en
Feedback
XORAZM YOSHLARI

XORAZM YOSHLARI

Open in Telegram

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi Ochiq muloqot va murojaatlar uchun; @yoshlarmurojaati @yoshlarmurojaati_bot

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
45 637
Subscribers
-66424 hours
-1 1197 days
+38 66130 days
Posts Archive
01:07
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi. @yoshlarxorazm
Show all...
03 murojaat tg.mp421.37 MB
01:19
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿“Eng muhim yutuqlarimiz haqida so‘z yuritganda, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinlidir”, – dedi davlatimiz rahbari.
Avvalo, O‘zbekiston futboli uchun 2025-yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mohir shaxmatchilarimiz jahon kubogida munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgani barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi. O‘tgan haftada 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jasorat va matonat sohibi bo‘lgan sportchilarimiz bu yilgi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Show all...
01 murojaat tg.mp424.15 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️2026 -yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili Prezident Shavkat Mirziyoyev. @yoshlarxorazm
Show all...
🔥 4👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”,
– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida. @yoshlarxorazm
Show all...
2 1👍 1🔥 1
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin! 👉https://t.me/shmirziyoyev?livestream
Show all...
01:11
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi! Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang! Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar. Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”. Shuningdek, onlayn translyatsiya Prezidentning rasmiy sahifalarida: Veb-sayt: www.president.uz Facebook: fb.com/Mirziyoyev Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Show all...
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
👍 3🔥 2🫡 2 1
00:32
Video unavailableShow in Telegram
📍Urganch tumani hokimi G‘ayratjon Sultonov otaliqqa olingan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning muammo, taklif va tashabbuslari tinglandi. Uchrashuvda ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiya masalalari muhokama qilindi. Har bir murojaat qayd etilib, mas’ullarga aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi @yoshlarxorazm
Show all...
IMG_6195.MOV25.16 MB
👍 3🔥 3 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yoshlar festivali – birga ro‘yxatdan o‘tamiz! Ayni vaqtda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” majmuasida vazirlik va idora tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida “Census” kubogi intellektual o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur festival “Birga ro‘yxatdan o‘tamiz, birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida tashkil etilmoqda. 📹Jonli efirda YouTube @yoshlarxorazm
Show all...
1👍 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Respublikamizdagi xalqaro B2 va C1 sertifikatini olishni istagan barcha ingliz tili ustozlari uchun ajoyib yangilik — “1000 Ustoz Granti”! ⚡ Xalqaro TOEFL test markazi, My School, Ibrat Farzandlari hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 1000 nafar ingliz tili ustozlari uchun GRANT asosida 2 oylik TOEFL imtihoniga tayyorlov kurslari tashkil etildi. 😮 Ushbu imkoniyat orqali ustozlar: - o‘z kasbiy malakalarini oshirishlari, - hamda davlat tomonidan berilayotgan 50% ustama haqini osongina qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi. 👇 Grant ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagi kanalga obuna boʻling va havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring! 📌@toeflexamuz 🔗So'rovnomani to'ldirish
Show all...
4👍 1🔥 1
00:57
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿Xiva tumanida “Bolalar harakati” sardorlari saylovi bo‘lib o‘tdi Bolalarning yetakchilik salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xiva tumanida “Bolalar harakati” sardorlari saylovi tashkil etildi. 🟢Saylov jarayonida faol va tashabbuskor yoshlar o‘z loyihalari hamda g‘oyalari bilan ishtirok etib, hudud rivoji, ijtimoiy hayot va yoshlar muammolariga doir qarashlarini namoyon etdi. 📸FOTO @yoshlarxorazm
Show all...
IMG_6177.MOV44.87 MB
2👍 1🎉 1💯 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿Har bir ma'lumot faqat raqam emas, balki obodlik, farovonlik sari qo'yiladigan qadamdir! Oltinoy Sotimboyeva, boks bo'yicha jahon kubogi musobaqalari sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi @yoshlarxorazm
Show all...
IMG_6159.MP418.60 MB
4🔥 1💯 1🫡 1
01:01
Video unavailableShow in Telegram
❄️ Bolajonlar uchun ajoyib yangilik! “Mo‘jizaviy maktublar” loyihasi boshlandi 24-dekabrdan 31-dekabrgacha davom etadigan “Mo‘jizaviy maktublar” loyihasida bolajonlarni faol ishtirok etishga taklif etamiz. Mazkur loyiha bolalarning eng ezgu orzu-istaklarini ifoda etish hamda ularni kelajak sari yo‘naltirish uchun betakror imkoniyat yaratadi.
❄️ Sizga mo‘jizaviy maktubingizni yozishda yordam beradigan ba’zi savollar: 1. Sizning orzuyingiz nima? Uni tasvirlab bering! 2. Kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lmoqchisiz va nega aynan shu kasbni tanladingiz? 3. Qaysi mashhur shaxs (yozuvchi, olim, sportchi, san’atkor va b.) bilan uchrashishni xohlaysiz? Ushbu savollarga javob berib, o‘z mo‘jizaviy maktubingizni yarating.
✔️Quyidagi havola orqali @Mojizaviymaktublar o‘z maktubingizni yo‘llang. • Yuqoridagi savollarga javob berib, orzularingizni o‘z bayon eting. Loyihada 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. @yoshlarxorazm
Show all...
21.19 MB
2👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yurtimiz yoshlari va jamiyat hayotiga oid barcha eksklyuziv xabarlarni “Yoshlar ovozi” da o’qing! 🗞 Gazetasining ushbu sonida; 🟢Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi; 🟢Ochiq muloqot; 🟢Qishning oppoq lahzasi; 🟢“Pizik” yoshlar; 🟢“El-yurt umidi” jamg‘armasi: tanlov tizimidagi tizimli muammolar; 🟢Harvardga 100% grant; 🟢Prezident bilan samimiy uchrashuv; 🟢Taʼlim frontining “fruyeri”; 🟢Mohir fortepianochi. 📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin! #yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar #Rivojlanish @yoshlarxorazm
Show all...
2🔥 1🎉 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Mahallalardagi eng faol yoshlar yetakchilari taqdirlandi Bugun “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi-2025” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yetakchilar mahallalarda davlat siyosatini izchil amalga oshirib, yoshlar bilan bevosita muloqot qilayotgan, ularning muammo va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgan Prezident vakillari sifatida faoliyat yuritmoqda. Ular bugun davlat va yoshlar o‘rtasidagi ishonchli va mustahkam ko‘prik, ertangi islohotlarning tayanchi ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. 👉G‘oliblar bilan tanishing! @yoshlarxorazm
Show all...
Eng namunali taqdirlash TG.mp421.78 MB
👍 3 2🔥 2🎉 2😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#OʻzbekistonBelgisi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashining harbiy qismlar va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘limi boshlig‘i Otajonov Farrux Qahramonovich “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 🟢Mazkur yuksak e’tirof Vatanga sadoqatli xizmat, fidoyilik va yoshlar bilan olib borilayotgan samarali faoliyatning yorqin natijasidir. 🟢Ushbu yuksak e’tirof bilan Otajonov Farrux Qahramonovichni samimiy qutlab, unga kasbiy barqarorlik va ulkan zafarlar tilaymiz! @yoshlarxorazm
Show all...
👍 6 3🎉 3🔥 2
Show all...
👍 3🎉 2 1
00:23
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿Xiva shahar hokimi Temur Ismoilovich Davletovni oʻziga biriktirilgan “Otaliqqa” olingan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 🟢Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘rganish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. @yoshlarxorazm
Show all...
IMG_5931.MP417.89 MB
👍 8🔥 1👏 1
Show all...
👍 3🔥 1🎉 1
01:18
Video unavailableShow in Telegram
❗️Zararli APK fayllar bo‘yicha ogohlantirish So‘nggi paytlarda “Bayramga taklifnoma”, “Sening rasmlaring”, “Sud chaqiruvi” kabi nomlar ostida zararli APK fayllar tarqalmoqda. Bunday fayllarni ochmang va qurilmangizga o‘rnatmang! Agar shubhali ilovalar o‘rnatib yuborilgan bo‘lsa: 🔵Internetni o‘chiring yoki parvoz rejimiga o‘ting; 🔵 Sozlamalar orqali ilovani darhol o‘chirib tashlang; 🔵 Muammo saqlanib qolsa, mutaxassisga murojaat qiling. 📌Har qanday APK fayl xavfli bo‘lishi mumkin. @yoshlarxorazm
Show all...
apk 1 (1).mp49.25 MB
2👍 2🔥 1💯 1
00:42
Video unavailableShow in Telegram
🎁“Tabassum hadya qil” xayriya aksiyasi davom etmoqda! ⭐️Ezgulik sari bir qadam tashlab, bolajonlar qalbiga quvonch ulashish hamda e’tiborga muhtoj xonadonlarni qo‘llab-quvvatlashga barchangizni chorlaymiz. Xayriya aksiyamizda faol bo‘ling! 📞Bog‘lanish uchun: +99899121 6293 Birga bo‘lsak — mehr ko‘payadi! @yoshlarxorazm
Show all...
HAYRIYA AKSIYA.mp432.63 MB
4🔥 4👍 3🎉 1