"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Open in Telegram
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Show more2025 year in numbers

100 755
Subscribers
-8624 hours
-3647 days
+60930 days
Posts Archive
📌📌📌📌📌📌
URGUT TUMANIDA TUNGI NAZORAT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Urgut tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish, yo‘qotishlarni kamaytirish va elektr energiyasidan samarali foydalanishga qaratilgan tungi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tuman elektr ta’minoti hamda “Energosavdo” bo‘limi tomonidan elektr energiyasidan foydalanish tartibiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan nazorat tadbirlari davomida iste’molchilarning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi.
Ushbu holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Shu bilan birga, yoritish vositalaridan samarasiz foydalanish, ortiqcha sarf masalalari o‘rganilib, tejamkorlik bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Mas’ullar tomonidan iste’molchilarga elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda undan qonuniy va oqilona foydalanish bo‘yicha eslatmalar berildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
30:44
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
HURMATLI DAVLAT XIZMATCHILARI, NAVBATDAGI O'QUV DASTURINI E'TIBORINGIZGA XAVOLA QILAMIZ!
Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
IMG_0907.MP4161.77 MB
00:54
Video unavailableShow in Telegram
#24_soatlik_navbatchilik
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning barcha hududiy filial va korxonalari tarkibidagi tuman hamda shahar elektr ta'minot bo‘limlari xodimlari iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib bormoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 392 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 60 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
9.47 MB
Xodimlarga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi
Xodimlarning muntazam ravishda tajriba almashishlarini ta’minlash, ularning malaka oshirishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida, 2025-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tizimli ishlar qilinmoqda.
Xususan, "Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filiali tomonidan joriy yilning noyabr oyi mobaynida Jamiyat tarkibiy korxona va filiallarining Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati muhandislar hamda "Hududiy qurilish-montaj" direksiyasi rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.
Tinglovchilar yoqilg‘i energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini ko‘rish hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish mavzusida tashkil etilgan o‘quv dasturlarida tinglovchilar nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘liq tarzda o‘tkazdilar.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
“ILG'OR” MFYDA MAVSUMGA HOZIRLIK ISHLARI JADDALLIK DAVOM ETMOQDA
Shayxontohur tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Ilg'or” MFY hududidagi aholi xonadonlarini elektr taʼminotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi mavjud transformator punktlari oralig`idagi 6 kV bo`lgan yangi yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
00:48
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
NAMANGANDA TUNGGI REYD TADBIRLARIDA NOQONUNIY ULANISHLARGA CHEK QO‘YILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududlarda elektr energiyasi yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida “HET BILLING” dasturi orqali iste’molchilar faoliyati doimiy tahlil qilinib, shubhali iste’molchilar aniqlanib joylarda elektrdan foydalanish tartibi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan olib borilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida noqonuniy ulanish holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda elektron dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Shu bilan bir qatorda, besamar yoritish chiroqlaridan foydalanish, yirik isteʼmolchilarda ortiqcha sarf va tejamkorlik masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
IMG_0905.MOV17.09 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
01:29
Video unavailableShow in Telegram
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning barcha hududiy filial va korxonalari tarkibidagi tuman hamda shahar elektr ta'minot bo‘limlari xodimlari iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib bormoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 140 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 31 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
45.20 MB
ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANIB, BELGILANGAN TARTIBDA CHORALAR KO‘RILMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan hududlarda elektr energiyasidan qonuniy foydalanishni ta’minlash, yo‘qotishlarni kamaytirish va noqonuniy ulanishlarning oldini olish maqsadida doimiy reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.
O‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida bir qator qoidabuzarliklar aniqlanib, ular bo‘yicha amaldagi tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Xususan, Andijon viloyati Baliqchi tumanida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Markaz” MFY da joylashgan YATT “A.H” ga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan shartnomasiz, noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Mazkur qoidabuzarlik oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 260 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Andijon shahri, Bobur shox ko‘chasi, 36-uy “Gumbaz parhez taomlari” MChJga o‘rnatilgan elektr hisoblagich ko‘zdan kechirilganda, hisoblagichga ulangan tok transformatorining "B" fazasi kuchlanish zanjiri uzilgani aniqlanib, holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Yana bir noqonuniy holat Andijon tumani, Sanoat MFY Fuqaro N.A ga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan shartnomasiz foydalanish holati qayd etildi. Noqonuniy ulanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 362 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Yuqorida o‘tkazilgan reydlar natijasida 3 ta holatda jami 646 million so‘m hajmdagi noqonuniy yo‘qotilgan elektr energiyasi aniqlanib, natijada Andijon viloyatida 646 ming kVt.soatga yo‘qotishlar kamaytirildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BAG‘ISHLANGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati mutasaddilari, viloyat prokuraturasi mas’ullari hamda filial ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar, korrupsiyaning oldini olishda tizimli yondashuv, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar atroflicha yoritildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda maishiy korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik xususida amaliy tavsiyalar berildi.
Shu bilan bir qatorda qish masumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida zarur choralarni amalga oshirish bо‘yicha zarur kо‘rsatmalar berildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Repost from TgId: 1399769944

01:46
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavsumni betalofat о‘tkazish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
Bu borada Ohangaron shahrida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida tanishish mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Ohangaron sh 24 kanalida.mp466.13 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ESG reytingiga ega kompaniya sifatida eʼtirof etildi
Jahonda nufuzli hisoblangan Sustainable Fitch (London) xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv sohasida e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun: Sustainable Fitch – dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings’ning ixtisoslashgan bo‘limi bo‘lib, kompaniyalarni asosiy uchta yo‘nalish bo‘yicha baholaydi:
• Ekologiya (E) – karbonat angidrid gazlarini samarali boshqarish, energiyadan oqilona foydalanish va barqaror resurslardan foydalanish amaliyotlari;
• Ijtimoiy sohasi (S) – xodimlar huquqlarini himoya qilish va inson kapitalini rivojlantirish;
• Boshqaruv (G) – ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobdorlik hamda samarali menejmentni yo‘lga qo‘yish.
Mazkur reyting Jamiyatga xalqaro investorlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlash, “yashil” va barqaror moliyaviy vositalardan foydalanish imkonini yaratadi.
Batafsil
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
02:55
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
ISITISH MAVSUMIDA EHTIYOJMAND OILALARGA 1 MILLION SO’MDAN BIR MARTALIK YORDAM BERILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi.
Mazkur tashabbus orqali davlatimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, isitish mavsumi oldidan ularga yengillik yaratish maqsad qilingan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
3.mp431.03 MB
01:28
Video unavailableShow in Telegram
#24_soatlik_navbatchilik
Samarqand viloyatida iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida energetika tizimida 24 soatlik navbatchilik tartibi yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur choralar elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Hozirda viloyat bo‘yicha 603 nafar malakali muhandis-texnik xodimlardan tashkil topgan 95 ta avariya brigadasi faoliyat yuritmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
46.86 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
U bunga qadar Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi edi.
Ulugʼbek Mustafoev bir necha yil davomida «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
HURMATLI FUQAROLAR! OGOH BO‘LING — TELEGRAMDA FIRIBGARLIKNING YANGI TURI TARQALMOQDA
UZCERT xizmati tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, so‘nggi kunlarda Telegram orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari sezilarli darajada oshgani aniqlandi. Firibgarlar turli usullar orqali foydalanuvchilarni chalg‘itib, ularning Telegram profiliga kirish va barcha ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga harakat qilishmoqda.
Firibgarlik qanday amalga oshiriladi?
Firibgarlar odatda reklama, aksiya yoki qiziqarli ko‘rinadigan xabarlarga havola (link) qo‘shib yuborishadi. Foydalanuvchi ushbu havolani bosishi bilan Telegram profilidan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi va u bu jarayondan shubhalanmaydi. Foydalanuvchi qayta kirishga uringanida esa profil allaqachon firibgarlar tomonidan egallangan bo‘ladi. Telegram hisobini qo‘lga kiritgan firibgarlar yozishmalarni o‘qishi, kontaktlarni ko‘chirib olishi, guruhlarga kirishi hamda profilni yangi qurbonlarni aldash uchun ishlatishi mumkin. Natijada bu holat jiddiy xavfsizlik muammolariga olib keladi.
Kimlar ko‘proq nishonga olinmoqda?
Firibgarlar uchun eng jozibali nishonlar — davlat tashkilotlari va xususiy korxona xodimlari hamda moliyaviy yoki boshqaruv lavozimidagi shaxslar bo‘lib, ular orqali firibgarlar tizim ma’lumotlariga kirish, yangi qurbonlarni topish va keng kontaktlar tarmog‘idan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Telegram foydalanuvchilari uchun eng muhim 5 ta xavfsizlik tavsiyalar:
— Ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqing, bu sizning akkauntingizni parol o‘g‘irlansa ham himoya qiladi.
— Shubhali havolalar va fayllarni ochmang, firibgarlar eng ko‘p shu usul orqali hisobingizga kirishga urinadi.
— Noma’lum kontaktlarga shaxsiy ma’lumot bermang, ular ishonchga kirib sizni aldashi mumkin.
— Maxfiylik sozlamalarida “Telefon raqamini kim ko‘ra oladi” va “Profil fotosi kimga ko‘rinadi” bo‘limlarini cheklang, bu sizni nishonga olish xavfini kamaytiradi.
— Botlarga ruxsat berishda ehtiyot bo‘ling, chunki zararli botlar sizning ma’lumotlaringizni yig‘ishi yoki akkauntingizni boshqarishga urinishi mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
03:30
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
ELEKTRDA UZILISHLARNING OLDI OLINYAPTI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, qish mavsumini betalofat о‘tkazish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
Hududda olib borilayotgan ishlar tahlili “Sevimli” telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
14.25 MB
Show all...