es
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

Ir al canal en Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
26 317
Suscriptores
-124 horas
-1627 días
-62330 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.
“Bunday ulug‘vor vazifalar bizdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishni talab etadi. Buning uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz”,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O‘mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan keyin ham e’tibor markazida bo‘ladi. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Prezidentimiz bugungi anjumanda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilariga O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirib, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimizni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mamlakatlarining hukumatlariga alohida tashakkur bildirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 26
Photo unavailableShow in Telegram
Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi. Yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Bu jarayonda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi. Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz,
– dedi davlatimiz rahbari. Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi. Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 49 14🔥 13
Photo unavailableShow in Telegram
Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelgan. Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bo‘lgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi! Hech qachon unutmaylik, oilaviy zo‘ravonlik bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni o‘z muammosi bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q!,
– dedi Prezidentimiz. Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi. Prezidentimiz parlament, fuqarolik jamiyati institutlarini ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
30👍 30🔥 30
Photo unavailableShow in Telegram
Tinchlik hukm surgan, qonun ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan joyga investitsiya ham keladi, bu yerda turizm ham rivojlanadi. Lekin so‘nggi paytlarda o‘zini qonundan ustun qo‘ygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olishga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, o‘zini “qozi” deb hisoblab, odamlar o‘rtasidagi oldi-berdi masalalarni hal qilib yurgan ayrim jinoiy to‘dalar ham kuzatilayotgani qayd etildi. Eng achinarlisi, “oson pul topaman” degan ilinjda bilagida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yana bir yomon jihati – O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim chet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz! O‘zbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!,
– dedi davlatimiz rahbari. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
32🔥 31👍 30
Photo unavailableShow in Telegram
“Ko‘ryapsizlar, shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda giyohvandlik xavfi aholi genofondi uchun eng katta tahdidga aylanib bormoqda. Afsuski, bugungi globallashuv davrida bunday xavf-xatar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayapti,
– dedi Prezidentimiz. Narkotik savdosi transchegaraviy va virtual xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Bu esa jinoyatlarni aniqlashda yangi usullarni qo‘llashni, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashni talab qilmoqda. Yaqinda ushbu masala bo‘yicha Milliy dastur qabul qilindi. Endi narkojinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.
“Yurtimizdagi har bir bola, har bir yosh – bizning farzandimiz, ularni giyohvandlik changaliga tashlab qo‘yishga aslo yo‘l qo‘ymaymiz! Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yo‘qotish, yoshlarimizda kuchli ma’naviy-ruhiy immunitetni shakllantirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz! Bu – Prezidentning topshirig‘i! Bu – ota-onalarning xohish-istagi! Bu – jamiyatning talabi!,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 39 34🔥 33
Photo unavailableShow in Telegram
Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta’kidlandi. Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “Xalq vakillari hay’ati” instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda o‘ta og‘ir va jamiyatda shov-shuvga sabab bo‘layotgan jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilishi sud hukmining yanada adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Sud qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlamay turib, fuqaro va tadbirkorlar huquqining ishonchli tiklanishiga erishib bo‘lmaydi. Shu bois, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritamiz,
– dedi davlatimiz rahbari. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 46 26🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. Odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etish boshlandi. Endi tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasi kuchaytiriladi. Bunda jinoyat haqidagi arizani qabul qilishdan boshlab, ishni sudga o‘tkazishgacha bo‘lgan bosqichlarga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi. Yurtimizda tergov sudyalari ish boshlagani xalqaro tan olingan “Xabeas korpus” institutini qo‘llashning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi. 2026-yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari ham beriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 44 27🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini ta’kidladi. Shu bois, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi. Ushbu institutlarga ijtimoiy buyurtma berish tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi 2 karra oshiriladi. Bundan tashqari, xayriya tashkilotlarini tuzish tartibi soddalashtiriladi, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari takomillashtiriladi.
“Takror aytaman, yurtimizdagi keng ko‘lamli yangilanishlar davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 22 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos bo‘lgan barcha nazorat vakolatlariga ega. Xususan, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlamentimiz belgilab kelmoqda. Prezidentimiz endi davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma’qullashni ham Parlament vakolatiga o‘tkazishni taklif qildi. Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi. Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va shaharda ham yo‘lga qo‘yiladi.
“Ayni paytda ushbu jiddiy siyosiy islohot hokimlar va ijro idoralaridan Kengashlarga munosabatni mutlaqo o‘zgartirishni talab qiladi. Bundan buyon deputat so‘rovlari ijrosi har chorakda tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi”,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 17
Photo unavailableShow in Telegram
Oltinchi ustuvor yo‘nalish – zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi. Avvalo, 2026-yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi. Endi barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari, 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari, 240 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimi, 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi. Platformaga kelib tushgan murojaatlar, ularni ijrochilarga taqsimlash va ko‘rib chiqish muddatini nazorat qilish sun’iy intellekt orqali amalga oshiriladi.
“Eng muhimi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma shaklda ko‘rsatish tizimini rivojlantiramiz”,
– dedi davlatimiz rahbari. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 21 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanishni davlat siyosati darajasiga olib chiqdik”,
– dedi Prezidentimiz. Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026-yilda jami 3 trillion 300 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qo‘shimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham katta loyihalar boshlanadi. Poytaxtimiz, viloyat markazlari va shaharlarda “yashil” hududlarni ko‘paytirish uchun sug‘orish, drenaj tizimlarini qayta tiklash zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun 160 million dollarlik katta dastur doirasida Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar ta’mirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 21 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Chang-to‘zonlarning oldini olish uchun Surxondaryoda 10 ming gektarda “yashil makon” va Sirdaryoda 84 kilometrli “yashil devor” barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda jami 250 ming gektar, jumladan, Orolning qurigan tubida 115 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi. Har bir hududda botanika va dendrologiya bog‘lari hamda 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari barpo qilinadi. Korxonalarda ekostandartlarni joriy qilish uchun kelgusi besh yilda kamida 30 ming nafar ekologiya menejeriga talab paydo bo‘ladi. Shuning uchun 2026-yilda har bir hududda “yashil” texnikumlar tashkil etilib, dual ta’lim asosida yiliga 10 ming mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Yangi yilda Markaziy Osiyo Yashil universiteti faoliyati kengaytiriladi. Havo, suv va tuproq sifatini aniqlash imkonini beradigan kompleks laboratoriyalar tashkil etiladi. Shaharlarda tabiiy ventilyatsiyani kuchaytirishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Umuman, ekologiya sohasiga 2026-yilda 1 trillion 900 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 16 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Elektromobillardan foydalanishni kengaytirish yanada rag‘batlantiriladi Ekologik avtomobillarni ko‘paytirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi. Bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi. Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi. Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida avtomobillarni zaryadlashda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi. Elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Beshinchi ustuvor yo‘nalish – ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish. Yirik korxonalarga filtr, tozalash inshooti va havoga chiqariladigan zararli moddalar tashlanmalarini monitoring qilish stansiyasi o‘rnatish uchun 100 million dollarlik kredit liniyasi ochiladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin ko‘mir va gazda isitiladigan issiqxona bor. Endi filtrsiz ko‘mirda ishlaydigan qozonxonalardan voz kechiladi. Ular poytaxt atrofidan ko‘chirilib, hamma joyda markazlashgan qozonxonalar orqali isitish yo‘lga qo‘yiladi. Shu maqsadda 200 gektardan kam bo‘lmagan agroklasterlar tashkil etiladi, ularning tarkibiga o‘tmoqchi bo‘lgan issiqxonalarga alohida subsidiya beriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 44 27🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi. Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi. Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi. Keng ko‘lamli islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ham jadal davom ettiriladi. Tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun “master reja” ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda transplantatsiya, vaksinatsiya, ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m ajratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 43 27🔥 16😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari uchun yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli “Abuda” universiteti boshqaruviga berishga qaror qilindi. O‘zbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar bo‘yicha yangi oliygoh tashkil qilish haqida kelishib olindi. Bu tajriba davom ettirilib, aniq fanlar va texnika yo‘nalishidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlari jalb qilinadi. Yana bir masala – mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy ma’lumotli kadrlar kirib kelmoqda. Endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratiladi. Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda ko‘rinib turadi. Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 43 28🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi.
“Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz. Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi. 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 32 24🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Avtomobillarga ekologik stikerlar berish tizimi joriy qilinadi Shaharlardagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlashtirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi. Shu bois, dunyo tajribasidan kelib chiqib, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab ekologik stikerlar berish tizimi joriy etiladi. Katta miqdorda zararli moddalar chiqaradigan avtomashinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda shaharlarga kirishi cheklanadi. Bunday transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o‘rnatish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Eski mashinasini almashtiraman deganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr o‘rnatib, zararni kamaytirishga tayyor bo‘lgan haydovchilar uchun xarajatlarining bir qismi bo‘yicha subsidiya ajratiladi. Poytaxtimiz va yirik shaharlarda jamoat transportini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘ladi. Shahar ko‘chalarida avtobus va taksilar uchun maxsus yo‘laklar ko‘paytiriladi. Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida transport harakatini intellektual svetoforlar orqali boshqarish tizimi joriy etiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 42 28🔥 16