Iqtisodchi Kundaligi
Open in Telegram
Behzod Hoshimov Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/ YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot
Show more2025 year in numbers

33 777
Subscribers
-224 hours
+1647 days
+63030 days
Posts Archive
Repost from TgId: 1562341176
Hamid aka Sodiq Gazeta mushtariylari uchun o‘zlariga yoqadigan kitoblarni tavsiya qilgandilar, ikki yil avval (matni ham bor). Ko‘ringlar shu videoni https://www.youtube.com/watch?v=obmqZt33htE
👍 82❤ 40🔥 14🤯 4
Repost from TgId: 1227821158
Toshkentda ham, Nyu Yorkda ham, San Paoloda ham, San Fransisko, Kalgary va Berlinda ham - hammani qiynaydigan birinchi o'rindagi masala bu uy-joy. Universitetni bitirsam, ota-onam uyidan ketsam qayerda yashayman, ijara narxini ishlab to'lay olamanmi, qachon uy sotib olaman degan savol mutlaqo barchani o'ylantiradi.
Qarang, AQShda birinchi marotaba uy sotib oluvchilarning o'rtacha yoshi 40 ekan. Uy sotuvchining yoshi esa 64 ekan.
Endi, Mamdani kecha nimaga yutdi? Yoki nimaga sotsialistik deb ko'rinadigan g'oyalar yoki sotsial-demokrlatlar yoshlar orasida mashhurlashib bormoqda? Hammasi mana shu uy-joyni sotib olish, ijaraga olish imkoniyati va kundalik hayotdagi narxlarga borib taqaladi. Bir so'z bilan affordability. Iyul oyida nimaga yoshlar umrida sotzialism nimaligini bir kun ham tatib ko'rmagan bo'lsalar ham bu g'oyani romantizatsiya qiladilar deb yozganimda, Mamdanini misol qilgandim. Yo'q, men Mamdanini sotsialist demoqchi emasman. Shunchaki, odamlar oddiy narsalarni xohlaydilar: sifatli, keng qamrovli, arzon va qulay jamoat transporti; arzon tibbiy sug'urta; arzon ijara narxi; va ularning ham foydasiga ishlaydigan iqtisodiy tizim. Mamdani mana shu narsalarni qilaman degani va u kommunikatsiyani o'ta samarali qilgani uchun ham ko'pchilikka yoqqan va ovoz berishgandir. Ijara narxi oshishini muzlataman dedi, bu yaxshi g'oya emasligini bilamiz, podkastda ham buni gapirganmiz. Lekin, bu g'oya hozir NyuYorkda yashaydiganlar uchun juda yoqadigan va'da. Manhattanning eng hashamatli binolaridagi pentxausda yolg'iz yashaydigan nafaqadagilar ham 20-30 yil oldin ijaraga kirib olib muzlatilgan ijara narxini to'lab kelishadi. Albatta, ular shu uylari narxi oshmasligini xohlashadi. Birinchi marotaba ijaraga NYda uy olaman degan odam uchun Mamdanining gapi yoqadi. Ular barchasi "hozir uylarni narxi muzlasa, bozorga kamroq developerlar keladi, kamroq odamlar ijaraga uyini qo'yadi, bozordagi uylar soni kamayadi va narx signali buziladi" deb o'ylashgacha borishmaydi. Ovoz beruvchilar asosan faktlar bilan yurak bilan va qisqa xotira bilan ovoz beradilar. Bugun va hozir uyni narxini arzonlashtiraman degan populistik g'oya ham yaxshi eshitiladi. Mamdani uylarni narxini arzonlashtira olmaydi, agarda uylarning taklifini oshirishga bo'lgan cheklovlar olib tashlanmasa. Chunki uy qurish uchun quruvchida rag'bat (incentive bo'lishi kerak). Nyu Yorkda ham, tepadagi barcha shaharlarda ham ishlaydigan universal va hammaga yoqadigan siyosat - ko'proq uy qurish.
Masalan, San Fransiskoda nima uchun uylar juda qimmat? Yer kam bo'lgani uchun emas. U yerda shunchaki umuman yangi uylar qurilmaydi. Sababi qurishga cheklovlar, zona talablari vhkz. San Fransiskodek shahar uchun 800 mingta aholi bo'lishi bu juda uyat va achinarli. Bu shaharda bir necha million odam yashashi va u haqiqiy megapolis bo'lishi kerak edi.
@uzbekonomics
❤ 46🔥 25👍 11👏 5
Repost from bakiroo
“Конституция шундай бир доирани белгилаб беради-ки, унинг ичига мутлоқ ҳамма қайтмагунча ушбу ҳужжат ишламайди”.
Ҳамид Содиқ.
❤ 179🔥 88👍 67🤔 9
Tyler Couen Sam Altmandan yana bir intevyu olibdi. Shu kuni Tyler bilan bir necha soat San Fransiskoda vaqt o'tkazdik.
https://conversationswithtyler.com/episodes/sam-altman-2/
❤ 29👍 19🔥 7👏 6
Agar o'z ishingizda qoniqish his qilmayotgan bo'lsangiz, o'ylab ko'ring, dunyodagi eng muhim muzeylardan biri Luvrga bo'lgan o'g'rilik bilan bog'liq tergov natijalariga ko'ra, Luvrning videokuzatuv tizimiga kirish uchun parol "Luvr" bo'lgan.
Franzuscha yozuvda - Louvre.
😱 192🤯 115🔥 45🤔 29
Gujaratli mashxur siyosatchilar ichiga Narenda Modi, Mxatma Gandi hatto Muhammad Ali Jinna ham kiradi.
Endi mashxur Gujaratli siyosatchilar qatoriga Mamdani ham kirdi.
👍 125❤ 50🔥 27🤔 11
Repost from TgId: 1227821158
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Zohran Mamdani hozir o'z nutqida Nyu Yorkda yashab mehnat qiladigan o'zbek hamshiralarini tilga olib ularga ham rahmat aytdi.
@uzbekonomics
SIMn9JbQB5-AskjN.mp44.60 MB
🔥 234👏 107❤ 41👍 26
Photo unavailableShow in Telegram
Kaliforniyani Berkli shahrida parkovka muammo. Universitetda ham parkovka qimmat, tabiiyki.
Lekin bir istisno bor - Nobel mukofoti sovrindolari. Ularga alohida joylar ajratilgan va muhimi - parkovka tekin.
Toshkentda ham shunday istisno qilishsa, mayli. Qolganlarga pullik bo'lib qolishi kerak.
👍 257🔥 74🥰 25👏 23
Universitet yangiliklari. Yaxshilari.
Universitetimiz ikki yangi iqtisodiyot professorlarini tayinladi. Robert Engl va Richard Berner. Robert Engl - 2003 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lgan. Engl vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi iqtisodiy vaqt qatorlarini (ARCH) tahlil qilish usullari bo‘yicha innovatsion ishi uchun mukofotlangan.Uning ARCH modeli butun dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan portfel risklari va narx aktivlarini baholash uchun qo‘llaniladigan moliya bozorini tahlil qilishning ajralmas vositasiga aylandi. Professor Engle Nyu-York universiteti Stern biznes maktabida faxriy (Emeritus) professor bo‘lib, u yerda Volatility and Risk institutini tashkil etgan va boshqaradi.
Professor Berner iqtisodiy va moliyaviy siyosatning belgilashda eng yuqori darajalarida ishlagan, boy va chuqur tajribaga ega amaliyotchi. U ham, NYU Stern qoshidagi Volatility and Risk instituti hamdirektori. U 2013 yildan 2017 yilgacha AQSH Moliya vazirligining Moliyaviy tadqiqotlar bo‘yicha birinchi direktori bo‘lib ishlagan, bu lavozim Dodd-Frank qonuni bilan Moliyaviy barqarorlikni nazorat qilish kengashini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Davlat xizmatidan oldin professor Berner Morgan Stanley kompaniyasining boshqaruvchi direktori va bosh iqtisodchisi bo‘lgan, Mellon Banki va Federal zaxira tizimi boshqaruv kengashida yuqori lavozimlarda ishlagan.Shu institutni Abu Dabida ham ochishdi. Rasm ochilish marosimidan. Qaysi semestrda va aynan qaysi darslarga kirishligini bilmayman hali, lekin talabalarimizni omadi kelgan deyish mumkin.
❤ 58👍 17🔥 11👏 8
Universitet yangiliklaridan.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori va universitetimizdagi adabiyot professorini AQSHga vizasi siyosiy sabablarga ko‘ra bekor qilinibdi.
https://edition.cnn.com/2025/10/29/world/wole-soyinka-visa-revoked-intl
🤯 86❤ 8🤔 7😱 3
Endi AQShlik talabalarga, ish vizalariga muddatni bir yildan hech bo’lmasa 5-10 yil qilish kerak. Shunda qarama qarshi qonunchilik ishga tushar edi. O’zbek talabalari va boshqa fuqarolariga ish osonlashar edi
👍 89❤ 26👏 14🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
SSSRda ishsizlik bilan qanday kurashishgan?
🤔 224🤯 82🔥 27❤ 12
