en
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

Open in Telegram
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
56 112
Subscribers
No data24 hours
+2227 days
+1 35330 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
#tez_kunda
📢 Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qo'yiladi.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (e-ngo.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 🏢 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari. 📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni. 💰 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. 📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-fevraldagi 72-son qarori. 🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 22 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 📄Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv ma’lumotnomalarini berish tartibidan xabardormisiz? 👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar. 🏛Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar. 💰Xizmat uchun undiriladigan yig‘im miqdori: 🔹notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida; 🔹notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida; 🔹arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — BHMning 2 foizi miqdorida; 🔹arxiv ma’lumotnomalari berish uchun — BHMning 1 foizi miqdorida. ⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1-5 ish kuni. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 42 4🔥 1
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Munisipial, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat uylarini foydalanishga berish tartibi 📌 Kanalga ulanish
Show all...
IMG_2851.MP45.17 MB
👍 11 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz? 👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar. 🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi. 💰Xizmat bepul korsatiladi. ⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori. 📌 Kanalga ulanish Telegram | Facebook | Bot
Show all...
👍 23 3🔥 1
Adliya vazirligining ishchi guruhi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi tumanlarda bo'lib FHDY bo'limlari faoliyati bilan tanishdi. Adliya vazirligi mas'ul boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan FHDY bo'limlarida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarga xizmat ko'rsatish jarayonida joriy qilingan qulayliklar, bo'limda mavjud arxivlar, ularda hujjatlarni saqlash holati hamda sohada mavjud boshqa muammo va kamchiliklar o'rganildi. Bunda FHDY bo'limlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan har bir xizmat bosqichma-bosqich kuzatilib, jarayonlarni soddalashtirish hamda raqamlashtirish yuzasidan xodimlarning taklif va mulohazalari eshitildi. Shunigdek, vazirlik xodimlari tomonidan fuqarolarni uzoq muddatdan buyon qiynab kelayotgan muammolar o'rganilib, joyida hal qilish choralari ko'rildi. Kelgusida FHDY bo'limlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish bo'yicha fuqarolarning takliflari tinglandi. Yakunda bugungi kunda sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan fikr almashilib, sifatli va tezkor xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Show all...
👍 42 4🔥 2
#Bilasizmi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida amalga oshiriladigan ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha xulosa berish Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. 👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: Jismoniy va yuridik shaxslar. 🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi. 💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 baravari. Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: ▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish uchun — loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi; ▫️moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari; mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari; ▫️alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari; jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari. 🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 30 ish kuni. ⏳Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori. 📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Show all...
👍 20🔥 3 2
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar! 2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar: 🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash; 🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish; 🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish; 🔹 Xizmat sifatini baholash; 🔹 Ariza natijalarini yuklab olish; 🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. ✅ Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi: - Fuqarolar vaqtini tejaydi; - Navbatlar sezilarli darajada kamayadi; - Xizmat sifati oshadi; - Ortiqcha xarajatlar qisqaradi. Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz! 📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Show all...
👍 17 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi? 👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar. 🏢Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi 💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. 💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari. ⏰Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida. ⏳Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. | 📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Show all...
👍 8🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
#muddatlar
🪪 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi qancha muddatga beriladi?
📆 Fuqarolarga ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi: 🔹 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga — 2 yil muddatga; 🔹 1 yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga; 🔹 16 yoshdan — 10 yil muddatga.
Bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar ID-karta ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra beriladi.
Eslatma: fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoni. 🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! 📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Show all...
👍 18 1🔥 1
Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko‘rsatilishi belgilandi. Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish ta'minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi. Ma'lumot uchun: proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan xizmatlar. Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi vakolatli organlarning mas'ul xodimlariga davra suhbati o‘tkazilib, unda proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatish tartibi va muddatlari hamda ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 70 5🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
📢 DIQQAT! MUHIM E’LON 📌 21-23 mart kunlari Soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining axborot tizimlarida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. ⚠️ Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 21 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🏬Bo‘sh turgan davlat obyektlari to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkinligidan xabardormisiz? 👫Davlat xizmatidan foydalanish uchun Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar. 🏛Vakolatli organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi. 💰Xizmat bepul korsatiladi. ⏰Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: real vaqt rejimida Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 12 2
#adliya_xabari_qashqadaryo Kitob ulashing ziyo ko'pyadi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ziyo ulash loyihasiga start berildi. Unda adliya tizimida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar, xususan, adliya bo'limlari, Markazlar, FHDY bo'limlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, "Madad" byurolari xodimlari, shuningdek ushbu tashkilotlarga kelgan aholi tomonidan Markazlarga ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etiladi. Ushbu loyihaga viloyat qo'g'irchoq teatri jamoasi ham o'z hissasini qo'shib, badiiy adabiyotlar taqdim etishdi. Siz ham ziyo ulashishda o'z hissangizni qo'shing! 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 18 6
✅ Хabar berganimizdek, Biologik va kimyoviy mahsulotlar uchun ruxsatnoma olish xizmati ishga tushdi! 📲 Endilikda bu xizmatdan foydalanishingiz mumkin! 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 5
📃Transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish 🔹Xizmat nomi: Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish 👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxslar 🏢Vakolatli organ(lar): O‘zbekiston texnik jihatidan tartibga solish agentligi 🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: Talab etilmaydi 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 30 baravari 📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 6 ish kuni. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 127-son qarori 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 13 1
#Bilasizmi 💍 Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi? ✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar. 🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi. 💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. ❗️Eslatma: har bir faoliyat yuritish turi va manziliga (filialiga) alohida xabarnoma yuboriladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 10🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#muddatlar
💼 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlarini bilasizmi?
⏳ Qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlari amalga oshirilgan o'zgartirishlarga bog'liqdir: 🚶‍♂️‍➡️ yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari tarkibidagi o‘zgarishlar — 10 kun; 🏘 YTT faoliyatini amalga oshirish joyining o‘zgarishi — 10 kun; 🔷 oilaviy tadbirkorlik subyekti faoliyati turidagi o‘zgarishlar — 30 kun; 🧾 YTT ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi, shu jumladan faoliyat turidagi, yo‘nalishidagi o‘zgarishlar — 30 kun mobaynida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim. 🌐 YTTni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali onlayn murojaat qilishingiz mumkin. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori. 🌟 Bizni kuzatishda davom eting! 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 16 1🔥 1
#Bilasizmi 🐈 Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi? ✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik va jismoniy shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar. 🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari. 💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Show all...
👍 14 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi Prezidentning tegishli qarori bilan Nuʼmon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Nuʼmon Muxammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. Mehnat faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi boʻlgan. 2009–2013-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2016–2023-yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. Tayinlovga qadar (2023-yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 56🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#qulaylik
🎊 Nikohdan o'tish davlat xizmatlari orqali yanada oson!
👉 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'ting va nikohni qayd etish uchun FHDY organiga ariza yuborish xizmatidan foydalaning. 🧑‍💻 O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kiriting hamda arizani davom ettirish uchun invoys raqamini arizaning boshqa ishtirokchisiga taqdim eting. 👩‍💻 Ikkinchi taraf arizani tasdiqlagan holda invoys raqamini kiritib, xizmatdan foydalanishda davom etadi. 🏛 Keyingi bosqichlarda ariza beruvchilar uchun qulay bo'lgan FHDY bo'limi, nikoh marosimi qanday tartibda o'tkazilishi tanlanadi. ✅ Tegishli ma'lumotlar to'ldirilgandan so'ng ariza FHDY bo'limiga yuboriladi. ⏰ Bir ish kuni ichida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'llanma olishingiz, bir oydan so'ng esa nikohni qayd etish uchun FHDY bo'limiga borishingiz mumkin. 🎉 To'ylar muborak bo'lsin! 📌 Kanalga ulanish
Show all...
👍 15 7🔥 2