en
Feedback
JizPI online | rasmiy kanal

JizPI online | rasmiy kanal

Open in Telegram

Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uztelegram.me/jizpi_onlineinstagram.com/jizpiuzfacebook.com/jizpiuztwitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
8 193
Subscribers
-124 hours
-397 days
-2830 days
Posts Archive
2:42:06
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi #26dec @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
1.mp41780.54 MB
1👍 1🔥 1
Prezident Murojaatnomasining leksik tahlili: eng ko‘p foydalanilgan so‘zlar, asosiy mavzularning ulushi va tarkibi @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
👍 5🔥 2 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 27-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: XALILOV ORZIKUL KODIROVICH (Fizika kafedrasi o‘qituvchisi) URDUSHEVA XURSHIDA RAVSHAN QIZI (Axborot resuslari markazi xodimasi) 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
19.61 MB
🔥 6👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga MurojaatnomasiПослание Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Олий Мажлису и народу Узбекистана @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
3👍 2🔥 2
“Milliy she’riyat kechasi” o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakultetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy she’riyat kechasi” o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni keng targ‘ib etish, ularning badiiy didi hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat. Tanlov davomida ishtirokchilar buyuk o‘zbek shoirlarining she’rlarini yoddan o‘qib, milliy she’riyatimizning go‘zalligi va ma’naviy chuqurligini namoyish etdilar. Har bir ijro xalqimizning boy madaniy merosi, qadimiy an’analari va zamonaviy ruhini o‘zida mujassam etgani bilan e’tiborga loyiq bo‘ldi. Tadbirda talabalarning san’atga, milliy qadriyatlarga va o‘zlikni anglashga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qiluvchi fikrlar bildirildi. Shuningdek, tanlov ishtirokchilari milliy qadriyatlarni zamonaviy hayotga uyg‘unlashtirish, san’at orqali ifodalash yo‘lida o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.
@jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
🔥 3 1👍 1
“Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti “Energetika muhandisligi” fakulteti tashabbusi bilan institutning 2-sonli talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir fakultet Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Mamatkulov tomonidan ochib berilib, unda ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga salbiy ta’siri, milliy qadriyatlarni asrash va ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Navbatda so‘zga chiqqan institut profilaktika inspektori mayor I. Bo‘riyev yoshlar orasida uchrayotgan onlayn o‘yinlar, xavfli chellenjlar hamda narkojinoyatchilik bilan bog‘liq tahdidlar haqida tushuntirishlar berdi. Shuningdek, 2-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi X. Nishonov tomonidan xonalar tozaligi, oshxona tartibi va ichki tartib-qoidalarga rioya etish masalalari bo‘yicha eslatmalar berildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
👍 2🔥 1😁 1
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (4-qism) 🧦 "Qurilish muhandisligi" fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.
🎄 Tadbir davomida yangi yilga xos quvonch, samimiyat va birdamlik muhiti hukm surdi. Talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan bayramona sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, she’riy ijrolar hamda musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Kechaning yanada fayzli o‘tishida kuy-qo‘shiqlar muhim o‘rin egallab, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 🔔 Bayram jarayonida yil davomida ta’lim-tarbiya, ilmiy izlanishlar va jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar alohida e’tirof etildi. Ularning fidokorona mehnati va tashabbuskorligi jamoa tomonidan yuksak qadrlanib, samimiy minnatdorlik so‘zlari bildirildi. 🔴 Mazkur tadbir Yangi yil arafasida jamoada ezgu orzular, yangi maqsadlar va yuksak marralar sari ishonch bilan intilish ruhini mustahkamlab, barchaga iliq bayram kayfiyatini ulashdi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
11🔥 4👍 2👏 2
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (3-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
🔥 8 2👍 2
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (2-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
🔥 8 2👍 2
🎏 JizPIda “Men orzu qilgan Yangi yil” mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi (1-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
8👍 2🔥 2🎉 1
Repost from TgId: 1472892297
04:19
Video unavailableShow in Telegram
Ахборот 24 | В Джизакском политехническом институте открылось новое направление магистратуры #24dec mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Show all...
5.mp438.73 MB
🔥 4 2👍 1
📚 «Milliy qadriyatlar san’ati» nomli ijodiy esselar tanlovi bo‘lib o‘tdi
Jizzax politexnika institutining Transport muhandisligi fakultetida «Milliy qadriyatlar san’ati» mavzusida ijodiy esselar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda talabalar o‘z yurtimizning boy tarixi, milliy-madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari hamda bugungi bunyodkorlik jarayonlariga oid fikr va taassurotlari bilan faol ishtirok etdilar. Mazkur tanlov talabalarning esselar yozish madaniyatini yuksaltirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni izlanishga va ma’naviy kamol topishga undash maqsadida o‘tkazildi. Tadbirni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G. Soatova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda Yangi O‘zbekistonda yoshlarni vatanparvar, yuksak ma’naviyatli va zamonaviy bilimlarga ega kadrlar etib tarbiyalash muhimligi haqida to‘xtaldi. Tanlov davomida yoshlarning bugungi islohotlarga munosabati, Yangi O‘zbekiston kelajagiga bo‘lgan qarashlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqati esselar orqali yorqin ifoda etildi. Tadbirda hakamlar hay’ati sifatida O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari D. Abduvaxobova hamda M. Ziyoyevalar ishtirok etdi. 🏆 Tanlovning yakuniy natijalari quyidagicha boʻldi: 🥇 1-o‘rin – 101-25 TVM guruhi talabasi Xasanova Marjona; 🥈 2-o‘rin – 103-25 TVM guruhi talabasi Tarmasheva Sevinch; 🥉 3-o‘rin – 104-25 TVM guruhi talabasi Abdulqosimov Asliddin. G‘olib va faol ishtirokchilar fakultet tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
🔥 3 1👍 1
Repost from TgId: 1254668756
05:36
Video unavailableShow in Telegram
Jizzax politexnika institutida yana bir muhim tashabbus hayotga tatbiq etildi
Institutda “Kelajak akkumulyator ishlab chiqarish muhandisligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishida kunduzgi ta’lim tizimi joriy qilinishi ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining yaqqol namunasi bo‘ldi. Bu yo‘nalish bugungi kunda dunyoda jadal rivojlanayotgan elektrotexnika, yashil energetika va sanoat akkumulyatorlari sohalari uchun yuqori malakali muhandislar tayyorlashga xizmat qiladi. Eng e’tiborga molik jihati shundaki, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan magistrantlar uchun akkumulyator batareyalari ishlab chiqaruvchi korxona huzurida Kimyo texnologiyalari kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu esa talabalarga nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘un holda o‘zlashtirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va kelgusida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanish imkonini beradi. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bunday dual ta’lim modeli innovatsion iqtisodiyot sharoitida eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib, hudud sanoat salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling. 📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Show all...
мухандист 2.mp422.33 MB
👍 4🔥 2 1👏 1
#milliylik “Hunarmand qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi H. Yadgarova, G. Norboyeva hamda “Tikuv buyumlari konstruksiyasi” kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Hunarmand qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov shartiga ko‘ra, belgilangan vaqt ichida ularni tikib, dazmollab, tayyor holatga keltirish vazifasi yuklatildi. Qizlar topshiriqlarni katta qiziqish, mas’uliyat va ijodkorlik bilan bajardilar hamda o‘zlarining amaliy ko‘nikmalari va hunarmandchilik mahoratini namoyon etdilar. Tanlov yakunida faol ishtirok etgan qizlar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbir talaba-qizlarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, milliy hunarmandchilikka bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
👍 2🔥 1
#Prezident_murojaatnomasi #live Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasini Jizzax politexnika instituti jamoasi diqqat bilan kuzatib bormoqda. @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
4👍 4🔥 3
#Prezident_murojaatnomasi #live Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasini Jizzax politexnika instituti jamoasi diqqat bilan kuzatib bormoqda. @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
👍 1
🇺🇿 2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deb eʼlon qilindi. @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
👍 6 2🔥 2
#live Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasini Jizzax politexnika instituti jamoasi diqqat bilan kuzatib bormoqda. @jizpiuz | @jizpi_online
Show all...
8.48 MB
5.11 MB
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”,
– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
👍 1🔥 1
Repost from Edu.uz
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang! 🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.
✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: ✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; ✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; ✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. 〰️〰️〰️〰️ 🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.
📌
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Show all...
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
👍 1🔥 1