Farg'ona viloyati hokimligi
Open in Telegram
Farg‘ona viloyati hokimligi kanali Veb-sayt: fergana.uz Facebook: facebook.com/fvhokimligi Instagram: instagram.com/fviloyatihokimligi Youtube: youtube.com/@fvhokimligi Murojaat uchun: t.me/fvhmurojaat_bot
Show more2025 year in numbers

38 990
Subscribers
-20324 hours
-7267 days
-2 48630 days
Posts Archive
❗️RASMAN: Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo'ladiPrezident farmoniga ko'ra, quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi: ➖ 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba; ➖ 2026-yilda: barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma; olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba. Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo'ladi: ✅ 31-dekabr (chorshanba); ✅ 1-yanvar (payshanba); ✅ 2-yanvar (juma); ✅ 3-yanvar (shanba); ✅ 4-yanvar (yakshanba). Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Photo unavailableShow in Telegram
#Farmon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🔥 4
01:45
Video unavailableShow in Telegram
Prezident sovg‘alari Farg'onaga yetib keldiMamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qalbida quvonch va umid uyg‘otish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ana shu g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi sifatida tashkil etib kelinayotgan “Prezident archasi” bayram tadbirlari yildan-yilga bolajonlarning eng sevimli va intiqlik bilan kutilgan bayramlaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur bayram tadbirlarini mazmunli, ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida bu yil jami 11 ming 125 dona Prezident sovg‘alari shakllantirilib, ular tarkibiga bolalarning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiluvchi 24 nomdagi o‘quv qurollari, shuningdek, bolajonlar sevib iste’mol qiladigan 34 nomdagi shirinlik mahsulotlari kiritildi. Prezident sovg‘alari Farg'ona viloyatiga ham yetib keldi. Yangi yil shu tariqa Farg'onada ezgulik va umid bayrami sifatida qarshi olinmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
IMG_4206.MP438.42 MB
❤ 6🎉 4🔥 1
01:11
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
❤ 8
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Tashabbusli budjet” jarayonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi
Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori bilan “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
Asosiy kiritilgan o‘zgartirishlar:
🟢 loyihalar g‘olib deb topilishi uchun minimal ovoz soni 50 ta etib belgilandi (avval 10 ta edi).
🟢 jihozlash loyihalari uchun eng yuqori qiymat bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming barobari etib belgilandi (avval 4 ming barobar edi).
Quyidagilarga “tanaffus” berish amaliyoti qo‘llanmaydi:
🟢 mahalla soni 15 va undan kam bo‘lgan tuman(shahar)dagi mahallalarga;
🟢 “TOP-100” talikka kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarga;
🟢 loyihani sheriklik asosida amalga oshirgan mahallalarga.
Bunda, loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalarga sherikchilik asosida loyihalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
➡️ Batafsil
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 2
#Diqqat_loyiha
❗️ O'zboshimchalik bilan qurilgan uylarga hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari soddalashtirilmoqdaAdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasi joriy yilning 23-dekabr kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o'qishda ko'rib chiqildi. 📝 2024-yil 5-avgust kuni qabul qilingan Qonun fuqarolarning yillar davomida hal bo'lmay kelgan uy-joy va yerga doir muammolariga yechim bo'ldi. 📝 Qonun amaliyotida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. ⏳ Loyihaga ko'ra, eng muhim yangiliklardan biri — 1 ta obyekt bo'yicha yakuniy xulosa berish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartirilmoqda. ▪️ Vakolatli tashkilotlar — 20 kun ▪️ Jamoatchilik muhokamasi — 10 kun ▪️ Adliya organlari — 20 ish kuni ⏳ Bu o'zgarish Qonunning 2028-yil 1-yanvargacha amal qilishini inobatga olgan holda qabul qilinmoqda. 💰 Shuningdek, amaliyotda huquqni e'tirof etishga to'sqinlik qilayotgan eng katta muammolardan biri — soliq va to'lov masalasi edi. 💸 Hozirda 243 mingdan ortiq obyektda soliq qarzi bor hamda ular Qonun doirasida hal bo'lmay qolmoqda. ✅ Shu sababli quyidagi takliflar ilgari surildi: ➖ soliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmasa (12,3 mln so'm) — huquq e'tirof etilishi mumkin; ➖ 1 martalik to'lov 20 ish kunida amalga oshirilsa — 50% chegirma; ➖ to'lovni 1 yildan 3 yilgacha bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 3
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Yil voqeasi | Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi zamon talablari darajasida to'liq qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
6 Kutubxona yanvar.mp475.95 MB
👍 8❤ 3
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida amalga oshirishga kirishilayotgan investitsion loyiha bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
—
Хоким области Хайрулло Бозоров встретился с делегацией во главе с руководителем компании “AHA Co., Ltd” Ку Ги До.
На встрече обсуждены вопросы реализации инвестиционного проекта, который компания начинает в зоне Экошаҳар города Ферганы.
—
Governor Khayrullo Bozorov received a delegation headed by Koo Gi Do, CEO of South Korea’s “AHA Co., Ltd.”
The meeting focused on the company’s investment project launching in the Eco-City area of Fergana.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 4👏 4👍 2
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Yil voqeasi | Harbiy xizmatchilar va bojxona boshqarmasi xodimlari uchun yangi turar-joy binolari foydalanishga topshirildi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
5 Uylar.mp458.56 MB
👍 3👏 3❤ 1
Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida “Oltin kuz tarovati” hamda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi videorolik va rasmlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov ijodkor va havaskorlar o‘rtasida tashkil etilgan tanlovda 100ga yaqin ishlar taqdim etilganini qayd etib, g‘oliblarni tabrikladi.
An’anaviy o‘tkazilayotgan “Oltin kuz tarovati” tanlovida mazkur faslning o‘ziga xos jihatlari videorolik va rasmlarda ifoda etilgan. Viloyat hokimligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi Farg‘ona filiali hamkorligida o‘tkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” tanlovida esa korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘ziga xos kontentlar tayyorlandi.
Tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 14👏 4❤ 1🔥 1🎉 1
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Aros Information Technology" kompaniyasi direktori Zhang Ziqingni qabul qildi.
Uchrashuvda mazkur kompaniya tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyiha muhokama qilindi.
—
Хоким области Хайрулло Бозоров принял директора китайской компании “Aros Information Technology” Чжан Зицина. Стороны обсудили перспективный проект, который планируется реализовать совместно с Ферганским государственным техническим университетом.
—
Governor Khayrullo Bozorov received Zhang Ziqin, Director of China’s “Aros Information Technology,” to discuss a prospective project planned in partnership with Fergana State Technical University.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 6👍 3🔥 1
Bugun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “Yil ayoli” milliy tanlovi hamda “Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʼtdi.
“Yil ayoli–2025” tanlovining Respublikasi bosqichida Beshariq tumanidagi “Turist Agro” MCHJ boshqaruvchisi Raʼnoxon Oʻlmasova "Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiya gʼolibi boʼldi.
“Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovida Farg‘ona shahar “Surxtepa Xo‘jamag‘iz” MFY xotin-qizlar faoli Matluba Mamayusupova ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 11❤ 5👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg‘ona shahrida 15 ta yangi maxsus texnika xizmat ko‘rsatishni boshladi
Farg‘ona shahrida tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida “Qirguli kommunal servis” hamda “Maxsus garant avto servis” MCHJ tomonidan 15 ta maxsus chiqindi tashish texnikasi olib kelindi.
Mazkur texnikalarni topshirish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, yangi maxsus avtomashinalar shahar hududlarini toza va orasta saqlash, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
—
В Фергане на обслуживание вышли 15 единиц новой спецтехники
—
Fergana puts 15 new specialized waste collection vehicles into service
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 6👍 5
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tanlovning Respublika bosqichida Farg'ona viloyati jamoasi eng yuqori natijani qo'lga kiritib, yakuniy hisobda:
🥇3 ta oltin
🥈1 ta kumush
🥉2 ta bronza qoʻlga kiritildi.
G‘oliblikni qo'lga kiritgan 1-o'rin egalariga 25 million so‘m, 2-o'rin egalariga 20 million so'm va 3-o'rin egalariga 15 million so'm pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👏 26👍 9❤ 5🔥 3
03:27
Video unavailableShow in Telegram
Muzrob G‘aniyev: ota o'rnida otalik qilgan ustozlarim tufayli chempion bo'ldimBirlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy yilning 7–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Muzrob G‘aniyev para yengil atletikaning nayza uloqtirish turi bo‘yicha yuksak natija qayd etib, oltin medal sohibi bo‘ldi. Mazkur natija yosh sportchining yuqori sport mahorati, mustahkam irodasi hamda tizimli tayyorgarligi samarasidir. Bugungi kunda Muzrob G‘aniyev 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
video_2025-12-23_11-15-04.mp421.68 MB
👍 5🔥 4❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rishton tumani va Yaponiyaning Maydzuru shahri o‘rtasida imzolangan memorandum asosida har yili Rishton tumanidagi yapon tiliga ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari ushbu mamlakatda grant asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lib kelmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida har yili dekabr oyida maxsus saralash imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihon natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchilar Yaponiyadagi ta’lim muassasalariga grant asosida qabul qilinadi.
Joriy yilgi imtihonlar yakuniga ko‘ra, rishtonlik o‘quvchilar Davron Zaylobiddinov va Akbarshoh Abduqodirov Yaponiyaning Maydzuru shahrida joylashgan politexnika kollejiga o‘qishga qabul qilindi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 6👏 2
#Fakt
Joriy yilda Farg‘ona viloyatida fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida 49,5 trln so‘mlik 6,5 mln tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Jumladan, 871 ming tonna don, 324 ming tonna paxta, 2,9 ming tonna pilla, 114 ming tonna sholi, 2,9 mln tonnadan ortiq sabzavot, poliz va boshqa mahsulotlar yetishtirildi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishida umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik 385 ta loyihalar ishga tushirildi.
Qishloq xo‘jaligida loyihalarni amalga oshirishda 100 mln dollarga yaqin xorijiy moliya institutlari mablag‘lari o‘zlashtirildi. Sohada 123 ming nafar aholining doimiy va mavsumiy ishlarda bandligi ta’minlandi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 1
