en
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Open in Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
80 269
Subscribers
-2924 hours
-907 days
-1 28430 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon yillik murojaatnomasida Tojikiston–Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara masalasi bo‘yicha to‘liq kelishuv hamda O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Tojikiston uch davlat chegaralari tutash nuqtasi haqidagi shartnoma mintaqada ishonch va barqarorlikni kuchaytirishga xizmat qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjatlar Markaziy Osiyo rivoji va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. 👉 https://kun.uz/72306813 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👍 43 22🔥 3😐 3🤯 2
Photo unavailableShow in Telegram
«Bir yil oldin mamlakatimiz jonsiz edi». Tramp millatga murojaat qildi U qariyb 20 daqiqa davom etgan nutqida o‘zining iqtisodiyotdagi yutuqlarini maqtadi, Baydenni yana bir bor tanqid qildi, ammo Ukrainani ham, Venesuelani ham tilga olmadi. 👉 https://kun.uz/36657898 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
😁 41 12
08:05
Video unavailableShow in Telegram
Yevropalik siyosatchilarni haqorat qilgan Putin, Isroil-Misr gaz kelishuvi va AQShning rekord darajadagi mudofaa budjeti – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/27918836 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
Фабрика форматовДАЙЖЕСТ 18-12.mp451.77 MB
13😁 5👍 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
8 yilga qamalib, apellyatsiyada ozodlikka chiqqan Akmal Shukurov ishi bugun taftishda ko‘riladi 9 kun avval apellyatsiya sudi Akmal Shukurovga tayinlangan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib yuborgandi. Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha aybli deb topilgan, bir odamni urib, komaga tushirib qo‘ygan, qilmishidan keyin qochib ketib, Qozog‘istondan ushlab kelingan Shukurovga sudning bunday “bag‘rikenglik” qilishi “qalovini topsa qor yonar” naqli bejiz aytilmaganini ko‘rsatdi. 👉 https://kun.uz/61216304 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
🤯 59😁 26 17😐 9👍 4👏 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Oq oltin balosi” — yilning eng yaxshi hujjatli filmi deb topildi Jahongir Ahmedov rejissyorligida yaratilgan “Oq oltin balosi” hujjatli filmi “Oltin Humo – 2025” milliy kinotaqdimotida “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Kun.uz hamkorligida yaratilgan ushbu filmda SSSR davrida O‘zbekistonning amalda paxta plantatsiyasiga aylantirilishi, shu siyosatning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari, bu jarayonlar mustaqillikdan keyingi o‘n yilliklargacha qanday ta’sir ko‘rsatgani va nihoyat paxta qulligiga qanday barham berilgani haqida so‘z yuritiladi. 📹 “Oq oltin balosi” filmini tomosha qiling
Show all...
20👏 9👍 7🔥 3😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi Kelasi yili Toshkent shahriga kirib kelish nuqtalarida kamida 9 mingta avtomobilga mo‘ljallangan turargohlar quriladi, 2 ta post shahar tashqarisiga ko‘chiriladi, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. Bu avtoturargohlar jamoat transporti bilan bog‘lanadi: poytaxtga kelayotganlar agar xohlasa mashinasini shaharga kirishda qoldirib, jamoat transportiga chiqishi mumkin bo‘ladi. 👉 https://kun.uz/01065559 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👍 33 15🔥 4😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ehtiyojmand oilalarning uchta toifasini jamlovchi yagona reyestrga o‘tiladi Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestri negizida Ijtimoiy reyestr yuritishga o‘tilmoqda. Undagi oilalar ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib alohida toifalarga – davlat ta’minotidagi oilalar, kambag‘al oilalar va kambag‘allik chegarasidagi oilalarga ajratiladi, har bir toifaga mos yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi. “Mahalla yettiligi” mehnat qilish imkoniyati cheklangan va og‘ir hayotiy vaziyatdagi oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish huquqini oladi. 👉 https://kun.uz/97435020 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👍 153 36🔥 21
02:09
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent tumanida 38 mlrd so‘mlik dori ombori fosh etildi DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent tumanidagi dorixonalardan biriga qarashli omborxona ko‘zdan kechirilib, xalqaro talablarga javob bermaydigan, muddati o‘tgan va kontrafakt alomatlari bor dori vositalari aniqlandi. 👉 https://kun.uz/12748742 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
Kontrafakt dori.mp413.86 MB
🤯 25 14👍 5😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu haydovchi uxlab qolishi oqibatida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Howo tirkamasiga borib urilgan. YTHda og‘ir tan jarohati olgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etgan. 👉 https://kun.uz/06446768 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
18😭 11🤯 5
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Urgutning chekka qishloqlaridan biridagi 1972 yilda qurilgan «Navoiy» poliklinikasida bo‘lib, muassasa 13 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatayotgani, 16 qishloq aholisi uchun esa tug‘uruq qabul qiladigan eng yaqin va yagona tibbiyot maskani ekanini qayd etdi. 👉 https://kun.uz/33492730 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👍 216🔥 43 25😭 11🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Badavlat ayol” loyihasi – boylik tomon yo‘lmi yoki illyuziya biznesi? Raqobat qo‘mitasi ogohlantiradi: har xil kurslar sotish bilan shug‘ullanuvchi platformalar ustidan 1200 ga yaqin shikoyatlar tushgan. Mijozlar sifatsiz xizmat, ko‘rsatilmagan xizmat uchun to‘lov va pullarni qaytarmaslik holatlaridan arz qilmoqda. Ayollarni boy qilishni va’da bergan “Badavlat ayol” loyihasi ham shular jumlasidan. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Show all...
12😁 11👍 4🤯 2
03:43
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent, Samarqand va Gulistonda 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Toshkent, Samarqand hamda Guliston shaharlarida 3 nafar advokat pul evaziga “masala hal qilish”ga urinishda qo‘lga olindi. 👉 https://kun.uz/99217494 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
Advokatlar.mp417.97 MB
10😁 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bahodir Siddiqov yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda “O‘zbekneftgaz” jamoasi kompaniya rahbari Bahodir Siddiqov bilan xayrlashdi. Rasmiy xabarga ko‘ra, hamkasblari unga yangi lavozimda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilagan. Siddiqov qayerga ishga o‘tayotgani hozircha ma’lum emas. Avvalroq uning o‘rniga “O‘zbekgidroenergo” raisi Abdug‘ani Sanginov tayinlangan, bu rokirovka prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili Alisher Sultonovning iste’fosi fonida ro‘y bergandi. Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
10😁 8😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga yo‘l oldi. Tashrif doirasida Tokioda qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar rejalashtirilgan. 👉 https://kun.uz/25313010 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👍 194🔥 30 16👏 3
Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temiryo‘l orqali bordi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Urgutga xizmat safari chog‘ida Samarqanddan Urgut vokzaligacha yangi temiryo‘l orqali kelinganini bildirdi. Unga ko‘ra, mazkur liniya Urgutda erkin iqtisodiy zona rivoji, tadbirkorlar va yo‘lovchilar uchun masofa hamda xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi. 👉 https://kun.uz/29821639 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👍 189 32🔥 25😁 9😭 3
Photo unavailableShow in Telegram
The Japan News: «O‘zbekiston chorrahada - Toshkent Markaziy Osiyoda yangi davrni shakllantirmoqda» Yaponiyaning yetakchi ingliz tilidagi nashrlaridan biri - The Japan News gazetasining tonggi sonida «O‘zbekiston chorrahada: Qanday qilib Toshkent Markaziy Osiyoda yangi davrni shakllantirmoqda va bu Yaponiya uchun nimani anglatadi?» sarlavhali maqola e’lon qilindi. 👉 https://kun.uz/05754392 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
42👍 11😁 7
Photo unavailableShow in Telegram
Tabiiy gaz qazib olishda top-10: bozor kimlar qo‘lida? Tabiiy gaz dunyodagi eng strategik ahamiyatga ega energetik resurslardan biri bo‘lib qolmoqda. Qazib olish bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar esa global taklif bozori qay darajada jamlanganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 👉 https://kun.uz/87758583 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
12🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi 2025 yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga xalqaro turistlar oqimi 2019 yilning mos davriga nisbatan 73 foizga oshgan. Bundan yaxshiroq natijalar faqat Butan (+203 foiz), Qatar (+138 foiz), El Salvador (+88 foiz), Albaniya (+83 foiz) va Bahraynda (+76 foiz) qayd etilgan. 👉 https://kun.uz/82610746 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👍 40 14👏 7🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator shartlarni ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/99397992 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
👏 55 15👍 10🔥 7😐 2
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Narkotiklar aylanmasiga mansabdorlar homiylik qilayotgan holatlar juda ko‘p - Ravshan Mamatov Uchastkavoy xizmat uyida narkolaboratoriya tashkil qilgani kabi holatlar, ishoninglar, juda ko‘p, dedi Narkotiklarni nazorat qilish markazi direktori. Uning aytishicha, narkotiklar aylanmasiga mansabdorlar homiylik qilayotgan va bu bilan ularning farzandlari shug‘ullanayotgan ko‘plab holatlar qayd etilgan. Mamatov, shuningdek, musodara qilingan sintetik narkotiklar 5 yil ichida 80 baravarga oshganini aytdi. 👉 https://kun.uz/67044131 Kun.uz rasmiy kanali
Show all...
Мои видео.mp412.14 MB
👍 46🤯 30 14🔥 1