Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Open in Telegram
🎓 @TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Show more2025 year in numbers

180 798
Subscribers
-51624 hours
+16 7717 days
+25 63330 days
Posts Archive
❗️“Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar ro'yxati qisqartirildi
Prezident Farmoniga asosan yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-martdan boshlab:
➖abituriyentlarni “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari, ichki ishlar organlari xodimlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tatbiq etiladigan imtiyozlardan tashqari “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlariga kirishdagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilishi to‘xtatiladi;
➖Universitetda “Yurisprudentsiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi.
Ma'lumki, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseyda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, oʻqish uchun toʻlov miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilangan holda, toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy qilingan edi.
♦️Yangi Farmon bilan ushbu tartibga ham o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari "yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega. (Avval faqat TDYU edi endi barcha yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliygohlarga kirish mumkin. Avval super ham bor edi, endi faqat oddiy kontrakt bilan)
📌 Bunda mazkur tartib 2025/2026 o‘quv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. (Ya'ni 2026/2027 o'quv yilidan boshlab ushbu litseylarga qabul qilinadiganlar mazkur imtiyozdan foydalana olmaydi)
✅ @talimuz
❤ 52💯 4😇 3
Photo unavailableShow in Telegram
📈 O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi!
18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.
Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.
O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:
🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin 🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin 🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin 🟢qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi.✅ @talimuz
❤ 43👍 22🆒 5⚡ 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️2026-yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.
Oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkaziladi.
Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi.
Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi.
✅ @talimuz
❤ 50👍 23🤔 3😁 2👏 1
❗️Tibbiyot xodimlari farzandlarining 30% kontrakt to'lovi to'lab beriladi!
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi — Prezident qarori.
Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi.
✅ @talimuz
❤ 24👍 15🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Ijarada turadigan talabalar diqqatiga!
my.gov.uz portalida talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qaytarish uchun ariza topshirish imkoniyati yaratildi
Bu imkoniyatdan noyabr oyida foydalanib bo‘lmaydi, biroq keyingi oylar va yillar uchun bu — juda qulay va foydali yangilik.
Eslatma: Ijara pulining bir qismi faqat nodavlat OTM talabalari uchun qoplab berilmaydi.
✅ @talimuz
❤ 29😐 14💯 5👎 3
⚡️Endi 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qiydi!
“Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 23.10.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim (ish joyida o‘qitish) ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi.
Kasbga yo‘naltirish tizimi2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. 5 yoshdan “Atrofimizdagi kasblar” o‘yinlari, 1–4-sinflarda “Kasblar alifbosi”, 5–6-sinflarda “Kasblar olami”, 7–9-sinflarda esa “Mening kelajakdagi kasbim” fanlari joriy qilinadi. 2028-yildan 9-sinf yakuniy imtihonlari natijasiga ko‘ra o‘quvchilar texnikumlarga yo‘naltiriladi.
O‘qituvchi va ustalarni qo‘llab-quvvatlash2026-yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar darajasiga tenglashtiriladi. Har bir ustaga 20 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmasligi belgilandi. Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida EKOIHning 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Har yili eng yaxshi 50 nafar usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi.
Dual ta’limdagi imtiyozlarDual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga har oy bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Ushbu davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Milliy tanlov va reyting2026-yildan boshlab Prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Milliy reytingda eng yuqori 50 talikka kirgan texnikumlarning har biri BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Moratoriy va moliyalashtirish tartibi2030-yilgacha texnikumlarni tugatish, ularning yer maydonlari va binolarini xususiylashtirishga moratoriy e’lon qilinadi. 2026-yil 1-sentyabrdan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda to‘liq davlat budjeti hisobidan o‘qiydi, 11-sinfni bitirgan talabgorlar esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi. ✅ @talimuz
ПҚ-316.pdf10.12 MB
❤ 68👍 10🔥 1😐 1
01:27
Video unavailableShow in Telegram
O'qimagan millat kuchli bo'lmaydi...
✅ @talimuz
SaveVid.Net_6647CA4E4B2FC3FCE42D520A9B29A583_video_dashinit.mp48.23 MB
🔥 35❤ 31💯 14👍 1
⚡️Akkreditatsiyadan o'tmagan nodavlat oliygohlarning ayrim yo'nalishlari yopiladi
Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.Unga ko'ra, kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi. ❔Bu nima degani? Nodavlat oliygohlarining ta'lim yo'nalishlarida o'qitilayotgan o'quv dasturlarida qo'pol xatolar aniqlansa, uni to'g'irlash uchun muxlat beriladi. Mana shu muddatda ham kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu yo'nalish butkul yopiladi. Yangi qabul amalga oshirilmaydi, mavjud kurs talabalari majburiy boshqa yo'nalishlarga o'qishlari ko'chiriladi. Ya'ni ushbu ta'lim yo'nalishida faoliyatni davom ettirishga yo'l qo'yilmaydi. ✅ @talimuz
❤ 35💯 8👍 5🥰 4👏 3🆒 3👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️🇰🇿 Nazarbayev universitetining bahorgi semestri uchun qabul boshlandi!
NU pullik bakalavr dasturida o'qishni istagan abituriyentlar uchun qabul e'lon qildi. Tanlov jarayoni to'liq qabul standartlariga javob beradi.
Xalqaro hamda TOP darajadagi universitetda o'qishni istagan abituriyentlar uchun bu – eng yaxshi imkoniyatdir. Sababi, Nazarbayev universiteti Times Higher Education reytingida dunyoning eng yaxshi TOP universitetlari qatoridan joy olgan.
Arizani topshirish uchun veb-sayt: http://admissions.nu.edu.kz
Ariza berish muddati:
28-noyabr, 2025
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
⚡️🇰🇿 Начался дополнительный прием на весенний семестр в Nazarbayev University!
NU объявил набор для абитуриентов, желающих поступить на платной основе по программе бакалавриата. Процесс отбора полностью соответствует стандартным требованиям основного приема.
Это отличная возможность для студентов, которые уже начали обучение в других казахстанских или зарубежных вузах, подать документы и продолжить учебу в лучшем университете Центральной Азии — Nazarbayev University, который в этом году поднялся сразу на 100 позиций в престижном мировом рейтинге Times Higher Education (401-500)
Чтобы подать заявку, необходимо создать личный кабинет на сайте admissions.nu.edu.kz.
Крайний срок подачи заявок:
28 ноября 2025 года, 14:00
❤ 11👍 7⚡ 3🔥 2🤨 1
🇺🇿🇬🇧Endilikda Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu universitetning Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek tillarini o‘rganish yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi doirasida Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishdi.
✅ @talimuz
👍 52❤ 34🔥 8😎 2🥰 1👏 1💯 1
⚡️Doktaranturaga qabul 5-noyabrgacha davom etadi!
Respublikamiz miqyosida ilmiy salohiyatni oshirish, ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, yosh olimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.
✅ @talimuz
2026-yil kvotasi.pdf1.78 MB
❤ 41👍 10🕊 5
❗️Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha 30-sentyabrgacha ariza berishlari mumkin
Davlat komissiyasi bayoni bilan magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili davalat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida:
➖kunduzgi taʼlim shakliga – 16 286 nafar;
➖kechki taʼlim shakliga – 657 nafar;
➖masofaviy taʼlim shakliga – 335 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Qoʻshimcha imtiyoz bilan:
➖kunduzgi taʼlim shakliga – 987 nafar;
➖kechki taʼlim shakliga – 7 nafar;
➖masofaviy taʼlim shakliga – 4 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Tanlov natijasi qaydnomalari uch kun muddatda respublika oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.
Shuningdek, magistraturasiga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.
✅ @talimuz
❤ 47🕊 9🥰 5🔥 3💯 1🤨 1
Super-kontrakt bo‘yicha tushuntirish
#abituriyent
Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.
Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.
Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
💰Narxi qancha “super”ni, ayting?
Super-kontrakt narxlari endi rektorlar tomonidan belgilanadi, shu sababli avvalgi yillardagi kabi yagona jadval chiqmaydi. Masalan, bitta oliygohning iqtisod yo’nalishi bilan, boshqasidagi iqtisod yo’nalishi narxlari ham farq qilishi mumkin.
Aniq miqdorlar 25-sentyabrgacha ma’lum bo’ladi. Shu sababli “unga qancha ekan, bunga qancha ekan” deb so’rashdan foyda yo’q. Barcha oliygohlar o’z saytida va Telegram kanalida miqdorlarni e’lon qiladi. Keyinchalik hamma tasdiqlangan miqdorlar kontrakt.edu.uz saytiga joylanadi va siz onlayn shartnoma olayotganda narxi avtomatik chiqadi.
❓Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin.
@TalimUz
❤ 44👍 7💯 4
#qabul2025 #imkoniyat
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
✅ @talimuz
❤ 25🔥 3👍 2
02:07
Video unavailableShow in Telegram
❗️Qoraqalpog'istonlik abituriyentlar uchun ham qo'shimcha kvota o'rinlari tasdiqlandi
#abituriyent
Bunda ikkita toifa bor.
Birinchisi, 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonida o'qishdan yiqilgan qoraqalpog'istonlik abituriyentlar uchun 6 ming 500 ta to'lov-kontrakt asosida kvotalar ajratilishi belgilangan.
Ikkinchisi, 2025-yil 15-avgustdagi 248-sonli Prezident qarorida davlat oliygohlariga davlat granti asosida 500 ta maqsadli kvota uchun, xususiy universitetlarga davlat granti asosida 200 ta maqsadli kvota ajratiladi. Ya’ni jami 700 ta maqsadli grant.
Batafsil videoda tushuntirishga harakat qildim.
👉 @xushnudbek 👈
IMG_5701.MP425.23 MB
❤ 41👍 25👎 6🥰 2👏 2
❗️Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy materiallar roʻyxati (rasm)
Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan.
2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan mazkur manba va kontent (material)lar Internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan.
👉 @z_amirqulov 👈
❤ 28👎 11👍 8⚡ 3😐 3🔥 2🤨 2
04:35
Video unavailableShow in Telegram
Farzandimni o'qitaman deb...
Ota-onalar o'z farzandining kelajagi uchun, ta'lim olishi uchun o'z halovatidan voz kechib harakat qilishga tayyorlar. Lekin hamma farzandlar ham buni anglab yetyaptimi?
Talabalarga yuborib qo'ying. Ayniqsa vaqtini behuda sarflayotganlariga! Aqalli bittasini o'zgartira olsak ham katta yutuq!
Manba: Ibrat farzandlari
✅ @talimuz
Final tg.mp418.74 MB
❤ 44👍 15🔥 9💯 4⚡ 1👏 1🫡 1
00:16
Video unavailableShow in Telegram
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida transport boshqaruvi va xavfsizligi sohasida chuqur bilim oling va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga hissa qo‘shing!
Bakalavr yo‘nalishlari: 1.Yo‘l harakatini tashkil etish 2.Yo‘l harakatini tashkil etish:Avtomobil transportida O‘qish muddati: 4 yil Yillik kontrakt: 12 000 000 so‘m Ta’lim shakli: Kunduzgi Siz: 1.Yo‘l harakati xavfsizligi va transport oqimlarini boshqarishni o‘rganasiz. 2.Transport infratuzilmasini loyihalash va optimallashtirishni o‘zlashtirasiz Qabul davom etmoqda! Tartibli va xavfsiz harakat — kelajak rivojlanishining asosi!Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1. ipuedu.uz saytiga kiring; 2. Ro‘yxatdan o‘ting; 3. Shartnomangizni yuklab oling! Aloqa markazi: +998752306060 - (Qashqadaryo) Yozish +998557056060 - (Samarqand) Yozish Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy Telegram | Web-sahifa
IMG_6672.MP49.75 MB
❤ 10👍 2👎 2🤩 1
Texnikumdagi o‘qituvchi va ustalar diqqatiga!
➖ Maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi;
➖ Texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi;
➖ Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi;
➖ Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.
✅ @talimuz
❤ 29👍 16👏 2🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️SAT imtihonida 1200 dan yuqori ball olganlar qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilinadi
Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga ko‘ra, quyidagi 3 ta xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga imtiyozlar belgilandi:
1️⃣ “A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;
2️⃣ “International Baccalaureate” sertifikati (32 va undan yuqori ball) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;
3️⃣ “Scholastic Aptitude Test - SAT” xalqaro imtihoni (eng yuqori ballning 75 foizi - 1200 ball va undan yuqori) — qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
❓Bu imtiyoz qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi?
✅ JAVOB: ushbu imtiyoz sertifikat berilgan fan kirish imtihonlari tarkibida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli bo‘ladi.
✅ @talimuz
👍 17❤ 9
