmasi. — Uzum Nasiya keysi: kompaniya qanday qilib 1 oy ichida IT-infratuzilmasini Servercore’ga to‘liq o‘tkazdi. 🔺 Yangi ishtirokchilarga test xizmatlari uchun 400 000 so‘m beriladi. Vebinar sanasi: 28 fevral, Chorshanba Havolani orqali o'tib, veb-seminarga ro‘yxatdan o‘ting.
Show all...
00:20
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya ⚡️ Powerbank ortib olgan Tesla 📌 P.S.: ... va quvvat tugashidan xavotir yo‘q! 😉 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
IMG_9408.MP41.72 MB
🙊 2👍 1
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️ SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz. 1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish. 2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish. 3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish. 4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash. 4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash. 5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish. 7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish. 8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash. ❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim? Windows 10’da gibernatsiya • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi #mulohaza_uchun #hardware 💾 5 Mb hajmdagi dastlabki qattiq disk IBM kompaniyasi tomonidan 1956-yil sentyabr oyida ishlab chiqarilgan. Tizimning umumiy hajmi qariyb 1 tonnani tashkil etgan. 📌 P.S.: 1 dona o‘rtacha audio yoki grafik faylni jismoniy yetkazib berish uchun shunday qurilmani logistika xizmati orqali yuborishni tasavvur etib ko‘ring 😣 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
👍 2