NamDU Registrator Ofis
Open in Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
Show more2025 year in numbers

11 795
Subscribers
-2824 hours
-2207 days
-92430 days
Posts Archive
DIQQAT EʼLON!!!
Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul bo‘lmoqda:
1. Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 13.822.600 so‘m.
2. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.382.000 so‘m.
3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7.888.000 so‘m.
4. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.888.000 so‘m.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 5❤ 2
#Bilasizmi
⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?
✅ JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.
OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda muddatlar quyidagicha:
25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;
100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.
To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.
kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 2🔥 1
03:10
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin:
OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi. Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin: 👉 kontrakt; 👉 ipoteka kreditlari; 👉 nodavlat bog’cha va maktablar. ❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Endi_kontraktdan_12%_daromad_solig‘ini_qaytarib_olish_to‘liq_masofadan.mp410.24 MB
👍 2🔥 1
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
#Yil_talabasi2025 #Natijalar
“Yilning eng faol talabasi - 2025” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan e’lon qilingan “Yilning eng faol talabasi - 2025” ko‘rik-tanlovining Namangan davlat universiteti bosqichi natijalari bilan tanishing:
📌 «Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin: To‘xtasinov Mira’zam Abdujabbor o‘g‘li - Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi; 🥈 2-o‘rin: Usmonjonova Ozodaxon Komiljon qizi - Biotexnologiya fakulteti 3 - bosqich talabasi 🥉 3-o‘rin: Foziljonova Niholaxon Fayoz qizi - Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi
📌 «Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin: Tursunboyev Xusayn Xabibullo o‘g‘li - Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi 🥈 2-o‘rin: Abdumutalov Mirzoolim Abdunabi o‘g‘li - Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi 🥉 3-o‘rin: Zokirjonov Akramjon Akramjon o‘g‘li - Fizika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi
📌 «Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin: Abdullayev Maxmal Axmetovnna - Fizika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi 🥈 2-o‘rin: Ikromjonova Madina Anvar qizi - Jahon tillar fakulteti 2-bosqich talabasi 🥉 3-o‘rin: Nazirjonova Gulasalbonu Nazirjon qizi - Biotexnologiya fakulteti 3 -bosqich talabasi
📌 «Yilning eng faol sportchi talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin: Tursunpo‘latova Malikaxon Maqsudjon qizi - San'at va sport fakulteti 4 -bosqich talabasi 🥈 2-o‘rin: Anvarova Muhsinaxon Otabek qizi - Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi 🥉 3-o‘rin: Davlataliyev Dostonbek Rustam o‘g‘li - Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi
📌 «Yilning eng faol iqtidorli talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin: Abjalilova Gulmira Mahmudjon qizi - San’at va sport fakulteti 3 -bosqich talabasi 🥈 2-o‘rin: Ibroximov Muhammadyusuf Sodiqjon o‘g‘li - Yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi 🥉 3-o‘rin: Nabibullayeva Madinabonu Alisher qizi - Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
📌 «Yilning eng faol ijodkor talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin: Sattixo‘jayev Qahramon Saidxon o‘g‘li - Yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi 🥈 2-o‘rin: Asqaraliyeva Dilshoda Hojiakbar qizi - Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi 🥉 3-o‘rin: Shermirzayeva Maxliyo Murotjon qizi - Jahon tillar fakulteti 2-bosqich talabasi
📌 «Yilning eng faol tadbirkor talabasi» nominatsiyasi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin: Abdulvositova Fazilat Abdurashid qizi - Fizika-matematika fakulteti 3-bosqich talabasi 🥈 2-o‘rin: Karimberdiyeva Sojida Qahramon qizi - Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi 🥉 3-o‘rin: Mamatova Sanmanxon Akmaljon qizi - Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi📌 Tanlov nizomiga muvofiq har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 7 nafar g‘oliblar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Ushbu g‘olib talabalarimizga tanlovning respublika bosqichida ham omad va zafarlar tilab qolamiz. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👍 6❤ 4❤🔥 3🔥 2🥰 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
#konferensiya
Konferensiya: Global bilim maydonida Yangi Oʻzbekiston yoshlarining munosib ishtirokini taʼminlashda STEAM taʼlimining ahamiyati
Maqomi: Respublika
Soha:
1. Pedagogika fanlari
Manzil: Namangan
O'tkazilish sanasi: 18.12.2025
Qabul sanasi: 01.12.2025 gacha
Talablar:
1. Til: o'zbek, rus, ingliz
2. Kamida 3 sahifa
3. Times New Roman
4. 14 o'lcham
5. 1.5 oraliq
6. Elektron pochta
7. Telefon raqam
AXBOROT XATI BUYERDA
Narx: Ko'rsatilmagan
Xizmat: Bepul
Xizmat quyidagicha:
1. Maqolani konferensiya talablariga moslash
2. Maqolani saytga joylash
3. To'plam olish
Konferensiya haqida to'liq ma'lumot e'lon yuqorisidagi rasmlarda berilgan!
Murojaat uchun: @nashr_ad
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 1
Repost from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Айрим ёшларнинг тўлов-контракт суммаси бир қисми қоплаб берилади✅ Фармонга кўра, 2026 йил 1 февралдан Камбағал оилалар реестрига киритилган оилалардаги ёшларга қуйидаги имтиёзлар берилади: 🔹 сафарбарлик чақируви резервидаги ҳарбий хизматни бепул ўташ тартиби жорий этилади ҳамда ушбу мақсад учун субсидия ажратиш тартиби бекор қилинади; 🔹 “Ёшлар дафтари” жамғармалари орқали: ▪️ автомототранспортлар ҳайдовчиларини тайёрлаш ўқув курси харажатларини қоплаш бўйича субсидия ҳайдовчилик гувоҳномасининг “А”, “B”, “D” ва “DE” тоифаларини олиш учун тўлаб берилади; ▪️ касбий ва олий таълим ташкилотлари ўқувчи-талабаларининг контракт суммаси 50 фоизгача қисми тузилган ижтимоий шартнома шартларини бажариш даражасидан келиб чиқиб тўланади ҳамда 1 ўқув йили учун БҲМнинг 50 бараваридан ошмаслиги лозим; ▪️ айни бир шахс 1 йил давомида турли ижтимоий ёрдамлардан кўпи билан 2 марта фойдаланиши мумкин. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
❤ 5👍 1
KUN TARIXI
Bugun 21-noyabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Butunjahon televideniye kuni.
🌏Butunjahon baliq sanoati kuni.
🌏Musiqasiz kun.
🌏Xalqaro salomlashish kuni.
🇪🇨Venesuela – Talabalar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1404 – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi.
🔹1783 – Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi.
🔹1877 – Tomas Edison fonografni ixtiro qildi.
🔹1969 – Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi.
🔹2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta‘sis etish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
#tavalludlar
🔹1694 – Volter – fransuz yozuvchisi va faylasufi.
🔹1910 – Izzat Sulton – o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim.
🔹1948 – Asrol Muxtorov – ganchkor usta, naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi
🔹1985 – Xesus Navas – ispaniyalik futbolchi, jahon chempioni.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 4❤ 2🔥 1👏 1
Repost from TgId: 2329295246
02:01
Video unavailableShow in Telegram
#Farovonlik_sari
“O‘zbekiston24” telekanalining “Farovonlik sari” ko‘rsatuvida Namangan davlat universiteti professori Narimon Dehqonov Davlatobod tumani Yangi Namangan shaharchasi hududida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, mazkur hudud misolida viloyatda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar natijadorligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirdi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
IMG_7168.MP443.97 MB
👍 7🔥 2❤ 1👏 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Vazirlar_murojaati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan
QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar.
Azizlar!
Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
Ardoqli yoshlar!
Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar.
Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim.
Muhtaram ustozlar!
Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik.
❗️Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 5👍 3
Repost from TgId: 1931522914
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_tanlov
Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️
📥“SI: g‘oyadan – amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
📥“INNOVO” fundamental tadqiqotlar tanlovi
Muddat: 01.12.2025
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov
“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik!Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida tanlovning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Shu munosabat bilan, yosh izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalarni o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha sodda va ommabop tilda maqolalar tayyorlab, e’lon qilish hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan, keng jamoatchilikka ilmiy bilimlarni tushunarli va ommabop tarzda yetkazishga xizmat qiladigan eng yaxshi materiallar mualliflarini aniqlash va rag‘batlantirishdir. Tanlovga hujjatlar topshirish 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang! 📝 Ishtirok etish uchun nima qilish kerak? ➖ 2025/2026-o‘quv yili davomida ilmiy-ommabop gazeta yoki jurnallarda maqolangizni e’lon qiling; ➖ e’lon qilingan material (PDF shaklda) va ma’lumotingiz bilan may oyining 1–10-sanasida tanlovga ariza topshiring. Tanlovda oliygohlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — BHMning 25 baravari; 🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari; 🥉 3-o‘rin — BHMning 15 baravari.Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting! 📃Tanlov nizomi
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 5👍 1🥰 1
KUN TARIXI
Bugun 20-noyabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – Butunjahon bolalar kuni.
🌏Pediatrlar kuni.
🇻🇳Vetnam – O‘qituvchilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1959 – BMT Bosh Assambleyasi “Bola Huquqlari to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qildi.
🔹1979 – bemorga birinchi marta sun’iy qon quyildi.
🔹1985 – Microsoft Windows 1.0 operatsion tizimi ishga tushirildi.
🔹1998 – Xalqaro kosmik stansiyaning birinchi moduli (“Zarya” moduli) ishga tushirildi.
🔹2022 – Qatarda futbol bo‘yicha 22-jahon chempionati boshlanishi.
#tavalludlar
🔹1906 – Oydin (Manzura Sobirova) – yozuvchi, dramaturg.
🔹1934 – Obid Yunusov – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1941 – Mashrab Boboyev – adib, shoir va dramaturg.
🔹 2000 – Konni Talbot – britaniyalik qo‘shiqchi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 4👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Oliy ta'lim tashkilotlarida davomatni yuritish jarayonida talabalarning darsda ishtirok etmaganligini sababli qilish bo'yicha aniq mezonlar.
Tegishli hujjat topshirgan taqdiringizda ham NB qoʻyiladi. Hujjat orqali oʻsha NB sababli qilinadi.
Bundan boshqa barcha holatlarda nima olib kelishingizdan qatʼiy nazar sababsiz hisoblanadi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 9👍 2
Repost from TgId: 2329295246
#Uchrashuv #Kelajakka_qadam
#Ochiq_muloqot #Kelajakkaqadam
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida ochiq muloqot oʻtkazildi
Namangan davlat universiteti hamda Oʻzbekiston Milliy Banki Namangan viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda universitet Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Jalolov Ravshanbek, Oʻzbekiston Milliy Banki Namangan viloyat boshqarmasi «Kelajakka qadam» markazi menejerlari Rahimov Muhammadnosir hamda Toirova Elnara va talabalar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida bank-moliya sohasi rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy menejment yondashuvlari hamda yoshlar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga o‘z tajribalarini ulashib, amaliy maslahatlar berdilar.
Shuningdek, uchrashuvda bitiruvchi talabalarni kelgusida ish bilan taʼminlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Mehnat bozoridagi dolzarb yo‘nalishlar, sohada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchilarning talab va takliflari hamda bitiruvchilarda bo‘lishi lozim bo‘lgan kasbiy va shaxsiy kompetensiyalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilarga zamonaviy rezyume tuzish, samarali suhbatdan o‘tish, amaliyot jarayonlaridan unumli foydalanish va mehnat bozoriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📎“Kelajakka qadam” dasturi bilan tanishish
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 8🔥 2🎉 2👍 1
#Dars_jadvali_sirtqi
Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti 60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun 1-yarim yillik dars jadvali
O‘quv jarayoni 17-noyabr kuni boshlanadi.
O‘quv jarayoni Namangan shahri, Boborahim Mashrab ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan universitet binosida olib boriladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Dars jadvali sirtqi yangi.xls0.76 KB
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati
🎤 O‘qish – hayot uchun emas, balki yashash uchun o‘qish kerak.
🪶 Mark Tven
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 10❤ 3💯 2
Repost from TgId: 2329295246
Photo unavailableShow in Telegram
#Rasmiy #DSc #PhD
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikga imtihon va suhbat kunlari e’lon qilindi
Namangan davlat universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’limga doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka imtihon va suhbat jarayonlari 2025-yil 20, 21 va 22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi (mustaqil izlanuvchilikka suhbat kunlari belgilangandan keyin qayta e’lon qilinadi).
Talabgorlar hamda imtihon vaqtlari:
Stajyor-tadqiqotchilik;
Tayanch doktorantura;
Doktorantura.
Tayanch doktorantura imtihonlari yozma ish shaklida, doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik imtihonlari esa ixtisoslik bo‘yicha suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Manzil: Namangan shahri, Davlatobod tumani, Tadbirkor MFY, Yangi shahar ko‘chasi, 30-uyda joylashgan universitetning Innovatsion fakultet binosi. (Joylashuv)
Imtihon jarayonlari onlayn translyatsiya qilib boriladi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 2👍 2
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦 “Islohotlar bilimdoni – 2025” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi 1-sharti bo‘yicha natijalari bilan tanishing!
✔️Eslatib o‘tamiz, yuqorida ismlari ko‘rsatilgan ishtirokchilar tanlovning 2-shartida ishtirok etib, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan innovatsion takliflar, ilg‘or tajribalar xususida o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar hamda ishtirokchilarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalari ham baholanadi.
🏛 Respublika bosqichining 2-sharti 27-28-noyabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etiladi.
✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 7👍 5🔥 1🕊 1
00:20
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
🔒 Telegramda ikki bosqichli himoya o‘rnating!
✅ Bugungi kunda firibgarlar turli yo‘llar bilan akkauntlarga kirishga urinmoqda. Shuning uchun Telegram foydalanuvchilari o‘z hisoblarini 2 bosqichli parol bilan himoya qilishi juda muhim.
📱 Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Ikki bosqichli parol bo‘limiga kiring va kuchli parol o‘rnating.
🛡 Esda tuting, bu oddiy qadam sizni katta xavflardan himoya qiladi!
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
telegram 2-parol.mp440.32 MB
❤ 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Markaziy Osiyo hamjamiyati: umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma'naviy va madaniy yaqinlik birlashgan hudud
Bugungi globallashuv jarayonida Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyati keskin ortib bormoqda. Yaqin o‘tmishda turli siyosiy to‘siqlar, o‘zaro ishonchsizlik yoki cheklangan hamkorlik tufayli imkoniyatlar to‘liq ro‘yobga chiqmagan bo‘lsa, so‘nggi yillarda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi ochiqlik, ishonch va o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
2017-yilda yo‘lga qo‘yilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari tarixiy burilish yasadi. Ushbu muntazam muloqot ishonch va ochiqlikka asoslangan yangi siyosiy tafakkurning timsoliga aylandi
Batafsil maqolani o'qish 👉 https://urli.info/1jy8G
✍️ Nodirbek Kodirov Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 5❤ 1
