POSTDA|Rasmiy kanal
Open in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz
Show more2025 year in numbers

24 771
Subscribers
-124 hours
+17 days
-7030 days
Posts Archive
Pirotexnika vositalari aniqlandi
Peshku tumani IIB JXX HPB VYMB inspektor-psixologlari hamda profilaktika inspektorlari “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Ana shunday targ‘ibot va reyd tadbirlari davomida Bog‘imuso qishlog‘idagi savdo do‘konida fuqaro A.A. tomonidan 15 quti (900 dona) yuzasida “Новий Век” yozuvi tushirilgan pirotexnika vositalarini kelgusida sotish maqsadini ko‘zlab noqonuniy ravishda saqlayotganligi aniqlandi. Mazkur holat belgilangan tartibda hujjatlashtirildi va pirotexnika vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiy tartibda olib qo‘yildi.
O.XOLAKOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
Bilasizmi?
Bir tomchi neft 25 litr suvni ichishga yaroqsiz qilish xususiyatiga ega.
Photo unavailableShow in Telegram
OTANING QANOTLARI
Boyovut tumanidagi «Usmonobod» mahallasida istiqomat qiladigan Hojiboy Yakubovning oilasini mahalladoshlari ichki ishlar organlari xodimlari oilasi sifatida hurmat qilishadi. Boisi, uning o‘zi tizimda ko‘p yillar ishlab pensiyaga chiqqan bo‘lsa, ikki o‘g‘li hozirda el-yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilmoqda. Hojiboy aka 1994-yil 13-tergov hibsxonasida nazoratchi-inspektor lavozimida xizmat faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik Boyovut tumani IIB Qo‘riqlash bo‘limi inspektori yordamchisi lavozimida xizmat qiladi.
2005-yilda katta serjant Hojiboy Yakubov hurmat bilan nafaqaga kuzatildi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Photo unavailableShow in Telegram
«MISKIN» BEKATI POSBONLARI
Bugungi kunda transport, jumladan, temiryo‘llar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Shu bois mazkur soha faoliyatini yanada takomillashtirish, unda xavfsizlikni ta’minlash zamon talabi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi «Miskin» bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasining xizmat hududi Xorazm, Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi Miskin – Buxoro, Miskin – Istiqlol, Miskin – Nukus temiryo‘l yo‘nalishlaridagi 172 kilometr masofani tashkil qiladi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Photo unavailableShow in Telegram
#BU_QIZIQ
KICHIK NARSALAR NEGA TEZ UNUTILADI?
Nimaga kalit, ko'zoynak, telefon, kabi kichik narsalarni qayerga qo'yganimizni unutib qo'yamiz? Miyamizda keraksiz xotiralarni tozalaydigan mehnatsevar hujayralar mavjud. Ushbu hujayralar xotiramizdagi barcha "foydasiz" narsalarni unutishga yordam beradigan gormon ishlab chiqaradi. Miyamiz esa kichik narsalarni keraksiz deb o'ylab xotiradan o'chirib tashlaydi. Qizig'i shundaki, zavq bilan yaratilgan xotiralar yaxshiroq saqlanadi. Shuning uchun quvonchli xotiralarimizni ko'p vaqt eslab yuramiz.
@Postdarasmiy
01:56
Video unavailableShow in Telegram
#SPORT
⚡️Aralash jang san’ati bo‘yicha Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i kubogi musobaqasi.
@Postdarasmiy
TELEGRAM 11.mp437.57 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Японларда ажойиб нақл бор:
"Ота-она ишласаю, болалари ҳаётдан завқ олиб юраверса - набиралари тиламчи бўлади."
Нақл бекоргамас. Фақат ҳаётдан завқ олиб юраверган болада қайдан ҳам билим бўлсин. Фарзандларимизни илм олишга ўргатайлик.
https://t.me/+05YgQSHZVWoxNjYy
Photo unavailableShow in Telegram
Zehningizni sinab ko‘ring!
О'zbek tilining izohli lug‘atida biror ishning uddаsidan chiqmоq, ilojini topmoq so‘zlariga sinonim sifatida ishlatiladigan jumlada SHU SO’Z ham mavjud. Xuddi shu mazmundagi maqolda esa, SHU SO’Z ni topish orqali tabiat hodisalaridan birining fizik o'zgarishiga sababchi bo‘lish ham mumkinligi aytiladi.
Diqqat savol: Shu sòzni yozib bering!
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Photo unavailableShow in Telegram
ISHONCHGA ELTUVCHI YO‘L
Axborot asrida yoshlarning ruhiy muvozanatini saqlash va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. IIV Surxondaryo akademik litseyida bu vazifani 2021-yildan buyon sidqidildan ado etib kelayotgan psixolog Halima Bekmurodovaning ish faoliyati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Litseyda o‘quvchi yoshlar hamda pedagog-xodimlarning psixologik holati, o‘quv muhitining sog‘lom va barqaror bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Асадбекнинг ота-онаси учун "Миннатдорлик хати"
Бугун Аброр ака ва Зулайҳо опаларнинг қувончлари чексиз. Сабаби фарзанди Асадбек Абдухалилов ИИВ Академиясида ўқиши жараёнида ўз билим савиясини, юксак ахлоқий фазилатларини, етук иқтидорини ва салоҳиятини намоён этиб, энг намунали курсантлар қаторидан ўрин эгаллади.
Шу муносабат билан ИИВ Академияси ва Шахсий хавфсизлик бош бошқармаси раҳбариятининг ташаббуси билан Абдухалилов Асадбекнинг ота-онасига "Миннатдорлик хати" юборилди.
Мазкур ташаккурнома Зулайҳо опа таълим бераётган Қизилтепа туманидаги 19-сонли мактабда тантанали топширилиши алоҳида воқеа бўлди. Нафақат Асадбекнинг ота-онаси, балки, бутун мактаб жамоаси ўзгача ҳаяжон, қувонч ва албатта фахр туйғусини ҳис этишди.
Маҳлиё Холова,
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
КОФЕ ЭМАС, КАКАО ИЧИНГ!
Какао кўпчилик томонидан кам истеъмол қилинади, аммо у таркибидаги фойдали моддалар билан соғлиқ учун муҳим ҳисобланади. Какао истеъмолининг фойдали жиҳатлари:
• Организмни энергия билан таъминлашга ёрдам беради.
• Қиш-қировли мавсумда вируслар ва айрим инфекцияларга қарши умумий бардошни оширишга кўмаклашиши мумкин.
• Қон айланишига ижобий таъсир кўрсатувчи антиоксидантлар таркибига эга.
• Кайфиятни яхшилашга хизмат қилувчи табиий моддаларни ўз ичида сақлайди.
• Руҳ (цинк) ва магний каби микроэлементларнинг манбаи ҳисобланади — улар терининг ҳолати, соч, тирноқ ва иммунитет учун муҳим.
Какаони сут билан ёки сувда тайёрлаб, эрталаб ёки кечқурун истеъмол қилиш мумкин.
👉 @postdarasmiy
Bugunga qadar Respublika boʻyicha 7 259 368 dona pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq 315 ta holatlar aniqlanib, huquqbuzarlardan 8,5 mlrd soʻmlik mahsulotlar olib qoʻyildi
———
Бугунга қадар Республика бўйича 7 259 368 дона пиротехника буюмларининг ноқонуний муомаласи билан боғлиқ 315 та ҳолатлар аниқланиб, ҳуқуқбузарлардан 8,5 млрда сўмлик маҳсулотлар олиб қўйилди
———
На сегодняшний день выявлено 315 случаев незаконного оборота и 7 миллионов 259 тысяч 368 единиц пиротехнических изделий, было изъято продукции на сумму 8,5 миллиарда сумов
👉 @postdarasmiy
Respublika_hududida_pirotexnika_vositalarining_noqonuniy_muomalasiga.mp416.08 MB
В_Республике_выявлено_315_случаев_незаконного_обращения_пиротехнических.mp414.23 MB
ВОЛЕЙБОЛ: ҒОЛИБЛАР ТАҚДИРЛАНДИ
ИИВ “Жар” спорт-соғломлаштириш мажмуасида ИИВ академик лицейлари ва Нукус “Темирбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейи жамоалари ўртасида волейбол бўйича “Ички ишлар вазири кубоги” мусобақасининг тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.
Шу муносабат билан ўтказилган тантанали тадбир аввалида “Энг яхши мураббий”, “Энг фаол жамоа раҳбари”, “Энг фаол иштирокчи” каби номинациялар ғолибларига ташаккурнома ва совғалар топширилди. Шундан сўнг ғолиб жамоалар шоҳсупага кўтарилди.
Якуний натижаларга кўра, ИИВ 2-сонли Тошкент академик лицейи жамоаси учинчи, ИИВ Қорақалпоқ академик лицейи ёшлари иккинчи ўринни эгаллаб, уларга бронза ва кумуш медаллар, қимматбаҳо совғалар топширилди. Мусобақа ғолиби бўлган Қашқадарё академик лицейи жамоаси эса кубок ва олтин медаллар тантанали равишда топширилди.
Абу КЕНЖАЕВ,
фотомухбир.
👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
XITOY BOSMA NASHRLARI HAQIDA
Gazetalar adadi jihatidan Xitoy dunyoda birinchi o‘rinda turadi. “Jenmin jibao” (“Xalq gazetasi”) davlatning bosh nashri hisoblanadi. Mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar haqida biri-biridan muhim maqolalar, dolzarb reportajlar, qiziqarli intervyular berib boriladi. Xitoyliklar ayni shu jarayonlar haqida gazetadan o‘qishni afzal bilishadi. Mazkur nashrning internet foydalanuvchilari soni ham hayratlantirmay qo‘ymaydi — salkam sakkiz yuz million o‘quvchidan iborat. "Chendu”, “Chjeszyan”, “Guanchjou” “Xenan”, “Dajong” kundalik gazetalari katta daromad ko‘radigan nashrlar sanaladi. Sevib o‘qiladigan gazetalar orasida “Global tayms”, “Gunjen jibao” (“Ishchilar kundaligi”), “Fachji jibao” (“Huquq kundaligi”), “Nunmin jibao” (“Qishloq xo‘jaligi kundaligi”) va boshqalarni keltirish mumkin. Yana bir nufuzli gazeta — “China Daily” hisoblanib, u faqat ingliz tilida chop qilinadi.
@Postdarasmiy
Байрам кўнгилдагидек ўтсин деб
Учқудуқ туманида аҳоли хавфсизлигини таъминлаш мақсадида оммавий байрам тадбирлари ўтказилиши режалаштирилган жойлар белгиланган тартибда ўрганилди. Жараёнда фуқаро муҳофазаси йўналишида масъул куч ва воситаларнинг тайёргарлик ҳолати, ходимларнинг ҳаракатланиш тартиби, фавқулодда вазиятларда тезкор муносабат билдириш имкониятлари кўздан кечирилди. Байрам кунлари давомида аҳоли осойишталиги таъминлаш бўйича қўшимча назорат тадбирлари белгиланди.
Маҳлиё Холова,
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
Ajabo
Insoniyat tomonidan qazib olingan oltin miqdori
Hisob-kitoblarga ko'ra bugungi kungacha insoniyat tomonidan 190 ming tonnadan ortiq oltin qazib olingan. Agar shu miqdordagi oltin eritilsa qirrasi 12 metrga teng bo'lgan kub yasasa bo'ladi.
