en
Feedback
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Open in Telegram
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
152 281
Subscribers
-42424 hours
-3 1237 days
-10 42030 days
Posts Archive
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika obyektlarini ishga tushirish va yangi loyihalar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
19🔥 3👍 2
03:48
Video unavailableShow in Telegram
Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli Yangi O‘zbekiston energetikasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Show all...
119.42 MB
12
🗣Специалисты Российского государственного педагогического университета имени А.И. Герцена провели мастер-класс для учителей русского языка   💬Мастер-класс: “Живой русский: карточки как инструмент реальной коммуникации” состоялся в Национальном институте педагогического мастерства имени А.Авлони, в котором приняли участие более 60 учителей русского языка, а также преподаватели школ из регионов, присоединившиеся онлайн.   ✅На мероприятии с приветственной речью выступили руководитель отдела Министерства дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан Анвар Бахрамов, исполнительный директор Ташкентского филиала Российского государственного педагогического университета имени А.И.Герцена Улугбек Ташкенбаев и ректор Национального института педагогического мастерства имени А.Авлони Абдували Исмаилов.   💬Они подчеркнули о значимости проводимой работы с педагогами по повышению эффективности преподавания русского языка, в частности, работу, проводимую в рамках проекта “Зўр” (Класс).   💬Мастер-класс провели специалисты Российского государственного педагогического университета имени А.И. Герцена Иванова Мария Львовна и Афанасьева Евгения Валентиновна.   ⏺В ходе занятий были представлены современные методы обучения, передовой опыт по активизации устной речи учащихся и формированию реальной коммуникации.   💬Шесть активных учителей, добившихся значительных успехов в преподавании русского языка, были награждены дипломами. 🟡В завершениимероприятия всем участникам были вручены сертификаты.   📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
39👍 8🔥 6🎉 1
Rossiyalik mutaxassislar tomonidan rus tili fani o'qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi 💬A.Avloniy nomidagi institutda “Живой русский: карточки как инструмент реальной коммуникации” mavzusida tashkil etilgan mahorat darsida 60 nafardan ortiq rus tili fani o‘qituvchilari, shuningdek, hududlardagi maktablar o‘qituvchilari onlayn tarzda ishtirok etdilar. ⏺Tadbirda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Anvar Baxramov, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Ulug‘bek Tashkenbayev va institut rektori Abduvali Ismailovlar nutq so‘zlab, rus tilini o‘qitish samaradorligini oshirish, xususan, “Zo‘r” (Klass) loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. 💬Mahorat darsi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari Mariya Ivanova va Yevgeniya Afanasevalar tomonidan olib borildi. 💬Mashg‘ulotlarda o‘qitishning zamonaviy usullari, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini faollashtirish va haqiqiy kommunikatsiyani shakllantirish bo‘yicha ilg'or tajribalar yetkazildi. Rus tilini o‘qitishda samarali yutuqlarga erishayotgan 6 nafar faol o‘qituvchilar diplom bilan taqdirlandilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
43👍 8🔥 3🤩 1
A.Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO xalqaro tashkiloti hamkorligida Ishonch fondi tomonidan moliyalashtirilgan AKT va sun’iy intellekt bo‘yicha pedagoglarni malakasini oshirishga qaratilgan master-trenerlar uchun o‘quv seminarlariga start berildi. 💬Mazkur dasturda Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi pedagogik mahorat markazlaridan 20 nafar master trenerlar ishtirok etmoqda. ✅Treningda ishtirokchilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning innovatsion pedagogik yondashuvlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. 💬Treningning birinchi bosqichi  1–5-dekabr kunlari davom etadi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
37👍 13🔥 7🤩 3
💬Institut rektori Abduvali Ismailov Fransiyaga xizmat safari davomida Nitsa shahrida tashkil etilgan madaniy tadbirda ma'ruza bilan ishtirok etdi. 💬Rektor o'z nutqida O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kasbining nufuzi va maqomiga qaratilayotgan eʼtibor, taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan, fransuz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishda olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. ✅Shuningdek, tadbir doirasida Institut va Fransiyaning Frankofoniya markazi o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
27🔥 17👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot va xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.
Show all...
26🎉 1
Repost from TgId: 3167553228
01:29
Video unavailableShow in Telegram
Vazir maktabda dars oʻtdi Bugun maktablarda “Kelajak soati” darslarining “Mening huquqlarim” deb nomlangan mavzudagi darslari boʻlib oʻtdi. Adliya vaziri Akbar Toshqulov poytaxtimizdagi 9-ixtisoslashgan maktabda “Kelajak soati” darsida ishtirok etdi. Adliya vaziri darsga oid kontentlarimizda ham faol ishtirok etgan edi. Hayotiy misollar, jonli muloqot, qizgʻin savol-javob bilan oʻtgan bugungi dars oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻota oldi. “Kelajak soati” darslari joriy oʻquv yilidan boshlab barcha ta’lim muassasalarida oʻtilmoqda. Qisqa vaqt ichida darslar oʻquvchilar orasiga kirib borib, eng sevimli mashgʻulotlardan biriga aylanib ulgurdi. Darslar uchun tayyorlanayotgan ssenariy, ular asosidagi kontentlarda olimlar, ziyolilar, rahbarlar, vazirlarning ham faol ishtirok etayotgani quvonarli hol, albatta. Adliya vaziri – mamlakat bosh yuristining shaxsan oʻzi maktabga kelib huquq mavzusida dars oʻtib berishi bu ta’limga, kelajagimiz boʻlgan yoshlarimiz bilim olishiga bo‘lgan e’tiborning yaqqol koʻrinishi, deb oʻylayman. Boshqa hamkasblarimiz, soha vakillari, ziyolilardan ham ana shunday faollikni kutamiz. E’zoza Karimova
Show all...
Tayyor_tg.mp420.25 MB
56👍 42🔥 3🎉 1
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 13.00.07- Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha Kafedra seminarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 💬Bunda Institut mustaqil izlanuvchisi Moxiraxon Abdulxayevaning “Deontologik yondoshuv asosida maktab direktorlarining boshqaruv madaniyatini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkazildi. 💬Shuningdek, 3-bosqich tayanch doktoratlar Zoxida Tursinovaning “Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini baholash mexanizmlarini takomillashtirish (ingliz tili o‘qituvchilari misolida)” hamda Nilufar Umarovaning “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining kommunikativ strategiyalarini rivojlantirish” mavzularidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muhokamalari ham ko‘rib chiqildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
48👍 18🔥 6
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev byurokratiyani bartaraf etishga bag‘ishlangan xalqaro forum ochilishida nutq so‘zladi.
Show all...
41.49 MB
17👍 12
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forum ochilishida ishtirok etmoqda. Unda Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:
"Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi; – maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi; – Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi; – yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi. 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi; – har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
19
✅✅✅✅ 🔴 Ayni damda “Sen iste’dodlisan” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jami 28 nafar o‘quvchi o‘zaro kuch sinashmoqda.
🔰Tadbirning ochilish marosimi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat Milliy institutida bo‘lib o‘tdi, unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etib, qatnashchilarga omad tiladi.
Shundan so‘ng, musobaqa jarayonlariga start berildi. Unda ikki yo‘nalish — estrada-vokal (an'anaviy ijrochilik) va tasviriy san'at bo'yicha yosh iqtidor sohiblari o‘z iste'dodlarini namoyon etishdi. 📊 Ma’lumot uchun: umumiy o'rta ta'lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu tanlovda 5332 nafar o‘quvchi tomonidan arizalar kelib tushgan. Shuningdek, tadbir doirasida o‘quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar yarmarkasi va auksion ham bo‘lib o‘tdi. Tanlovning taqdirlash marosimi bugun kunning ikkinchi yarmida tashkil etilishi rejalashtirilgan. 🌐 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤️ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
29
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident farmoni bilan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Javohir Sindarovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi. Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Show all...
👍 32 18🔥 11
🇺🇿🇫🇷Fransiyaning ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda 🔺Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va A.Avloniy nomidagi institut delegatsiyasi xizmat safari bilan Fransiyada bo‘lib turibdi. 💬Delegatsiya Fransiyaning Frankofoniya markazi direktori Yann Libratti, shuningdek, Aix-Marseille Universiteti proffesori Fatima Snan Davin va masʼullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 💬Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, fan oʻqituvchilarining malakasini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi hamda kelishuvlarga erishildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
28👍 14🔥 3🤩 2
Maktabning ijobiy imijini yaratishda nimalarga ahamiyat berish lozim? Maktabda inson resurslari (HR) amaliyotlari qanday joriy etiladi? Maktab boshqaruvida sun‘iy intellekt vositalaridan qanday samarali foydalanish mumkin? Ayni damda "Menejerlik o‘quv kurs" tinglovchilari yakuniy sinovlarning amaliy topshiriqlarida yuqoridagi kabi savollarga yechim topadigan mavzularda tadqiqot ishini himoya qilmoqdalar. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
23👍 8🔥 1
✨✨✨✨ 🇫🇷🇺🇿A.Avloniy nomidagi institutning Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori Fransiyada “Rahbar ayollar” uchun tashkil etilgan xalqaro stajirovkada ishtirok etmoqda 🔺Fransiyaning Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan xalqaro stajirovkada A.Avloniy nomidagi institutning Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori Saxiba Kazakova ishtirok etmoqda. 💬Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad ayol rahbarlarning salohiyatini oshirish, davlat boshqaruvida gender tenglikni ta‘minlash va samarali kadrlar siyosati bo‘yicha Fransiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganishdir. 💬Stajirovkaning dastlabki kunida tinglovchilar Fransiya Davlat xizmati vazirligi huzuridagi Davlat boshqaruvi va xizmati bo‘yicha Bosh direktorati (DGAFP)da davlat xizmati tizimi, kadrlar siyosati, professional tenglik va ayol rahbarlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha taqdimotlarda ishtirok etdi. ✅Dasturining asosiy qismi Fransiya Davlat xizmati Milliy instituti — (INSP)da olib borilmoqda. 🔵Tinglovchilar quyidagi: ⏺zamonaviy liderlik; ⏺gender siyosatini amalga oshirish; ⏺davlat xizmatida innovatsion boshqaruv; ⏺samarali kommunikatsiya; ⏺ijtimoiy stereotiplarni yengib o‘tish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Ushbu xalqaro stajirovka natijasida rahbar ayollar Fransiyaning davlat boshqaruvi modelini o‘rganib, o‘z ish faoliyatida qo‘llash uchun aniq taklif va mexanizmlar ishlab chiqishi rejalashtirilgan.
Ma‘lumot uchun, stajirovka 28-noyabr kuniga qadar davom etadi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
Show all...
47👍 15🤩 2
Repost from TgId: 3167553228
Qatar Davlati poytaxti Doha shahriga qilgan safarimiz doirasida WISE 12 global sammitida ishtirok etdik. Ushbu nufuzli anjumanda Qatar davlatining oliy martabali mehmonlari, xalqaro tashkilotlar va hukumat vakillari, qator mamlakatlarning taʼlim vazirlari, elchixonalar rahbarlari qatnashdi. Sammit doirasida ishtirokchilar bilan birgalikda taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, tenglik va imkoniyatlar masalalari muhokama etildi. Doha shahrida tashkil etilgan WISE-12 sammiti doirasida bir qator samarali ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdik. 🔹 Xususan, Qatar Davlati Ta’lim vaziri Lolva bint Rashid bin Moxammed Al Xater bilan uchrashib, xususiy sektorni ta’limga jalb etish, hamkorlikda xalqaro maktab qurish masalalarini ko’rib chiqdik.
So’ngra “Education Above All” jamg‘armasi bosh direktori Muhammad Saad Al Kubaysiy, Pokiston Federal taʼlim va professional rivojlanish bo‘yicha davlat vaziri Vajiha Kumar, Qatar taraqqiyot jamg‘armasi rahbariyati Fahad Hamad Al Sulaytilar bilan suhbatlashib, inklyuziv taʼlimni kengaytirish, xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalar yuzasidan fikr almashdik.
Muzokaralar chog‘ida taʼlim sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, ekologiya va iqlim bo‘yicha taʼlim tashabbuslarini ilgari surish, xalqaro almashinuv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq tashabbuslar yuzasidan kelishib oldik. 📊 Qatardagi uchrashuvlar doirasida Qatar jamg‘armasi qoshidagi Pre-University Education rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdik. Ushbu muloqotda o‘quvchilar o‘rtasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, maktab bitiruvchilarini dunyoning yetakchi universitetlariga tayyorlash tizimi, yuqori natija beruvchi taʼlim modellarini o‘rganish va ushbu tajribani O‘zbekiston taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish masalalari muhokama etildi. 🌐 Safar doirasida Doha shahrida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida ham bo‘lib, taʼlim jarayonlari, zamonaviy o‘qitish usullari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, raqamli texnologiyalar joriy etilgan o‘quv muhiti bilan yaqindan tanishdik. ➖ Bu kabi tajribalar biz uchun juda muhim, chunki mamlakatimizda Prezidentimiz belgilab bergan ustuvor vazifalardan biri — har bir bolaga zamonaviy, sifatli va inklyuziv taʼlimni taqdim etishdir. 🔰 WISE 12 global sammiti doirasida «Hamma narsa taʼlimdan boshlanadi: Imkoniyatga erishish yo‘llari» mavzusidagi plenar sessiyasida ham ishtirok etdik. Ushbu safar chog‘ida o‘rnatilgan aloqalar va kelishib olingan qator yangi tashabbuslar orqali O‘zbekiston maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bolalarga munosib taʼlim va tarbiya berish yo‘lidagi ishlarimizni yanada jadallashtirish niyatidamiz. Eʼzoza Karimova
Show all...
32👍 3
Repost from TgId: 3167553228
Qatar Davlati poytaxti Doha shahriga bo‘lib o‘tgan WISE 12 global sammitida ishtirok etdik Ushbu nufuzli anjumanda Qatar davlatining oliy martabali mehmonlari, xalqaro tashkilotlar va hukumat vakillari, qator mamlakatlarning taʼlim vazirlari, elchixonalar rahbarlari qatnashdi. Sammit doirasida ishtirokchilar bilan birgalikda taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, tenglik va imkoniyatlar masalalari muhokama etildi. Doha shahrida tashkil etilgan WISE-12 sammiti doirasida bir qator samarali ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdik. 🔹 Xususan, Qatar Davlati Ta’lim vaziri Lolva bint Rashid bin Moxammed Al Xater bilan uchrashib, xususiy sektorni ta’limga jalb etish masalalarini ko’rib chiqdik.
So’ngra “Education Above All” jamg‘armasi bosh direktori Muhammad Saad Al Kubaysiy, Pokiston Federal taʼlim va professional rivojlanish bo‘yicha davlat vaziri Vajiha Kumar, Qatar taraqqiyot jamg‘armasi rahbariyati Fahad Hamad Al Sulaytilar bilan suhbatlashib, inklyuziv taʼlimni kengaytirish, xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalar yuzasidan fikr almashdik.
Muzokaralar chog‘ida taʼlim sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, ekologiya va iqlim bo‘yicha taʼlim tashabbuslarini ilgari surish, xalqaro almashinuv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq tashabbuslar yuzasidan kelishib oldik. 📊 Qatardagi uchrashuvlar doirasida Qatar jamg‘armasi qoshidagi Pre-University Education rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdik. Ushbu muloqotda o‘quvchilar o‘rtasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, maktab bitiruvchilarini dunyoning yetakchi universitetlariga tayyorlash tizimi, yuqori natija beruvchi taʼlim modellarini o‘rganish va ushbu tajribani O‘zbekiston taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish masalalari muhokama etildi. 🌐 Safar doirasida Doha shahrida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida ham bo‘lib, taʼlim jarayonlari, zamonaviy o‘qitish usullari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, raqamli texnologiyalar joriy etilgan o‘quv muhiti bilan yaqindan tanishdik. ➖ Bu kabi tajribalar biz uchun juda muhim, chunki mamlakatimizda Prezidentimiz belgillab bergan ustuvor vazifalardan biri — har bir bolaga zamonaviy, sifatli va inklyuziv taʼlimni taqdim etishdir. 🔰 WISE 12 global sammiti doirasida «Hamma narsa taʼlimdan boshlanadi: Imkoniyatga erishish yo‘llari» mavzusidagi plenar sessiyasida ham ishtirok etdik. Ushbu safar chog‘ida o‘rnatilgan aloqalar va kelishib olingan qator yangi tashabbuslar orqali O‘zbekiston maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini yana-da takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bolalarga munosib taʼlim va tarbiya berish yo‘lidagi ishlarimizni yana-da jadallashtirish niyatidamiz. Eʼzoza Karimova
Show all...
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring! Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi. 📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Show all...
13
Markaziy tashkilotlar
Vazirliklar
Hokimliklar
Qo‘mitalar
Agentliklar
Inspeksiyalar
Markazlar
Boshqa tashkilotlar
Aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar
Banklar va sug‘urta kompaniyalari
Uyushmalar
Sport federatsiyalari
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring! Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi. 📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Show all...