en
Feedback
Birga kitob o‘qiymiz

Birga kitob o‘qiymiz

Open in Telegram

☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov 🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
98 044
Subscribers
+1 51124 hours
+1 6537 days
+28 63230 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
👉 Test savollarini ishlash 👈
Bugun qanday kunligi esingizdami?
Show all...
🤔 35👍 18 4😁 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bir kunda odam o‘rtacha 150 martadan ko‘proq telefonini qo‘lga olar ekan. Eng qizig‘i, shularning 70% da hech qanday yangi xabar bo‘lmaydi. Hech kim yozmagan, hech kim qo‘ng‘iroq qilmagan – faqat bizning “balki kimdir eslab qolgandir” degan umidimiz. ☝️Bu odatni olimlar “phantom notification” deydi – ya’ni odam xabar kelmaganda ham go‘yoki telefon qimirlagandek sezadi. Shunaqa bo‘ladiki, qo‘l cho‘zib qarasangiz, hech narsa yo‘q. Aslida esa hech kim bizni bunchalik sog‘inmagan bo‘ladi. Telefon jim, lekin biz o‘z vaqtimizni “yo‘qlikni tekshirish”ga sarflab yuboramiz.
Eng qiziq joyi – miyamiz buni “mukofot” deb qabul qiladi. Bir marta haqiqiy xabar kelganida olgan zavqimiz tufayli, keyin hamon yana-yo‘q tekshiraveramiz.
O‘zingizni tanidingizmi? To‘g‘ri ayting, oxirgi marta telefoningizni necha daqiqa oldin ko‘targandingiz? 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
Show all...
🔥 20 7
Photo unavailableShow in Telegram
Откройте кредитную карту AVO platinum в приложении! ✅ AVO platinum — беспроцентная кредитная карта. 1% кешбэк с каждой покупки — Кредитная карта AVO platinum! 💰 Oʻrnatish Изучите все условия кредита (займа) на сайте в соответствующем разделе. Оценивайте свои финансовые возможности и риски. Финансовые услуги оказывает: ООО МКК «А ДЕНЬГИ». #reklama avo.uz
Show all...
5
Photo unavailableShow in Telegram
🌿Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy haqida ko‘pchilik bilmagan qiziqarli faktlar: ↪️1. To‘rt tilda ijod qilgan – Navoiy nafaqat o‘zbek tilida, balki fors, arab va ozarbayjon tillarida ham she’rlar yozgan. ↪️2. “Xamsa” asarini birinchi bo‘lib turkiy tilda yozgan – Avvalgi “xamsachilar” (Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy) asarlarini fors tilida yozgan bo‘lsa, Navoiy “Xamsa”ni turkiy tilda yaratdi. ↪️3. Samarali davlat arbobi bo‘lgan – U Husayn Boyqaro davrida vazirlik qilgan va Hirotda ko‘plab madrasa, masjid, ko‘prik, yo‘l va hammomlar qurdirgan. ↪️4. Musiqaga ham qiziqqan – Navoiy shashmaqom va o‘sha davr musiqiy an’analari haqida yaxshi bilgan va musiqiy majlislarda qatnashgan. ↪️5. “Muhokamatul lug‘atayn” bilan tarix qoldirgan – Bu asarda turkiy tilning fors tilidan hech qanday kam emasligini ilmiy dalillar bilan isbotlab bergan. ↪️6. “Navoiy” taxallusini tasodifan olmagan – “Navo” so‘zi “ohang, sadо, kuy” degani. Shoirning ovozi juda yoqimli bo‘lgani uchun unga “Navoiy” deb taxallus berilgan. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
Show all...
🔥 33 21👌 11🤨 4
#murojaatnoma ⚡️O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi. 🕊TalabaYoshlar ◀️obuna bo‘ling
Show all...
👍 45 26🔥 9😁 7
Photo unavailableShow in Telegram
“Kichik odatlar katta natija beradi” 📖10 sahifa kitob o‘qish 🌍20 daqiqa ingliz tili o‘rganish 🏃‍♂️15 daqiqa sport bilan shug‘ullanish 🧠Biror yangi bilim olish uchun maqola o‘qish Shu kichkina qadamlar sizni hech qanday mo‘jiza kutmayotgandek tuyuladi. Lekin vaqt o‘tib qarasangiz: ✔️1 yilda siz 3 600 sahifadan ortiq kitob o‘qigansiz – bu o‘rtacha 15 ta kitob demak. ✔️1 yilda 120 soat sport qilgansiz – bu sizni sog‘lom va tetik qiladi. ✔️1 yilda 120 soat yangi til o‘rgansiz – bu yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Hayotimizdagi eng katta o‘zgarishlar katta qadamlar bilan emas, balki muntazam kichik odatlar bilan sodir bo‘ladi. Esda tuting: “Mukammal vaqt” kutmang. Mukammal vaqt – bu hozir. Bugun o‘zingiz uchun bitta kichik qadam tashlang. Oradan bir yil o‘tib, hozirgi o‘zingizga minnatdor bo‘lasiz✨ ✈️Kitobxonyoshlar Sahifamizga obuna bo‘ling
Show all...
57👍 9🔥 7🥰 5
00:15
Video unavailableShow in Telegram
Hatto izi ham iforga to'la Faqat Kerasys Perfume'ga xos oltin nisbat bilan — 48 soat davom etadigan nafis gul ifori Bu — men, Bu — mening iforim KERASYS Lovely romantic / Elegance sensual / Pure charming / Blooming flowery / Glam stylish Kerasys Perfume shampunining 5 xil hidini sinab ko‘ring Batafsil #reklama 16+ uzum.uz
Show all...
tmpxke1j4kv.mp45.84 MB
11🔥 2👏 2👍 1
📚 AQShda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restoranlari va Starbucks qahvaxonalari sonidan koʻproq. 🧑‍💻 Jamoat kutubxonasida immigrantlar ingliz tilini bepul oʻrganadi, kompyuteri yoʻqlar kelib bepul foydalanadi. Boshpana, ish, oʻqish qayerdan topsam boʻladi, degan savollarga javob oladi, bolalar tengdoshlari bilan muloqot/dars, qariyalar madaniy hordiq uchun keladi. ☝️Jamoat kutubxonasi faqat kitobxona emas. Masalan, Boston jamoat kutubxonasi taklif qiladigan bepul xizmatlar roʻyxati: Boshpana, tekin ovqat, tekin tibbiy yordam, tekin yuridik va moliyaviy xizmatlar va hk. Xulosa: bizga ham ana shunday formatdagi jamoat kutubxonalari kerak. Mayli, boshlanishiga har bir hududga hech boʻlmasa bittadan. Balki Toshkentga sal koʻproq, shu jumladan Talabalar shaharchasiga albatta. Keyin zaruriyatga qarab barcha hududlarda yana koʻpaytirilaveradi. ©️Xushnudbek Xudoyberdiyev kanalidan olindi. Yuqorida ayrim jamoat kutubxonalarining rasmlari ko'rsatilgan. KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Show all...
83😁 13🔥 8😢 8👍 7🤩 6👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
Visa PUBG MOBILE –haqiqiy o'yin ishqibozlari uchun karta Visa PUBG MOBILE kartasi orqali siz: • Har bir to'lovdan UC keshbek olishingiz • To'g'ridan-to'g'ri o'yinda gift box yutib olishingiz • Kartadan ham O'zbekistonda, ham uning tashqarisida ham foydalanishingiz mumkin Visa PUBG MOBILE — ulkan g'alabalaringiz kaliti! Oʻrnatish #reklama 16+ ru.ipakyulibank.uz
Show all...
6👌 2🤨 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🧠Hammamiz eshitganmiz: “Odamlar miyalarining atigi 10% ini ishlatadi”. Bu gap qanchalik qiziq eshitilmasin, aslida mutlaqo yolg‘on. ✔️Olimlar MRI va boshqa miya tadqiqotlari orqali isbotlashgan: miya deyarli har bir qismi faoliyatda qatnashadi. Hatto biz dam olayotganda ham, miyamiz “tanaffus” qilmaydi – ichkarida millionlab jarayonlar davom etadi.
Shunday qilib, “agar 100% miyamizni ishlatsak super-qahramon bo‘lamiz” degan gaplar – faqat filmlar va motivatsion speakerlarning ixtirosi.
Eng qizig‘i, odamlar shu yolg‘onga 90 yildan beri ishonib kelmoqda! Chunki bu gap juda yoqimli: “men aslida cheksiz potensial egasiman” degandek. 😅 Aslida esa, biz miyamizni to‘liq ishlatamiz – faqat ba’zan uni to‘g‘ri narsalarga ishlatmaymiz. Masalan, 2 soat davomida “Instagramda kim nima qo‘ydi ekan?” degan fikrga. TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Show all...
28😁 16🔥 7👏 2🌚 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hamkorbank va Omnypay — aksiyada ishtirok eting Har bir Omnypay orqali Hamkorbankka qilingan 300 dollarlik o'tkazma = qimmatbaho sovrinlar uchun imkoniyat. ⚡ iPhone 16 Pro uchun — bosqichda kamida 1 ta o'tkazma bo'lishi kerak. ⚡ BYD SEAGULL uchun — dastlabki 3 bosqichda kamida 3 ta o'tkazma. ⚡ Super sovrin BYD SONG PRO DM-i Champion uchun — barcha bosqichlarda jami 6 ta o'tkazma. Shunchaki o'tkazmalarni qabul qiling va o'yinda ishtirok eting! Batafsil ma'lumotlar saytimizda Batafsil #reklama 16+ hamkorbank.uz
Show all...
8🔥 2
📚“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi bo‘yicha ko‘pchilik so‘rayotgan savollarga javoblar:
1️⃣Kamida 5 ta do‘stimni taklif qilib, 5 referal ball yig‘masam test ishlay olmaymanmi? ✅Shunday, test ishlash uchun 5 referal ball bo‘lishi majburiy, hali referal yig‘ishga vaqt bor.
2️⃣Do‘stlarni taklif qilish qachongacha davom etadi? ✅27-dekabr kuni soat 21:00 gacha davom etadi. Shu vaqtgacha eng ko‘p do‘stini taklif qilgan TOP-50 ta o‘rindagi ishtirokchilar test natijalaridan qat’iy nazar to‘g‘ridan-to‘g‘ri final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
3️⃣Test-savollari qanday formatda bo’ladi? ✅Testlar 27-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi va @kitobtanlovbot orqali onlayn ishlanadi. Vazifa qilib berilgan “Yolg‘izlikning yuz yili” (Gabriel Garsiya Markes) va “Ko‘hna dunyo” (Odil Yoqubov) kitoblaridan aralash holatda kuniga 50 tadan testlar beriladi. Umumiy 150 ta test bo‘ladi. Har bir test uchun 1 daqiqadan vaqt belgilangan.
4️⃣Test savollarini qachon ishlasam bo’ladi? ✅Testlarni har kuni soat 23:59 ga qadar istagan vaqtingiz, xohlasangiz kunduzi yoki kechgi paytda ishlasangiz bo‘ladi, kun davomida xohlagan paytingiz. ‼️Eslatma: 3-kun 29-dekabr kuni test ishlash 20:00 da to‘xtatiladi va TOP-150 o‘rinni egallaganlar final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
5️⃣Tanlov rostmi, sovg‘alar aniq beriladimi? ✅Albatta bu vazirlik tomonidan o‘tkazilayotgan rasmiy tanlov, g‘oliblar tantanali tarzda taqdirlanadi. Oldingi mavsum taqdirlash marosimlari quyida: ↪️https://t.me/kitobxonyoshlar/3450 ↪️https://t.me/kitobxonyoshlar/3870 ↪️https://t.me/kitobxonyoshlar/4314 ↪️https://t.me/kitobxonyoshlar/5477
6️⃣Men talaba emasman, tanlovda qatnashsam bo‘ladimi? ✅Tanlovda Respublikamizdagi barcha (davlat, xorijiy, xususiy) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalari va akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin. ‼️Yuqoridagi toifaga kirmaydiganlar ham vazifa qilib berilgan kitoblarni o‘qib, tanlovning saralash bosqichida ishtirok etishi va 150 ta testdan kamida 70 ta to‘g‘ri javob topgan taqdirda faol ishtiroki uchun rasmiy, elektron sertifikat bilan taqdirlanishi mumkin.
7️⃣Referal ball nima u qanday yig‘iladi? ✅Buni yozib tushuntirish qiyin menimcha, shunga quyidagi videoni ko‘rsangiz batafsil tushuntirib berganman. ↪️https://youtu.be/ePMMeJW7Xng (bu o‘tgan safargi tanlov haqida tushuntirish, lekin hozirgi tanlovga ham tartibi mos tushadi, faqatgina kitoblar o‘zgargan)
8️⃣Test onlayn bo‘ladimi, qayerda ishlaymiz? ✅Testlarni siz ro‘yxatdan o‘tgan @kitobtanlovbot orqali onlayn formatda ishlanadi. Final bosqichi esa offlayn formatda bo‘ladi.
Tanlov haqida batafsil ma’lumot nizomda to‘liq yozib qo‘yilgan, faqatgina ba’zi ishtirokchilar nizomni o‘qib chiqqani juda erinishmoqda. ✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Show all...
❤‍🔥 9👏 4😢 4 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#boshqotirma Hurmatli kitobxonlar, ushbu rasmlarga berkitilgan asarlarni topishga urinib ko'ring-chi. Qani kim nechtasini topa olar ekan? 12 ta javobni hammasini bitta xabarda yozishingizni so'raymiz. KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling
Show all...
🔥 18 14😁 5👍 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Metro va avtobuslarda yo'l haqi 990 so'mdan VISA START SUM kartasi bilan jamoat transportida yo'l haqidan tejang — 990 so'm. Sinab koʻrish #reklama 16+ ru.ipakyulibank.uz
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
🎧 Kitob va musiqa – ular bir-biriga o‘xshash! Kitob o‘qiyotganda fon sifatida qandaydir ohang eshitib ko‘rganmisiz? Ba’zida musiqaning birgina kuy chizig‘i kitobni butunlay boshqacha his qilishimizga sabab bo‘ladi.
Masalan:
➡️Xurshid Do‘stmuhammadning “Boqiy dunyo”sini o‘qiyotganda sekin cholg‘u – dutor yoki nay kuyini qo‘ysangiz, voqealar yurakdan o‘tadi. ➡️Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”siga esa og‘ir pianino yoki violonchel ohanglari mos tushadi, chunki asar ham xuddi musiqaday iztirobli va dramatik. ➡️O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”ni esa sekin va mehrli xalq qo‘shiqlari bilan birga o‘qisangiz, kitobning ruhini chuqurroq his qilasiz.
Har bir kitobning o‘z “soundtrack”i bor desak, adashmaymiz. Kitob va musiqa birga uyg‘unlashganda, voqealar ko‘z oldimizda yanada jonlanadi.
Savol: Siz qaysi kitobni o‘qiyotganda musiqa tinglagansiz va o‘sha ohang kitobni boshqacha his qildirgani esimda, degan tajribangiz bormi? ✈️Kitobxonyoshlar Sahifamizga obuna bo‘ling
Show all...
32👏 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
AVO platinum kredit kartasini ilovada oching! ✅ AVO platinum — foizsiz kredit karta. AVO ilovasida kredit karta oching va 100 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%! 💰 Oʻrnatish #reklama avo.uz
Show all...
4
Photo unavailableShow in Telegram
Qaysi biri muhimroq – sayohat yoki manzil? ➡️Men uchun: hamroh kimligi muhim! ☝️Chunki ba’zida manzil muhim emas, yo‘l uzoq yoki qisqaligi ham ahamiyatli emas. Muhimi – yoningda bo‘lgan odamlar. To‘g‘ri odamlar bilan hatto eng oddiy yo‘l ham unutilmas sarguzashtga aylanadi. Masalan, avtobusda uzoq yo‘l yurish. Agar yoningda eng yaqin do‘sting bo‘lsa – vaqt qanday o‘tganini ham sezmay qolasan. Kulgular, suhbatlar, oddiy choy ham lazzat bo‘lib ketadi. Lekin yolg‘iz bo‘lsang, yo‘l qanchalik qisqa bo‘lmasin, zerikarli va og‘ir tuyuladi. ✨Shuning uchun ba’zida yo‘l uzoqligi ham, manzil chiroyligi ham emas, yoningdagi insonlar borligi yo‘lingni mazmunli qiladi. Eng yaxshi safarlar – eng yaxshi odamlar bilan. ✈️Kitobxonyoshlar Sahifamizga obuna bo‘ling
Show all...
45👍 9💘 6🔥 3
Ushbu kanalda turkcha lug‘atlar, kunlik testlar va Azamat muallimning shaxsiy tavsiyalari berib boriladi. Turkcha o‘rganishni niyat qilganlar uchun eng foydali kanallardan biri. Obuna bo‘ling: 👉 @Muallim_Azamat 👉 @Muallim_Azamat
Show all...
👍 11 9🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
Sovchilar kelib bezor qildimi? Unda Turk tilini o‘rgan va Magistraturaga kir! 🇹🇷Turk tilimi?! Unda faqat Muallim Azamat! Kanaldagi oxirgi 5 postni o‘qib chiq va kanalga a'zo bo‘l! Kanal ma'qul bo‘lmadimi?! Demak senga sevganingdan sovchi kelyapti! Kanal aslida mukammal! Hayotingni o‘zgartiradigan "Omad Nuqtasi" bu kanal 👉 @Muallim_Azamat
Show all...
🤣 68😁 27 13🔥 3👏 2👍 1😢 1