Ta'lim nazorati
Open in Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Show more2025 year in numbers

112 026
Subscribers
-15124 hours
-1 5127 days
-6 81930 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentaybrdan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;
🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.
Haftalik doirasida:
➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Ushbu mezonlarga asosan talaba qizlar hokimliklar kontraktini toʻlab berishi uchun murojaat qilishi mumkin
Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab berishi haqida xabar berganimizdan so'ng telegram botimizga "Kimlarga to‘lab beradi? Qayerga murojaat qilish kerak?" degan mazmundagi savollar yuborildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra hokimliklari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) kam ta’minlangan oila yoki kambag‘al oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila, kambag‘al oila deganda “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduli orqali kambag‘al oila deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
Test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan mazkur mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab arizani har yili 10 kalendar kun ichida oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga taqdim etadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
00:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Istalgan joydan turib masofaviy ta'lim olishga tayyormisiz?
Endilikda siz uyingizda turib ham oliy ma’lumotli bo‘lish imkoniga egasiz.
Buxoro innovatsiyalar universiteti sizga masofadan turib ta’lim olish imkonini beradi. Siz o‘z hududingizda turib universitetimizda arzon kontrakt bilan masofaviy ta’lim asosida oliy ma’lumotli bo‘lish imkoniga egasiz.
Universitetning Sirdaryo viloyatida ham filiali mavjud.
21 ta balakavr ta’lim yo‘nalishlari
7 ta magistratura mutaxassisligi
Litsenziya (935228)
Qabul sayti: qabul.bui.uz
Buxoro kampus: 55-307-50-00 | @BUI_admin
Sirdaryo kampus: 78-221-00-01 | @Biu_admin_Guliston
Bizning rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Instagram | Web sahifa
0819 (551d)-codpy(1).mp44.34 MB
⚡️Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini toʻlab beradi
➡️ Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi.
Ushbu imtiyoz quyidagicha taqsimlanadi:
- 40 ta o‘rin — birinchi kurs talabalari uchun; - 100 ta o‘rin — 2-kurs va undan yuqori bosqich talaba qizlari uchun. Kimlar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin? Asosiy toifalar: - Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha); - yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar - voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.❓Qaysi hollarda kontrakt to‘lab berilmaydi? 🔍 Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi. Talabgorlar belgilangan mezonlarga mos kelgan holda ariza topshirib, kontrakt to‘lovini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
01:58
Video unavailableShow in Telegram
🧑🎓 DTM natijasi bilan imtihonsiz talabalar safiga qoʻshiling!
Hurmatli abituriyentlar va muhtaram ota-onalar!
Agar siz:
✅ Farzandingiz munosib va barqaror ish topishini istasangiz
✅ Unga chet elda qoʻshma dasturlar asosida oʻqish imkoniyatini bermoqchi boʻlsangiz
✅ Eng zamonaviy, talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni egallashini xohlasangiz
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) sizning toʻgʻri tanlovingiz boʻladi!
📝 Qabul uchun talab qilinadi:
Pasport yoki ID karta.
DTM natijalari koʻrsatilgan rasmiy hujjat.
Litsey yoki kollej diplomi/umumiy oʻrta taʼlim maktabi attestati (rangli);
Fotosurat (3,5 sm×4,5 sm) – oxirgi 3 oy ichida tushirilgan;
🎓 Nega aynan KIUT?
✔️ Rasmiy litsenziya — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida roʻyxatdan oʻtgan
✔️ Xalqaro akkreditatsiya — KAZSEE va IQAA
✔️ 38 ta zamonaviy taʼlim yoʻnalishi — injeneriya, IT, moliya, sanʼat, pedagogika va boshqalar
✔️ 3 tilda taʼlim — oʻzbek, rus, ingliz
✔️ Darslar Koreya, AQSH, Angliya, Italiyadan kelgan malakali professorlar bilan
✔️ Grantlar, chegirmalar, talabalar almashinuvi va xorijiy stajirovkalar
✔️Bu yildan boshlab “Tibbiyot yoʻnalishi“ talabalari uchun 500 oʻrinli zamonaviy yotoqxona ishga tushiriladi!
📍 Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy
📞 Telefon:+78 129 40 40
🌐 www.kiut.uz
⏰Joylar cheklangan. Qabul jarayonini kechiktirmang!
Telegram | Instagram | YouTube
IMG_5556.MP443.10 MB
Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori (20.08.2025 №524) qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ixtisoslashtirilgan sport maktablariga o‘quvchilarni saralab olish, qabul qilish hamda chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Shuningdek, qarorga asosan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish haqi fondining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda rag‘batlantiruvchi jamg‘armasi tashkil etiladi. Bunda direktor, direktor o‘rinbosarlari, trenerlar, tibbiyot xodimlari, yo‘riqchi-uslubchilar, sport psixologlariga Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish imtiyozlari qo‘llanilganda, mazkur rag‘batlantiruvchi jamg‘armasi orqali to‘lovlar tatbiq etilmaydi.
Agentlik tizimidagi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning mehnatga haq to‘lanadigan mutaxassislik fani bo‘yicha malaka toifasi hamda milliy yoki xalqaro sertifikatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar tatbiq etiladi.
Sport maktablariga fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar tanlov asosida jalb etiladi. Bunda kimyo, biologiya va fizika fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalari umumlashtirilgan tabiiy fanlarga ham tatbiq etiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Nizom ixtisoslashtirilgan 524-son qaror.pdf2.34 MB
01:24
Video unavailableShow in Telegram
🔴ABITURIYENTLARGA YETKAZING!!!
🟤DTM BALLINGIZ BILAN IMTIHONSIZ QABUL QILINASIZ!
🟤8 ta fakultet
🟤50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari
🟤10 ta magistratura mutaxassisligi
🟤Har bir yo‘nalish zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan.
— Birinchi marta o‘qishga topshirayotgan abituriyentlar;
— O‘qishni ko‘chirish (transfer);
— Magistraturaga hujjat topshirish — hammasi bir platformada — qabul.afu.uz
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
☎️ +99878 122 75 57
🌐 @Alfraganus_callcenter
📌 Lokatsiya
😁 AFU | Telegram
IMG_2355.MP416.25 MB
1 sentyabr — “Mustaqillik kuni” bayrami munosabati bilan:
➖ 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari;
➖ 6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31 avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.
Qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha uchinchi kun natijalari e’lon qilindi
📣 Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 18-19-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Yoki quyidagi maxsus botlarga /start tugmasini bosgan holda bilib olishlari mumkin:
➡️@bmb_natijabot
➡️@bmb_natija1bot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellatsiya arizalari 24-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi lozim.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
9️⃣Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarning 2025-yilgi oʻtish ballari aniqlandi
📌 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun 2025-yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra o‘tish ballari e’lon qilindi.
O‘tish ballari eng yuqori bo‘lgan OTMlar:
— O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (Nukus filiali) — 149.7 ball (grant)
— Milliy rassomchilik va dizayn instituti — 147.2 ball (grant);
— Toshkent davlat yuridik universiteti — 137.4 ball (grant);
— “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti — 134.5 ball (grant);
— Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti — 114.3 ball (grant).
O‘tish ballari eng past bo‘lgan OTMlar:
— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 56.9 ball (kontrakt);
— Toshkent davlat texnika universiteti — 56.7 ball (kontrakt);
— Qoraqalpoq davlat universiteti — 56.7 ball (kontrakt);
— Farg‘ona davlat texnika universiteti — 56.8 ball (kontrakt).
📊 Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarning 2025-yilgi o‘tish ballari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: Mazkur harbiy tavsiyanoma qo‘shimcha ball bermaydi. Imtiyoz shunchaki abituriyentni qo‘shimcha kvotada qatnashish huquqi bilan ta’minlaydi. Ya’ni, tanlov imkoniyatini oshiradi, lekin natijaga faqat to‘plangan ball asosida qaraladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
00:09
Video unavailableShow in Telegram
Shu yil talaba bo‘lishni qat’iy maqsad qilganlar uchun — Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda! 🔥
➖ 35 ta bakalavr, 14 ta magistratura, 25 ta ordinatura, 11 ta doktorantura va 3 ta qo’shma (AQSH) dasturi yo'nalishlari;
➖ Kipr, Indoneziya, Malayziya va boshqa bir nechta davlatlarda xalqaro amaliyot;
➖ DTM (UZBMB) yetarli natija asosida imtihonsiz qabul;
➖ Grant asosida o‘qish imkoniyati va har oydagi rektor stipendiyasi;
➖ Tajribali ustozlar, amaliy ko‘nikmalarga asoslangan ta'lim shakllari kabi imkoniyatlar mavjud.
🔗 Talim.uz o‘tkazgan so‘rovnomada O‘zbekistonning eng yaxshi nodavlat universiteti deb tan olingan OXU sizni kutmoqda.
Hujjatlar har kuni 8:00 dan 19:00 ga qadar OXU binosida qabul qilinmoqda!Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz Bog'lanish uchun: +998553050009
IMG_3987.MP43.25 MB
⚡️Ichki ishlar vazirligi akademiyasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi
❗️Prezidentning 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3216-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
📌Yangi tahrirga koʻra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun masofaviy ta’lim shakli joriy etilib, unda o‘qitilish muddati oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun to‘rt yil, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosida uch yilni tashkil etadi.
Akademiya kunduzgi ta’lim shakliga har yillik qabul kvotasi 2025/2026 o‘quv yilidan 900 kishini, 2026/2027 yildan boshlab 1 100 kishini, masofaviy ta’lim shakliga esa 400 nafar ichki ishlar organlari xodimlarini tashkil etadi.
✔️ Akademiyaning bakalavriat dasturi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasining 80 foizi bo‘yicha qabul faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari orasidan amalga oshiriladi (“Raqamli texnologiyalar sohasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul bundan mustasno)”.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Xususiy oliygoh o'qituvchisi 60,000$ lik grant sohibiga aylandi
Rossiyaning OMSK shahrida bo‘lib o‘tayotgan SCO Business Incubator forumida 15 dan ortiq davlatdan kelgan 200 ga yaqin yosh startapchilar ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirda Buxoro Innovatsiyalar Universiteti yosh o‘qituvchisi Umid Rustamov ham o‘zining yangi “Zummi AI” video tarjimon loyihasi bilan qatnashib, eng yaxshi startaplar qatoridan joy oldi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu loyiha nafaqat e’tirof etildi, balki investorlar tomonidan 60 000 AQSh dollari miqdorida grant bilan ham qo‘llab-quvvatlandi.
Universitet jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatlarida ulkan omad va zafarlar tilab qolamiz!
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
Yoki quyidagi maxsus botlarga /start tugmasini bosgan holda bilib olishlari mumkin:
@bmb_natijabot
@bmb_natija1bot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bakalavr kirish imtihonida to‘plagan bali bilan tibbiyot texnikumlarini tanlash 28-avgustga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi
Joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga abituriyentlarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🔹Tibbiyot texnikumlariga qabul
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (tibbiyot texnikumlari)ning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkaziladi.
Bunda my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, tibbiyot texnikumlariga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.
Qabul quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
➡️Biologiya + kimyo yoki kimyo + biologiya asosiy fan blokini tanlagan abituriyentlar — jami to‘plagan ballar bo‘yicha.
➡️Asosiy fanlar blokida biologiya yoki kimyo bo‘lmagan abituriyentlar — majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida mutaxassisliklarni tanlashi mumkin.
Tibbiyot texnikumlarini tanlash my.uzbmb.uz saytida 28-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
🔸Boshqa texnikumlarga qabul
Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Saralash imtihonlari kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun yozma imtihon shaklida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar sanasi e'lon qilindi
❗️Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
📌Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
🗓 Talabgorlar sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 20-avgustdan boshlab, dekabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
✔️ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Bog‘cha tashkil qilaman deganlarga imtiyozli kredit va tekinga yer beriladi
Endilikda bog‘cha qamrovi 70-80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi
Avvalo, bu tumanlardagi bog‘cha va maktablarni bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi.
Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30-yil davomida undirilmaydi, ularga davlat bog‘chasida har bir bolaga ko‘zda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi.
Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bog‘cha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha to‘lab beriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
00:49
Video unavailableShow in Telegram
❗️1-kurslar uchun talabalar turar joyiga ariza berish boshlandi
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
1.98 MB
⚡️ Maktab psixologlari malakasi oshirilmoqda
Ayni paytda poytaxtimizdagi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida umumiy oʻrta taʼlim maktablari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda.
Ikki kun davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga mamlakatimizning turli hududlaridan 220 nafar yetakchi trener-psixologlar jalb etilgan.
O‘quv seminarining birinchi kunida ishtirokchilarga quyidagi mavzularda atroflicha ma’lumotlar berilmoqda:
➖ Psixologik xizmat koʻrsatishning normativ hujjatlari bilan ishlash;
➖ Diagnostika va uning turlari. “Raqamli resurslari va xizmatlari” portalida ishlash;
➖ Maktab psixologi faoliyatiga oid diagnostik instrumentlar;
➖ Deviantologiya asoslari.
Tadbir doirasida pedagoglar uchun ertak terapiyasi, redjio pedagogika va art terapiya bo‘yicha ko‘rgazmali xonalar tashkil etildi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
