Kun.uz | Rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
Mostrar más2025 año en números

80 261
Suscriptores
-3424 horas
-1107 días
-1 23930 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Prezident farmoni bilan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi. Unda belgilanishicha, 2026 yil 1 fevraldan boshlab, zo‘ravonlik oqibatida oilasidan olingan va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
👉 https://kun.uz/11064188
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 64🔥 30👍 22😐 3😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
31 dekabrdan 4 yanvargacha dam olish kunlari bo‘ladi – yangi farmon
«2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.
👉 https://kun.uz/13748764
Kun.uz rasmiy kanali
👍 154🔥 32❤ 28🤯 1😐 1
04:21
Video unavailableShow in Telegram
Onkologiya xizmatlari arzonlashadi: yangi respublika markazida press-tur o‘tkazildi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazining yangi majmuasida ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi. Tadbirda mutasaddilar onkologiya xizmatlari narxi kelgusi yillardan bosqichma-bosqich pasaytirilishini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/07579697
Kun.uz rasmiy kanali
Мои видео.mp442.91 MB
👍 111🔥 46❤ 8
Photo unavailableShow in Telegram
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
Muqaddam ham nomusga tegish jinoyatini sodir qilib, sudlangan, joriy yil 14 oktyabr kuni tog‘asining 7 yoshli nevarasini zo‘rlagan pedofil sudning hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatining 3 yilini turmada o‘tash belgilandi.
👉 https://kun.uz/82736350
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 81👍 43❤ 20👏 9😐 6😭 6
Photo unavailableShow in Telegram
Abdulaziz Oqqulov turizm qo‘mitasiga qaytdi
Qo‘mitaga 2023-yildan buyon rahbarlik qilgan Umid Shodiyev boshqa ishga o‘tkazilgan.
👉 https://kun.uz/53357636
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 9👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tinchlik rejasi. 20 band. Zelenskiy buni «urushni yakunlash to‘g‘risidagi bazaviy hujjat» deb atadi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev va Vashington Rossiya bilan tinchlik kelishuviga asos bo‘ladigan hujjatlar ustida ishni davom ettirayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqidan Ukraina uchun keng qamrovli xavfsizlik kafolatlarini olishga umid qilmoqda.
👉 https://kun.uz/39176305
Kun.uz rasmiy kanali
👍 12❤ 9😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
26 dekabrdan 12 yanvarga qadar bir qator ichki yo‘nalishlarda qo‘shimcha samolyot va poyezd qatnovlari tashkil etiladi.
👉 https://kun.uz/03482196
Kun.uz rasmiy kanali
👏 26👍 10❤ 9🔥 5😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
Aksiya bozorlariga investitsiya kiritish yoki treyderlik orqali daromad olish mumkin, ammo kam pul tikib, oson va ko‘p pul topish ortidagi shov-shuvlarning ko‘pi yolg‘on.
Aksiyani sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak, nega hamma oldi-sotdilar joiz emas, qancha vaqtda va necha pul bilan faoliyatni boshlasa bo‘ladi? Treyding sohasiga kirish niyatidagilar nimalarni bilishlari muhim? Shu kabi savollarga Kun.uz'ning moliya savodxonligiga oid ko‘rsatuvi mehmoni - investitsiyalar va treyding bo‘yicha mutaxassis Javlon Otaqulov javob beradi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
❤ 14👍 6
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Xorijliklar o‘zbek so‘mini yoqib, olovida tamaki tutatdi
Xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan uch kishi 2000 so‘mlik banknotani yoqib, tamaki tutatgani aks etgan video tarqaldi. Videodagi o‘zaro suhbatdan ular xitoylik ekanini taxmin qilish mumkin.
👉 https://kun.uz/94536435
Kun.uz rasmiy kanali
IMG_7574.MP410.20 MB
🤯 165😁 47🔥 30😭 28❤ 13😐 8
Photo unavailableShow in Telegram
Daromadlar o‘rtasidagi tafovut: boylar boyishda, kambag‘allar qashshoqlashishda davom etyapti
2025 yilda dunyo aholisining eng boy 10 foizi 75 foiz, 40 foiz o‘rta qatlam 23 foiz, eng kambag‘al 50 foiz esa atigi 2 foiz global boylikni nazorat qilyapti. Masalan, eng boy 0,001 foiz - ya’ni 60 mingdan kamroq multimillioner insoniyatning yarmiga nisbatan uch baravar ko‘p boylikka ega. Shuningdek, daromadlar o‘rtasidagi tengsizlik darajasi ham kengayib boryapti.
👉 https://kun.uz/68112427
Kun.uz rasmiy kanali
😐 30❤ 9👍 4🔥 3🤯 2😁 1😭 1
01:49
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent metrosida yangi tajriba: to‘lov - kaftdagi “tomir izi” bilan
Toshkent metropolitenida yo‘l haqini transport kartasi yoki smartfonsiz to‘lash imkoniyati joriy etildi. Endi to‘lov kaftdagi tomir chiziqlari asosida biometrik identifikatsiya orqali amalga oshiriladi.
👉 https://kun.uz/29990813
Kun.uz rasmiy kanali
tg.mp410.09 MB
👍 16❤ 9😁 4😐 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
General Fanil Sarvarov o‘ldirilgan joy yaqinida ikki kun o‘tib yo‘l-patrul xizmati mashinasi portladi.
👉 https://kun.uz/02983601
Kun.uz rasmiy kanali
👏 19👍 10❤ 7😭 6
07:14
Video unavailableShow in Telegram
G‘azoda ta’mirlangan shifoxona, aviahalokatga uchragan Liviya harbiy qo‘mondoni, BMTda bahslashgan AQSh va Eron – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/90362174
Kun.uz rasmiy kanali
Фабрика форматовДАЙЖЕСТ 24-12.mp447.23 MB
🔥 11❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
“Rossiya har doimgidek jarayonlarga aralashib, nazoratni yo‘qotmaslikka harakat qilmoqda” - Rabbimov
MO maslahatlashuv uchrashuvlariga Ozarboyjonning qo‘shilishi yangi mintaqaviy formatni shakllantirgan edi. Endi esa rossiyalik diplomat Moskva ham ushbu platformaga qiziqish bildirayotganini ta’kidlamoqda, tahlilchilar Kreml bu imkoniyatdan foydalanish uchun qulay vaqtni kutib kelganini qayd etadi. Kun.uz’ning "Geosiyosat" dasturida siyosatshunoslar Rossiyaning niyati mintaqa ustidan geosiyosiy ta’sirini saqlab qolishga qaratilganini alohida ta’kidlashdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
😐 18❤ 13🤯 9👍 6😁 5😭 3
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistondagi yo‘llaridagi yuzlab kameralar internetda ochiq qoldirilgan - TechCrunch
Kiberxavfsizlik nuqsoni tufayli O‘zbekistondagi yo‘l hodisalari, insonlar yuzi va avtomobil raqamlarini kuzatish tizimining yuzlab kameralari internetda ochiq qoldirilgan. Tizim Xitoy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan boshqarilgani aytilmoqda. Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari - IIV, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Kiberxavfsizlik markaziga ogohlantirish yuborgan, lekin mas’ullar javob bermagan.
👉 https://kun.uz/55368061
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 57😐 14❤ 9👏 4😁 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand aeroporti muqobil aerodrom sifatida 5 ta reysni qabul qildi
O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida kuzatilgan noqulay ob-havo (tuman va ko‘rinish masofasining pasayishi) sabab qator reyslar Samarqand xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Shuningdek, bir reys yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani uchun Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/50846234
Kun.uz rasmiy kanali
👍 18❤ 9🔥 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Polsha hududida qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida og‘ir turdagi jinoyat sodir etib, Polshada yashirinib yurgan shaxs aniqlanib, ushlandi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
👉 https://kun.uz/49157642
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 14🤯 6👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Noyabrda uy-joy savdosi oshdi, ijara narxlari ham o‘sdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi noyabr oyi uchun ko‘chmas mulk bozori tahlilini yangilab, uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 25 mingtaga yetgani, ayrim viloyatlarda o‘sish yuqori bo‘lgani hamda Toshkentda ijara narxi yillik hisobda ko‘tarilganini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/89699381
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 4👍 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat qarzlari xaritasi: qaysi mamlakatlarda qarz eng katta?
2025 yilda dunyo bo‘yicha qarz/YaIM (GDP) nisbati 94,7 foizgacha oshdi. Infografikada davlat qarzi YaIMga nisbatan foizlarda hisoblangan holda yuqori bo‘lgan mamlakatlar yaqqol ko‘rsatilgan.
👉 https://kun.uz/00095178
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 12🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
Sergeli va Bektemir tumanlarida tadbirlar munosabati bilan 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha ayrim yo‘l uchastkalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.
👉 https://kun.uz/46600943
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 6😁 6
