es
Feedback
Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿

Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿

Ir al canal en Telegram

Sirdaryo viloyati hokimi Telegram: +998774080105 Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov Ishonch telefoni: (67) 225-07-78 Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Islom Karimov-60

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
14 585
Suscriptores
-324 horas
-1007 días
-20530 días
Archivo de publicaciones
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии возложения цветов к Монументу Нейтралитета в городе Ашхабаде. #Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
👍 14🔥 4
01:26
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlarining muzokaralari ikki mamlakat munosabatlarini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqish uchun keng istiqbollar ochdi. — Переговоры Президентов Узбекистана и Парагвая открыли широкие перспективы для выведения двусторонних отношений на новый этап развития. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
Rolik_Paragvay_tg 2.mp475.52 MB
👍 12🔥 1
00:38
Video unavailableShow in Telegram
Эркинжон Турдимов Хитойнинг “Aerospace Electric Group” компанияси бошқаруви раиси бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. Учрашувда электротехника соҳасида ўзаро манфаатли қўшма лойиҳаларни амалга ошириш истиқболлари муҳокама этилди. ——— Эркинжон Турдимов принял делегацию во главе с председателем правления китайской компании Aerospace Electric Group. В ходе встречи стороны обсудили перспективы реализации взаимовыгодных совместных проектов в сфере электротехники.
Mostrar todo...
IMG_4630.MOV29.64 MB
👍 32🔥 5
Repost from TgId: 1266882897
Photo unavailableShow in Telegram
🥏🥇Ziyoda Boqijonova yoshlar para Osiyo o'yinlarida oltin medalga sazovor bo'ldi! O'zbekiston para pauerlifting terma jamoasi a'zosi Ziyoda Boqijonova yoshlar para Osiyo o'yinlari doirasida yoshlar o'rtasidagi 55 kg vazn toifasi bellashuvlarida ishtirok etdi va yakunda 91 kg natija qayd etdi. Bu Boqijonovaga musobaqaning oltin medali uchun yetarli bo'ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
Mostrar todo...
👍 27👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Национального лидера туркменского народа, Председателя Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова 11-12 декабря посетит эту страну с рабочим визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
👍 17
01:50
Video unavailableShow in Telegram
🎄 В Сырдарьинской области началась активная подготовка к празднованию Нового года
Mostrar todo...
Tayor yangi yil aparat rus30.mp431.43 MB
👍 16🔥 3
01:56
Video unavailableShow in Telegram
🎄 Sirdaryoda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik qizg‘in boshlandi
Mostrar todo...
UZB YANGI YIL APARAT30.mp432.61 MB
👍 27
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli Sirdaryo viloyati tadbirkorlari ! Joriy yilning 15-19 dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkaziladigan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga taklif etamiz. ——— Уважаемые предприниматели Сырдарьи! Приглашаем вас на республиканскую межотраслевую промышленную ярмарку, которая состоится 15-19 декабря текущего года в национальном выставочном центре «Узэкспоцентр». ☎️ 67 225-63-03, 90 684-57-57 🤥 new.cooperation.uz ✉️ info@uzrtm.uz
Mostrar todo...
👍 14
01:31
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Труженики сельского хозяйства удостоены признания
Mostrar todo...
Rus tagdirlash tayor30.mp436.77 MB
👍 14🔥 4
01:31
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Qishloq xo‘jaligi fidoyilari e’tirof etildi
Mostrar todo...
Uzb Tagdirlsh tayor30.mp436.78 MB
👍 26
Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroy qarorgohida soha vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi hamda ularga davlat mukofotlarini topshirdi. — По случаю Дня работников сельского хозяйства Президент Шавкат Мирзиёев провел в резиденции «Куксарой» встречу с представителями сферы и вручил им государственные награды. #Mirziyoyev #muloqot #qishloqxujaligi #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
👍 15🔥 1
👍 12
Photo unavailableShow in Telegram
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz ularning qo‘shimcha takliflari va fikrlarini tingladi.
O‘zining mashaqqatli mehnati bilan rizq-ro‘z yaratayotgan insonlar bilan suhbatlashish, ularning taklif va fikrlarini eshitish menga hamisha alohida huzur bag‘ishlaydi. Bejiz “Yerni yaxshi ko‘rgan – Vatanni yaxshi ko‘radi”, deyishmaydi. Zero, umrini, mehnatini saxovatli zaminimiz bilan bog‘lagan siz kabi fidoyilar – haqiqiy vatanparvardir. Fursatdan foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi halol mehnatingiz, erishgan yuksak natijalaringiz uchun butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman,
– dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 10🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Men bir gapni takror aytishdan charchamayman. Ilm va izlanish bo‘lmagan sohada rivojlanish ham, yuksalish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi,
– dedi davlatimiz rahbari. Bugun agrar sohada 22 ta ilmiy markaz, 260 ta laboratoriya, ularda juda katta salohiyatga ega yuzlab olim va ilmiy xodimlar faoliyat yuritmoqda. Mazkur salohiyatdan to‘liq foydalanish uchun “ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish” integratsiyasini ta’minlaydigan Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etilishi e’lon qilindi. Ushbu akademiya qishloq xo‘jaligidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi. O‘tgan yilda 4 ta institut negizida Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish instituti tashkil etilgan edi. Ushbu institutda yiliga 8 mingdan ortiq soha vakillari, xususan, fermer, dehqon va klasterlar xodimlari zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanishga o‘qitiladi. Mutasaddilarga Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya va Xitoydan malakali agronomlarni olib kelib, dehqon va fermerlarni yangiliklarga doimiy o‘qitib boradigan tizim qilish topshirildi. Bundan tashqari, paxta-g‘alla yo‘nalishidagi eng ilg‘or 200 nafar fermer, meva-sabzavot yo‘nalishidagi eng mirishkor 200 nafar bog‘bon va dehqon, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eng faol 100 nafar eksportchi Xitoy, Turkiya, Gollandiya, Fransiya kabi davlatlarga yuborilib, o‘qitiladi. Ushbu 500 nafar fermer, bog‘bon va eksportchilarning yo‘lkira va mehmonxona xarajati to‘liq qoplab beriladi. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 7🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yana bir masala – respublikada ekin maydonlaridan o‘tgan 70 ming kilometr uzunlikdagi ochiq drenaj va kollektorlar bor. Agar ular bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazilsa, ekin ekish uchun qo‘shimcha maydon ochiladi, zovurlarni tozalash xarajatlari karrasiga tejaladi. Bu masala, ayniqsa, yer tanqis bo‘lgan vodiy viloyatlari uchun juda dolzarb. Shu bois, ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bu maqsadlar uchun 100 million dollar ajratilishi belgilandi. Viloyat hokimlari tajribali tadbirkorlar bilan kelasi yilning o‘zida kamida 10 ming kilometr drenajni yopiq tizimga o‘tkazib, 20 ming gektar qo‘shimcha ekin maydoni ochish uchun mas’ul bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 7🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qishloq xo‘jaligi vazirligida dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz ishga tushirilgani bu sohada mutaxassis tayyorlash va dronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini berdi. Shu yilning o‘zida 100 dan ortiq dron yordamida yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Keyingi yil Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi orqali agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Agrar sohada dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.
“O‘z faoliyatiga raqamli texnologiya va sun’iy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham ko‘payib borayotgani meni xursand qiladi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 6🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
“Qishloq xo‘jaligi sohasini qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larni yildan-yilga oshirib boryapmiz. Bundan keyin ham sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorman. Lekin bu mablag‘lar o‘z vaqtida egasiga yetib borishi va hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishi uchun ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Qishloq xo‘jaligidagi subsidiyalar shu paytgacha 6 ta vazirlik tomonidan ajratilayotgan edi. Shu bois, barcha subsidiyalar bo‘yicha moliyaviy xizmatlarni bir joyda ko‘rsatadigan Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi. Agentlik tomonidan kelasi yil dehqon va fermerlarga 2 trillion 200 milliard so‘mlik subsidiya beriladi. Bunda subsidiya ajratish jarayoni hozirgi 4 bosqichdan 2 bosqichga, uni olishga ketadigan vaqt esa 1 oydan 15 kunga qisqaradi. Eng muhimi, har bir subsidiya fermerlarga ma’qul bo‘ladigan shartlarda, ularga mablag‘ eng zarur paytda beriladigan tizimga o‘tiladi. Keyingi yildan suv nasosiga sarflangan elektr energiyasi uchun subsidiyalar meva-sabzavot, moyli ekin, kartoshka va ozuqa ekinlari yetishtiruvchi fermerlarga ham ajratilishi e’lon qilindi. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 6🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Baliqchilikda naslni yangilash, hosildorlikni oshirish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham bir qator yangiliklar joriy qilinadi. Karp va sovuq suv baliqlari bo‘yicha Vengriya va Norvegiyadagi hamkorlar bilan Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida 2 ta naslchilik markazi tashkil qilinadi. Chetdan nasldor ona baliq olib kelish xarajatining yarmi qoplab beriladi. Baliqchilik xo‘jaliklari inkubatsiya, laboratoriya, yopiq suv aylanma tizimlarini import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi. Intensiv baliqchilikni yo‘lga qo‘ygan xo‘jaliklarga yer va mol-mulk soliqlari 2 karra kamaytiriladi. Aksincha, intensiv usulga o‘tmagan, ko‘llardan samarasiz foydalanayotgan korxonalar uchun yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llanadi. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 8🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yana bir muhim, e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masala – go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish. Kelgusi yilda chetdan 100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki olib kelinadi. Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarga o‘z yerida chorvachilikni yo‘lga qo‘yish uchun 20 sotixgacha joyda yengil konstruksiyali bino qurishga ruxsat beriladi. Import qilingan nasldor qoramol va bir kunlik jo‘ja uchun subsidiya ajratish tartibi yana 5 yilga uzaytiriladi. Chorvachilik loyihalari uchun keyingi yil Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasidan olib kelingan resurslar hisobidan 157 million dollar yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar chorvadorlarga 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 17 foizdan beriladi. Bunga qo‘shimcha JICAdan 150 million dollar, Osiyo taraqqiyot bankidan 60 million dollar jalb qilinadi. Bu mablag‘larni samarali ishlatib, kelgusi yilda 5 trillion so‘mlik 1 mingta loyihani ishga tushirish, Fransiya tajribasi asosida 167 ta tumanda 340 ta go‘sht va sut yo‘nalishidagi 50-60 boshli kichik chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish muhimligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 6🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hozirgi tez o‘zgaruvchan sharoitda bozorlardagi narx-navo barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash doimiy diqqat markazida bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
“To‘g‘ri, kuz-qish uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilyapmiz. Endi bu ishni yil davomida amalga oshirib, narxlar barqarorligini ta’minlash uchun doimiy intervensiya tizimi joriy etiladi”,
– dedi Prezidentimiz. Yaqinda ozuqabop, moyli ekin va kartoshka yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar e’lon qilingan edi. Jumladan, kelgusi yilda fermerlarga 2025-yil olgan hosil qiymatining 50 foizi miqdorida Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 12 foizli kredit ajratiladi. Xorijiy valyutadagi kredit stavkasining 8 foizdan oshgan qismi qoplab beriladi. Kreditlarning 50 foizgacha qismiga kafillik taqdim etiladi. Har yili “in-vitro” laboratoriyalarda virusdan xoli 10 milliondan ortiq kartoshka mini-tuganaklari tayyorlanib, urug‘chilik xo‘jaliklariga bepul beriladi. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 6🔥 2