en
Feedback
Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Open in Telegram

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
23 687
Subscribers
-624 hours
+307 days
+31930 days
Posts Archive
02:04
Video unavailableShow in Telegram
Termizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 34 yilligi munosabati bilan “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchlik posboni” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
rolik vatanparvarlik oyiga start finalni.mp492.88 MB
👍 8 3🔥 2🕊 1🫡 1
08:57
Video unavailableShow in Telegram
Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning aholiga murojaati Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
m.mp4106.94 MB
👍 11 6👏 1🕊 1
01:32
Video unavailableShow in Telegram
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari Surxondaryo viloyatida yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash hamda tartibni saqlash masalalarida o‘rganish o‘tkazdi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
Посл.вариант.mp411.68 MB
👍 8 3🕊 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryoda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan katta kurash musobaqasi o‘tkazildi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
Sequence 01_19.mp4113.73 MB
👍 14 3🔥 2🕊 1
Mutlaq vazn toifasi g‘olibiga bosh sovrin – "Damas" avtomobili topshirildi Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan katta kurash musobaqasida mutlaq vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi. Murosasiz bahslar yakunida: 🥇-o‘rin – Jahongir Mamatraximov, Oltinsoy tumani ("Damas" avtomobili); 🥈-o‘rin – Shermuhammad Jandriyev, Jarqo‘rg‘on tumani (Tuya); 🥉-o‘rin – Muhsin Hisomiddinov, Sariosiyo tumani (Ot); 🥉-o‘rin – Shohrux Baxtiyorov, Qashqadaryo viloyati (Ot). G‘oliblarga bosh sovrin – "Damas" avtomobili kaliti va boshqa sovrinlar sertifikatlarini Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Farxodjon Ismoilov hamda Kurash faxriysi Abdulla Tangriyevlar tantanali topshirdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
14👍 8👏 8 3🎉 2🙏 1
Kurash musobaqasida vazn toifalari bo'yicha g'oliblar aniqlandi Surxondaryo viloyatida O'zbekiston qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o'tkazilgan katta kurash musobaqasida g'oliblar aniqlandi. Jumladan, qizlar oʻrtasida +63 kg vazn toifasida: 🥇-oʻrin – Shoxista Nazarova (Jarqo‘g‘on tumani), (Ot); 🥈-oʻrin – Tillo Xonimqulova (Termiz shahri), (Ho'kiz); 🥉-oʻrin – Yulduz Muhammadiyeva (Qumqo‘rg‘on tumani), (Qo'chqor); 🥉-oʻrin – Charos Abdullayeva (Jarqo‘rg‘on tumani), (Qoʻchqor). Erkaklar oʻrtasida 66 kg vazn toifasida: 🥇-oʻrin – Avaz Ashurov (Sariosiyo tumani), (Ot); 🥈-oʻrin – Akobir Qurbonov (Angor tumani), (Ho'kiz); 🥉-oʻrin – Sardor Abdushukurov (Tojikiston Respublikasi), (Qo'chqor); 🥉-oʻrin – Karim Jo’rayev (Sherobod tumani), (Qo'chqor). Erkaklar oʻrtasida 81 kg vazn toifasida: 🥇-oʻrin – Ibrohim Qurbonnazarov (Denov tumani), (Tuya); 🥈-oʻrin – Xusniddin Mamajonov (IIB jamoasi, Termiz tumani), (Ot); 🥉-oʻrin – Muzaffar Xurramov (TerDU jamoasi, Sherobod tumani), (Ho'kiz); 🥉-oʻrin – Asad Choriyev (Sherobod tumani), (Ho'kiz). G'oliblarga sovrinlar tanatanali topshirildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
20👍 7🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun, 14-dekabr, soat 16:20 dan boshlab "O‘zbekiston 24" telekanali orqali Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan aholiga murojaati efirga uzatiladi. Shuningdek, viloyat hokimining murojaati 20:00 da "Surxondaryo" telekanali orqali ham namoyish etiladi. Murojaatnomada qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berildi. Barchaga ushbu murojaatnomani tomosha qilishni tavsiya qilamiz. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 14 9 1
Photo unavailableShow in Telegram
📢 Barcha ixlosmandlarni kurash musobaqasining final bosqichi tomoshalariga taklif etamiz! O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Termiz shahridagi “Kurash” majmuasida (Ob-havo noqulayligi sababli joyi o‘zgargan) o‘tkazilayotgan kurash musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslar bilan bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada mamlakatimiz hududlari hamda qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan nomdor polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha bellashmoqdalar. Ayni vaqtda vazn toifalari bo‘yicha final bahslariga start berilmoqda. G‘oliblar vazn toifalari bo‘yicha quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritadi: ➖ tuya ➖ ot ➖ qo‘y ➖ turli qimmatbaho sovg‘alar ➖ pul mukofotlari ➖ bosh sovrin — Prezident sovg‘asi “Damas” yengil avtomobili. Barchangizni milliy ruh, polvonlarning mahoratli chiqishlari va yuraklarni jo‘shqin etuvchi bellashuvlarni jonli tomosha qilish uchun Termiz shahridagi "Kurash" majmuasiga taklif etamiz. Jonli efirni tomosha qilish uchun havola: https://t.me/tvsurxon?livestream Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
7👍 3🔥 2👏 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
UzA | Obod turmush va to‘kin hayotimiz bunyodkorlari ulug‘lanmoqda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Obod turmush, farovon hayot va to‘kin dasturxonimiz bunyodkorlarining asosiy bayram tadbiri Termiz shahridagi “Grand Almaz” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, yurtimiz obodligi, elimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu yumushlariga muvaffaqiyat tiladi. Batafsil: https://uza.uz/posts/794914 Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 5👏 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi
Avvalo, siz, azizlarni, oʻz hayotini qishloq xoʻjaligi sohasiga bagʻishlagan yurtimizdagi barcha olijanob kasb egalarini qutlugʻ bayram – Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu qutlugʻ ayyomda sizlarning nafaqat qishloq xoʻjaligi, balki butun iqtisodiyotimizni yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ulkan xizmatlaringizni yana bir bor minnatdorlik bilan taʼkidlaymiz. Ayniqsa, bu yil, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq qiyinchiliklarga qaramasdan, agrar sektor rivojida sizlar bilan birga tub burilish yasashga muvaffaq boʻldik. Paxta, gʻalla va meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha yangi navlarni ekish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori hosildorlikka erishdik. Bu yil 3 mingdan ziyod mirishkor fermerlarimiz paxtachilikda hosildorlikni oʻrtacha 50-60 sentnerdan, ularning 1,5 ming nafari esa 70 sentnerdan oshirganlari, gʻallachilikda esa 3,5 mingdan ortiq tajribali fermerlarimiz oʻrtacha 100 sentnerdan hosil olganlari, hech shubhasiz, ushbu tarmoqlar rivojida yangi davr boshlanayotganidan dalolat beradi.
Tabrikning to‘liq matni: https://president.uz/oz/lists/view/8780 Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
3👍 3👏 1
Surxondaryo viloyati hokimi aholi va tadbirkorlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga manzilli hamda amaliy yechimlar topish maqsadida Surxondaryo viloyatida onlayn shakldagi ommaviy qabullar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda, dastlab, avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlarning ijrosi tahlil qilinib, hududiy studiyalar orqali mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Shundan so‘ng shahar va tumanlar bilan videomuloqot orqali fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Qabul davomida 105 nafar fuqaroning turli yo‘nalishlardagi 124 ta murojaati muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha viloyat, shahar va tuman darajasidagi yuzdan ortiq mas’ullarga aniq ijro topshiriqlari berildi. Jumladan, 23 ta murojaat qabul jarayonidayoq ijobiy hal etildi. Shuningdek, tadbirkorlar ishtirokidagi qabulda 51 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ulardan 17 tasi joyida yechim topdi. Qolgan masalalar yuzasidan esa chuqur o‘rganish olib borish va amaliy takliflar ishlab chiqish vazifalari tegishli rahbarlarga yuklatildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 16 5👏 1🙏 1
📢 Surxon ahli va aziz mehmonlar! Yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur bayramni yuqori kayfiyatda o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan katta kurash musobaqasi tashkil etilmoqda. Musobaqada mamlakatimiz hududlari hamda qo‘shni respublikalardan tashrif buyuradigan nomdor polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha bellashadilar. 🏆 Sovrinlar quyidagilardan iborat: ➖ tuya ➖ ot ➖ qo‘y ➖ turli qimmatbaho sovg‘alar ➖ pul mukofotlari ➖ bosh sovrin — yengil avtomobil. Barchangizni milliy ruh, polvonlarning mahoratli chiqishlari va yuraklarni jo‘shqin etuvchi bellashuvlarni jonli tomosha qilish uchun ertaga, 14-dekabr kuni soat 09:00 dan boshlanadign Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan katta kurash musobaqasiga taklif etamiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99897 531 00 15. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 11 5🔥 1🕊 1
📢 Surxon ahli va aziz mehmonlar! Yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur bayramni yuqori kayfiyatda o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan katta kurash musobaqasi tashkil etilmoqda. Musobaqada mamlakatimiz hududlari hamda qo‘shni respublikalardan tashrif buyuradigan nomdor polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha bellashadilar. 🏆 Sovrinlar quyidagilardan iborat: ➖ tuya ➖ ot ➖ qo‘y ➖ turli qimmatbaho sovg‘alar ➖ pul mukofotlari ➖ bosh sovrin — yengil avtomobil. Barchangizni milliy ruh, polvonlarning mahoratli chiqishlari va yuraklarni jo‘shqin etuvchi bellashuvlarni jonli tomosha qilish uchun ertaga, 14-dekabr kuni soat 09:00 dan boshlanadign Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan katta kurash musobaqasiga taklif etamiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99897 531 00 15. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
01:10
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari sharaflandi ‌‌Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
Sequence 01_17.mp4141.60 MB
👍 16 5👏 2🔥 1🙏 1
Surxondaryoda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlandi Yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Termiz shahridagi "Grand Almaz" to‘yxonasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, agrar soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda ularning voha iqtisodiyotini rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi munosib hissasini alohida e’tirof etdi. Qayd etilganidek, joriy yilda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlarining fidokorona mehnati samarasi bilan viloyatda 820,7 ming tonna g‘alla, 291,1 ming tonna paxta, 2,3 ming tonna pilla, 2 million 311 ming tonna meva-sabzavot, 226,8 ming tonna go‘sht, 1 million tonnadan ortiq sut hamda 610,5 million dona tuxum yetishtirildi. Shuningdek, sohada innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribalarning keng joriy etilishi hosildorlikni oshirishda muhim omil bo‘lgani ta’kidlandi. Erishilgan yutuqlar yuksak baholanib, Prezidentimiz farmonlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan surxondaryolik 8 nafar fidoyi davlatimizning yuksak faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida ilg‘or fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga "Ilg‘or fermer", "Mehnatkash dehqon", "Namunali tomorqachi" nominatsiyalari, soha xodimlariga esa "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi" va "Suv xo‘jaligi a’lochisi" ko‘krak nishonlari, viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bayram tadbiri to‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan, taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etib, qishloq xo‘jaligi xodimlariga bayramona kayfiyat ulashdi. ‌‌Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 23 14🔥 2👏 1🎉 1
👍 13 5🔥 2🕊 1
00:45
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryoda afg‘on urushi qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bayram tadbiri tashkil etildi ‌‌Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
Sequence 02.mp490.70 MB
👍 21 7🔥 2👏 1
Surxondaryoda afg‘on urushi qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bayram tadbiri tashkil etildi Prezidentimiz tashabbuslari asosida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifati va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom etmoqda. Ana shu ezgu maqsadlar doirasida Termiz shahridagi "Mumtoz" tantanalar saroyida surxondaryolik afg‘on urushi qatnashchilari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, "VETERAN" jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi raisi Tal’at Murodov, O‘zbekiston "Nuroniy" jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat rahbari Afg‘onistondagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan vatandoshlarimizning jasorati va matonatini alohida e’tirof etdi. Shu bilan birga, ular bugungi kunda ham mamlakatimiz taraqqiyotiga turli sohalarda munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbiri madaniyat va san’at namoyandalarining konsert dasturlari, shuningdek, to‘kin dasturxon atrofida samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. ‌‌Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 19 11👏 1
6👍 5🙏 3
Surxondaryolik tadbirkorlar Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyalari faoliyati bilan tanishmoqda Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan vohamizdan bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Safar davomida ishtirokchilar Xitoyning ilg‘or texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlari va innovatsion yondashuvlarini o‘rganib, ularni Termiz tumanida barpo etilayotgan "Texno Park" loyihasiga tatbiq etishni rejalashtirmoqda. Jumladan, tadbirkorlarimiz yuqori samarador va energiya tejamkor uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Qingdao Xindacheng Plastic Machinery Co., Ltd.", Xitoyda yirik plastik ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan "Qingdao Zhongsu Plastic Machinery Manufacturing Co., Ltd." hamda "Qingdao SOSN Machinery Co., Ltd." kompaniyasining yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish yo‘nalishidagi faoliyati bilan tanishishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot tayyorlash liniyalari, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarning ishlash tartibi ko‘zdan kechirildi. Ushbu safar Surxondaryolik tadbirkorlar uchun sanoat sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, innovatsion yondashuvlarni vohamizga olib kirish va "Texno Park" loyihasini samarali yo‘lga qo‘yishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi. ‌‌Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Show all...
👍 12 11🔥 2👎 1🙏 1