es
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

Ir al canal en Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
26 317
Suscriptores
-124 horas
-1627 días
-62330 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishidir. Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarmoqda. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi.
“Bu jarayonlar bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Sanoatda avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada aqlli texnologiyalar, transportda intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bo‘ldi. Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur”,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Aholi daromadi, xorijiy sayyohlar oqimi tobora ortib borayotgani kelgusi besh yilda oziq-ovqatga bo‘lgan talabni 1,5 karra oshiradi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini hozirgi 40 milliarddan 60 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda. Bozorlarimizni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan butun yil davomida barqaror narxda ta’minlash uchun 2026-yildan doimiy intervensiya tizimiga o‘tiladi. Hududlardagi “Oziq-ovqat jamg‘armalari”ga ajratiladigan resurs 2,5 barobar ko‘paytirilib, 500 milliard so‘mga yetkaziladi. Shuningdek, meva-sabzavotga ixtisoslashgan 1 mingta mahallada sig‘imi 100 tonnagacha bo‘lgan kichik sovitkichli omborlar barpo etiladi. Bu ishlar kelgusi yil inflyatsiya darajasini 6-6,5 foizga tushirishga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahliliga ko‘ra, sifatli yo‘llar iqtisodiyotimizning kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi. Avtomobil yo‘llarining sifatini yaxshilash, tranzit salohiyatini yanada oshirish maqsadida besh yillik dastur amalga oshiriladi. Bunda Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Toshkent bilan Termizni, Samarqand bilan Shahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni bog‘laydigan, uzunligi 4 ming kilometr magistral yo‘llar xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantiriladi. 2026-yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi 300 kilometr yo‘llarda rekonstruksiya ishlari yakunlanadi. Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Bo‘stonliq, Pung‘on – Namangan va Qarshi – Shahrisabz yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan 800 kilometr yo‘llar qurilishi boshlanadi. Endi yo‘llarni loyihalashtirishda aholining fikri, transport qatnovining atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish, piyodalar uchun “to‘siqsiz” muhit yaratish bo‘yicha qat’iy talablar qonun darajasida mustahkamlanadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 64 27🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Turistlar oqimi tobora oshayotgani aviatsiya va temir yo‘lda yo‘lovchi tashish quvvatini 2 barobar ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Shu bois, 2026-yilda aviaparkdagi havo kemalarining soni 120 taga yetkaziladi. Mahalliy aviaqatnovlarni oshirish uchun subsidiyalashning yangi tizimi joriy etiladi. Endi narxidan qat’i nazar, sotilgan har bir chipta uchun aniq miqdorda subsidiya ajratiladi. Bu chipta narxini pasaytirish va talabni oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yangi samolyotlar uchun uchuvchilar, ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, aeroportlar uchun servis va boshqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi. Ichki temir yo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bog‘lash uchun 2026-yildan yana 500 kilometr temir yo‘l qurilishi boshlanadi. Kelgusi yili 110 kilometr temir yo‘l tarmog‘i qurilib, Bo‘ka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafshon shahri poytaxt bilan bog‘lanadi. “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar uchun yangi temir yo‘l liniyasini qurish boshlanadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Navoiydagi vokzallar ham xususiy sheriklik uchun beriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Shuningdek, yangi yilda tadbirkorlar tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi servis obyektlari ishga tushiriladi. Turizm maskanlarini tashkil qilish uchun kelgusi uch yilda 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi. Bundan tashqari, 2026-yildan “O‘zbekiston merosi mehmonxonalari” dasturi boshlanadi. Madaniy meros obyektlarida xususiy sheriklik asosida “butik mehmonxona” tashkil qilish uchun nufuzli mehmonxona tarmoqlari olib kelinadi. Dastur ishtirokchilariga yer, mulk, foyda soliqlari va bojxona to‘lovidan imtiyoz beriladi. Mana shu ishlar hisobiga 2026-yilda xizmatlar bozori 100 milliard dollardan oshiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilning o‘zida xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o‘sib, 82 milliard dollarga yetdi. Xizmatlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun 2026-yilda sohaga 85 trillion so‘m kredit, 9 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Xususan, ta’lim xizmatlari uchun budjetdan 7 trillion so‘m beriladi. Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda. Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Samarqandda Bibixonim, Registon majmualari, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda va Afrosiyob muzeyini bir-biri bilan bog‘laydigan zamonaviy yo‘lak va ko‘priklar barpo etiladi. Shahrisabzda G‘elon yirik turistik majmuasining birinchi bosqichi ishga tushiriladi. Pop tumanida Arashan tog‘ dam olish turistik zonasi tashkil etiladi. Xivadagi Ichanqal’a immersiv, ya’ni jonli va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi. Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi arxeologik yodgorliklar bo‘ylab yirik turizm halqasi tashkil etiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 25
Photo unavailableShow in Telegram
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026-yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi. Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so‘m subsidiya beriladi. Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi. Kelgusi yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi ro‘zg‘or uchun zarur iste’mol tovarlariga talabni oshirishi tabiiy, albatta. Bu talabni moliyaviy manbalar bilan ta’minlash maqsadida 2026-yilda 125 trillion so‘mlik iste’mol krediti ajratiladi. Umuman, 2026-yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga ko‘paytirib, 30 milliard dollarga yetkazish reja qilingan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 24
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz uchinchi ustuvor yo‘nalish – ichki bozorda talabni rag‘batlantirish masalasiga to‘xtaldi. Bozorlarimizdagi to‘kinlik, narx-navo barqarorligi, aholining iste’mol talabi ortib borayotgani – turmush sifati yaxshilanayotganini ko‘rsatadigan eng asosiy omil. Ichki talabni rag‘batlantiradigan muhim faktorlardan biri, bu inflyatsiya darajasidir. To‘qqiz yilda qulay biznes muhiti yaratilib, tovar va xizmatlar hajmi va turi ko‘paytirilgani, kam daromadli oilalar uchun yiliga kamida 1 milliard dollar arzon kredit berilayotgani, inflyatsiya darajasi “bir xonali” raqamga tushirilgani natijasida aholining xarid qobiliyati 2 karra o‘sdi. O‘tkazilgan so‘rovlar ham, xalqaro ekspertlar tahlillari ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxshilanganini tasdiqlamoqda.
“Albatta, bu natijalar bilan cheklanib qolmasdan, xalqimizning daromadi va xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiramiz”,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 45-50 foizdan 28 foizga pasaytirishga erishildi. Lekin bu hali dastlabki qadamlar ekani ta’kidlandi. Bu boradagi ishlarni kuchaytirish uchun 2026-yilda barcha davlat xizmatlari va kommunal to‘lovlar, yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil va ko‘chmas mulk savdolari naqdsiz to‘lov shakliga o‘tkaziladi. Soliq, bojxona, sanepidemnazorat, standart, karantin, qurilish nazorati inspeksiyasi, yong‘in xavfsizligi kabi 17 turdagi tekshiruvlarda yonkameradan foydalanish majburiy bo‘ladi. “Soya”dagi iqtisodiyotdan ixtiyoriy ravishda shaffoflikka chiqmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar buxgalteriya, statistika, soliq hisobotlarini yuritish bo‘yicha bepul o‘qitiladi.
“Ayrim yurtdoshlarimizda topgan daromadini iqtisodiyotga yo‘naltirish, bank depozitiga joylashtirish, aktivlarini o‘z nomiga rasmiylashtirish bilan bog‘liq xavotirlar bor. Shu bois, deputatlarimiz va Markaziy bank xalqaro tashkilotlar bilan maslahatlashgan holda, fuqarolarimiz yurtimizda yoki chet elda shu paytgacha olgan daromad va aktivlaridan emin-erkin foydalanishiga sharoit yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlasa, o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 70 67🔥 56
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari kapital bozorni iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan muhim institutsional ustun sifatida belgilab, global depozitariylarni milliy fond bozorimizga olib kirish kerakligini qayd etdi. Buning uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab chiqilgan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qilish lozimligi ta’kidlandi. Kurs tebranishi bo‘yicha xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy kompaniyalarga ichki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat beriladi. Kelgusi yili korxonalarimiz ilk bor xalqaro bozorlarda ham aksiyalarini joylashtirishi mumkin bo‘ladi. Umuman, kapital bozorni rivojlantirish orqali tadbirkorlarga qo‘shimcha 1 milliard dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 51 50🔥 50
Photo unavailableShow in Telegram
“Biz 2030-yilga borib, IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz”,
– dedi Prezidentimiz. Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bugun minglab iqtidorli yoshlarimiz IT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.
“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 54 27🔥 17
Photo unavailableShow in Telegram
Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi. Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
31👍 31🔥 28
Photo unavailableShow in Telegram
Akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida O‘zbekiston “Global sifat infrastrukturasi” indeksida so‘nggi ikki yilda 15 pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa ko‘tarildi.
“Bu albatta yaxshi! Shu bilan birga, mahsulotlarimiz raqobatdoshligini yanada oshirish uchun texnik tartibga solish sohasini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga o‘tamiz,
– dedi Prezidentimiz. Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi. Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi, 1 ming dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 24
Photo unavailableShow in Telegram
Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkazish prognoz qilinmoqda. Agar mehnat unumdorligi, energiya samaradorligi va tannarx bo‘yicha qattiq ishlansa, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Shu bois, sanoatda “Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oshirish” dasturi boshlanadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha alohida loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyihaga xalqaro moliya institutlaridan 200 million dollar kredit va grant jalb qilinib, sanoat korxonalari uchun xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislar olib kelinadi, biznes jarayonlari raqamlashtiriladi, energiya va boshqa xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha auditlar o‘tkaziladi, ilg‘or texnologiyalar transfer qilinadi. Bu borada “To‘rtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil qilinadi. Markaz negizida robototexnika, “buyumlar interneti”, “aqlli fabrika” kabi “Industriya 4.0” yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish uchun “tartibga solish mexanizmi” yaratiladi. Bunda korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin ularni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 34 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yana bir yirik loyiha – Olmaliq kombinatida qiymati 2 milliard 700 million dollar, quvvati 300 ming tonna mis katodidan iborat bo‘lgan yangi metallurgiya majmuasini barpo etish boshlanadi. “Samarqand kimyo” zavodida 381 million dollar investitsiya hisobiga yiliga 370 ming tonna fosforli va 540 ming tonna murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qashqadaryoda 200 million dollarlik kimyo zavodining qurilishi boshlanadi. Bu maishiy kimyo, polimer, sintetik yoqilg‘i uchun yiliga 50 ming tonna alkilbenzol mahsuloti olish imkonini beradi. Umuman, 2026-yilda kimyo sanoatida 4,5 milliard dollarlik, tog‘-kon metallurgiya, neft-gaz, avtomobilsozlik, to‘qimachilik va qurilish materiallari tarmoqlarining har birida 3 milliard dollardan, elektrotexnikada 2 milliard dollarlik, farmatsevtikada 800 million dollarlik yangi loyihalar boshlanadi. Shu tariqa 2026-yilda jami eksport 40 milliard dollarga yetkazilib, tayyor va yarim tayyor mahsulot ulushi 55 foizdan oshiriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 78
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish bo‘yicha sanoatni rivojlantirish dasturi boshlanadi. Bu jarayonda kelgusi besh yilda sanoatda qo‘shilgan qiymatni hozirgi 36,5 milliard dollardan kamida 60 milliard dollarga yetkazish, yuqori va o‘rtadan yuqori texnologiyali tarmoqlardagi mahsulotlar hajmini 2,5 barobar oshirish marra sifatida belgilanadi. Bunga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yilda 52 milliard dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi. Kelgusi yilning o‘zida 14 milliard dollarlik 228 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi. Masalan, Navoiydagi oltin konlarida ma’dan qazib olish bo‘yicha 320 million dollarlik loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 2 million tonna ma’dan qayta ishlanadi. Shuningdek, “Muruntov” konini o‘zlashtirishning navbatdagi bosqichi hamda kumush konlari bo‘yicha 2 milliard 300 million dollarlik yirik loyihalar amalga oshiriladi. Natijada yiliga 18 million tonna ma’danni qayta ishlash quvvati barpo etilib, 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 34
Photo unavailableShow in Telegram
Erkin iqtisodiy zonalarga dunyoning mashhur brendlari jalb qilinadi. Ushbu zonalardagi korxonalar xalqaro texnik reglamentlar, ekologik va mehnat standartlarini qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Ular uchun maxsus investitsiyaviy, soliq, bojxona va huquqiy rejim joriy etiladi va xalqaro huquq doirasida arbitraj nizolarini ko‘rib chiqish imkoniyati yaratiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bularning barchasi kelgusi besh yilda 180 milliard dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga 1 million yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Har bir kelishuvni loyihaga aylantirish, sarmoyalarni qisqa fursatlarda jalb qilish va ularning samaradorligiga mas’ul, faqat va faqat investitsiya bilan ishlaydigan alohida yangi tizim yaratilishi belgilandi. Bundan tashqari, mahalliy sanoat va kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ham xuddi shunday alohida tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Umuman, iqtisodiyotni raqobatdosh qilish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, sanoat tarmoqlarini texnologik transformatsiya qilish mutlaqo yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Buning uchun Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklarining faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqiladi”,
– dedi Prezident. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 33 18🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Yurtimizdagi qulay biznes muhiti, demografik o‘sish, inson kapitaliga berilayotgan e’tibor O‘zbekistonni investorlar uchun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantirmoqda. Joriy yilning o‘zida chet ellik hamkorlar bilan 140 milliard dollarlik yangi investitsiya kelishuvlariga erishildi. Kelgusi yilda 50 milliard dollar xorijiy investitsiyani jalb qilish mo‘ljallangan. Bundan buyon har bir dollar investitsiya, eng avvalo, ilg‘or texnologiyalar transferi, tashqarida bozori aniq, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga, energiya, suv, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishda samaradorlikni oshirishga, mahalliy ishchilarni yangi texnologiyalar bilan ishlashga o‘qitish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
“Ya’ni yuqori texnologiya va yangi kompetensiyalarni olib kirgan, eksportga ishlagan investor eng ishonchli hamkorimiz bo‘ladi,
– dedi davlatimiz rahbari. Bunday strategik investorlarga loyiha uchun yerlar bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi. Yer toifasi o‘zgarganida nobudgarchilik uchun to‘lovni 10 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi. Yerni rasmiylashtirish, toifasini o‘zgartirish, qurilish va infratuzilmaga ulanishga ruxsatnoma olish uchun investorlar idorama-idora yurmaydi. Ularga “yagona darcha” tamoyili asosida kompleks xizmat ko‘rsatadigan elektron platforma ishga tushiriladi va barcha vazirliklar unga ulanadi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 33 27🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish – iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish.
Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda faqat yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaradigan davlatlargina dunyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Shuning uchun iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori samaradorlikka erishish kelgusida islohotlarimizning bosh mezoni bo‘lishi shart”,
– dedi Prezidentimiz. Masalan, sanoatda yuqori texnologik va kam energiya iste’mol qiladigan tarmoqlar rivojlantirilgani hisobiga joriy yilda 1 dollar mahsulot uchun sarflanadigan yoqilg‘i-energiya miqdorini 13 foizga kamaytirishga erishildi. Shu bois, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 240 milliard dollardan oshirish uchun eng to‘g‘ri yo‘l – barcha sohalarni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish ekani ta’kidlandi. Bu kelgusi yillarda iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishi bo‘lishi belgilandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 51 33🔥 29
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yili “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trillion so‘m kredit beriladi. Kredit foizining milliy valyutada 10 foizgacha, xorijiy valyutada 4 foizgacha qismi Tadbirkorlik kompaniyasidan qoplab beriladi. Natijada mahallalarda 100 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Har bir mahallada 40 tadan mikro loyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga 2026-yilda yana 7,5 trillion so‘m resurs ajratiladi. Yangi yilda mahallalardagi aholini, xususan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, buning uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinib, bunga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Mahalla yoshlarining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida maktab kutubxonalari har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan ta’minlab boriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mostrar todo...
👍 32 20🔥 12