es
Feedback
IT specialist

IT specialist

Ir al canal en Telegram

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
9 691
Suscriptores
+124 horas
-277 días
-12230 días
Archivo de publicaciones
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar ⚡️ Mark Sukerbergning odati Facebook asoschisi juda o‘ziga xos odati bilan mashhur: qaror qabul qilishda vaqtni tejashning samarali usuli deb hisoblab, har kuni bir xil kiyim kiyadi. Odatlaridan yana biri — bu qandaydir yangi narsalarni o‘rganishdir. Har yili u o‘zi uchun turli xil chellenjlarni uyushtiradi: shu tarzda u xitoy tilining mandarin lahjasini o‘zlashtirdi, bir yil ichida 24 ta kitobni mutolaa qildi, keyingi yili 365 mil masofani yugurib o‘tdi. So‘nggi tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, har kuni u bor-yo‘g‘i bir mil yugurdi — harakatdagi kichik qadamlar san’ati deb aynan shunga aytilsa kerak. 📌 P.S.: 1 mil = 1,60934 km ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi: Pavel Durov haqida Bill Geyts haqida Djeff Bezos haqida Ilon Mask haqida Stiv Jobs haqida Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#learn_english_with_software #android 🎓 Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova 01. Duolingo – ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng! 02. Busuu – ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin. 03. Simpler – Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir. 04. Cake – agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud. 05. Lingualeo – ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z. 06. Puzzle English – ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi. 07. Parla – bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir. 08. CanTalk: ingliz tili grammatikasi – tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk'da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud. 09. iSpeak – til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi. 10. Метод Тичера от Puzzle English – ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi. 11. Английский для Начинающих: LinDuo HD – ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD'ni osongina ishga tushirish mumkin. 12. Английский А1 Для Начинающих! – ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz. 📝 Manba: @gsmgurus_FAQ ℹ️ Lifehacks, applications for PC & mobile 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#tarmoq #internet #operatsion_tizim 📶 Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish Agar Wi-Fi parolini unutib qo‘ysangiz, uni quyidagi usul bo‘yicha topishingiz mumkin: 1️⃣. Windows’ning qidiruviga “cmd”ni kiritib, buyruq satri (командная строка, Command Line)ni toping va natijalar ostidagi “Запуск от имени администратора”ni bosgan holda ishga tushiring. 2️⃣. Buyruq satri oynasida "netsh wlan show profiles"ni kiriting. Ushbu tarzda siz parolini aniqlamoqchi bo‘lgan Wi-Fi profili nomini bilib olasiz. 3️⃣. Endi quyidagini kiriting: "netsh wlan show profile name=”WiFi Profile Name” key=clear". “WiFi Profile Name”ni 2-bandda izlab topilgan o‘z profilingiz nomiga o‘zgartirishni unutmang. 4️⃣. Wi-Fi tarmog‘ingizning paroli "Key Content" (Содержимое ключа) maydonida paydo bo‘ladi. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism • Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun #maslahat Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar 🎯 1️⃣. Doimo yaxshi odamlar bilan emas, to‘g‘ri odamlar birga bo‘lish kerak. 2️⃣. Mablag‘ doimo yetarli, faqat o‘z orzusi uchun o‘zini qurbon qila oladigan umidli odamlar kam. 3️⃣. Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o‘rganish kerak. 4️⃣. Taslim bo‘lmaslik kerak. Bugun og‘ir, ertaga battar qiyin, lekin indinga quyosh chiqadi. 5️⃣. Agar o‘zingiz sinab ko‘rmasangiz, imkoniyat borligini qayerdan bilasiz? 6️⃣. Agar taslim bo‘lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik. 7️⃣. Raqobatdoshingizdan o‘rganing, lekin uning ishini qaytarmang, qaytarsangiz – o‘lasiz. 8️⃣. Hech qachon hukumat bilan tijorat qilmang. 9️⃣. Qo‘lingiz pul ko‘rsa, xato qilishni boshlaysiz, hech qachon 20 yil ichida bitadigan ishni 2 yil ichida yakunlashga urinmang. 🔟. Agar sizlar kichik bo‘lsangiz, aqlingizga ishoning, kuchingizga emas. 📝 Manba: @ITbusiness_school 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #security #maslahat Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash 🌐🚫 Agar farzandlaringiz yoki sizning kompyuteringizdan foydalanib turgan tanish-bilish, do‘stlaringiz uchun saytlarga kirishni bloklab qo‘yishni istasangiz, buni Windows tarkibida keluvchi vositalar yordamida amalga oshirishingiz mumkin: 1️⃣. “Блокнот” dasturini administrator nomidan ishga tushiring. 2️⃣. Chapki yuqori burchakda “Файл”ga kiring va “Открыть”ni tanlang. 3️⃣. "C:\Windows\System32\drivers\etc" papkasini toping va oching. 4️⃣. O‘ng pastki burchakda "Все файлы (".")"ni tanlang. 5️⃣. "hosts" faylini oching. 6️⃣. # belgisi bilan keluvchi barcha yozuvlarning ostida yangi satrdan "127.0.0.1 sayt havolasi"ni kiriting. 7️⃣. Barcha o‘zgartirishlarni kiritib bo‘lganingizdan so‘ng faylni saqlang. ↪️ Barchasini o‘z holiga qaytarish uchun – bloknotda kiritgan satrlaringizni o‘chiring va faylni saqlang. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#internet #maslahat Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish 🚫 Agar barcha saytlar uchun bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yishni istasangiz, quyidagi ko‘rsatmadan foydalaning: 1️⃣. Chrome brauzerini ishga tushiring. 2️⃣. Oynaning o‘ng yuqori burchagida uch nuqta ko‘rinishidagi tugma ustiga bosing. 3️⃣. “Настройки”ga o‘ting. 4️⃣. “Конфиденциальность и безопасность” bo‘limida “Настройки сайта”ni tanlang. 5️⃣. “Уведомления” bo‘limiga o‘ting. 6️⃣. Endi “Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений” opsiyasini o‘chirib qo‘ying. Qoida bo‘yicha veb-saytlar, ilovalar va kengaytmalarning bildirishnomalari Chrome’da faqat sizning ruxsatingiz bilan paydo bo‘ladi. Ushbu sozlamani istalgan paytda o‘zgartirish mumkin. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#learn_english_with_software 🇬🇧 Aziz tilshunos do‘stlar, ingliz tili shinavandalari! 🇺🇸 Ingliz tilidan har kuni bir oz vaqt ajratgan holda, bilimingizni oshirib borishingiz uchun foydali dasturlarni bosqichlari bilan Sizlar uchun bo‘lishamiz: 📝 Foydalanuvchi yo‘riqnomasi 1️⃣ Straightforward Macmillan Beginner 2️⃣ Straightforward Macmillan Elementary 3️⃣ Straightforward Macmillan Pre-Intermediate 4️⃣ Straightforward Macmillan Intermediate 5️⃣ Straightforward Macmillan Upper-Intermediate 6️⃣ Straightforward Macmillan Advanced 7️⃣ Basic Grammar in Use, 3rd Edition Marhamat, dasturlarni yuklab oling, ulardan foydalanish uchun arxivdan chiqarib oling, do‘stlaringizga ulashing va birgalikda mashq qilib boring! 😉 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#smartfon #android #learn_english_with_software 🇺🇳 Rosetta Stone – chet tillarini uy sharoitida o‘zlashtirib borish uchun eng yaxshi ilovalardan biri. Android 5.0+. Premium-obuna. 📎 Rosetta Stone v8.21.0 mobil ilovasini yuklab olish. 📌 P.S.: Ingliz tilini kompyuter yordamida mashq qilib borishingiz uchun darajalari bo‘yicha kanalimizda taqdim etilgan Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Smartfon yordamida ingliz tilidan lug‘aviy boyligingizni oshirib borishingiz uchun Drops va Memrise, grammatika bo‘yicha bilimlaringizni sinash va doimiy mashq qilib borish uchun Duolingo va ingliz tili bo‘yicha o‘z darajangiz (Level)ni aniqlash uchun English Level Checker mobil ilovalarini tavsiya etamiz. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#word Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi? 🤔 Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi. Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini CTRL+S birikmasi yordamida saqlashga, CTRL+C yordamida obyektlarni nusxalashga va CTRL+V orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi. Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir. 👉🏻 Batafsil... ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #maslahat 💡 Super insonning 6 odati 1️⃣. Belgilagan vaqtingizdan yarim soat vaqtliroq uyg‘oning (bu uyquga ketish uchun ham taalluqli). 2️⃣. Biror joyga borish uchun rejalashtirilganidan 15 daqiqa oldinroq chiqing. 3️⃣. Mahsulotlarning bir haftalik xaridini qilib qo‘ying. 4️⃣. Muloqot paytida shikoyatlar, tanqidlar va g‘iybatlardan saqlaning. 5️⃣. Ota-onangiz va eski do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling. 6️⃣. Kichik narsalar/yutuqlaringizdan zavqlaning va minnatdor bo‘ling. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzularni o‘ziga jamlangan postimiz • Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #linux #maslahat Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozim? 🤔 Hozirgi kunda Linux'ning juda ko‘plab versiyalari mavjud. DistroWatch.com saytida butun tarixiga ko‘ra ularning 700 dan ortiq turi sanab o‘tilgan. Ushbu rang-baranglik orasida tanlovni qanday amalga oshirish lozim? Bunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ikki bosh me’zon mavjud: 1️⃣. Distributivning mashhurligi Distributivingiz qanchalik mashhur bo‘lsa, Internetda u bo‘yicha qo‘llanmani topishingiz shunchalik oson bo‘ladi. Agar distributivni o‘zlashtirishda muammoga duch kelsangiz, u bo‘yicha yuzaga kelgan katta hamjamiyat – forumlarda osongina yordam olishingiz mumkinligini anglatadi. Distributiv qanchalik keng tarqalgan bo‘lsa, u uchun mo‘ljallab yaratilgan ilova va paketlar ham ko‘proq bo‘ladi. Qandaydir noma’lum distributivga doir yozilgan kodlar to‘plamlari bilan qiynalib ovora bo‘lib yurgandan ko‘ra, tayyor paketli asosga ega mashhur yechimlarni tanlagan afzaldir. 2️⃣. U bilan shug‘ullanuvchi dasturchilar jamoasi Tabiiyki, Canonical Ltd., Red Hat yoki SUSE kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo’llab-quvvatlanuvchi yoki katta jamoalarga ega bo’lgan distrubutivlarga e’tibor qaratgan ma’quldir. Shuni yodda tutish lozimki, hatto eng yaxshi Linux distributivlarining ham, ulardan unchalik kam bo’lmagan analoglari mavjud. Agar nashriyot tomonidan tanlangan versiyalar sizni qandaydir sabablarga ko‘ra qoniqtirmasa, ularning alternativ variantlarini qo‘llab ko‘rishingiz mumkin. Xo‘sh, 2022-yilda Linux'ning qaysi distributivini tanlash lozim? “Лайфхакер” nashri o‘z obunachilari uchun Linux operatsion tizimining 13 mashhur versiyasini tanladi: Linux Mint, Manjaro, Fedora, Arch, openSUSE, elementary OS, Ubuntu, Xubuntu, Debian, openmediavault, Ubuntu Studio, Kodi, Parrot Security. 🎞 Ushbu versiyalar bilan Kompyuter Akademiyasi kanalidagi quyidagi video post orqali yaqindan tanishishingiz mumkin. 📃 Linux'ning yuqorida sanab o‘tilgan versiyalari bilan atroflicha tanishtiruvchi matnli ma’lumotlarni har kuni alohida post ko‘rinishida kanalimizda ulashib borishga harakat qilamiz. ℹ️ Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan quyidagi postlarimiz bilan ham tanishing: Qaysi operatsion tizim sizga ko‘proq yoqadi? Endryu Tanenbaum 75 yoshda • Linux operatsion tizimi haqida hazillar: 1-post | 2-post | 3-post | 4-post UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish VirtualBox kompyuter dasturi Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar Python dasturlash tili haqida 5 fakt Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz Dasturlarning eski versiyalari portali “Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin? Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona Qiziqarli faktlar to‘plami • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#smartfon #android 🤖 AI Chat – bo‘sh vaqtingizda sun’iy intellektga muayyan (foydali) so‘rov yuborib, olingan javob orqali foydali o‘tkazishni istasangiz, u holda bu ilova sizni zeriktirmasligi aniq! Eng so‘nggi Chat GPT 4 neyron tarmog‘iga bepul kirish imkoniyatini taqdim etuvhci yaxshi chat-bot. Premium-versiya. 📌 P.S.: Do‘stona maslahatimiz, turli bo‘lmag‘ur so‘rovlarni emas, balki o‘zingiz uchun qiziq bo‘lgan mavzularda bilimingizni oshirish maqsadida foydali so‘rovlarni, masalan, ingliz va rus tillari bo‘yicha lug‘aviy boyligingizni oshirish maqsadida so‘rovlar yuboring, vaqtingizni bexuda ishlar bilan band qilmaslikka harakat qiling! 😉 📎 AI Chat Premium v3.2.2 mobil ilovasini yuklab olish. 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#smartfon #android #maslahat 🔙 Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish Ba’zida qurilmamizning ichki xotirasida to‘plangan axlatlar shunchalik ortib ketadiki, ulardan to‘liq xalos bo‘lish shunchaki imkonsiz bo‘ladi. Bu asosan Android-smartfonning anchadan buyon qo‘llanilayotgani bilan bog‘liqdir. Bir yilning o‘zida smartfonda juda katta miqdorda tizim axlatlari to‘planadi, Android uchun yaratilgan turli cleaner ilovalar bunda yordam bera olmay qoladi. Bunda eng to‘g‘ri yechim — qurilmani zavod sozlamalariga qaytarish hisoblanadi. Android'dagi sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklash 1️⃣. Dastlab “Настройки” menyusiga, so‘ngra undagi “Восстановление и сброс” bo‘limiga o‘ting. 2️⃣. Agar sizda “Сброс настроек” (Reset Settings) opsiyasi mavjud bo‘lsa — bu sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklashingiz mumkinligini anglatadi. Agarda sizda “Сбросить телефон” (Reset phone) deb yozilgan bo‘lsa, u holda shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi. 3️⃣. Ko‘p hollarda dastlabki variant qo‘llaniladi, shuning uchun sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib olishingiz lozim bo‘ladi. Sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish Maʼlumotlarni yoʻqotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashni istasangiz, Gmail qayd yozuvi (akkaunt)ingiz bilan sinxronizatsiyani albatta faollashtiring: 1️⃣. Qurilmangizning “Настройки” bo‘limidagi “Учетные записи Google” bandiga o‘ting. 2️⃣. Google serverlarida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtiring, masalan, kontaktlar, ilovalar, hujjatlar va boshqalar. 3️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting. “Последняя синхронизация...” va uning qachon amalga oshirilgani haqidagi xabarni ko‘rasiz. 4️⃣. Shuningdek fotosurat, video va boshqa ma’lumotlarni ham sinxronizatsiya qilish tavsiya etiladi. 5️⃣. Qurilmangizni zavod sozlamalariga qaytarish jarayonini boshlang. 6️⃣. Sozlamalar bilan bog‘liq jarayon yakunlanib, smartfon qayta yuklanganidan so‘ng, sizga Google-akkauntingiz yordamida avtorizatsiyadan o‘tish tavsiya etiladi. Wi-Fi tarmog‘iga ulaning, shundan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz qurilmangizga qaytariladi. 7️⃣. Shuningdek sozlamalar qayta tiklanganidan so‘ng qaytarilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtirish uchun yana “Настройки”“Учетные записи Google”ga murojaat etishingiz mumkin. 8️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting. 📌 P.S.: Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashning yana bir usuli, bu muhim fayllarni SD-xotira kartasiga, kompyuterga yoki bulutli xotira papkasiga saqlashdir. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset) “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi? Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash • Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz • Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT Masters
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Microsoft yangi standart shriftni taqdim etdi Microsoft 15 yil ichida birinchi marta Microsoft Office mahsulotlaridagi standart shriftni Calibri'dan Aptosga o'zgartirdi. Buni dastur dizayni bo'yicha bosh menejeri Si Daniels xabar berdi. Aniqlik kiritilishicha, Calibri 2007 yildan beri Office xizmatlarida standart shrift bo‘lib kelgan – undan oldin Times New Roman asosiy shrift bo‘lgan. ➖ IT mutaxassislar | Obuna boʻling
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#internet #maslahat 👁 Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat Bunda bizga Blimb.su — ko‘zlardagi zo‘riqishni yengillashtirish va ularning holatini yaxshilash uchun bir qator mashqlarni taklif quluvchi sayt yordam beradi. Xizmatdan foydalanish uchun Начать зарядку для глаз tugmasiga bosish va yuzaga keluvchi tavsiyalarga rioya qilish yetarlidir. Agar mashg‘ulotdan so‘ng sayt yopilmagan holda qoldirilsa, u ovozli bildirishnoma orqali mashq qilish lozimligini eslatadi. Mashg‘ulot 3 daqiqa va 25 soniya davom etadi. 📝 Manba: @iTeach ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz • Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
#operatsion_tizim Caps Lock, Scroll Lock va Num Lock klavishlari bosilishida ovoz chiqishini sozlaymiz ⌨️🔉 Matn kiritish jarayonida ushbu klavishlarning bexosdan bosilishi istalmagan natijalarga olib kelishi mumkin: kalkulyator yoki Excel bilan ishlashda raqamli blokdagi sonlar kiritilmaydi yoki parol kutilmaganda qabul qilinmay qoladi. Ushbu holat uchun Windows klavishlar bosilganida ovozli bildirishnomani faollashtirish usulini taklif etadi. Bu foydali bo‘lishi mumkin, chunki siz tasodifan Caps Lock yoki Num Lock'ni o‘chirib qo‘yganingizni tezda bilib olishingiz mumkin. Ushbu funksiyaga “Панель управления” orqali ham, “Редактор реестра” orqali ham murojaat etish mumkin, ammo eng oson yo‘li “Параметры” oynasi orqali faollashtirishdir. Buning uchun: 1️⃣. “Пуск” menyusi orqali “Параметры” oynasiga murojaat eting, yoki WIN + I klavishlari birikmasini bosing. 2️⃣. Ochilgan tizim sozlamalari oynasida “Специальные возможности”ga kiring va undagi “Клавиатура” bo‘limiga o‘ting. 3️⃣. “Подается звуковой сигнал при нажатии клавиш Caps Lock, Num Lock или Scroll Lock” bo‘limida post ostidagi rasmda ko‘rsatilgani kabi maxsus tugmachani faol holatga o‘tkazing, tayyor! 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#smartfon #android #maslahat Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova 1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud. ⠀ 2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring. ⠀ 3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar Chizmachilik uchun mobil ilovalar Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar List of English & IELTS Channels to follow Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism • Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security 👀 Fayllarni berkitish va berkitilgan fayllarni ko‘rsatish Ishimizda qo‘llaydigan fayllar va papkalardan tashqari, tizim tomonidan berkitilgan elementlar ham mavjuddir. Ushbu postimizda har qanday ma’lumotlarni qiziquvchan ko‘zlardan berkitish, shuningdek berkitilgan fayllarni ko‘rinadigan qilib sozlash xususida to‘xtalib o‘tamiz. 1️⃣. Fayllar yoki papkalarni berkitish uchun ularning xususiyatlari oynasida Скрытый atributini qo‘llash lozim bo‘ladi. Buning uchun kerakli elementning Свойства muloqot oynasini oching (ALT + ENTER). Ochilgan oyna ostidagi Атрибуты bo‘limida Скрытый bandini faollashtiring, OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang, tayyor! 2️⃣. Berkitilgan elementlar ko‘rinib turishini sozlash uchun Панель управления'ni ishga tushiring (WIN + RcontrolENTER). Ochilgan oynada Параметры проводника bo‘limiga o‘ting (yoki WIN + Rcontrol foldersENTER). Ochilgan muloqot oynasining Вид varaqa (вкладка)sida – berkitilgan fayllarni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik kabi bandlardan birini tanlash orqali faollashtiring, OK tugmasini bosib, ushbu o‘zgartirishni saqlang, tayyor! Windows 10/11 uchun papka parametrlarini istalgan ishga tushirilgan Проводник oynasi orqali chaqirish mumkin. Buning uchun oyna yuqorisidagi menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘tib, Параметры tugmasiga bosiladi. 📌 P.S.: Oddiy foydalanuvchilar shunchaki Total Commander dasturining qadriga yetishmaydi. Virus tufayli berkinib qolgan fayl va papkalarni Windows'dagi Проводник dasturi ko‘p holatlarda ko‘rsatib bera olmaydi, Total Commander esa doim ushbu ma’lumotlarni (agar ular chindan ham fleshkada va berkitilgan holatga o‘tib qolgan bo‘lsa) doim ko‘rsatib kelgan. Total Commander'da berkinib qolgan fayllarni ko‘rsatish uchun tartib: Yuqoridagi menyuda satridagi ВидРасширенные настройки (birinchi turadi)Показывать скрытые и системные файлы: вкл/выкл (ro‘yxatda pastdan beshinchi, sariq undovchali belgisi bor). 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Tizimdagi berkitilgan elementlarni ko‘rsatish Windows'da berkitilgan faylni yaratish Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin? Vazifalar panelida ishga tushurilgan dasturlar belgilariga tegishli yozuvlarni chiqarish/berkitish Ekrandagi ochilib turgan ilova/o‘yin oynasini bir zumda berkitamiz Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar Windows uchun Fences dasturi "Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin? Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin? Excel jadvalidagi xatoliklar va nollarni qanday berkitish mumkin? Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish Excel'da ishchi kitobi tuzilmasini himoyalash Berkitilgan ustunlardagi ma’lumotlar hisob-kitoblarda qatnashadimi? (Excel, test) Qaysi klavishlar birikmasi yordamida belgilangan ustunlarni berkitish mumkin? (Excel, test) Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida setkani ko‘rsatish / berkitish mumkin? (Test) Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin? Hujjatdagi matnni qanday berkitish mumkin? Guruhlardagi anonim administratorlar Spoyler formatlanishi • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya 🆕 Afsonaning yangilanishi (Arduino) Arduino UNO R4 yangi platalarini ishlab chiqardi ular Type-C, yangilangan plata va hattoki rangli diodli “displey” bilan jihozlangan. Ikki modeli mavjud: UNO R4 Minima va UNO R4 Wi-Fi. Har ikkisi SoC Renesas RA4M1 asosida qurilgan. Eng qiziq variant – ikkinchisidir. Wi-Fi va Bluetooth'ga qo‘shimcha ravishda unga rangli diodli matritsa va STEMMA QT/Qwiic bilan mos keluvchi qalaylashsiz kengaytirish ulagichi qo‘shilgan. 📝 Manba: @begincode 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
00:14
Video unavailableShow in Telegram
#operatsion_tizim #maslahat Ekrandagi ochilib turgan ilova/o‘yin oynasini bir zumda berkitamiz 👀 Sevimli o‘yiningiz yoki video tomosha qilayotganingiz ustida u-bu kim xonangizga kirib qolib, unga buni sezdirmaslikni istasangiz, ushbu postimiz aynan shu haqdadir. WIN + D birikmasi bosilsa, ochilib turgan ilova/o‘yin belgisi vazifalar panelida ko‘rinib turadi va bu bizga unchalik qo‘l kelmaydi. 1️⃣. Boshlanishiga WIN + CTRL + D birikmasini bosgan holda virtual ishchi stoli yaratiladi. 2️⃣. Endi kerakli onda WIN + CTRL + birikmasini bosish, sizni toza/yangi ishchi stoliga o‘tkazadi va unda vazifalar panelidagi ochilib turgan oynalar belgilari ko‘rinmaydi. 3️⃣. WIN + CTRL + yoki WIN + TAB'ni bosgan holda yana ilova/o‘yiningiz oynasiga qaytishingiz mumkin. 😉 ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi: • Berkitish va ko‘rsatishga doir turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Ushbu rukn ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mostrar todo...
Hiding app or game on the desktop.mp415.84 MB