en
Feedback
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Open in Telegram

Ambassador of @profiuniversity www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
106 448
Subscribers
-12024 hours
-7047 days
-3 06630 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish tobora ommalashib, pedagoglar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. OpenAI tomonidan aynan o'qituvchilar uchun joriy etilgan yangi xizmat ularga dars materiallarini tez va qulay tayyorlash, shuningdek, o‘quvchilarga tegishli ma’lumotlar bilan xavfsiz ishlash imkonini beradi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1423
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Sõragan_edingiz O‘qituvchi ixtiyoriy attestatsiyaga ariza topshirib, unda qatnashmasa amaldagi toifasi kuyib ketadimi?
Savol
Oliy toifali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiman. 70 foizlik ustama, vazir ustamasi va “Yil o‘qituvchisi”ga da’vogarlik qilish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgandim. Shundan keyin testga kirib chiqdim, lekin yuqori ball ololmadim. Amaliy imtihonda qatnashsam ham yuqoridagi tanlovlar uchun ballim kamlik qilgani uchun, ikkinchi bosqichda qatnashmadim. Endi “zavuchimiz” attestatsiyaga ariza topshirib, unda to‘liq ishtirok etmaganingiz uchun amaldagi oliy toifangiz kuyib ketadi, deyapti. Shu to‘g‘rimi? Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1424
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Maktabgacha va maktab tizimi xodimlari va o'quvchilar havo sifati yomonlashgan vaqtda marafonga jalb qilindi Havo sifati yomonlashgani uchun aholidan ochiq havodagi faoliyatni cheklash tavsiya qilingan bir vaqtda Uchtepa tumanida yurish marafoni o‘tkazildi. "5000 qadam – sog‘lom hayot sari!" nomini olgan marafonda yoshlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘quvchilari va boshqa soha vakillari ishtirok etgan. Ma’lumot uchun, 22-noyabr tongida Toshkent shahri atmosfera havosida PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 3,1 baravar yuqori ekani qayd etildi. "O‘zgidromet" esa aholiga ochiq havodagi faoliyatni cheklash va himoya niqoblaridan foydalanishni tavsiya etmoqda.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
9R2A4339480.mov8.96 MB
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Maktab psixologining oylik maoshi qancha bo‘lishi kerak? "Tanaffus" podkastining 9-sonida maktab psixologlari masalasi, ularning oylik maoshlari, har kunlik ish faoliyati stress bilan o‘tayotgan pedagoglar haqida suhbatlashgandik. Agar siz ushbu sonimizni hali ko'rmagan bo'lsangiz, hozir buning ayni vaqti. 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/olx4hzwsilY Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Psixolog oyligi_encoded.mp46.55 MB
Izoh yozish
Podksatni ko'rish
Photo unavailableShow in Telegram
Psixologlar tinim bilmay ishlaydi, ammo ularning mehnati ko‘rinmasligi mumkin Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taxminan 15 mingdan ortiq pedagog-psixologlar faoliyat yuritadi. Ular bolalar ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni aniqlab, ularni bartaraf etib kelishadi. Turli xil tipdagi bolalar tahsil oladigan maktab o‘quvchilari bilan ishlash oson emas, albatta. Baʼzan, bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq shunday holatlar bo‘ladiki, uni ommaga oshkor qilib bo‘lmaydi. Shu sababli, psixologlarning mehnati baʼzan ko‘rinmasligi mumkin. Aslida ular juda ko'p ishlaydilar. Oylik maoshi kam, lekin ishi hajmi ko‘p, boshqa rahbarlar kabi ishlaydi, ammo imkoniyati cheklangan. Lekin ular barchasiga sabr qilib, kasbini yaxshi ko‘rgani uchun ham ishlaydi. Bugun ana shu mashaqqatli kasb egalari bo‘lgan psixologlar kuni. 22-noyabr — “Xalqaro psixologlar kuni” bilan taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan barcha psixologlarni samimiy tabriklaymiz.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ta’lim sifati mavzusi ekspertlar nigohida “Tanaffus” podkastining 26-sonida ta’lim sifati va uning mazmuni borasida o‘qituvchi, ta’lim bo‘yicha ekspert Otabek Rahmonberganov bilan suhbatlashgandik. Bu mavzuga boshqa ta’lim ekspertlari Komil Jalilov hamda Shokir Tursun ham qo‘shilib, mavzu borasida o‘z fikr, mulohazalarini bildirib borishmoqda. Komil Jalilov prezident maktablari ta'limdagi tengsizlikni kuchaytirishi hamda O'zbekistonning ta’lim falsafasi haqida, Shokir Tursun esa yangi baholash tizimi borasidagi firklarini o'rtoqlashdi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1421
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi Namanganda o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazib qo'yish uchun “bunker” sifatida foydalanilayotgan xonadon fosh etildi. Mazkur "bunker"ni tashkil etishda avval ham aynan shunday jinoyat sodir etgan maktab direktori o'rinbosari ham boshchilik qilgan. Test savollarni ishlashga esa yana 12 nafar o'qituvchi jalb qilingan. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1422
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
00:49
Video unavailableShow in Telegram
Qoraqalpog’iston ta’limi haqida “Tanaffus” podkastining 26-sonida Qoraqalpog’iston ta’limi, vazir hamda uning o’rinbosari faoliyatiga ham to’xtalib o’tdik. Obunachilarimiz orasida qoraqalpog’istonliklar bo’lsa, izohlarda fikringizni yozib qoldiring. 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/JepEnMY-nh4 Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
AQPGZQGeovlVizSS0rR23JOl0p90M_wU0OfIN6K8X5fHe_KE50dW72NWeRZld0xWn.mp45.94 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 431-sonli buyrug‘i bilan direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda maktab maslahatchisi shtat birliklarining aniq miqdori tasdiqlandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1420
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Sõragan_edingiz O‘quvchilardan olib qo‘yilgan telefon kimga qaytarilishi kerak?
Savol
O‘quvchilar dars paytida telefon ishlatib o‘tirganida, men ularning telefonini olib qo‘yaman va maktab ma’muriyatiga topshiraman. Maktab rahbariyati esa telefonlarni o‘quvchilarga qaytarib beradi. O‘quvchilar dars vaqtida telefon o‘ynab o‘tirganliklari uchun hech qanday chora ko‘rilmaydi. Shunday holatga qanday yechim bera olasizlar? Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1086
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
01:19
Video unavailableShow in Telegram
O'zbekistonda ta'lim sifatini o'lchaydigan tarozi bormi? Ta'lim sifati haqida juda ko'p gapiramiz. Lekin, haqiqiy ta'lim sifati qanday bo'ladi, u qanday o'lchanadi degan savolga kelganda javob topolmay qolamiz. "Tanaffus" podkastining 26-sonida aynan shu mavzu haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida O'zbekiston ta'lim tizimi qaysi yo'ldan borayotgani, yo'l qo'yilgan xatoliklar, aslida maktabning vazifasi nima degan savollarga o'qituvchi, ta'lim bo'yicha ekspert Otabek Rahmonberganov bilan birga javob izladik. Xo'sh, sizningcha ta'lim sifati nima? Agar shu savolni hozir o'zingizga berib ko'rib, ammo javob topolmagan bo'lsangiz, hoziroq "Tanaffus"ning 26-sonini tomosha qiling, savolingizga albatta javob topasiz. ❗️Ha aytgancha, bu safargi sonimizda obunachilarimiz uchun ajoyib sovg'a ham tayyorlab qo'yganmiz. Hoziroq podkastni tomosha qilib, sovg'ani qo'lga kiriting! ▶️ To'liq video — https://youtu.be/JepEnMY-nh4 Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
IMG_7676.MP415.04 MB
Podkastni hoziroq ko'rish
Photo unavailableShow in Telegram
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berish uchun advokat xizmati va boshqa xarajatlarga ishlatish uchun yig‘ilgan pullar ega-egalariga qaytarib berilgan, pullarni qaytarib olishni istamagan o’qituvchilarning mablag‘lari esa xayriya uchun yo‘naltirildi. Umumiy hisobda o'qituvchilar 35 mln so‘mdan ortiqroq mablag‘ yig‘ishga erishgan. Bu orada bir o‘qituvchi 14 mln so‘m, yana bir sobiq pedagog esa 3 mln so‘m sud xarajatlari uchun mablag‘ ajratgan. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1419
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda Bugun dunyo hamjamiyati bolalar va o‘smirlarning smartfon hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha keskin choralar ko‘rayotgan bir paytda, O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish hanuz 2012-yilda qabul qilingan nizom bilan tartibga solinayotgani ajablanarli holatdir. Hozircha, O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q. Bu borada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qanday tashabbuslarni ilgari surayotgani ham hozircha qorong‘i. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1418
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
PISA asoschisi Andreas Shlayher O‘zbekiston ta’limi haqida nima deydi? O‘tgan yili, 2024-yil 15-noyabr kuni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgandi. Unda PISA tadqiqoti asoschisi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayher ham shaxsan ishtirok etgandi. ▶️ Videoni ko'rish — https://youtu.be/2IzI7oLNgLA Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Videoni hoziroq ko'rish
Photo unavailableShow in Telegram
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi. Mazkur cheklov 2025-yil 10-dekabrdan boshlab kuchga kiradi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1417
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda Yangi yildan boshlab umumiy o‘rta maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Ombudsman soati” joriy etish reja qilinmoqda. Shuningdek, kelgusida maktablarda o‘tkaziladigan “Kelajak soati” darslari mazmuniga inson huquqlari mavzulari ham kiritiladi. Bu haqda “O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasida nazarda tutilmoqda. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1416
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O'tgan haftada ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi? O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirilmadi ➡️ BATAFSIL Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi ➡️ BATAFSIL "Vazirlik tarozimiz to'g'ri deb turib olmasligi kerak" — Shokir Tursun ➡️ BATAFSIL Har bir maktabda sizni tinglaydigan kasaba uyushmasi bor ➡️ BATAFSIL Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi ➡️ BATAFSIL Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi ➡️ BATAFSIL Yaqin yillarda “rayono”, “gorono” va “oblono”lar to'liq tugatilishi mumkinmi? ➡️ BATAFSIL Endilikda maktab davrida zo‘ravonlik qilgan abituriyentlar oliygohga qabul qilinmaydi — Janubiy Koreya ➡️ BATAFSIL O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi? ➡️ BATAFSIL Xalq ta'limi Info iqtibosi ➡️ BATAFSIL 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o'qituvchilarga qachondan boshlab imtiyozli ipoteka krediti ajratiladi? ➡️ BATAFSIL “Vazirlik mutasaddilarining oxirgi bor qachon jurnalistlar qarshisiga chiqqanini eslolmayman” — Ilyos Safarov ➡️ BATAFSIL O‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin ➡️ BATAFSIL Yangi tartib: kimlar boshlang‘ich sinfda dars bera oladi? ➡️ BATAFSIL Germaniya maktablarida urush va mudofaa bo‘yicha darslar joriy qilinishi mumkin ➡️ BATAFSIL Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ham 50 foiz ustama to‘lanadimi? ➡️ BATAFSIL Attestatsiyadan yiqilgan o'qituvchi ishdan bo'shaydi, rahbar xodimlar-chi? ➡️ BATAFSIL Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi? ➡️ BATAFSIL Pedagoglarni yana qanday yangiliklar kutyapti? ➡️ BATAFSIL
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Pedagoglarni yana qanday yangiliklar kutyapti? 2026-yil ham ta’lim yili bo‘lishi kutilmoqda. Hozirga qadar ta’limga oid juda ko‘plab yangiliklar e’lon qilindi, bir qator hujjatlar imzolandi. Xo‘sh, o'qituvchilarni qanday yangiliklar kutmoqda? Agar yangiliklar sizni qiziqtirayotgan bo'lsa, podkastni hoziroq ko'ring yoki o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'yicha belgilab qo'yilgan vaqt ko'rsatgichlari ustiga bosing va fikringizini izohlarda yozib qoldiring: 06:39 - O‘qituvchilarga berilgan imtiyozlar haqida ➡️ BATAFSIL 12:03 - Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat berish masalasi ➡️ BATAFSIL 14:59 - Talabalarga malaka toifasi beriladi ➡️ BATAFSIL 17:01- Boshqa imtiyozlar haqida ➡️ BATAFSIL 20:58 - Maktab maslahatchisi lavozimi haqida ➡️ BATAFSIL 24:52 - Shtatlar masalasida vazirlik bir qarorga kelib olishi kerak ➡️ BATAFSIL 30:33 - Maslahatchilar ham bu tizimda yaxshi ishlay olmaydi ➡️ BATAFSIL 33:33 - Vazirlik “taklif berib qo‘yaveraylik” degan qarash bilan ishlayapti ➡️ BATAFSIL 35:16 - Maslahatchi lavozimi qay tartibda joriy qilinadi ➡️ BATAFSIL 40:40 - Vazirlik imzolagan hujjatlar yer-u ko‘kda yo‘q ➡️ BATAFSIL 42:33 - Sinf rahbarlariga qo‘yilgan talablar o‘zgardi ➡️ BATAFSIL 45:04 - Maktablar 12 yillik ta’limga o‘tadimi? ➡️ BATAFSIL 50:23 - Vazirlik matbuot anjumani o‘tkazishi kerak ➡️ BATAFSIL 51:13 - Xorijiy til o‘qituvchilari masalasi davom etyaptimi? ➡️ BATAFSIL 54:14 - Yagona davlat imtihoni joriy qilinadi ➡️ BATAFSIL 58:04 - O‘qituvchilar pensiya yoshi qisqaradimi? ➡️ BATAFSIL 59:08 - Prezident ta’limga e’tibor qaratyapti ➡️ BATAFSIL 59:42 - 2026-yil ta’lim yili bo‘lishi mumkin ➡️ BATAFSIL 01:01:06 - Bog‘cha tarbiyachilari uchun alohida ta’lim shakli joriy etiladi ➡️ BATAFSIL 01:03:24 - "Yangi avlod" bog‘chalari tashkil qilinadi ➡️ BATAFSIL 01:05:35 - O‘quvchilar xalqaro sertifikati imtihonda tan olinadi ➡️ BATAFSIL 01:06:22 - Endi o‘quvchilar davomati to‘liq elektron tizimga o‘tkaziladi ➡️ BATAFSIL 01:06:43 - Maktablarda bo‘lar-bo‘lmas tadbirlar o‘tkazishga chek qo‘yiladi ➡️ BATAFSIL 01:10:26 - Yoshlarga repetitorlik xarajatlari qoplab beriladi ➡️ BATAFSIL 01:13:10 - Hududiy MMTBlar tugatilishi mumkin ➡️ BATAFSIL 01:15:21 - O‘quvchilar portfoliosi yaratiladi ➡️ BATAFSIL 01:16:52 - Umumiy xulosalar ➡️ BATAFSIL 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/McOjnvV-kV8 Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
Podkastni ko'rish
Photo unavailableShow in Telegram
#Sõragan_edingiz Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Savol
Men 26 yildan buyon maktabda o‘qituvchilik qilaman. Yaqinda bo‘lib o‘tgan olimpiadada o‘quvchim yetarli ball to‘play olmadi. Direktor bu uchun hayfsan berdi. Birinchi martada ogohlantirilmaydimi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayfsan beriladimi? Qaysi qonun yoki qarorda belgilangan? Iltimos, tushuncha bersangiz? Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1415
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
01:45
Video unavailableShow in Telegram
Attestatsiyadan yiqilgan o'qituvchi ishdan bo'shaydi, rahbar xodimlar-chi? Navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlarning taqdiri nima bo'ladi? Rahbarlik lavozimini o‘qituvchilik lavozimi bilan birga bajarib kelayotgan direktor yoki uning o'rinbosarlari ham attestatsiyadan o'tolmasa ishdan olinadimi? Bu haqda ushbu video orqali batafsil bilib olishingiz mumkin. Mavzuga oid qo'shimcha savollaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring. 📝 Izoh yozish Telegram l Instagram l YouTube
Show all...
AQMOQAbEgMjFy1oTxyBQDRTZfVM69jkK2dUi64yC_uXzG8iVewh14lJWyw_KEAD.mp413.90 MB
Savol yo'llash