en
Feedback
IT specialist

IT specialist

Open in Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
9 693
Subscribers
-524 hours
-307 days
-12930 days
Posts Archive
Repost from IT specialist
00:49
Video unavailableShow in Telegram
#rasm_bilan_ishlash #maslahat 🪄 Photoshop'dagi “Patch Tool” vositasi sehri. 📝 Manba: @PhotoshopForYou ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Magic of this tool #shorts #photoshop #edit.mp44.52 MB
#internet ⚙️🔄 Google Chrome'ning standart sozlamalarini qayta tiklash Agar kompyuteringizda sizdan ilgari kimdir Google Chrome'dan muntazam foydalanib kelgan bo‘lib, uni o‘zingiz uchun yangidan sozlab olish istagida bo‘lsangiz, istalgan vaqtda brauzer sozlamalarini asl holatiga qaytarishingiz mumkin. Bu yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarning oldini olishga yordam beradi. Buning uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi: 1️⃣. Chrome brauzerining o‘ng yuqori burchagida uch vertikal joylashgan nuqtali ( ) tugmani ustiga bosing va ochiluvchi menyudan “Настройки” bandini tanlang. 2️⃣. Yon menyudan “Сбросить настройки”ni tanlang. 3️⃣. “Восстановление настроек по умолчанию”ning ustiga bosing va harakatlaringizni “Сбросить настройки” tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Bosh sahifa, tezkor murojaat sahifasi va qidiruv tizimi sozlamalari tiklanadi va barcha varaqa (вкладка)lar olib tashlanadi. Bundan tashqari, tizim barcha kengaytmalarni o‘chiradi va cookie fayllari kabi barcha vaqtinchalik ma’lumotlarni o‘chiradi. Xatcho‘p (закладка)laringiz, ko‘rilgan sahifalaringiz tarixi va parollaringiz saqlab qolinadi. 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #maslahat ⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin. BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi. Foydalanish tartibi quyidagicha: 1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring. 2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring. Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F. 📝 Manba: @komputeer ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi #learn_english_with_software 🇬🇧🌐 Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar 01. Livemocha 02. Busuu 03. LinguaLeo 04. W2mem 05. Grammar-teacher 06. Interpals 07. British Council 08. Duolingo | Android uchun mobil ilovasi 09. Rosetta Stone | Android uchun mobil ilovasi 10. Drops | Android uchun mobil ilovasi ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Repost from TgId: 1793584623
Photo unavailableShow in Telegram
1C buxgalteriya + Excel Hacks kursi Salkam 10GB+ ma'lumotlar sizni kutmoqda, shunchaki @aktses'ga yozing va kursni chegirma narxida sotib oling! Darslar mundarijasi: 1C | Excel Darslardan namuna: 1C | Excel
Show all...
Repost from IT specialist
#excel 🔗 Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi? Excel'da istalgan formulani kiritish chog‘ida, ma’lumot o‘rnida istalgan yacheyka (katakcha) manzilini, u hattoki hujjatning boshqa listida joylashgan taqdirda ham ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin. Bunday holatda yacheyka manzili (A2)ni ko‘rsatish oldidan shunchaki listning nomlanishi va undov belgisi (Лист2!)ni kiritib o‘ting. Masalan, Лист2!A2. Agar listingiz nomlanishida probel mavjud bo‘lsa, list nomini bittalik qo‘shtirnoq orasiga olib, so‘ngra undov belgisini kiritish lozim. Masalan, 'Daromad va xarajat'!F2. Bunday formula odatdagisidan farq qilmaydi: alohida listda yacheyka qiymati o‘zgartirilishiga qarab, qo‘shni listda qo‘llanilgan formula qiymati avtomatik o‘zgaradi. 📝 Manba: @hacks_excel ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
00:29
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #hardware 👨🏻‍🎨 Yozuv mashinkasi yordamida rasm yaratish jarayoni. 📌 P.S.: Sabringiz yetarmidi? 😉 📝 Manba: @solonabiraem ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: СОЛО на клавиатуре dasturi • Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
solo-357.mp416.27 MB
00:16
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya Instagram'da Lego'dan mahsulotlar “tayyorlanmoqda” 😋. Juda murakkab montaj va millionlab ko‘rishlar soni. 🍗🍟 Qovurilgan tovuq oyoqchalari va fri ishtirokida olingan rolikning o‘zi 3 kun ichida deyarli 1,5 million layk to‘pladi. 📌 P.S.: Buni bir marta ko‘rish bilan cheklanish qiyin! 😉 🏗 Lego ishtirok etgan qolgan postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ 📝 Manba: @bugnotfeature 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
telegram-cloud-document-2-5438504885475618593.mp42.69 MB
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#operatsion_tizim ⌨️ Oynani kattalashtirish, ekranning 1/2 yoki 1/4 qismini egallaydigan qilish yoki vazifalar paneliga tushirish WIN + ⬅️➡️ – oynani ekranning yarmini egallaydigan qilib mos ravishda chap yoki o‘ng tomoniga o‘tkazadi; WIN + ⬇️ – joriy oynani vazifalar paneliga tushiradi (fonga o‘tkazadi); Agar oyna ekran chetiga biriktirilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi. Birikmaning takroriy bosilishi oynani butunlay fonga o‘tkazadi. WIN + ⬆️ – joriy oynani butun ekranga yoyish; Agar oyna ekran chetiga biriktilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi va takroriy bosishda butun ekranni qoplaydi. 🖱 Yaqin orada Sizga sichqonchaning keragi ham bo‘lmay qoladi! 😉 📝 Manba: @computer_life ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#operatsion_tizim #software ❌ Operatsion tizim bilan birga keluvchi ilovalarni o‘chiramiz Ko‘p holatlarda operatsion tizimimiz bilan birga keluvchi ilovalar keraksiz va shunchaki diskda ortiqcha joy egallab turgan bo‘ladi. Ularni odatiy tarzda o‘chirib bo‘lmaydi, bunda bizga Windows 10 App Remover yordamga keladi. Yordamchi dastur ishga tushirilganidan so‘ng bizdan faqat bir harakat — xalos bo‘lishimiz lozim bo‘lgan dastur nomi keltirilgan tugma ustiga bosish talab etiladi. Shu bilan birga, yordamchi dastur yordamida muammoli dasturning xatoliklarini kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun Show Log bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish talab etiladi. ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya 📹 Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar reklamasining tasvirga olinish jarayoniga guvoh bo‘lamiz. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
1.MOV6.00 MB
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#internet #rasm_bilan_ishlash 🖼 Veb-saytdan barcha rasmlarni ajratib olish Agar biror-bir saytdagi rasm sizga ma’qul kelgan bo‘lib, uni yuklab olishni uddalay olmayotgan bo‘lsangiz yoki shunchaki saytdagi barcha rasmlarni yuklab olishga zarurat bo‘lsa, u holda Image Extractor xizmatidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Xizmat avtomatik ravishda saytdagi barcha rasmlarni ajratib oladi. Undan foydalanish tartibi quyidagicha: 1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi. 2️⃣. Havola joylashtiriladi va “Extract” tugmasi bosiladi. 3️⃣. Ma’lum bir rasmlar tanlanadi yoki “Select all” tugmasi bosiladi, so‘nggi qadamda “Download selected” tugmasi bosiladi. 📝 Manba: @komputeer ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🚀 2020-yilda IT olamiga qadam qo'ygan Mardon, endi sotuvchi saytlar yaratish va sotuv sohasida top ekspert! Ushbu o’zbek yigit hozirda Malayziyada frilanser bo’lib O’zbekiston va xalqaro bizneslarga xizmat ko’rsatadi. O’tgan 4 yil davomida 150+ bulardan, Shohida Ibragimova, Ixtiyor Do'stmetov, Alisher Avezov, Marifat Jamal kabi ekspert va biznesmenlar, bilan hamkorlikda professional ish olib bordi. 50+ ortiq muvaffaqiyatli veb-sayt va loyihalarini amalga oshirdi va mijozlariga saytlari orqali keltirigan umumiy foydasi $420,000 dan oshadi. 🔥 Top dizayndagi sotuvchi saytlar yasashni, mashxur tadbirkorlar bilan yaqindan tanishish, sotuv strategiyalari orqali oyiga $1500-3000$ gacha topishni va chet elda frilanserlik qilish haqida Mardonning so'nggi tajribalaridan va bilimlaridan foydalaning. IT, dizayn va sotuv haqida hech qayerda aytilmagan ma’lumotlarni olish uchun Mardonning shaxsiy blogiga qo’shiling 👇 @mardontursunov @mardontursunov @mardontursunov
Show all...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim 📀 Mustaqil ravishda Windows 10 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish — rasmiy usul Ilgari, yuklanuvchi va o‘rnatuvchi fleshkalar kamdan-kam uchrardi va ularni asosan kompyuter ustalari yoki dasturchilar / tizim administratorlarining qo‘lida ko‘rish mumkin edi. Agar ilgari Microsoft hattoki Windows XP obrazini yuklab olishga ruxsat bermagan bo‘lsa, bugungi kunda yuklanuvchi fleshkalarni yaratishning juda ko‘p usullari mavjud. Shu jumladan Microsoft'ning o‘zi ham ushbu imkoniyatni taqdim etmoqda. Undan foydalanish tartibi quyidagicha: 1️⃣. Internetga barqaror ulanish, diskda yetarli joy va 5 Gb'dan kam bo‘lmagan hajmdagi bo‘sh fleshkamiz mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. 2️⃣. Media Creation Tool yordamchi dasturini Microsoft'ning rasmiy saytidan, “Скачать средство сейчас” katta ko‘k tugmasini bosish orqali yuklab olamiz. 3️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushiramiz va “Создать установочный носитель”ni tanlaymiz. 4️⃣. Agar Windows'ni joriy kompyuterga o‘rnatish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, “Использовать рекомендуемые параметры для этого компьютера”ni tanlaymiz. Yoki boshqa kompyuterga mos keluvchi parametrlarni kiritamiz. 5️⃣. “USB-устройство флэш-памяти”ni tanlaymiz, mavjud qurilmalar ro‘yxatidan kerakli saqlash qurilmasini ko‘rsatamiz va tanlovimizni tasdiqlaymiz. 6️⃣. Fayllar bilan amaliyotlar tugallanishini kutamiz — so‘ngra dastur barchasini o‘zi bajaradi. Barchasi shulardan iborat. Toza Windows 10 bilan legal o‘rnatiluvchi fleshka foydalanish uchun tayyor! 📝 Manba: @tech_lifehacks ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz. • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🤔 Dasturlashda pul borligini bilasiz, ammo qanday qilib «SOQQA» qilishni bilmaysizmi? •Unda mening blogim aynan siz uchun. 👨‍💻 Men Javohir Hayitov dasturlashda 4 yillik tajribam bo’lib va shu paytgacha 35 dan ortiq shogirdlarimni 0 dan daromadga chiqarganman. •Blogimga hoziroq obuna bo’lsangiz 0 dan qanday qilib $800+ daromad qilishni bepulga o’rgatib boraman. BLOGIMGA QO’SHILISH👇 @JAVOHIR_PYTHON 😎 Hammani kutaman dasturchi grajdanlar)
Show all...
#internet #mulohaza_uchun 🌊 Dunyo okeani sathi darajasi bilan o‘ynashish FloodMap — bu dunyo okeani sathi darajasini o‘z xohishingizga ko'ra o‘zgartirish imkonini beruvchi ajoyib saytdir. O‘zingizga qiziq bo‘lgan qirg‘oq bo‘yi shaharlarida suvga oid turlicha ssenariylar ta’sirida qanday o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rishingiz mumkin. Kerakli qiymatlarni metrlarda kiritish orqali dunyo okeanlari sathi darajasini sozlashingiz mumkin. Sarguzashtlarga ixlosmandmisiz? Manfiy qiymatlarni kiritib hattoki sayyorani quritishingiz mumkin. Suv sathini muntazam oddiy o‘zgartirishingiz yoki ekstremal ssenariylarni qo‘llashingizdan qat’i nazar, FloodMap interfeysi o‘zgartirishlaringiz ta’sirini real vaqtda kuzatish imkonini beradi. FloodMap jo‘shqin fantaziya uchun platformani taqdim etadi. O‘zingizni okean sathining o‘zgaruvchan interaktiv dunyosida his qiling va ko‘z o‘ngingizda qirg‘oq chiziqlari o‘zgarishini namoyon eting. 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#operatsion_tizim 📸 Ekranning bir qismini rasmga olish ⌨️ WIN + SHIFT + S birikmasi Ko‘pchilik boshqa, an’anaviy usuldan xabardor bo‘lib, Windows 10'da bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa bu uchun alohida dasturlardan foydalanib kelishadi. Ushbu usul bilan esa hech narsani qo‘shimcha tarzda yuklab olish, o‘rnatish va ishga tushirishga hojat bo‘lmaydi, barchasi nihoyatda sodda va oddiy! 😉 📝 Manba: @computer_life ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor 🎂 Dasturchining tug‘ilgan kuni uchun atalgan tortga o‘rnatish uchun 2 raqami topilmaganida. 📌 P.S.: Ikkilikdan o‘nlik sanoq tizimiga o‘girib yoshini aniqlab olaverasiz! 😉 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
00:24
Video unavailableShow in Telegram
#excel ✅ Mantiqiy funksiya yordamida muayyan ko‘rsatkichdan oshgan qiymatlarni saralash Ushbu usul yordamida qiymati ma'lum ko‘rsatkichdan oshgan yacheykalarni tezkor tarzda aniqlash mumkin. Keltirilayotgan misolda — 600 dan ortiq sotilgan tovarlar mantiqiy funksiya yordamida aniqlangan. Buning uchun quyidagi qadamlar bajariladi: 1️⃣. Ushbu namunadagi kabi formula qo‘llaniladi: =ЕСЛИ(E5>600;"+";"-") 🏷 Bu yerda E5 — asos sifatida olingan raqamni o‘z ichiga olgan yacheyka (sotilgan mahsulotlar soni); 600 — belgilangan ko‘rsatkich (kiruvchi qiymat); + va - — 600 dan ortiq (+) va undan kam (-) qiymatlar uchun qo‘llaniluvchi matnli status bo‘lib, uning matni boshqacha keltirilishi ham mumkin. 📌 P.S.: ИСТИНА (rost) yoki ЛОЖЬ (yolg‘on) argumentlar o‘rnida formulalar ham qo‘llanilishi mumkin. 2️⃣. Formulani pastroqdagi qolgan yacheykalar uchun ham qo‘llaymiz. Tayyor! 👆🏻🎞 ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
sorting_with_logical_function.mp41.00 MB
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security #internet #maslahat Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz 🚫 Microsoft kompaniyasi yaqin orada Windows 10 May 2020 Update yangilanishini tarqatadi. Garchi unda foydalanuvchilarga tizim yangilanishlarini boshqarish imkoni ham berilishi aytilgan bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik zarar qilmaydi... 2018-yilgi – October 2018 Update apdeyti butun dunyo bo‘ylab ko‘plab noutbuk va kompyuterlarni ishdan chiqargani, hatto Windows 10'ning navbatdagi yangilanishi iPhone egalariga ham muammolar olib kelgani esingizda bo‘lsa kerak. Shu bois ham tizim yangilanishlarini o‘rnatishga shoshmagan va avtomatik yangilanishlarni to‘xtatib qo‘ygan ma’qul. Yangilanishlarni to‘xtatib qo‘yishning har xil yo‘llari bor, ammo Windows 10 sozlamalariga kirib, ularni o‘chirib chiqish birmuncha murakkab. Undan ko‘ra, apdeyt fayllarining Microsoft serverlaridan yuklab olinishini bir-ikkita tugmachani bosish orqali taqiqlovchi utilitalar qulayroq. Shulardan biri – Windows Update Blocker deb nomlanadi va Windows 10 yangilanishlarini to‘xtatishda qo‘l keladi. Ushbu bepul, interfeysi sodda va foydalanishga qulay dasturni ushbu havola yordamida ko‘chirib olishingiz mumkin. Keyin esa uni administrator huquqi bilan ishga tushirasiz (ilova yoki uning havolasi ustiga sichqonchaning chap tugmachasi yordamida bosasiz va “Запуск от имени администратора” bandini tanlaysiz). Windows Update Blocker dasturida ikkitagina opsiya bor: “Enable Service” hamda “Disable Service”. Agarda bulardan birinchisi faol holatda turgan bo‘lsa, tizimga yangilanishlar keladi, ikkinchisi faol bo‘lsa – yangilanish to‘xtatilgan. Keraklisini tanlab, “Apply Now” tugmachasini bosasiz – bo‘ldi! Yaxshi tomoni – bunda kompyuterni (noutbukni) o‘chirib-yoqishga ham hojat bo‘lmaydi. Windows Update Blocker tizimning yirik apdeytlaridan tashqari, kichik patchlarning ham kelishini to‘xtatib qo‘yadi. Qachonki yangilanishlar xavfsizligiga ishonch hosil qilsangiz, mana shu dasturni ochib, “Enable Service” opsiyasini tanlaysiz va “Apply Now” tugmachasi orqali faollashtirasiz. 📝 DiMaX @terabaytuz ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi: Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi? 📌 P.S.: Windows'ingizda yangilanishdan foydalanasizmi? 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...