Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Open in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov
Show more2025 year in numbers

136 933
Subscribers
+1 70324 hours
+1 0567 days
+1 37130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '25
December '25
+3 343
in 53 channels
November '25
+5 194
in 53 channels
Get PRO
October '25
+1 520
in 31 channels
Get PRO
September '25
+4 302
in 74 channels
Get PRO
August '25
+3 111
in 45 channels
Get PRO
July '25
+2 624
in 109 channels
Get PRO
June '25
+9 490
in 98 channels
Get PRO
May '250
in 76 channels
Get PRO
April '25
+3 744
in 54 channels
Get PRO
March '250
in 37 channels
Get PRO
February '250
in 53 channels
Get PRO
January '25
+2 135
in 53 channels
Get PRO
December '24
+4 608
in 66 channels
Get PRO
November '24
+5 007
in 59 channels
Get PRO
October '24
+2 022
in 32 channels
Get PRO
September '24
+4 164
in 68 channels
Get PRO
August '24
+2 611
in 54 channels
Get PRO
July '24
+4 750
in 56 channels
Get PRO
June '24
+3 575
in 110 channels
Get PRO
May '24
+900
in 42 channels
Get PRO
April '24
+1 180
in 67 channels
Get PRO
March '24
+2 013
in 69 channels
Get PRO
February '24
+8 331
in 117 channels
Get PRO
January '24
+7 215
in 59 channels
Get PRO
December '23
+3 798
in 63 channels
Get PRO
November '23
+2 304
in 88 channels
Get PRO
October '23
+1 876
in 97 channels
Get PRO
September '23
+2 306
in 101 channels
Get PRO
August '23
+8 609
in 86 channels
Get PRO
July '230
in 67 channels
Get PRO
June '23
+6
in 13 channels
Get PRO
May '23
+2 114
in 28 channels
Get PRO
April '23
+3 362
in 0 channels
Get PRO
March '23
+1 578
in 0 channels
Get PRO
February '23
+6 572
in 0 channels
Get PRO
January '230
in 0 channels
Get PRO
December '220
in 0 channels
Get PRO
November '220
in 0 channels
Get PRO
October '22
+147
in 0 channels
Get PRO
September '22
+4 423
in 0 channels
Get PRO
August '22
+5 297
in 0 channels
Get PRO
July '22
+6 884
in 0 channels
Get PRO
June '22
+10 703
in 0 channels
Get PRO
May '22
+3 172
in 0 channels
Get PRO
April '22
+8 480
in 0 channels
Get PRO
March '22
+5 095
in 0 channels
Get PRO
February '22
+5 208
in 0 channels
Get PRO
January '22
+36 836
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 27 December | +124 | |||
| 26 December | +1 703 | |||
| 25 December | 0 | |||
| 24 December | 0 | |||
| 23 December | 0 | |||
| 22 December | 0 | |||
| 21 December | 0 | |||
| 20 December | 0 | |||
| 19 December | +4 | |||
| 18 December | +6 | |||
| 17 December | +71 | |||
| 16 December | +323 | |||
| 15 December | 0 | |||
| 14 December | 0 | |||
| 13 December | 0 | |||
| 12 December | 0 | |||
| 11 December | 0 | |||
| 10 December | +150 | |||
| 09 December | 0 | |||
| 08 December | 0 | |||
| 07 December | 0 | |||
| 06 December | 0 | |||
| 05 December | +27 | |||
| 04 December | +566 | |||
| 03 December | +4 | |||
| 02 December | +365 | |||
| 01 December | 0 |
Channel Posts
00:12
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mavzusi tahlil qilinadi.
Ko‘rsatuvni bugun, 27-dekabr kuni soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 28-dekabr kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Facebook|Instagram|X
18 786410
| 2 | Prezident Murojaatnomasining leksik tahlili: eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar, asosiy mavzularning ulushi va tarkibi
Facebook|Instagram|X | 116 892 |
| 3 | 2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili bo‘ladi
Facebook|Instagram|X | 448 599 |
| 4 | “Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman.
Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda.
Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!
Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman!
Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini o‘ylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bo‘lib, o‘zini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman”,
– dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida.
Facebook|Instagram|X | 321 437 |
| 5 | “Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Parlament vakillarini ham bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqiraman”,
– dedi Prezidentimiz.
Kelgusi yilda ma’naviyat sohasi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi.
Jumladan, barcha yutuq va g‘alabalarimizning poydevori bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X | 205 733 |
| 6 | Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.
“Bunday ulug‘vor vazifalar bizdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishni talab etadi. Buning uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 120 498 |
| 7 | Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O‘mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan keyin ham e’tibor markazida bo‘ladi.
Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.
Prezidentimiz bugungi anjumanda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilariga O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirib, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimizni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mamlakatlarining hukumatlariga alohida tashakkur bildirdi.
Facebook|Instagram|X | 125 005 |
| 8 | Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi.
Yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Bu jarayonda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi.
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Facebook|Instagram|X | 105 649 |
| 9 | Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.
Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 169 357 |
| 10 | “Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelgan.
Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bo‘lgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi!
Hech qachon unutmaylik, oilaviy zo‘ravonlik bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni o‘z muammosi bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q!”,
– dedi Prezidentimiz.
Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi.
Prezidentimiz parlament, fuqarolik jamiyati institutlarini ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Facebook|Instagram|X | 122 965 |
| 11 | Tinchlik hukm surgan, qonun ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan joyga investitsiya ham keladi, bu yerda turizm ham rivojlanadi.
Lekin so‘nggi paytlarda o‘zini qonundan ustun qo‘ygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olishga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, o‘zini “qozi” deb hisoblab, odamlar o‘rtasidagi oldi-berdi masalalarni hal qilib yurgan ayrim jinoiy to‘dalar ham kuzatilayotgani qayd etildi.
Eng achinarlisi, “oson pul topaman” degan ilinjda bilagida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yana bir yomon jihati – O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim chet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz!
O‘zbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 112 424 |
| 12 | “Ko‘ryapsizlar, shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda giyohvandlik xavfi aholi genofondi uchun eng katta tahdidga aylanib bormoqda. Afsuski, bugungi globallashuv davrida bunday xavf-xatar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayapti”,
– dedi Prezidentimiz.
Narkotik savdosi transchegaraviy va virtual xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Bu esa jinoyatlarni aniqlashda yangi usullarni qo‘llashni, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashni talab qilmoqda.
Yaqinda ushbu masala bo‘yicha Milliy dastur qabul qilindi. Endi narkojinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.
“Yurtimizdagi har bir bola, har bir yosh – bizning farzandimiz, ularni giyohvandlik changaliga tashlab qo‘yishga aslo yo‘l qo‘ymaymiz!
Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yo‘qotish, yoshlarimizda kuchli ma’naviy-ruhiy immunitetni shakllantirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz!
Bu – Prezidentning topshirig‘i! Bu – ota-onalarning xohish-istagi! Bu – jamiyatning talabi!”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 154 513 |
| 13 | Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta’kidlandi.
Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “Xalq vakillari hay’ati” instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bunda o‘ta og‘ir va jamiyatda shov-shuvga sabab bo‘layotgan jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilishi sud hukmining yanada adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Sud qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlamay turib, fuqaro va tadbirkorlar huquqining ishonchli tiklanishiga erishib bo‘lmaydi. Shu bois, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 99 250 |
| 14 | Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
Odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etish boshlandi. Endi tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasi kuchaytiriladi.
Bunda jinoyat haqidagi arizani qabul qilishdan boshlab, ishni sudga o‘tkazishgacha bo‘lgan bosqichlarga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi.
Yurtimizda tergov sudyalari ish boshlagani xalqaro tan olingan “Xabeas korpus” institutini qo‘llashning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi. 2026-yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari ham beriladi.
Facebook|Instagram|X | 103 117 |
| 15 | Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini ta’kidladi.
Shu bois, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi.
Ushbu institutlarga ijtimoiy buyurtma berish tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi 2 karra oshiriladi.
Bundan tashqari, xayriya tashkilotlarini tuzish tartibi soddalashtiriladi, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari takomillashtiriladi.
“Takror aytaman, yurtimizdagi keng ko‘lamli yangilanishlar davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 92 462 |
| 16 | Bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos bo‘lgan barcha nazorat vakolatlariga ega.
Xususan, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlamentimiz belgilab kelmoqda.
Prezidentimiz endi davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma’qullashni ham Parlament vakolatiga o‘tkazishni taklif qildi.
Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va shaharda ham yo‘lga qo‘yiladi.
“Ayni paytda ushbu jiddiy siyosiy islohot hokimlar va ijro idoralaridan Kengashlarga munosabatni mutlaqo o‘zgartirishni talab qiladi. Bundan buyon deputat so‘rovlari ijrosi har chorakda tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 97 685 |
| 17 | Oltinchi ustuvor yo‘nalish – zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi.
Avvalo, 2026-yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi.
Endi barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari, 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari, 240 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimi, 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.
Platformaga kelib tushgan murojaatlar, ularni ijrochilarga taqsimlash va ko‘rib chiqish muddatini nazorat qilish sun’iy intellekt orqali amalga oshiriladi.
“Eng muhimi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma shaklda ko‘rsatish tizimini rivojlantiramiz”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 125 023 |
