Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
Ir al canal en Telegram
Sirdaryo viloyati hokimi Telegram: +998774080105 Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov Ishonch telefoni: (67) 225-07-78 Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Islom Karimov-60
Mostrar más2025 año en números

14 590
Suscriptores
-2824 horas
-1057 días
-22330 días
Archivo de publicaciones
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.
Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X
👏 10
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
“Eng muhim yutuqlarimiz haqida so‘z yuritganda, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinlidir”,– dedi davlatimiz rahbari. Avvalo, O‘zbekiston futboli uchun 2025-yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mohir shaxmatchilarimiz jahon kubogida munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgani barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi. O‘tgan haftada 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jasorat va matonat sohibi bo‘lgan sportchilarimiz bu yilgi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Facebook|Instagram|X
👏 10
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi.
Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etildi.
Yurtimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
“Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi. Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
👏 10
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Aholi farovonligi va biznesni o‘stirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha ham 2025-yil katta o‘zgarishlar yili bo‘ldi.
Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Yoki 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib bordi.
Joriy yilda aholiga 8 million 100 ming kvadrat metr ko‘p qavatli uylar topshirilmoqda, odamlarning o‘zi ham yashash sharoitini yaxshilash uchun 19 million kvadrat metr maydonda qurilish qildi.
Biznes vakillari tomonidan 24 million kvadrat metr noturar joy obyektlari barpo etildi.
Umuman, so‘nggi to‘qqiz yilda 210 million kvadrat metrli turar joy va noturar joy obyektlari foydalanishga topshirildi.
Facebook|Instagram|X
👍 7
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.
Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi”,– dedi Prezidentimiz. Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi. Facebook|Instagram|X
👍 11
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
“E’tibor bering, bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi. Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barchamizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda”,– dedi davlatimiz rahbari. Global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir paytda joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi. Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borishi uchun zamin bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
👍 12
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz”,– dedi Prezidentimiz. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Avvalo, jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etmoqda. Bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Facebook|Instagram|X
👍 10
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
“So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”,– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida. Facebook|Instagram|X
👍 10
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Sirdaryo viloyatidan 80 ta "O`zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!
➤ Oqoltin tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 24 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 22 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 1 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 9 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 1 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 8 ta (ko'rish)
e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!
👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍 8
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.
Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:
“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;
“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);
“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;
Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.
—
Сегодня Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев обратится с Посланием к Олий Мажлису и народу Узбекистана.
Смотрите прямую трансляцию Послания c 11:00:
на телеканалах «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» (с сурдопереводом), «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «O‘zbekiston tarixi», «Mening yurtim», «Sevimli», «Milliy», «Zo‘r TV», «Renessans TV»;
«Toshkent» и «Dunyo bo‘ylab» (с русским переводом);
«Yoshlar» и «Uzreport TV» (с английским переводом);
на страницах пресс-службы Президента в Telegram и Facebook, а также на официальном канале в YouTube.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 15🔥 1
01:36
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Президентская ёлка — праздник радости для детей
Tayor archa Rus30.mp436.87 MB
👍 14🔥 3
01:16
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Prezident archasi — bolajonlarga quvonch ulashgan bayram
Tayor Archa Uzb30.mp438.69 MB
👍 20🔥 3
📈 Сирдарёнинг ривожланиш формуласи: аграр анъанадан инновацион иқтисодиёт сари йўл
Президент ташрифидан сўнг...
Сирдарё вилояти ҳақида гапирганда кўз олдимизда нималар гавдаланади?
Вилоят ҳудудини кесиб ўтган асосий автомобиль йўли. Йўл четига териб қўйилган тарвуз-қовунлар, очиқкўнгил ва меҳнаткаш халқ. Охири кўринмайдиган пахта далалари, катта-кичик ариқлар, яримчўл яйловлар...
Тасаввуримизга шу тарзда оддийгина жойлашган вилоятнинг бугунги имкониятлари, иқтисодий қудрати аслида анча юқори...
👉 Батафсил
👍 21👏 3🔥 2
01:36
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Обсуждены приоритетные вопросы развития Хавастского района
Tayor Xovos rus30.mp438.32 MB
👍 16👏 2
01:29
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Xovos tumanini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
Tayor Xovos Uzb30.mp436.21 MB
👍 29👏 2
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан "Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2026 году"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 24
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан "Об утверждении Стратегии защиты детей от всех форм насилия на 2026–2030 годы"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 20🔥 3
00:24
Video unavailableShow in Telegram
Айни пайтда вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов Ховос туманида бўлиб, вилоят ва туман мутасаддилари билан туманни янада ривожлантириш, уни Янги Ўзбекистон қиёфасидаги замонавий ҳудудга айлантириш бўйича режаларни муҳокама қилмоқда. Муҳокамада ҳар бир кўча ва ҳар бир маҳалла кесимидаги режалар атрофлича кўриб чиқилмоқда.
———
В настоящее время хоким области Эркинжон Турдимов находится в Хавастском районе, где совместно с руководителями областных и районных структур обсуждает планы по комплексному развитию территории и её преобразованию в современный район, соответствующий "облику Нового Узбекистана". Особое внимание уделяется проработке планов по каждой улице и каждой махалле.
IMG_5231.MOV19.00 MB
👍 34
🏆 Sirdaryoda mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi boshlandi
22–25-dekabr kunlari Sirdaryo viloyatida mexanik eshkak eshish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Nufuzli musobaqa ushbu sport turini rivojlantirish, yosh sportchilar mahoratini oshirish va iqtidorli atletlarni aniqlashga qaratilgan.
Tantanali ochilish marosimida soha mutasaddilari ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 450 ga yaqin sportchi turli yosh va vazn toifalarida bahs olib bormoqda. Bellashuvlar yuqori saviyada o‘tib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar g‘olib va sovrindorlar sifatida taqdirlanib, milliy terma jamoaga tavsiya etiladi.
O‘zbekiston kubogi bahslari 25-dekabr kuni yakunlanadi.
👍 20👏 3
