en
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

Open in Telegram
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
56 112
Subscribers
No data24 hours
+2227 days
+1 35330 days
Posts Archive
#Bilasizmi Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz? Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi. 🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari miqdorida yig‘im undiriladi 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni. ⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot |
Show all...
👍 13 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
🚗💥 Transport ishlab chiqaruvchilari uchun yangi xizmat!
⚡️ Transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yurdik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini (VIN kod) shakllantirish uchun davlat xizmati joriy qilinadi! 📑 Arizalar: ✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali; ✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. 💰 VIN kod olishda WMI kodini shakllantirish va taqdim etish xizmatlari uchun BHMning 30 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 127-son qarori Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot |
Show all...
👍 17 4🔥 3
Repost from TgId: 1447170635
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Bugun Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari marakazida “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish” loyihasiga rasman start berildi. Tadbirda, Adliya vaziri A.Tashkulov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlik bo‘limi rahbari janob Vim Riyempa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fuji xonim, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, milliy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Shu o‘rinda, Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda amalga oshirilgan 2019-2024-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining birinchi fazasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Taʼkidlash joizki, o‘tgan 5 yil davomida loyiha doirasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, FHDYning dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi, xizmatlarni real vaqt rejimida monitoring qilish bo‘yicha Situatsion markaz ishga tushirildi, pilot hududlarda xodimlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qancha treninglar o‘tkazildi. Ayniqsa davlat xizmatlari markazlarida inklyuziv muhit yaratilganligi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni taʼminlashda, ularga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Nukus shahrida tashkil qilingan Davlat xizmatlari markazi bugungi kunga kelib 50 mingdan ortiq aholiga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatmoqda.
Bugun start berilgan loyihada inklyuziv va foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, raqamlashtirish orqali ilg‘or texnologiyalar va amaliyotlarni integratsiyalash kabi maqsadlar qo’yildi. Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish orqali xizmatlarni avtomat shaklga o‘tkazish, proaktiv xizmatlarni kengaytirish, sunʼiy intellektni joriy qilish hamda aholining o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirish kutilmoqda. 📌 Kanalga ulanish
Show all...
IMG_3196.MOV7.84 MB
👍 57 6🔥 6
01:15
Video unavailableShow in Telegram
Siz ham oʻzingiz sevgan kitobni ulashing. Balki, u kimningdir hayotida yangi sahifalarni ochar. Siz ham oʻqing, oʻrgating, ulashing! Telegram | Facebook | Bot
Show all...
IMG_3188.MP414.58 MB
👍 17 10🔥 1
01:03
Video unavailableShow in Telegram
#Xalqaro_yuridik_forum Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi. 2025-yil 29-30-may
Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar
www.tashkentlawspring.uz rasmiy veb-saytida hozirоq roʻyxatdan oʻting. 📌 Kanalga ulanish
Show all...
IMG_3178.MP412.07 MB
👍 11 5
Photo unavailableShow in Telegram
Хabar berganimizdek, madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish xizmati ishga tushdi! 📲 Endilikda ushbu xizmatdan “Litsenziya” axborot tizimi orqali foydalanishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 13 2🔥 1
Faoliyatimizni qanday baholaysizAnonymous voting
  • A'lo 👍🏻
  • Yaxshi👌🏻
  • Qoniqarli🙁
  • Qoniqarsiz👎🏻
0 votes
6
Kuniga nechta post joylashtirishimizni xohlaysizAnonymous voting
  • 1-2 ta
  • 3-4 ta
  • 5-6 ta
  • 6 tadan ko'p
0 votes
👍 12
Kanalni nima maqsadda kuzatasiz?Anonymous voting
  • Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchilikdan xabardor bo'lish maqsadida
  • Adliya organlari tomonidan o'tkazilayotgan tadbirlardan xabardor bo'lish maqsadida
  • Yangi xizmatlar joriy etilganidan xabardor bo'lish maqsadida
  • Davlat xizmatlari markazlari bilan bog'liq e'lonlardan xabardor bo'lish maqsadida
0 votes
👍 4 1
Huquqiy ma'lumotlarni qaysi vaqtda olish Sizga ma'qulAnonymous voting
  • Soat 09:00 dan 18:00 gacha
  • Soat 09:00 dan 13:00 gacha
  • Soat 14:00 dan 18:00 gacha
  • Soat 18:00 dan keyin
0 votes
👍 7
Huquqiy ma’lumotlarni qanday ko‘rinishda olishni xohlaysiz?Anonymous voting
  • matn shaklida
  • Infografika shaklida
  • Video shaklida
  • Audio shaklida
0 votes
👍 6 1
Hurmatli kanalimiz obunachilari Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz. 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 15🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlari markazlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish.
✅Davlat xizmatlari markazlarining har bir xodimi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug'vor g'oyani so'zsiz amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 🔹Shu sababli, davlat xizmatlarini ko'rsatish – ular uchun nafaqat kasb, balki sharaf hamdir. 🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 38 9🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
✅Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 18 5🔥 1
#Adliya_xabari Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani davlat xizmatlari markazining Qorasuv filiali yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida, O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov va Qo'rg'ontepa tuman hokimi ishtirok etdilar.  Adliya vaziri mazkur marosimda nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida M.Normatovning tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi muddati o'tkazilib qayd etilgan holda  fuqaroga shaxsan vazir  tomonidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 26🔥 3 2
#Adliya_xabari Anqara shahrida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova va Turkiya davlatlari Adliya vazirliklarining mas’ul vakillari ishtirok etib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan imkoniyatlar muhokama qilinmoqda. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakilining taqdimoti o'tkazilib, sohadagi raqamlashtirish hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar borasida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xorijiy tomon vakillari tanishtirildi. Sohani yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida 10 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan Adliya vazirliklari va FHDY organlari vakillari o‘zaro ish tajribalarini almashishmoqda. Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 12 10🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Kompozit xizmatlar doirasi kengaymoqda!
📢 Endilikda hunarmandlar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish bilan bir vaqtda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga ham a’zo bo'lishlari mumkin. 🛠 Bitta ariza bilan ikkita davlat xizmatidan foydalaning: 🔹 YTT sifatida ro‘yxatdan o‘ting; 🔹 “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo'ling. 📌 Eslatma: 2023-yildan boshlab, “Hunarmand” uyushmasiga a’zolikni ham ayni tartibda kompozit tarzda amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan edi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 18 5🔥 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
#Adliya_davlat_xizmatlari 📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz? Batafsil videorolikda.... 📌 Kanalga ulanish
Show all...
IMG_0794.MP45.88 MB
👍 8 3🔥 2
01:09
Video unavailableShow in Telegram
#International_Legal_Forum
The Age of Digital Technologies: A Legal Perspective on the Future
May 29-30, 2025 IV International Legal Forum “Tashkent Law Spring” This opportunity comes only once in 2 years. Do not miss it. BECOME PART OF THE FUTURE OF LAW! Register now on the official website: Telegram | Facebook | Bot
Show all...
IMG_3039.MP45.84 MB
👍 13 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangi_xizmat
📌 Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladi.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgorlar - arxiv xodimi, arxivlarda fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida ishlovchilar yoki tashkilotlarning arxiv ishiga mas'ul shaxslari Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar. 🏛 Vakolatli organ: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "O'zarxiv" agentligi. 💰 Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari. 📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi. ⏳ Guvohnoma 3 yil muddatga amal qiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 208-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 23 3🔥 1