Yoshlar.edu.uz
Open in Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Show more2025 year in numbers

121 391
Subscribers
-1 23824 hours
-6 4437 days
+26 98930 days
Posts Archive
⏳⏳⏳⏳
Bugun 28-noyabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon shafqat kuni.
🇺🇦Ukraina – Moliyaviy monitoring tizimi xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1520 – Ferdinand Magellan ilk bor Magellan bo‘g‘ozidan o‘tdi.
🔹1812 – bug‘ kuchi bilan ishlaydigan bosma mashinada “Times” gazetasi ilk bor chop etildi.
🔹1950 – “Plan Kolombo” xalqaro tashkiloti tashkil etildi.
🔹1992 – O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya bilan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘ldi.
#tavalludlar
🔹1821 – Nikolay Nekrasov – rus shoiri.
🔹1880 – Aleksandr Blok – “Kumush asr” davri rus shoiri.
🔹1881– Sveyg Stefan – avstriyalik yozuvchi.
🔹1915 – Konstantin Simonov – sovet shoiri, nasr yozuvchisi va dramaturg, jamoat arbobi.
🔹1967 – Anna Nikol Smit – amerikalik supermodel, aktrisa va teleboshlovchi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 20👍 6👏 2🎉 2
Jarayonlardan barcha fotolavhalar yuqoridagi post kommentariyasiga joylashtirildi.
❤ 3🔥 2🥰 2
🗣“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining ilk kuni yakunlandi!
🏛 Bugun kun davomida “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” hamda “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyalari nomzodlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
☝️Ishtirokchilarni baholashda nomzodlarning tayyorlagan taqdimoti, notiqlik mahorati, yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar mohiyatini izchil, mantiqiy asoslash qobiliyati, daxldorlik tuyg‘usining namoyon etilishi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
🔖 Har bir nominatsiya bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari yakunlangach, Hakamlar hay’ati tomonidan yakuniy natijalar e’lon qilindi. Ko‘rik-tanlovning saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, final bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
Respublika bosqichining “Eng yaxshi tyutor” va “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari ertaga soat 09:30 dan boshlab davom ettiriladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3549.MOV13.56 MB
❤ 8👍 2🔥 2
01:47
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
🔐 Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling – internetda har bir qadam muhimdir!
Bugun e’tiboringizga havola etayotgan videorolik shaxsiy ma’lumotlarni asrash, internetdan ongli va xavfsiz foydalanish madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan.
➡️Siz o‘zingizni raqamli makonda yetarlicha himoya qilyapsizmi?
⚠️ Shaxsiy ma’lumotlaringiz – pasport raqami, telefon, karta ma’lumotlari, SMS kodlar sizning eng muhim boyligingiz. Ularni himoya qilmasangiz, firibgarlar bir necha daqiqada ularni o‘g‘irlashi mumkin.
💡 Videoda quyidagi muhim tamoyillar haqida so‘z yuritiladi:
🔵Internetda hushyor bo‘lish
🔵Shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga bermaslik
🔵Noma’lum havolalarni ochmaslik
🔵Firibgarlik usullarini oldindan tanish
🔵Raqamli odob va madaniyatni shakllantirish
🔒 Raqamli xavfsizligingiz – o‘z qo‘lingizda!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_0230.MP437.52 MB
❤ 4👏 2🔥 1
✨✨✨✨
🗣 Oliy ta’lim muassasalarida Kibermadaniyat oyligi doirasida talabalar uchun kibermadaniyat mavzusida “Marifat darsi” tashkil etildi.
🎓 Tadbir davomida talabalar internet va raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va onlayn madaniyat qoidalari bilan tanishtirildi.
• Olmaliq davlat texnika instituti • Xalqaro innovatsion universitet • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti • Namangan davlat pedagogika instituti • O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti • Namangan davlat texnika universiteti • Guliston davlat pedagogika instituti • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali • Jizzax davlat pedagogika universiteti • Guliston davlat universiteti • Belarus–O‘zbekiston Qo‘shma Tarmoqlararo Amaliy Texnik Kvalifikatsiyalar Instituti • Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali • Toshkent davlat tibbiyot universiteti • Urganch innovatsion universiteti • O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali • Samarqand davlat tibbiyot universiteti • Urganch davlat universiteti😄Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat darsi”ning asosiy maqsadi talaba – yoshlarni kibermuhitda ongli va mas’uliyatli harakat qilishga o‘rgatish, shuningdek, ularning raqamli xavfsizlik va kibermadaniyat madaniyatini rivojlantirishdir.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
2025-11-01 13-33-56(Android).mp49.89 MB
IMG_8941.MP444.01 MB
video_2025-11-27_15-01-44.mp448.24 MB
❤ 10🤩 2🔥 1
00:29
Video unavailableShow in Telegram
FIDE Jahon kubogi-2025 g‘olibi Javohir Sindarov Vatanga qaytib keldi!
🇺🇿Prezidentimiz farmoni bilan Sindarov Javohir Sanjarbekovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchi 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_6329.MP423.03 MB
❤ 21👍 10🔥 2
01:26
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
📵 “SIM kartangizni bloklaymiz, kodni ayting!” – bu FIRIBGARLIK!
Kiberjinoyatchilar o‘zini mobil operator xodimi sifatida tanishtirib, sizni qo‘rqitishga urinadi. Maqsad – SMS-kodlarını qo‘lga kiritib, raqamingizni va bank ilovalaringizni egallash.
⚠️ Ularning eng mashhur yolg‘onlari:
“SIM kartangiz bloklanmoqda, kodni ayting.”
“Raqamni qayta ro‘yxatdan o‘tkazyapmiz, SMS keladi, aytib yuboring.”
“Texnik sozlash ketyapti, shuning uchun tasdiqlash kodingiz kerak.”
❗️Eslab qoling:
Hech bir operator SMS-kod, parol yoki tasdiqlash raqamlarini sizdan so‘ramaydi.
🔐 Raqamli taqiq qoidalari:
🚫 SMS-kodni hech kimga aytmang.
🚫 Noma’lum raqamlar bilan “xodim” deb ishonmang.
🚫 Qo‘rqitish orqali aytilgan har qanday xabarga ishonmang.
☎️ Shubhali qo‘ng‘iroq bo‘lsa, o‘zingiz operatorning rasmiy raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
🛡 SIM-kartangiz – shaxsiy hayotingiz va bankingizga kirish kaliti. Uni himoya qiling!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
СИМ_картангизнинг_амал_қилиш_муддати_тугади,_рақамингизни_ўчирамиз.MP417.04 MB
❤ 6🤝 2👍 1
✅ Viktorina
❓“Fake news”lar yoshlar ongiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi?Anonymous voting
- Ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi
- Ishonchni pasaytiradi, ruhiy va ma’naviy beqarorlik keltiradi
- Axborot madaniyatini kuchaytiradi
- Tanqidiy tahlilni rivojlantiradi
🔥 16👏 8❤ 5👍 3😎 2
🗣“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi boshlandi.
Final bosqichini ochib berish uchun Markaz direktori Abdumalik Akramov so‘zga chiqib, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi strategik islohotlarning yurtimiz hayotidagi ahamiyati, ularni amalga oshirishda ta’lim sohasi vakillarining o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, final bosqichining 2-sharti bo‘yicha ishtirokchilarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyati hamda amalga oshirgan ishlari taqdimotlari boshlandi. Taqdimot qilish navbati qur’a tashlash orqali aniqlandi. Ayni vaqtda “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari hamda sohaga oid bilim va ko‘nikmalari baholanmoqda.
🗣Eslatib o‘tamiz, tanlovning yakuniy bosqichida g‘olib deb topilgan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin: BHMning 45 barobari miqdorida; 🥈2-o‘rin: BHMning 40 barobari miqdorida; 🥉3-o‘rin: BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3518.MOV22.94 MB
❤ 12👍 4
01:04
Video unavailableShow in Telegram
#tabiatni_asraylik
🌿 Ekofaol talabalardan ibratli tashabbus
Namangan davlat texnika universiteti talabalari tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lishga chorlovchi ibratli videorolik tayyorladilar.
🎬 Videorolikda yoshlar ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, toza va sog‘lom muhitni asrash har bir insonning burchi ekanini yodga solishdi.
♻️ Tabiatni asrash – kelajakni asrash demakdir!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
01rapg3f9cy6k3gynfz0.mp424.75 MB
❤ 7🔥 4👍 3
⏳⏳⏳⏳
Bugun 27-noyabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Toshbaqalarni himoya qilish kuni.
🌏Xalqaro gitarachilar kuni.
🇵🇼Palau – Oila kuni.
🇷🇺Rossiya – Onalar kuni.
🇹🇲Turkmaniston – Paxta hosili bayrami.
#muhim_voqealar
🔹1895 – Alfred Nobel oʻz mulklarini Nobel mukofoti fondiga berilishini vasiyat qildi.
🔹1971 – Sovet kosmik dasturining Mars sathiga yetib borgan ilk inson yasagan jism - Mars 2 kosmik kemasi ishga tushirildi.
🔹1997 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida” Qaror qabul qildi.
🔹2003 – Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavalludiga bag‘ishlangan yubiley tantanalar o‘tkazildi.
#tavalludlar
🔹1701 – Andres Selsiy – shved astronomi, fizik va matematik olimi.
🔹1940 – Bryus Li – mashhur kung-fu ustasi.
🔹1965 – Rushana Sultonova – raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1997 – Sasha Spilberg – rossiyalik videobloger, aktrisa, qo‘shiqchi va model.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 13👍 6🔥 2
🟦🟦🟦
🗣Sport yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari tadbirlari
➡️Mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari esa yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va birdamlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
• Jizzax davlat pedagogika universiteti • Urganch davlat universiteti • Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali • O‘zbekiston davlat sport akademiyasi • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti • Termiz iqtisodiyot va servis universiteti • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti • Jizzax politexnika instituti • Andijon davlat pedagogika instituti • Andijon davlat tibbiyot instituti • Fan va texnologiyalar universiteti • Perfect universiteti • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti • Namangan davlat texnika universiteti • Qo‘qon universiteti • Alfraganus universiteti • Sambhram universiteti😄 Sport musobaqalarida turli OTMlarning faol ishtiroki nafaqat talabalarning jismoniy rivojiga, balki ularning ijtimoiy faolligi, liderlik qobiliyati va jamoaviy ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
2.mp479.59 MB
IMG_1246.MOV62.16 MB
IMG_7691.MP44.45 MB
IMG_5785.MP414.40 MB
tgm.mp425.03 MB
IMG_7692.MP46.42 MB
❤ 10
Photo unavailableShow in Telegram
Javohir Sindarov – Jahon Kubogi 2025 chempioni!
⚡️Goa (Hindiston)dagi FIDE Jahon Kubogi 2025 finalida Javohir Sindarov Vey Yiga qarshi bahsni o‘z foydasiga hal qildi va turnir chempioniga aylandi va FIDE Jahon kubogini yutgan eng yosh chempion bo‘lib tarixga kirdi!
➡️Chempionlik mukofoti: 120 000 dollar
➡️Eng muhimi – Javohir 2026-yilgi Nomzodlar turniriga rasmiy yo‘llanma qo‘lga kiritildi!
Barchangizni g’alaba bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 40👏 25👍 11🎉 9🤝 1
01:10
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi
💸 Kredit bo‘yicha firibgarliklarga aldanmang!
Kiberjinoyatchilar so‘nggi paytlarda odamlarni “tezkor kredit”, “foizsiz qarz”, “onlayn tasdiqlash” kabi yolg‘on vaʼdalar bilan chalg‘itib, shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinmoqda.
➡️Bank xizmatlarini faqat rasmiy ilova va saytlarda bajaring.
➡️Begona raqamlar yuborgan havolalarga aslo kirmang.
➡️Karta ma’lumotlari, parol va SMS-kodlarni hech kimga bermang.
➡️Shubhali qo‘ng‘iroqlarni darhol uzing va bankning rasmiy raqamiga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qiling.
🛡 Eslab qoling: firibgarlarning eng katta quroli – ishonchni suiiste’mol qilish.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Олдиндан_тўловни_фақат_фирибгарлар_сўрашади!_Алданманг!.mp49.51 MB
❤ 8🔥 1
