Surxondaryo viloyati hokimligi
Open in Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
Show more2025 year in numbers

23 699
Subscribers
+1124 hours
+577 days
+31130 days
Posts Archive
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bugun, 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: ✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; ✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; ✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. 〰️〰️〰️〰️ 🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzatingSurxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
👍 9❤ 2🔥 1👏 1
Investorlar bilan mis konini o‘zlashtirish loyihasi muhokama qilindi
Kecha Prezidentimizga Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, viloyatda aniqlangan 114 ta qazilma kon zaxiralari asosida kelgusi yilda umumiy qiymati 3,2 milliard dollar bo‘lgan 91 ta loyihani boshlash, shu jumladan 2 milliard dollarlik loyihalarni ishga tushirish vazifalari belgilandi.
Bugun ushbu vazifalar ijrosi doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida Uzun tumanidagi Bobotog‘ mis konini o‘zlashtirish loyihasi muhokama qilindi. Onlayn uchrashuvda hindistonlik investorlar — "Glokal Yevroaziya" kompaniyasi ta’sischilari, O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda viloyat mutasaddilari qatnashdi.
Muloqot davomida geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 3👏 1🙏 1
#Sarhisob2025
Surxondaryo viloyatida 3 349 ta bog‘cha va 972 ta maktab faoliyat yuritmoqda
Yuqoridagi infografikalarda Surxondaryo viloyatida maktabgacha va maktab ta’limida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusi yil uchun rejalar haqida batafsil axborot berilgan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 5❤ 4🔥 1👏 1
"Yil ayoli – 2025" milliy tanlovining surxondaryolik g‘oliblari taqdirlandi
Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Yil ayoli – 2025" milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Xususan, mazkur tanlovda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Umida Begmatova faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Paraosiyo o‘yinlarida 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi Husniya Olimjonovaning onasi — Nigora Sidiqova "Matonatli ayol" nominatsiyasi, Uzun tumanidagi mahalla xotin-qizlar faoli Nasiba Shodiyeva esa "Eng namunali xotin-qizlar faoli" tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat rahbari erishilgan natijalar Surxondaryoda ayollarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularga farovon turmush uchun munosib sharoitlar yaratilayotganligining yaqqol ifodasi ekanini ta’kidlab, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 16❤ 3🔥 1👏 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyat rahbari ijtimoiy sohadagi vazifalar ijrosi va kelgusidagi rejalarga to‘xtaldi.
Ta’lim uchun zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha joriy yilning o‘zida 66 ta maktab va 41 ta bog‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bog‘cha bo‘lmagan 28 ta mahallada 78 ta oilaviy maktabgacha ta’lim kirib bordi hamda qamrov 67 foizdan 75 foizga oshirildi.
Tibbiyot sohasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish hamda kasalliklarni viloyatimizning o‘zida davolashni tashkil etishga asosiy e’tibor qaratilmoqdamiz.
Joriy yilda 75 ta birlamchi muassasalari ta’mirdan chiqarildi. 121 ta oilaviy poliklinikalar UZI, EKG, stomotologik va fizioterapevtik jihozlar keltirilib, tibbiy xizmatlar sifatini oshishi hisobiga aholining tuman markazlarigi qatnovi kamaymoqda.
Tibbiyot klasteri tashkil etilib, 200 dan ortiq yuqori texnologiyali jarrohlik ya’ni buyrak transplantatsiyasi, yurakda ochiq usulda operatsiyalar, o‘pkani tiklash va jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyotlari o‘zimizda amalga oshirilmoqda.
Fursatdan foydalanib, shifokorlarimizga murojaat qilmoqchiman! Aholimizga egningizdagi oq halatingizdek pokiza va vijdonan xizmat qiling. Tamagirlik va poraxo‘rlik sizni oxiri yo‘q yo‘lga yetaklaydi. Barcha shifokorlarimizdan yana bir bor o‘z kasbi va ichgan qasamiga sodiq bo‘lib, bemorlarga vijdonan xizmat qilishlarini so‘rayman.dedi viloyat hokimi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 1⚡ 1👏 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyatda 77 ta og‘ir mahallalar tanlab olinib, ushbu mahallalarda yo‘l, ichimlik va tomorqa suvi hamda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 160 mingga yaqin aholining yashash va yuqori daromad topish sharoitlari yaxshilandi.
Har bir mahallada 1 tadan “namunaviy ko‘chalar” tashkil etildi va obodonlashtirildi.
Barcha dasturlar doirasida:
➖1 100 km ichki yo‘llar va 5 dona ko‘priklar ta’mirlandi.
➖460 km yangidan ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 7 ta suv inshootlari qurilishi natijasida 124 ta mahallalarda 48 ming aholi ilk bor markazlashgan suv bilan ta’minlandi.
Ayniqsa Prezidentimiz tomonidan 2021-yilda boshlangan mega loyiha "To‘palang" suv omboridan ichimlik suvi Termiz shahri hamda 6 ta tumanga yetkazib berildi.
Bundan tashqari 847 km elektr tarmoqlari va 137 ta transformatorlar rekonstruksiya qilinib, 81 ming aholining elektr ta’minoti yaxshilandi.
Joriy yilda 9 200 xonadonli uy-joylar qurib bitkazilmoqda. Termiz shahrida jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida 35 ta zamonaviy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 9❤ 3👎 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryoda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan deputatlar va vohamiz jamoatchiligiga murojaat qilmoqda.
Keyingi yillarda Prezidentimiz e’tibori natijasida viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilda ham “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" Davlat dasturi doirasida hamda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qabul qilingan Prezident qarori ijrosi bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Viloyatda asosiy e’tibor iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy sohani yaxshilash orqali xalqni rozi qilishga qaratildi.
Xususan, 2025-yil davomida aholi bilan 24 marotaba ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilib, qabullarda kelib tushgan murojaatlarning 70 foizi ijobiy hal qilindi.
Xalq qabulxonaga kelib tushgan 82 mingta murojaatlarning 60 foizdan ortig‘i ijobiy hal etildi. Natijada murojaatlar o‘tgan 2024-yilga nisbatan 30 foizga kamayishga erishildi.
Misol uchun, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi 50 foiz, uy-joy bilan ta’minlash 42 foiz, elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 33 foiz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasidagi murojaatlar 24 foiz kamaydi. Aholining uzoq yillardan buyon to‘planib qolgan, ichimlik suv, yo‘l, elektr ta’minoti va boshqa masalalari bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 15❤ 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ayni vaqtda Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryoda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan deputatlar va vohamiz jamoatchiligiga murojaat qilmoqda.
Sessiya ishi “Surxondaryo” televideniyesi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.
Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
https://t.me/tvsurxon?livestream
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👏 7👍 4❤ 3🔥 2🙏 1
Surxondaryolik bolajonlarga "Prezident sovg‘asi" topshirildi
Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, viloyatimiz shahar va tumanlarida ham "Prezident archasi" teatrlashtirilgan bayram tomoshalari boshlandi.
Xususan, Termiz shahridagi "Iceberg" ko‘ngilochar maskanida o‘tkazilgan bayram tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy bo‘ldi. Unda 3–15 yoshdagi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 18 yoshgacha bo‘lgan oilaviy bolalar uylari va "Muruvvat" uyi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ota-onalari Vatan tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, 24 turdagi o‘quv qurollari va 34 turdagi shirinliklardan iborat "Prezident sovg‘alari"ni topshirdi.
Shundan so‘ng, "Prezident sovg‘alari" yuklangan avtokarvon tumanlarga kuzatildi. Bugun barcha hududlarda ushbu sovg‘alar o‘z egalariga tantanali ravishda topshiriladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 21❤ 8🔥 1👏 1🙏 1
Termiz davlat universiteti Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Xabar qilinganidek, kecha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy kompaniyalari delegatsiyalari bilan uchrashuv o‘tkazib, iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari bilan bir qatorda oliy ta’lim tizimida ham yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan edi.
Mazkur muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda yirik investorlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Xitoyning Janubi-g‘arbiy universiteti bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetida xitoy tilini o‘qitish markazini tashkil etish, sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xitoylik mutaxassislar ishtirokida darslar va master-klasslar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar uchun Xitoyda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilm-fan hamda investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 13❤ 8🔥 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
💼 Tayinlov
Choriyev Rustam Gafurovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Surxondaryo hududiy filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Rustam Choriyev 1990-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi. Malaka darajasi – 2-darajali xizmatchi.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va Surxondaryo viloyati hokimligida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar 2017-yildan Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 64❤ 13👏 11💯 4🔥 3🕊 1😐 1
Surxondaryo viloyati hokimi Xitoy kompaniyalari delegatsiyalarini qabul qildi
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar hamda investitsiyalarni hududlarga keng jalb etish Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu doirada bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatimizga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasining “Feichi Jingxiang Baijiu Co Ltd” kompaniyasi rahbari Vang Syaocha hamda “Samarkand International College” ijrochi prezidenti Vang Syaolin boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi.
Uchrashuv davomida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, energetika sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Termiz tumanida “Texno Park”, o‘quv markazi, texnikum, ishlab chiqarish majmualari va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan innovatsion shaharcha barpo etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, foydali qazilma boyliklarni o‘zlashtirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash orqali ip-kalava ishlab chiqarishga qaratilgan loyiha-takliflar atroflicha muhokama etildi.
Muzokaralar jarayonida har bir loyiha yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslar tahlil qilinib, Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, bildirilgan tashabbuslarni malakali mutaxassislar ishtirokida yanada takomillashtirish, joy tanlash hamda amaliy ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 10👍 6🔥 2👏 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasman: Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo'ladi
Prezident Farmoniga muvofiq quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
➖ 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’iy nazar) 31-dekabr – chorshanba;
➖ 2026-yilda:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.
Quyidagi kunlarda rasman dam olish bo'ladi:
✅31-dekabr (chorshanba);
✅1-yanvar (payshanba);
✅2-yanvar (juma);
✅3-yanvar (shanba);
✅4-yanvar (yakshanba).
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 14👏 1🙏 1
Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi
Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash bugungi kunda hudud rahbarlari oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanining At-Termiziy mahallasida joylashgan Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Tashrif davomida tumandagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarining hisobotlari tinglandi. Jumladan, 633 nafar ishsiz yoshga biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, yirik savdo obyektlari, soliq va bandlik bo‘limlari hamda tijorat banklari vakillari tomonidan axborot berildi.
Viloyat rahbari yoshlar yetakchilari va mas’ullarga har bir yosh bilan individual ishlash, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri yo‘nalish belgilash, ish bilan ta’minlash va barqaror daromad manbalari yaratishda manzilli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, texnikum bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilib, kelgusida dual ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish usullarini joriy etish hamda chet el korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 8❤ 4🔥 1🕊 1
Prezident Surxondaryoning salohiyatini yanada toʻliq ishga solish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar hisobiga soʻnggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan, 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilgan. Sanoat hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion soʻmga yetishi kutilmoqda. Charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi yangi tarmoqlar shakllangan.
Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ham yaxshi natijalarga erishildi. Joriy yilda 126 ming oila kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda. “Toʻpalang” suv omboridan quvur tortish orqali Sherobod, Boysun, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Jarqoʻrgʻon va Denov tumanlarida yashovchi 2 million aholining ichimlik suv muammosi toʻliq hal etilgan.
Yigʻilishda Surxondaryo viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha rejalarini taqdimot qildi.
Davlatimiz rahbari hududda yoʻllarni taʼmirlash, uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha ham koʻrsatmalar berdi.
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8830
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 31❤ 9👎 4🔥 1🙏 1
