IT specialist
Open in Telegram
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
Show more2025 year in numbers

9 694
Subscribers
-524 hours
-307 days
-12930 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
#smartfon #android #game
♟ Chess Royale – sizga istalgan paytda onlayn bepul o‘ynash imkonini beruvchi klassik stol usti shaxmat o‘yini, butun dunyodan ishtirok etuvchi o‘yinchilar bilan cheklovlarsiz. Android 5.0+.
Reklamasiz va cheksiz maslahatlar.
📎 Chess Royale v0.60.2 mobil o‘yinini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija01:11
Video unavailableShow in Telegram
Ucell dan eski telefonni yangisiga almashtirib 750 ming so‘m chegirmaga ega bo‘ling
Ucell kompaniyasi smartfonlar uchun Trade-In xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Ya’ni endilikda eski smartfonlaringizni Ucell ofislariga tashrif buyurib yangisiga almashtirib olishingiz mumkin! Agarda Honor X90 Lite 8 yoki Honor X8a smartfonlarini sotib olsangiz sizga 600 ming so‘m chegirma va qo‘shimchasiga Ucellning Doimiy 50 tarif rejasidan 3 oy davomida bepul foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Jami 750 ming so‘m foydada bo‘lasiz.
Aksiya 31 yanvargacha davom etadi.
IMG_0187.MP425.60 MB
#internet #maslahat
🖥 Monitorni onlayn sinovdan o‘tkazish
Tasvirning tiniqligi, ranglarning yetkazib berilishi, miltillashlar – bu sizning vizual qabul qilish markazingizga ta’sir qiluvchi monitorning asosiy xususiyatlardir. Aynan shularni sinovdan o‘tkazish uchun Monteon – kompyuter monitori yoki smartfon displeyini sinab ko‘rish va sozlashda yordam beradigan xizmat mavjud.
Hatto bitta o‘lik piksel ham tomosha qilish zavqini buzishi mumkin, aniq va boyitilgan ranglar esa tasvirni jonlantiradi. Monitoringiz ranglarni buzmasdan uzatayotganiga ishonch hosil qiling.
Ushbu xizmat nafaqat ekraningizdagi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlashga yordam beradi, “Узнать больше о тестах” bo'limida har bir testning batafsil nazariyasi, ular qanday sharoitlarda bajarilishi lozimligi va ular asosida monitorning holatini qanday baholash mumkinligi tasvirlangan.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Photo unavailableShow in Telegram
Sun’iy intellekt sizning ishingizni 2024-yilda olib qo’yishi mumkin!
“Temuriylar” AI (sun’iy intellekt) sirlari, daromad turlari va jamiyat foydasi uchun ushbu texnologiya beradigan yechimlarni mutlaqo bepul tarzda yoritib borayotgan loyiha.
Hoziroq “Temuriylar” ga obuna bo’ling va sun’iy intellekt orqali bugunoq daromad qilish uchun bepul qo’llanmaga ega bo’ling.
OBUNA BO’LING!
Repost from IT Masters
00:43
Video unavailableShow in Telegram
Excel dasturida asqotadigan fishka 🔥
👉 Bizning barcha loyihalar
310170005_304157412605386_596899681908983810_n.mp43.40 MB
Repost from IT specialist
#excel #maslahat
↔️ “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!
Jadval sarlavhasi yuqorisidagi yacheykalarning birlashtirilishi odatda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi:
• bunday jadvalga filtr o‘rnatishda u birlashtirilgan diapazondan faqat eng chap ustunning qiymatlarini ko‘rsatadi;
• sarlavhada birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo‘lsa, ustunlarni kesish va ularni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi;
• ustunlarda har doim ham chegara ustiga ikki marta bosish orqali avtomatik kenglikni tayinlab bo‘lmaydi.
Jadvalning funksionalligini yo‘qotmasdan, uning sarlavhasini qanday qilib chiroyli qilish mumkin?
— 1-qadam
“Birlashtirilishi” lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilaymiz (bu xuddi birlashtirilgan kabi ko‘rinsa-da, aslini olganda unday bo‘lmaydi).
— 2-qadam
Формат ячеек
(CTRL + 1) muloqot oynasining Выравнивание varaqasidagi по горизонтали: sohasida по центру выделения variantini tanlaymiz.
OK'ni bosamiz. Endi vizual ravishda sarlavha birlashtirilgandek ko‘rinadi, lekin barcha yacheykalar butunligini va ularga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha funksionalni o‘zida saqlab qoladi.
📝 Manba: @hacks_excel
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#operatsion_tizim
⏱ Windows soatida soniyalar ko‘rinib turishini faollashtirish
Windows 10'da vazifalar panelining o‘ng chetida joylashgan soat joriy vaqtni qoida bo‘yicha soniyalarsiz ko‘rsatib turadi. Agar sizga ularning ko‘rinib turishi qulay bo‘lsa, u holda quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishingizga to‘g‘ri keladi:
1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish maqsadida
WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор реестра oynasini ishga tushiring.
2️⃣. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan kichikroq panelida quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting (yoki ushbu matnni oynadagi manzil satriga nusxalab o‘tkazib, ENTER klavishini bosing): HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Advanced.
3️⃣. Oynaning o‘ng tomonidagi kattaroq panelning bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ShowSecondsInSystemClock nomli 32-bitlik DWORD parametrini yarating va unga 1 qiymatini bering.
So‘ngra Диспетчер задач'ni ekranga chaqirish uchun CTRL + SHIFT + ESC birikmasini bosing. Jarayonlar ro‘yxatidan Проводник (Windows Explorer)ni topib belgilang va oynaning pastki o‘ng burchagidagi Перезагрузить tugmasini bosing.
Windows 7 uchun soniyalarni biz rammichael.com saytidan yuklab olish mumkin bo‘lgan 7+ Taskbar Tweaker dasturi orqali faollashtirishimiz mumkin. Dasturning oynasida faollashtirilishi lozim bo‘lgan band ushbu post ostidagi rasmning 2-qismida keltirilgan👇🏻.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat
👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.
Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:
1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (
CTRL + SHIFT + N).
2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.
3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).
4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.
5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.
6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.
7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉
📝 Manba: @GooogleTM
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
#word
Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi? 🤔
Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi.
Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini
CTRL+S birikmasi yordamida saqlashga, CTRL+C yordamida obyektlarni nusxalashga va CTRL+V orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi.
Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
01:46
Video unavailableShow in Telegram
#word
Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz 🔢
Hujjatda sonlarni kiritishda razryadlar guruhini ajratishda ko‘pincha oddiy probeldan foydalaniladi (masalan, 1 200 sonidagi 1 va 2 soni orasidagi probel). Bunday sonlarni o‘qish, albatta, ancha qulay, Biroq buning kamchiligi ham yo‘q emas.
Masalan, oddiy probellar bilan ajratilgan sonlar formulalar tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinadi. Katta jadvalda bu xatolikni sezmaslik ham mumkin. Agar hisob-kitob natijalari shubha uyg‘otsa va siz sonlarda oddiy probellar ishlatilganini ko‘rsangiz, u holda ushbu probellarni “ajralmas”iga almashtirishga harakat qiling. Bu sonlarning tashqi ko‘rinishiga ta’sir etmagan holda formulalarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ajratib yozaymi yo qo‘shib?
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Formulalar_to'g'ri_ishlashi_uchun_ajralmas_probeldan_foydalanish.mp45.85 MB
Repost from IT Masters
Photo unavailableShow in Telegram
MBR va GPT o'rtasidagi farq
GPT (GUID Partition Table) va MBR (Master Boot Record) o'rtasidagi asosiy farqlardan biri bu qattiq diskni qismlarga bo'lish usulidir.
MBR - bu keng qo'llanilinadigan eski standart usuli. U diskni to'rtta asosiy yoki uchta asosiy va bitta kengaytirilgan qismga bo'lish sxemasidan foydalanadi. MBRdagi har bir bo'lim 2 TB hajm chegarasiga ega.
GPT - bu zamonaviy standart usuli bo'lib, MBRga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. 2 TB bilan cheklanish o'rniga, GPT sizga kattaroq bo'limlarni yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, GPT 128 tagacha bo'lim yaratishni qo'llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, GPT Secure Boot xavfsiz usulni qo'llab-quvvatlaydi, bu zararli dasturlarning kompyuteringizga yuklanishini oldini oladi.
👉 Bizning barcha loyihalar | #mbr #gpt
Repost from IT specialist
#word
🔢 Word jadvalidagi formulalarda A1 uslubidagi havoladan foydalanish
Kanalimizda Word dasturida formulalardan foydalanish borasida postlar qoldirganmiz (post ostidagi havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin), masalan, joriy ustun yoki satrlar qiymatlari yig‘indisini maxsus havolalar orqali hisoblaganmiz. Biroq (
LEFT, RIGHT, ABOVE, BELOW) kabi maxsus buyruqlar bilan belgilanuvchi bunday havolalardan tashqari, Excel orqali bizga tanish bo‘lgan koordinatalar tizimidan foydalanib, alohida kataklar manzillarini ko‘rsatib o‘tishimiz ham mumkin.
Jadvalga chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga qarab izoh beradigan bo‘lsak, uning dastlabki katagi – bu A1. Undan o‘ngda joylashgan katak – B1. A1 dan pastda – A2 katagi. Agar Excel'da ishlab ko‘rgan bo‘lsangiz, bunday numeratsiyani tushunish sizga muammo tug‘dirmaydi. Masalan, chegirma foizi ko‘rsatilgan katakdagi qiymatni sotuvlar jadvalidagi ustunning barcha satrlariga nisbatan qo‘llab, hisob-kitobni amalga oshirishimiz mumkin.
🎞 Postimiz ostiga biriktirilgan amaliy (ovozsiz video) ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin👇🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Qiymatlarni tezkor hisoblash
• Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#operatsion_tizim #maslahat
🆙 Windows uchun layfxak: qotib qolgan kompyuterimizni “jonlantiramiz”
Windows o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter ishga tushirilganida qandaydir sabablarga ko‘ra ekran qorayib, sichqoncha kursoridan tashqari hech qanday element ko‘rinmayabdi deylik.
Bunday vaziyatda shunchaki
CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali “Диспетчер задач Windows” (Task Manager) oynasi ekranga chaqiriladi va undagi menyu satrida “Файл” (File) → “Запустить новую задачу” (Run new task) bandlari bo‘ylab o‘tiladi.
Ochilgan oynachada EXPLORER.EXE buyrug‘i kiritilib, OK tugmasi yoki ENTER klavishi bosiladi. Tayyor, -1 muammo. 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarijavideo_2023-07-04_09-46-39.mp47.92 MB
Repost from IT specialist
#learn_english_with_software #android
🎓 Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
01. Duolingo – ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng!
02. Busuu – ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin.
03. Simpler – Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir.
04. Cake – agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud.
05. Lingualeo – ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z.
06. Puzzle English – ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi.
07. Parla – bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir.
08. CanTalk: ingliz tili grammatikasi – tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk'da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud.
09. iSpeak – til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi.
10. Метод Тичера от Puzzle English – ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.
11. Английский для Начинающих: LinDuo HD – ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD'ni osongina ishga tushirish mumkin.
12. Английский А1 Для Начинающих! – ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ
ℹ️ Lifehacks, applications for PC & mobile
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaBiznes uchun bulut: ma‘lumotlar bilan ishlash, qonunlarga rioya qilish, mijozlarni saqlab qolish.
Vebinarda Servercore texnik direktori Ivan Romanko Servercore bulut platformasi qanday ishlashini va u Qozog‘istonda qanday biznes muammolarini hal qilishda yordam berishini ko‘rsatib beradi.
Dasturda:
— Ma‘lumotlar markazlari infratuzilmasi qanday tuzilgan? Zaxira qilingan aloqa kanallari, DDoS hujumlaridan himoya qilish va real vaqt rejimida monitoring nima uchun kerak.
— Infratuzilmani joylashtirish uchun eng yaxshi ma‘lumotlar markazini qanday tanlash mumkin?
— Servercore bulutining funksionalligi va vazifalarini namoyish etish.
— Servercore provayderining xizmatlari sizning biznesingizga qanday yordam beradi.
🔺Vebinar ishtirokchilari my.servercore panelida xizmatlarni sinovdan o'tkazish uchun 400 000 so'm oladilar.
Vebinarga havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Repost from IT specialist
#smartfon #android #maslahat
⏱ Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
⠀
1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish
Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.
⠀
2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish
Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.
⠀
3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish
Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
• Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
• Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
• Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
• Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
• Chizmachilik uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
• Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
• List of English & IELTS Channels to follow
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Repost from IT specialist
#word
Word'da Ikkitalik probellarni tezkor almashtirish ♻️
Ko‘plab foydalanuvchilar MS Word'dagi matnni tahrirlash vaqtida so‘zlar orasida probellarni bir emas balki ko‘plab miqdorlarda qo‘llaydilar. Ushbu tarzda ular hujjatni chop etish oldidan tekislaydilar va formatlashni o‘zlariga qulay bo‘lgan ko‘rinishga olib keladilar.
Ushbu yondashuvning natijasida esa bu matn bilan keyinchalik ishlashi lozim bo‘lgan foydalanuvchilarga ish ortadi, boisi matnlar orasidagi probellar shrift hajmi o‘zgartirilgan taqdirda yaqqol sezilib qoladi va ularni o‘chirib chiqishga to‘g‘ri keladi.
💡 Yaxshi xabar esa shundaki, bunday qaytarilishlarni birma-bir qo‘lda to‘g‘rilab o‘tirishga hojat yo‘q. Buning o‘rniga matn bo‘ylab izlash va almashtirish (Поиск и замена) funksiyasidan foydalanish mumkin.
Kerakli hujjatni dasturda ochib,
CTRL + H klavishlari birikmasi yordamida Найти и заменить muloqot oynasini chaqiring. Больше tugmasi ustiga bosing va Подстановочные знаки bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.
Найти maydonida 1 dona probel va {2;}'ni kiriting, Заменить на maydoniga esa 1 dona probelni kiritib, Заменить все tugmasi ustiga bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | MundarijaRepost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim
Protsessor nomlanishidagi sonlar va harflar nimani anglatadi? 🤔
Intel protsessorlarida protsessorning asosiy parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi markalash mavjud.
Buni protsessor xarid qilishda yoki kompyuterni xarakteristikalarini ko‘rish orqali aniqlash mumkin.
👉🏻 Batafsil matn va video.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari
👨🏻💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️YouTube platformasini baholash reytingi bo‘yicha:
– 2 milliondan ortiq namoyish etilgan 😍
– 511500 marta prosmotr bo‘lgan 😍
– 2500 ga yaqin samimiy kommentlarga ega bo‘lgan haqiqiy go‘zal O‘zbek allasini sizning farzandingiz ham tinglab ko‘rishga loyiqdir 🥰
Tinglang va baho bering!
👉 Navomed kanali linki: https://youtube.com/@NAVOMED?si=iAT0drD8eqQd-vDq
Repost from KOMPYUTER AKADEMIYASI
00:57
Video unavailableShow in Telegram
Excel'da giperhavola hosil boʻlishini oʻchiramiz!
#shorts / #excel
ℹ️ Excel dasturida internet saytlarini yoki elektron pochta ma'lumotlarini kiritish paytimizda ular avtomatik ravishda havolaga aylanib qoladi. Bugun shuni oʻchirishni oʻrganamiz!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
0A4331B7CE329E9FF137E54E7ECA42A3_video_dashinit.mp41.58 MB
