Rasmiy axborot
Open in Telegram
Ishonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
Show more2025 year in numbers

15 682
Subscribers
+18324 hours
+2 3187 days
+5 64330 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
📢 Tashqi ishlar vazirligi “Dunyo” axborot agentligi tomonidan tayyorlangan “Diplomat bolajon” animatsion multserialining navbatdagi soni Yangi yil sarguzashtlariga bagʻishlandi.🛎Haqiqat jangchilari bu safar bayram feyklariga qarshi kurash olib boradi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
👍 3🔥 2🏆 2
13:40
Video unavailableShow in Telegram
🎙“2025 yil yakunlari: asosiy natijalar” mavzusida BRIFING
👀O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1,2 mln. saqlov birligidagi 96,9 mln. kadr hujjatlar raqamlashtirildi;
👀2025-yil boshidan 115,8 ming saqlov birligidagi qariyb 15,2 mln. kadr raqamlashtirildi va reja 101,8 foizga bajarildi;
👀2025-yil davomida Respublika arxivlariga jami 557 975 ta mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan;
👀Davlat nazorati tadbirlari natijasida 341 ta tashkilotlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborildi.
👤 Batafsil "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tgan brifingda
〰️〰️〰️〰️〰️
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
26.12.2025 A.Aliyev Brifing.mp4220.31 MB
👍 3
02:29
Video unavailableShow in Telegram
👍 Prezident Shavkat Mirziyoyev:
📌"Biz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qoʻymoqdamiz. Fargʻona vodiysidan Orolboʻyigacha, Zarafshon vohasidan Qashqadaryo va Surxondaryogacha, Toshkentdan tortib Jizzax va Sirdaryogacha – yurtimizning qaysi hududida yashamasin, har bir fuqaromiz islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada koʻproq his qilishi kerak".https://t.me/Rasmiy_axborot_official
video_2025-12-27_14-01-38.mp493.88 MB
❤ 1
🏆 Qurilish materiallari sohasida 2025-yilning eng yaxshilari aniqlandi!
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yil sarhisobi” rasmiy taqdirlash marosimida soha rahbarlari, mutaxassislar, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
📑 2025-yil natijalari qisqacha: 🏗 Ishlab chiqarish hajmi: 53 trln so‘m (o‘sish – 112,5%) 🏭 Sohaning sanoatdagi ulushi: 5,1% 💰 Investitsiyalar: 2,04 mlrd $ (1,59 mlrd $ — TTXI) 🌍 Eksport: 1,1 mlrd $, eksport geografiyasi 60 ta davlat 📦 Mahalliylashtirish: 4,4 trln so‘m (reja – 126,5%) 🏆 “Yil sarhisobi” g‘oliblari: ⭐️ “Yil brendi” — Thermo plus (“Khorezm Insulation Group” MCHJ) 🌐 “Yilning eng yaxshi eksportchi korxonasi” — "Akfa Extrusions" MCHJ 🧱 “Eng yaxshi sement ishlab chiqaruvchi” — "Namangan sement" MCHJ ✅ “Sifat barqarorligi bo‘yicha yetakchi korxona” — "Durable beton" MCHJ 🌱 “Ekologik toza korxona” — "IMPERIAL-GRANIT" MCHJ 🔬 “Ilm-fan yutuqlarga erishgan korxona” — "ECOPLIT" kompaniyasi🗳 10 kun davom etgan ijtimoiy so‘rovnomada 200 mingga yaqin ovoz jamlandi va eng munosiblar aniqlandi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
👀 2026-yilda 2 142 ta mahallalarda xatlov o'tkaziladi.
📄"Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi 937-sonli qonun ijrosi yuzasidan 2026-yilda 2 142 ta mahallalarda xatlov o'tkazilishi yuzasidan Agentlikning tegishli buyrug'i bilan Reja-jadval tasdiqlandi.📰 Reja-jadval bilan 🌟Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
reels_murojaatnoma_tg_new.mp434.06 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
03:00
Video unavailableShow in Telegram
❗️ 2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili bo‘ladihttps://t.me/Rasmiy_axborot_official
IMG_1322.MP465.81 MB
👏 3❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.
🕐 Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:
📺 “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;
🔘“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);
🔘“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;
➡️Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
❤ 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌳O‘zbekistonda o‘rmonlar maydoni 4,7 mln gektarga yetdi
“Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatda oʻrmon maydonlarini koʻpaytirish va degradatsiyaga uchragan hududlarni tiklash boʻyicha choralar izchil kengaytirilmoqda. Oʻrmon fondini rivojlantirish ekologik barqarorlikning, choʻllanishga qarshi kurashishning va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatishning asosiy omillaridan biri sifatida, ayniqsa respublikaning zaif hududlarida koʻrib chiqilmoqda.👍 Batafsil 〰️〰️〰️〰️ https://t.me/Rasmiy_axborot_official
18:03
Video unavailableShow in Telegram
👍 “O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan haftalik dayjest:
(15—21-dekabr)
00:49-“O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov Jahon banki va Daniyaning yirik nasos uskunalari ishlab chiqaruvchi “Grundfos” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. 01:30-“O‘zsuvtaʼminot” AJda apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 01:37-“O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘ldi. 02:32-“O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. Komilbek Yusupov xizmat safari bilan Xorazm va Buxoro viloyatlarida bo‘ldi. 02:43-Ichimlik suvi taʼminoti tizimi kuz-qish mavsumiga tayyormi? 03:22-Prezidentimizning tashabbusi bilan Surxondaryoda ichimlik suvi taʼminoti tubdan yaxshilandi. 04:59-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani “Qo‘yboq” QFYda 3 dona suvni chuchuklashtiruvchi yangi uskunani qurish ishlari amalga oshirildi. 05:16-Andijon viloyati Asaka tumanida 35 ming aholining ichimlik suvi ehtiyojlari to‘la qondirilmoqda. 06:04-Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Ipak yo‘li” mahallasida 3 300 nafar aholi ichimlik suvi bilan taʼminlandi. 07:02-Farg‘ona viloyati Quva tumani “Qaqir” MFY uchun yangi yil tuhfasi zamonaviy oqova suvni qayta ishlash inshooti barpo etildi va foydalanishga topshirildi. 08:18-Vodoprovodga suv filtrlari qo‘yish shartmi? 09:41-“Surxondaryo suv taʼminoti” AJ Termiz shahridagi ichimlik suvi inshootlari va tarmoqlarini raqamli ko‘rinishga keltirib, geoaxborot tizimini joriy etmoqda. 10:49-Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” ko‘chasidan o‘tuvchi diametri 800 mm bo‘lgan ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi. 11:17-Suvni bugunday tejaylik! 12:10-Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyiha boshlandi. 12:35-Suv bilan bog‘liq muammolar, sabab va yechimlar qanday? 13:43-"Namangan suv taʼminot" AJ tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli rejalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 14:08-Respublika bo‘ylab ichimlik suvidan debitor qarzdorliklarni qisqartirish hamda suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni oldini olish maqsadida reyd tadbirlari davom etmoqda. 15:13-“O‘zsuvtaʼminot” AJ Ilmiy-o‘quv markazida gidravlika yo‘nalishi bo‘yicha 72 soatlik malaka oshirish mashg‘ulotlari tashkil etildi. 15:34- Suv isteʼmoli madaniyati hamda undan oqilona foydalanishni yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida respublika taʼlim muassasalarida ochiq darslar va suv taʼminoti korxonalariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda. 17:14-“Rasmlar tanlovi” o‘z nihoyasiga yetdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
TAYYOR QWQW.mp4171.57 MB
❤ 1👍 1
10:27
Video unavailableShow in Telegram
👍 Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida 2025-YILDA amalga oshirilgan eng muhim ishlar yuzasidan BRIFING
✅ Joriy yilda soha rivojini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish hamda pedagoglar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo'nalishida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan:
📊 59 ta yangi maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi va maktablar soni 10 193 taga, o‘quvchilar soni 6,5 mln nafarga yetkazildi. 🔰 2024-2025 o‘quv yilida maktablarni tamomlagan 433 503 nafar 11-sinf hamda 633 952 nafar 9-sinf bitiruvchilariga tegishli shahodatnomalar berildi. 📊 Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi 78 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 98 foizga yetkazildi. Maktablarning 43 tasida yangi qurilish, 371 tasida rekonstruksiya, 88 tasida mukammal ta’mirlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 103 tasida yangi qurilish, 191 tasida rekonstruksiya, 36 tasida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. 🌐 Buning natijasida maktablarda qo‘shimcha 142 mingga yaqin o‘quv o‘rni yaratildi hamda mavjud 92 ming 400 o‘rinli binolar mukammal ta’mirlandi. O‘quvchilarni nufuzli oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorlashga qaratilgan «Prezident iqtidorli farzandlari» milliy dastur faoliyati yo‘lga qo‘yildi va dasturga 2 642 ta hujjat qabul qilindi. ➖ Ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilda maktab direktorining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, maktab direktori o‘rinbosarining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirildi.👉 BATAFSIL https://t.me/Rasmiy_axborot_official
IMG_2307.MP4226.61 MB
❤ 1
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang!
🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: ✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; ✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; ✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. 〰️〰️〰️〰️ 🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.
📌Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating!https://t.me/Rasmiy_axborot_official
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
🔥 20👍 19❤ 16
Photo unavailableShow in Telegram
👍 Dunyoga mashhur IBM kompaniyasining rasmiy saytida O‘zbekistonda bojxona sohasini raqamlashtirish borasida erishilgan natijalarga bag‘ishlangan maqola chop etildi!
Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning "Masshtablanuvchi sun’iy intellekt yechimlari orqali bojxona deklaratsiyalari soniyalar ichida qayta ishlanmoqda!" sarlavhali mazkur maqolasida yangi sun’iy intellektga asoslangan bojxona rasmiylashtiruvi tizimi deklaratsiyalarni qayta ishlash jarayonini to‘liq avtomatlashtirgani ta’kidlanadi. Natijada avval 2–3 soat talab etilgan rasmiylashtirish vaqti bir necha soniyagacha qisqardi. Faqat 2024 yilning o‘zida qiymati 5 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan 80 mingdan ortiq deklaratsiya bojxona xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtirildi.Jarayonga tadbiq etilgan sun’iy intellekt omillari va ularning natijalari ham maqolada atroflicha tahlil etilgan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
❤ 1
01:01
Video unavailableShow in Telegram
👍 Moʻynoqdagi yangi quduqdan tabiiy gaz oqimi olindi
Ustyurtdagi Moʻynoq maydonida muhim geologik natijaga erishildi. Bugun 3-sonli izlov qudugʻidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi.
Quduqda burgʻilash ishlari joriy yilning 8-sentyabr kuni “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” tomonidan boshlangan boʻlib, quyi yura qatlamlari 4 940 metr chuqurlikkacha burgʻilandi. Endi 3 sutka davomida quduq mahsuldor qatlamining tabiiy xususiyatlari oʻrganiladi. Ushbu tadqiqotlar natijasida quduqning sutkalik debiti, qatlam bosimi va boshqa muhim parametrlari aniqlanadi. Ayni paytda Moʻynoq maydonida yana ikkita quduqda burgʻilash va sinash ishlari jadal davom etmoqda. Tez kunlarda ushbu quduqlardan ham natijalar olinishi kutilmoqda.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1.mp424.07 MB
Photo unavailableShow in Telegram
☃️ Harbiy orkestr ijrosidagi Qorbobolar paradi bo‘lib o‘tadi
26 dekabr kuni Toshkentda Milliy gvardiya harbiy orkestri Qorbobo obrazida musiqiy parad o‘tkazadi.
🕐19:00 — Amir Temur xiyoboni → Markaziy archa 🕐20:30 — Magic City → Yangi yil archasi 🕐21:30 — Tashkent City Mall → Tashkent City saylgohi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
01:30
Video unavailableShow in Telegram
📸 Tekshiruvlar endi bodi-kamera nazoratida: Bu tadbirkorga nima beradi?
Prezident Farmoni (10.12.2025 yildagi PF-246-son) bilan tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni kamaytirishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda.
2026-yil 1-iyuldan boshlab ayrim turdagi tekshiruvlar maxsus bodi-kamera orqali qayd etilgan holda o‘tkaziladi.
Bu nima degani? Endi nazorat qiluvchi organ xodimi tadbirkor huzuriga kelganda, jarayonning har bir soniyasi videotasvirga olinadi. Bu tartib Farmonda belgilangan 17 turdagi tekshiruvlarga taalluqli. 👍Bu tadbirkor uchun qanday afzalliklar beradi? Bu tartib tadbirkorlik subyektlarini asossiz aralashuvlardan himoya qilishga, nazorat qiluvchi organ xodimlarining mas’uliyatini oshirishga hamda har ikki tomonning qonun doirasida harakat qilishini ta’minlashga xizmat qiladi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
IMG_7778.MP417.42 MB
👍 1
🎉🎉🎉🎉🎉
🔂 KELAJAK UCHUN XORIJIY TIL
📍 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad — xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur jarayonlar Toshkent tajribasi asosida "Kelajak uchun xorijiy til" — "Language for future" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
🎤 O‘quvchilarga MOCK test sinovlarini ishlash uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. Bunda Tinglab tushunish (Listening), Grammatika va O‘qib tushunish (Reading) asosida ishtirokchilarning natijalari baholanmoqda.Sinovlar yakunida esa natijalar tahlil qilinib, o‘quvchilarni turli darajalardagi guruhlarga ajratish va bepul darslar o‘tkazish rejalashtirilgan. Fakultativ darslar umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijlik ustozlar tomonidan tashkil etiladi.
📈 22-dekabr kuni boshlangan test jarayonlarida o‘quvchilar tomonidan maksimal — 100 ballik natijalar ham qayd etildi.Ma’lumot o‘rnida: 2023-yildan hozirgi kunga qadar davlat umumta’lim muassasalariga 1 500 nafardan ortiq til egalari va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilgan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
08:20
Video unavailableShow in Telegram
#Brifing
🎙 Yaponiya va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari haqida
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/114002
〰️〰️〰️〰️
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
BRIFING SD.mp447.77 MB
06:45
Video unavailableShow in Telegram
📌 2025-yil yakunlari: asosiy natijalar
2025-yilda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida tizimli islohotlar amalga oshirildi. Joriy yilda 53 ta shahar va shaharchalar hamda 108 ta qishloq aholi punktlarining bosh rejalari ishlab chiqildi, 567 ta shaharsozlik hujjatlari raqamli tizimga joylashtirildi.
Joriy yil dasturi doirasida respublika boʻyicha 135 mingta xonadondan iborat uy-joylar qurilishi belgilangan. Unga koʻra 56 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 28 219 ta xonadonli 543 ta uy, talab yuqori boʻlgan hududlarda esa 106 781 ta xonadondan iborat 2 018 ta uylarni qurib foydalanishga topshirish ishlari qizgʻin davom etmoqda. ☺️ “Shaffof qurilish” tizimi orqali qariyb 26 mingta obyekt loyihasi ekspertizadan oʻtkazilib, 9,7 trln soʻm mablagʻ tejaldi. Elektron tenderlar natijasida yana 823 mlrd soʻm iqtisod qilindi. Qurilish sohasida 168 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti yoʻnalishlarida yuzlab kilometr tarmoqlar yangilanib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari taʼminlandi. Koʻp kvartirali uylarda liftlar yangilanib, fasad va muhandislik tarmoqlari taʼmirlandi.✅ Batafsil maʼlumot — videoda keltirilgan brifingda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Brifing Final.mp480.70 MB
❤ 2👍 1🔥 1🥰 1
