Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
Ir al canal en Telegram
Sirdaryo viloyati hokimi Telegram: +998774080105 Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov Ishonch telefoni: (67) 225-07-78 Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Islom Karimov-60
Mostrar más2025 año en números

14 582
Suscriptores
-324 horas
-1007 días
-20530 días
Archivo de publicaciones
Mostrar todo...
👍 27🔥 2
Mostrar todo...
👍 33🔥 3👏 1
Mostrar todo...
👍 27
Mostrar todo...
👍 22
Mostrar todo...
👍 16🔥 5
Mostrar todo...
👍 19👏 11
Mostrar todo...
👍 22
Mostrar todo...
👍 19👏 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в сессии Сырдарьинского областного Кенгаша народных депутатов.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
36.10 MB
👍 41👏 5
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Shu bilan davlatimiz rahbarining hududga tashrifi yakunlandi, Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.
—
Состоялась внеочередная сессия Кенгаша народных депутатов Сырдарьинской области. В ней принял участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев. На этом глава нашего государства завершил поездку в регион и вернулся в Ташкент.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #sessiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 26👏 4
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugun sizlar bilan viloyatni yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarni og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish bo‘yicha katta-katta reja va maqsadlarni belgilab oldik. Hech shubhasiz, sirdaryoliklarning bunyodkorlik, tashabbuskorlik va fidoyilik fazilatlariga tayanib, bu marralarga albatta erishamiz. So‘zimning yakunida nuroniy otaxon va onaxonlarga, ishbilarmon tadbirkorlar va dehqonlarga, kuch va g‘ayratga to‘la yoshlarga, butun Sirdaryo ahliga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman”,– dedi Prezidentimiz yig‘ilish yakunida. Sessiya davomida mutasaddilarning hisobotlari, ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi. Facebook|Instagram|X
👍 38👏 5
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:33
Video unavailableShow in Telegram
Gulistonga keltirilgan yangi avtobuslar davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.
—
Главе нашего государства представлены новые автобусы, привезенные в Гулистан.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
29.73 MB
👍 35
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahri jamoat transporti parkini yangilash maqsadida olib kelingan zamonaviy avtobuslar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с современными автобусами, поставленными в Гулистан для обновления парка общественного транспорта.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #jamoattransporti
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 26🔥 3
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Ikki kun oldin Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlab, 29 nafar odam jarohat oldi.
Afsuski, bu baxtsiz hodisaning qurbonlari bor. Prezidentimiz ularning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon bo‘lganlarning oilasiga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratish topshirildi.
Topshiriqqa ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr ko‘rganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda.
Mas’ul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniqlab, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.
Umuman, ushbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha barcha mas’ullar 24 soatlik ish rejimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
👍 35🔥 7
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz Sirdaryodagi aholi va tadbirkorlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qiladigan tashabbuslarga to‘xtaldi.
A-373 yo‘lini Sayxunobod va Guliston tumanidan o‘tgan 37 kilometr qismi yaroqsiz bo‘lgani uchun transport shahar orqali harakatlanishga majbur bo‘lyapti.
Bu yo‘lni 6 tasmali qilib rekonstruksiya qilish ishlarini boshlash topshirildi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan ichki yo‘llarni qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mutasaddilarga ushbu dastur doirasida Boyovut, Guliston, Xovos, Mirzaobod, Sirdaryo va Sayxunobodning 18 ta mahallasidagi 67 kilometr yo‘lni sement-beton qoplamaga o‘tkazish topshirildi.
“Do‘stlik” kanalining Guliston shahridan o‘tgan 5 kilometr qismi rekonstruksiya qilingani uchun qirg‘oq bo‘yi dam olish maskanlari tashkil etildi.
Kelgusi yilda kanalning qolgan 3,5 kilometr qismi ham beton qoplamaga o‘tkazilishi belgilandi.
Sirdaryoda yiliga o‘rtacha 10 ming yangi oila paydo bo‘layotganini hisobga olib, uy-joyga talabni qondirish uchun yil yakunigacha 3 ming 100 ta xonadonga ega ko‘p qavatli uylarni foydalanishga topshirish, 2026-yilda yana 3,5 ming kvartirali 80 ta uy-joy barpo etish maqsad qilib olindi.
Facebook|Instagram|X
👍 27🔥 6
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Vengriyaning “Bonafarm” kompaniyasi Boyovut, Xovos, Mirzaobod va Yangiyerda parrandachilik klasterini tashkil qilishni boshladi.
Ushbu loyiha ishga tushsa, viloyat aholisining parranda go‘shti va tuxumga talabi to‘liq qoplanadi.
Xovos tumanida 50 gektar yer ajratilsa, vengriyalik tadbirkorlar texnopark tashkil qilib, 300 million dollar investitsiya kiritmoqchi.
Viloyat hokimligiga Vengriyaga borib, Sirdaryo viloyati imkoniyatlarini taqdimot qilish va loyihalar paketini shakllantirish topshirildi.
Vengriya tomoni Xovosning 2 ta mahallasida “aqlli qishloq” dasturini amalga oshirish taklifini bergan. Bunda mahallaga ajratilayotgan mablag‘lar shaffofligi, ehtiyojmand oilalarga berilayotgan ko‘mak, bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yagona ochiq tizim orqali aholiga e’lon qilib boriladi.
Viloyat hokimligi va Boshqaruv samaradorligi agentligiga vengriyalik hamkorlar bilan ushbu yangi tajribani boshlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Ekin yerlarida suv ta’minotini yaxshilash uchun kelasi yil Boyovutda sig‘imi 100 million kub metr bo‘lgan “Sultonhovuz” suv omborining qurilishi boshlanadi.
Bu orqali Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektarda yiliga 2 marta hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Yerlarning meliorativ holatini saqlab turish uchun viloyatdagi 16 ming kilometr zovurlarni bosqichma-bosqich tozalash vazifasi qo‘yildi.
Viloyatdagi 200 ming gektarga yaqin ekin yerlari kuchli va o‘rta darajada sho‘rlangan. Sho‘rlangan yerlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha pilot loyihani Sirdaryoda sinovdan o‘tkazib, natijasiga qarab, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Mutasaddilarga suv hisobini yuritish bo‘yicha Sirdaryoni namunali hududga aylantirish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
👍 17🔥 4
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Sirdaryo viloyatida joriy yil 10 ming gektarda asosiy ekin sifatida sholi yetishtirilib, 53 ming tonna hosil olindi.
Bu yaxshi ko'rsatkich bo'lsa-da, suvni tejash masalasi ham muhimligi qayd etildi.
Boyovutlik fermer tomchilab sug‘orishni yo‘lga qo‘yib, g‘alladan bo‘shagan 23 gektar yerda takroriy ekinga 8 gektarida sholi, yana 15 gektarida esa paxta ekib, gektaridan 5-6 tonna hosil oldi. Eng muhimi, suv sarfi 10 barobar kamaydi.
Shu bois, sholi yetishtiriladigan 8 ta tuman hokimlariga har yili kamida 2 ming gektar sholi maydonini tomchilatib sug‘orishga o‘tkazish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
👏 12👍 7🔥 3
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Sirdaryo viloyatida 287 ming gektar suvli, 16,5 ming gektar yaylov va o‘rmon yerlari bor.
Joriy yil Mirzaobod, Xovos va Sardobadagi 16 ming gektar cho‘l yerlar foydalanishga kiritilib, yarmiga yangi texnologiya asosida paxta ekilgani uchun gektaridan 60 sentnergacha hosil olindi.
Xitoylik investorlar 50 million dollar hisobiga Boyovut, Guliston, Oqoltin, Xovos va Sirdaryo tumanidagi 30-40 yildan beri hech narsa ekilmagan yana 12 ming gektar tashlandiq yerni tomchilab sug‘orish orqali foydalanishga kiritishni boshlab yubordi. Kelasi yil bu yerlarda paxta yetishtirilib, kamida 60 ming tonna hosil olinadi.
Buning natijasida shuncha gektar kam hosilli paxta va g‘alla dalasini qisqartirilib, o‘rnida ozuqa ekinlarini joylashtirishga ruxsat beriladi.
Xitoyning Shimoliy-g‘arbiy agrar universiteti, Yanlin yuqori texnologiyalar zonasi bilan hamkorlikda Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-innovatsion markaz ishini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
👏 17👍 7🔥 3
