UzReport.news
Open in Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Show more2025 year in numbers

26 318
Subscribers
-824 hours
-1387 days
-60830 days
Posts Archive
00:57
Video unavailableShow in Telegram
Show all...
Nogironlarga_sharoit_yaratilmagan_loyihalarga_xulosa_berish_katta.mp43.75 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan sheriklikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasini qabul qildi.
Mazkur yetakchi moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-yaponiya-xalqaro-hamkorlik-banki-bilan-sheriklikni-kengaytirish-muh
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 39🔥 12❤ 10
Photo unavailableShow in Telegram
Tramp Ukraina bo'yicha muzokaralar yakunlanishga yaqin ekanligini aytdi
AQSh prezidenti tomonlar kelishuvga yaqin deb hisoblaydi, ammo Kiyevni tezroq harakat qilishga chaqirdi. Uning fikricha, Kiyevning kechikishi Rossiyaning pozitsiyasiga ta'sir qilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukraina-boyicha-muzokaralar-yakunlanishga-yaqin-ekanligini-aytdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya biznesi bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturiga muvofiq, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, yapon ishbilarmonlarining bunday nufuzli tarkibi tomonlarning bir-biriga boʻlgan yuksak ishonchi va iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doimiy qiziqishidan dalolat ekanini bildirdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-yaponiya-biznesi-bilan-amaliy-hamkorlikni-kengaytirishga-chaqirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 33❤ 15🔥 14
Photo unavailableShow in Telegram
The Japan Times:
Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon O‘zbekiston keng qamrovli va ulkan islohotlar yo‘lini tanlab, misli ko‘rilmagan sur’atlarda taraqqiyot bosqichiga kirdi. Bu davr mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotini tubdan o‘zgartirgan haqiqiy islohotlar to‘lqini bilan ajralib turdi. Yillar davomida yopiq bo‘lib kelgan eshiklar keng ochildi, izolyasiya davriga barham berilib, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan ochiq va konstruktiv muloqotga tayyorligi namoyon etildi. Dadil siyosiy qarorlar, faol diplomatiya va chuqur tarkibiy islohotlar orqali mamlakat dunyoning barcha mintaqalaridagi davlatlar, institutlar va bozorlar bilan barqaror hamkorlik ko‘priklarini barpo etib, o‘zini jahon maydonida faol va mas’uliyatli ishtirokchi sifatida mustahkam namoyon qildi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 26🔥 19❤ 16😁 2
03:49
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston va Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasida strategik hujjatlar imzolandi
Odam savdosi va migratsiya bilan bog‘liq muammolar barcha davlatlar uchun har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Shunga ko‘ra, migrantlar huquqlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish masalalari ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekiston_va_Xalqaro_migratsiya_tashkiloti_o‘rtasida_strategik.mp48.79 MB
❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti parlamentdagi Doʻstlik ligasi aʼzolarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi va shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.
Liga a’zolari ham qatnashgan uchrashuvda Oʻzbekiston – Yaponiya strategik hamkorlik munosabatlarini, jumladan, parlamentlararo yoʻnalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-parlamentdagi-do-stlik-ligasi-a-zolarini-qabul-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 45🔥 17❤ 14
Photo unavailableShow in Telegram
AQSH grin-karta dasturini to‘xtatib turishini e’lon qildi
AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ma’lum qilishicha, Braun universitetidagi otishmada gumonlanayotgan shaxs mamlakat hududiga aynan shu dastur orqali kirib kelgani sababli AQSH grin-karta lotereya dasturini to‘xtatib turish qaroriga kelgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 4👎 3

00:54
Video unavailableShow in Telegram
O‘rta Chirchiq tumanida chiqindi suvlarni noqonuniy to‘kish holati aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent qassoblarining qon sirqiti Yangi Hayot tumanini qo‘lansa qilmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqalgan edi. Shu yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda voqea joyiga borib o‘rganish ishlari olib borishdi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘rta_Chirchiq_tumanida_chiqindi_suvlarni_noqonuniy_to‘kish_holati.mp42.62 MB
❤ 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun pul topdi, ammo bu Rossiya aktivlari emas
Yevropa Ittifoqi yetakchilari muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga o'tkazish bo'yicha kelisha olmadilar. Shunga qaramay, Kiyev moliyaviy yordamsiz qolmaydi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-ukraina-uchun-pul-topdi-ammo-bu-rossiya-aktivlari-emas
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Maslahatchilar palatasi vakillari joriy yilning aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Parlamentlararo ittifoqning 150 yilligiga bagʻishlangan sessiyada faol ishtirok etdilar.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-yaponiya-parlamenti-maslahatchilar-palatasi-prezidenti-bilan-uchras
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 36❤ 17🔥 12
00:29
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-yaponiya-parlamenti-maslahatchilar-palatasi-prezidenti-bilan-uchras
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
reels_parlament_tg.mp435.07 MB
👍 24❤ 12🔥 10
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti va Yaponiya Imperatorining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini Imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi.
Yaponiya Imperatori davlatimiz rahbarini samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston Prezidentining bu galgi tashrifi Oʻzbekiston – Yaponiya doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻlidagi muhim voqea ekanini taʼkidladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-va-yaponiya-imperatorining-uchrashuvi-bo-lib-o-tdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
reels_imperator_tg_new2.mp465.13 MB
👍 33❤ 16🔥 13
Photo unavailableShow in Telegram
Inson huquqlari himoyasi yangi bosqichda: sudga murojaat yo‘llashdan to qaror qabul qilinguncha — hammasi elektron
Sud tizimida shaffoflikni ta’minlashning eng samarali yo‘li — bu raqamlashtirishdir. Prezident Farmoni bilan Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilmoqda.
2026–2027-yillarda bizni nimalar kutmoqda?
🖥 "E-KSUD" axborot tizimi: Murojaatlarni elektron yuborish va ularning holatini kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
🎥 Jonli efir va shaffoflik: Sud majlislari onlayn translyatsiya qilinadi, audioyozuvlar olib boriladi va bayonnomalar elektron shakllantiriladi. Hech narsa "parda ortida" qolmaydi.
⚖️ Kuchli nazorat: Davlat organlari faoliyati ustidan konstitutsiyaviy nazorat kuchaytiriladi. Bu qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim qadamdir.
Bu o‘zgarishlar nafaqat sud ishini tezlashtiradi, balki jamiyatda adolatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.Inson huquqlari himoyasi yangi bosqichda: sudga murojaat yo‘llashdan to qaror qabul qilinguncha — hammasi elektron
Sud tizimida shaffoflikni ta’minlashning eng samarali yo‘li — bu raqamlashtirishdir. Prezident Farmoni bilan Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilmoqda.
2026–2027-yillarda bizni nimalar kutmoqda?
🖥 "E-KSUD" axborot tizimi: Murojaatlarni elektron yuborish va ularning holatini kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
🎥 Jonli efir va shaffoflik: Sud majlislari onlayn translyatsiya qilinadi, audioyozuvlar olib boriladi va bayonnomalar elektron shakllantiriladi. Hech narsa "parda ortida" qolmaydi.
⚖️ Kuchli nazorat: Davlat organlari faoliyati ustidan konstitutsiyaviy nazorat kuchaytiriladi. Bu qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim qadamdir.
Bu o‘zgarishlar nafaqat sud ishini tezlashtiradi, balki jamiyatda adolatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
18:59
Video unavailableShow in Telegram
Jahon turizm brendlari: Santa Klaus qishlog‘i misolida
Bugungi ko‘rsatuvimizda O‘zbekistonga kirib kelayotgan eng yirik jahon turizm brendlari haqida suhbatlashamiz. Va bu mavzuga Toshkent viloyatidagi “Green Hills Resort” hududida paydo bo‘lgan Santa Qishlog‘i misolida sho‘ng‘iymiz. Bu g‘oya o‘zi qayerdan keldi? Qanday qilib Finlyandiyadagi kichik bir qishloq butun dunyo bolalarining orzusiga aylandi? Va bu brend O‘zbekiston turizmini qanday rivojlantiradi?
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Jahon turizm brendlari_ Santa Klaus qishlog‘i misolida.mp461.07 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi.
Davlatimiz rahbari ular bilan suhbatlashdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida ochiq va samimiy muloqot boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 170❤ 27🔥 25
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy: Putin Yevropa Ittifoqi va AQShning bosimisiz muloqotga kirishmaydi
Ukraina prezidenti Zelenskiy Yevropa yetakchilarini siyosiy iroda ko'rsatishga va muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani qo'llab-quvvatlash uchun foydalanish to'g'risida qaror qabul qilishga chaqirdi. Kreml diplomatiyani xohlamaydi, dedi u.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-putin-yevropa-ittifoqi-va-aqshning-bosimisiz-muloqotga-kirishmaydi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi.
“Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19-20-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 83❤ 18🔥 13