Edu.uz
Open in Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Show more2025 year in numbers

130 731
Subscribers
-13524 hours
-1 0747 days
-3 36730 days
Posts Archive
Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarida pedagoglar malakasini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda
Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda malaka oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov ishtirok etib, uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda tinglovchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning samarali usullari yuzasidan ma’ruza qildi.
Seminar davomida ishtirokchilar savol-javoblar va muhokamalar orqali uzluksiz kasbiy rivojlanish samaradorligini oshirishga doir ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.
Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va malaka oshirish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
01:41
Video unavailableShow in Telegram
#BeshTashabbus #final
#Guliston_2025
#1_kun_video
Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus” olimpiadasi respublika final bosqichining ilk kunidan
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1117 (1) (1).mp416.22 MB
👍 9❤ 4🔥 2
#Olimlar_minbari
#10.11-16.11.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Yangi Markaziy Osiyo: u qanday bo‘ladi?” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;
“Amerikalik tadbirkorlarning O‘zbekiston islohotlariga ishonchi baland” — Sadriddin Turobjonov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;
“Yuta shtati tajribasi: Din va jamiyat uyg‘unligi saboqlari” — Muzaffar KOMILOV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori
“Agrar sohada istiqbolli marralar” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;
“O‘zbekiston – AQSh hamkorligining yangi sahifasi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“Tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadam” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
“Islohotlar – inson qadri uchun” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot universiteti rektori;
“Okeanortining ilg‘or tajribasi milliy ta’limni global standartlarga mos rivojlantirishda muhim qadam” — Maqsud YO‘LDOSHEV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor;
“O‘zbekiston va YI: Iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari” — Baxtiyor MARDONOV, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori, professor;
“Buyuk kelajak nizomi” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;
“Global raqobat muhitidagi dadil qadamlar” — Orzu DAVRONOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori;
«Наука и образование открывают путь к всеобщему благополучию» — Барно АБДУЛЛАЕВА, доктор педагогических и психологических наук, профессор Национального педагогического университета Узбекистана имени Низами;
«Новые горизонты развития науки и образования в Узбекистане» — Малохат НАРБАЕВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам;
“Bolalar kardiojarrohligida alohida maktab yaratamiz” — Bobur TOʻRAYEV, Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar koʻp tarmoqli klinikasi kardioxirurgiya boʻlimi kardiojarrohi;
“Ko‘hna obidalar uzra dunyo ovozi yangramoqda” — Hamidjon RASULOV, Qo‘qon universitetining Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri;
“Iboralar hikoyati” — Alibek RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori, akademik;
“Yuksak e’tibordan kuch oldim” — Mels KABULOV, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori;
«Инновационный подход к развитию экономики и агросектора» — Саидасрор ГУЛЯМОВ, профессор Ташкентского государственного аграрного университета;
«Туризм - стратегически важный сектор» — Фуркат РАЖАБОВ, декан факультета туризма Чирчикского государственного педагогического университета, доктор педагогических наук;
«Миссия интеллигенции — развитие родного языка» — Наргиза РАШИДОВА, доцент Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 6👏 1
Repost from TgId: 3264231726
📰📰📰📰📰📰📰
🔴 Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda qator hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.
🔰 Tadbirlar doirasida Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov Xitoyning Tyanjin Boxay Kasb-hunar kollejida bo‘lib, Xitoyning zamonaviy Lyu Ban ustaxonasi, kasbiy ta’lim tizimi, ilg‘or ta’lim metodlari va istiqbolli yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi.➖ Xususan, sun’iy intellekt asosidagi kimyoviy sanoat muhandisligi, elektronika va mexanika muhandisligi hamda aqlli qurilish kabi sohalarga ixtisoslashgan ustaxonalar ko‘zdan kechirildi. Mazkur ta’lim muassasasi nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, balki tijorat maqsadlarida ham faoliyat yuritadi, bu borada 100 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim muassasasida tayyorlangan sanoat uchun zarur mahsulotlar korxonalarga shartnoma asosida sotiladi. 📊 Ustaxonalarda o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, turli sanoat korxonalarining simulyatsion ko‘rinishlari mavjud, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarida, korxonaga bormasdan maxsus 3D texnologiyalarda tajriba oshiradilar. ⏰ Uchrashuvlar davomida kasbiy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o‘quvchilar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bizni kuzating📱 Telegram | 🌐 Instagram
❤ 13👍 7👏 2🎉 1
Repost from TgId: 1931522914
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_tanlov
Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️
📥“SI: g‘oyadan – amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
📥“INNOVO” fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
❤ 6👍 3
#kasbiy_taʼlim
Vazir Sirdaryoda: texnikumlarda amaliyot sifatini oshirish ishlari jadallashmoqda
17-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida Guliston shahar 2-son texnikumida bo‘lib, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Jumladan, vazir o‘quv jarayonining tashkil etilishi, amaliy mashg‘ulotlar dasturlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, texnikumning o‘quv ustaxonasini ko‘zdan kechirib, mavjud texnik jihozlanish, amaliyot uchun yaratilgan sharoitlar va mutaxassis tayyorlash tizimidagi yangilanishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.
Shuningdek, Sirdaryodagi korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda xalqaro ta’lim dasturlari ko‘lamini kengaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 10❤ 7
Repost from TgId: 1931522914
Photo unavailableShow in Telegram
#seminar
🟦🟦🟦
✅ Mavzu: “Davlat ilmiy dasturlarining yagona
intellektual elektron platformasida
loyiha taqdim etish”
📆Sana: 19.11.2025
⏰Vaqti: 11:30-12:30
🗣Seminar YouTube'dagi sahifamiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.
Havola: https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
❤ 11👍 1
02:46
Video unavailableShow in Telegram
#bayram_shukuhi #Kelajak_soati
Respublikamiz bo‘ylab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi keng nishonlanmoqda.
Bayram munosabati bilan Termiz davlat universitetida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida keng ko‘lamli tantanali tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
02.mp449.52 MB
❤ 14🔥 4🎉 4👍 1
#BeshTashabbus #final #ochilish
#Guliston_2025
Gulistonda “Besh tashabbus” olimpiadasining respublika final bosqichi start oldi
17-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Markaziy stadionida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi.
Tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, hududlardan kelgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari, mamlakat bo‘ylab saralangan 700 nafarga yaqin sportchi talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Musobaqalar 20-noyabrga qadar mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol kabi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/102531
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 5👏 3
Repost from TgId: 2046888911
Photo unavailableShow in Telegram
📢 Erasmus+ 2026 Call for Proposals — RASMAN OCHILDI! 🇪🇺
Erasmus+ dasturining 2026-yil uchun ariza berish jarayoni rasman ochildi. Endi tashkilotlar mobililik, hamkorlik loyihalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishni boshlashlari mumkin. Bu yilgi budjet miqdori taxminan € 5,2 milliardni tashkil etadi.
📘 Eng muhim qo'llanma — Erasmus+ Programme Guide 2026
Loyihaga ariza topshirishni rejalashtirayotgan barcha ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlar va institutlar uchun asosiy manba shu hisoblanadi. Unda:
🔘barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qoidalar, 🔘ariza topshirish talab va mezonlari, 🔘ustuvor yo‘nalishlar, 🔘moliyalashtirish imkoniyatlari batafsil tushuntirilgan.🔗 Programme Guide 2026 bilan tanishing: Havola 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
👍 10❤ 4
00:44
Video unavailableShow in Telegram
17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!
Bugungi kunda O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bu — mamlakat aholisining qariyb 4 foizini tashkil etadi. Talabalar respublikamizdagi 205 ta oliy ta’lim muassasasida bilim olmoqda.
So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun keng imkoniyat va zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada:
✔️OTMlar soni 8 yil ichida 77 tadan 205 taga yetdi (101 ta davlat, 31 ta xorijiy va 73 ta nodavlat).
✔️Talabalar soni 2017-yildagi 279 ming nafardan bugungi kunda 1,5 million nafardan oshdi.
Shuningdek, O‘zbekiston OTMlarida 16 597 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda, ularning 11 ming nafardan ortig‘i tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydi.
💐 Barcha talabalarni bayram bilan qutlaymiz!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_0229.MP416.08 MB
👍 17❤ 10👏 5🔥 2🤔 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
03:01
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda. Faqat hamjihat bo‘lib, o‘zaro hurmat, birdamlik va strategik yondashuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erishishimiz mumkin.— Президент Шавкат Мирзиёев:
Наша сила – в единстве, наш путь к успеху – в дружбе и сотрудничестве. Только сплотившись, опираясь на взаимное уважение, солидарность и стратегическое видение, мы сможем достичь наших благородных целей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
72.44 MB
❤ 8👍 3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sammitda, xususan, suv xo‘jaligi sohasida kadrlarni professional tayyorlashga sarmoya kiritish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqotlar universiteti
negizida Suv xo‘jaligi sohasidagi mintaqaviy vakolatlar markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Ilmiy-ta’lim kooperatsiyasi doirasida davlatlararo loyihalarni moliyalashtirish, akademik hamjamiyatni rag‘batlantirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun Ilmiy tadqiqotlar fondini tashkil etish taklif qilindi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 23👍 12👏 1
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Turkmaniston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi
16-noyabr kuni Toshkent shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Bayramgul Orazdurdiyeva va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan sohalarda kadrlar tayyorlash, tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalariga alohida e’tibor qaratildi. Hususan, quyidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi: ✅o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qisqa muddatli stajirovkalar, "Erazmus+" dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish; ✅qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish; ✅"WorldSkills – 2026" tadbirini O‘zbekistonda Turkmaniston bilan hamkorlikda o‘tkazish; ✅qishloq xo‘jaligi, sug‘orish texnologiyalari, cho‘l hududlarini melioratsiyalash, yashil energetika, suv resurslarini boshqarish, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kabi sohalarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish; ✅shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, akademik mobillikni kengaytirish va texnoparklar hamkorligini kuchaytirish.B. Orazdurdiyeva mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, soha bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish va 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 19👍 4🔥 1👏 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
🏛 Bugun Toshkent davlat texnika universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan, 102 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olishga erishgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi tashkil etildi. Unda o‘z hududlarida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan 48 nafar ishtirokchilar 2 shart: test va insho yozish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘oliblari deb topildi:
🔹1-o‘rin: Ra’no Abduxamidova – ToshDO‘TAU talabasi; 🔹2-o‘rin: Shaxnoza Yusupova – O‘zMPU talabasi; 🔹3-o‘rin: A’loxon Hasanova – CHDPDU talabasi; 🔹4-o‘rin: Muxlisa Pardayeva – QarDU talabasi; 🔹5-o‘rin: Shahzoda Sog‘inboyeva – NamDU talabasi.Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va mos ravishda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m, 3-o‘rin 5 million so‘m, 4-o‘rin 3 million so‘m va 5-o‘rin 2 million so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlanadi. ☝️Tanlov nizomiga muvofiq, final bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilar vazirlik tomonidan elektron sertifikat hamda o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan hududiy bosqichdagi natijasi uchun pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Barcha g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
zb(HD).mp414.41 MB
👍 12❤ 10👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekistondagi texnikumlarda Luban ustaxonalari ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Pekin shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Hilola Umarova Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Din Suesyang, Xitoy ta’lim vazirligi, Xitoy Xalqaro ta’lim almashinuvi assosiatsiyasi, Shenyan Pedagogika universiteti, Pekin universiteti, Osiyo infratuzilma investisiyalari banki rahbariyatlari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvlar davomida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalar haqida so‘z yuritildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Jumladan, o‘zaro almashinuv dasturlari, kasbiy ta’limda amaliy malaka markazlar, grant loyihalari, Luban ustaxonalarini O‘zbekistondagi texnikumlarda ochish kabi masalalarda kelishuvga erishildi.Shuningdek, oliy ta’lim uchun qo‘shma dasturlarni ko‘paytirish, har yili Xitoyda O‘zbekiston ta’lim kunini joriy etish kabi masalalar haqida so’z yuritildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 18❤ 5🔥 2
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.
—
В ходе посещения Центра исламской цивилизации Президенты стран Центральной Азии и Азербайджана приняли участие в торжественной церемонии награждения лауреатов международной премии «Келажак мероси».
#Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #mukofot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 19👍 11
TDT Bosh kotibi Toshkentdagi oliy taʼlim tashkilotlarida uchrashuvlar oʻtkazdi
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) hamda Toshkent xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/102337
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 16❤ 5
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Prezidentlari O‘zbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdilar.
—
Президенты Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана вместе с Президентом Узбекистана посетили Центр исламской цивилизации в городе Ташкенте.
#Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #markaz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 13👍 8
