es
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Ir al canal en Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
80 255
Suscriptores
-2924 horas
-907 días
-1 28430 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator shartlarni ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/99397992 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👏 55 15👍 10🔥 7😐 2
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Narkotiklar aylanmasiga mansabdorlar homiylik qilayotgan holatlar juda ko‘p - Ravshan Mamatov Uchastkavoy xizmat uyida narkolaboratoriya tashkil qilgani kabi holatlar, ishoninglar, juda ko‘p, dedi Narkotiklarni nazorat qilish markazi direktori. Uning aytishicha, narkotiklar aylanmasiga mansabdorlar homiylik qilayotgan va bu bilan ularning farzandlari shug‘ullanayotgan ko‘plab holatlar qayd etilgan. Mamatov, shuningdek, musodara qilingan sintetik narkotiklar 5 yil ichida 80 baravarga oshganini aytdi. 👉 https://kun.uz/67044131 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
Мои видео.mp412.14 MB
👍 46🤯 30 14🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
FIFA O‘zbekiston milliy jamoasiga kamida 10,5 mln dollar to‘laydi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilariga rekord darajadagi 727 million dollar ajratilishini e’lon qildi. To‘lovlar natijalarga qarab taqsimlanadi. 👉 https://kun.uz/47371219 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👏 29👍 11 5🔥 1
06:34
Video unavailableShow in Telegram
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega? Belarusda 123 mahbus ozod etildi. Ular orasida 2020 yildagi Lukashenkoga qarshi namoyish yetakchilari ham bor. Viktor Babariko va Mariya Kolesnikova kabi muxolifatchilar qamoqdan ozod qilinishi Amerika diplomatiyasi g‘alabasi bo‘ldi. 📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Mostrar todo...
Мои видео.mp461.89 MB
17👍 6🤯 2
Photo unavailableShow in Telegram
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi Shartnoma shartlariga ko‘ra, xizmat haqi oyiga 83 ming 334 dollar etib belgilangan. To‘lov har chorak yakunida (250 ming dollar) amalga oshiriladi. Kelishuv 5 yillik muddatga tuzilgan bo‘lib, yakuniy xizmat haqi 5 mln dollargacha yetishi mumkin. AQSh ommaviy axborot vositalarida Ballard Partners’ning Trampga yaqin ekanligi tez-tez tilga olinadi. 👉 https://kun.uz/28529867 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
😁 20 7😐 7👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentning Sergeli va Yunusobod tumanlariga yangi hokim tayinlandi Davron Ismatov Sergeli tumaniga, Abrorxo‘ja Saidaliyev Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi. 👉 https://kun.uz/38435728 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
7😁 6👍 2😭 2
04:09
Video unavailableShow in Telegram
Toshkentda yangi «siti»lar va XCM moliyaviy piramidasining qulashi – mahalliy dayjest Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/00634440 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
Мои видео.mp441.39 MB
9👍 2🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qalovini topsa, qor ham yonadi: bezoriligi uchun 8 yilga qamalgan Akmal Shukurovni apellyatsiya sudi ozodlikka chiqarib yubordi Tungi klub oldida tanishini himoya qilishga uringan shaxsga kuchli zarba berib, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurov voqea joyidan qochib ketgan va ko‘p o‘tmay Qozog‘istondan ushlab kelingandi. U qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishdan tashqari juda ko‘p miqdorda firibgarlik va bezorilik jinoyatlarini sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Apellyatsiya sudi tayinlangan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirdi va uni sud zalidan qamoqdan ozod etib yubordi. 👉 https://kun.uz/74893013 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
😁 102🤯 66 25😭 13😐 12🔥 6👏 5
Photo unavailableShow in Telegram
NATOdan tashqari, lekin shunga o‘xshash kafolat: Rossiya bunga rozi bo‘ladimi? Ukrainani NATOga qabul qilmasdan, alyansning 5-moddasiga o‘xshash xavfsizlik kafolati berilishiga Rossiya tomoni qanday qarashi borasida fikrlar turlicha. Siyosatshunos Sanjarbek Rashidovga ko‘ra, Putin bunga ko‘nmaydi, chunki bu tajriba keyinchalik Gruziya kabi boshqa davlatlar uchun ham namuna bo‘ladi. Siyosatshunos Bektosh Berdiyev esa, NATOsiz kafolat g‘oyasi hozirgi vaziyatda RFni qoniqtiradi deb hisoblamoqda. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Mostrar todo...
15👍 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
«U endi Putinga kerak emas». The Guardian Bashar Asadning Moskvadagi hayoti haqida yozdi Jurnalistlar aniqlashicha, Suriyaning sobiq rahbari rus tilini o‘rganmoqda, deyarli hech kim bilan muloqot qilmayapti (Rossiya maxsus xizmatlari uning tashqi olam bilan aloqasini cheklab qo‘ygan) va oftalmologiya sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirmoqda. U Suriyadagi voqealar bo‘yicha o‘z versiyasini bayon qilish uchun intervyu kelishib qo‘ygan, ammo buning uchun Rossiya hukumatining ruxsati kerak bo‘ladi. 👉 https://kun.uz/29422468 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
11😁 3😭 1
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni Sidneydagi otishmada bir hujumchini qurolsizlantirgan Ahmadning jasorati - nafaqat Avstraliya va Suriyada, balki butun dunyoda qahramonlik sifatida e’tirof qilinmoqda. Bu voqea - 15 kishi o‘ldirilgan fojia ortidan avstraliyaliklar uchun birdamlik ramziga aylandi. Ahmadning davolanishi uchun ochilgan xayriya fondiga allaqachon 1,5 million dollar yig‘ildi. 👉 https://kun.uz/67346350 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👏 54 21👍 21🔥 7
Photo unavailableShow in Telegram
Tojikiston Odintsovodagi qotillik yuzasidan Rossiya elchisiga nota topshirdi Tojikiston TIV ushbu hujum «milliy nafrat asosida» sodir etilganini qayd etgan. Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova ushbu qotillik yuzasidan Tojikistonga hamdardlik bildirganini ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/37781036 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
😭 78🤯 21 12👍 7👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi “O‘zbekgidroenergo” jamoasi kompaniyaga asos solinganidan beri raislik qilib kelgan Abdug‘ani Sanginov bilan tantanali xayrlashdi – u faoliyatini “O‘zbekneftgaz” rahbari sifatida davom ettiradi. Sanginov yangi lavozimda Bahodir Siddiqovning o‘rnini egalladi. Bu o‘zgarish – bir kun oldin O‘zbekiston prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili Alisher Sultonovning ishdan olinishi ortidan ro‘y bermoqda. 👉 https://kun.uz/49927250 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 99 29🔥 23👏 13😁 7🤯 3😐 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi taklifiga binoan 18-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi va «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammitida ishtirok etadi. 👉 https://kun.uz/44161584 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 135🔥 44👏 35 31😁 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentga viloyatlardan avtomobil kirishi cheklanmaydi - hokimlik Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt transport tizimida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi rasmiy tushuntirish berib, viloyatlardan Toshkentga avtomobillar kirishiga hech qanday cheklov yoki taqiq joriy etilmayotganini ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/03106282 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 24 20😁 5🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
«Suv zaxiramiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mlrd kub metrga kam» – Suv xo‘jaligi vaziri 2025 yilda O‘zbekiston bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 40 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berilgan. «Bugungi kun holatida transchegaraviy suv omborlari bilan hisoblaganda, suv zaxiramiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mlrd kub metrga kam. Ichki suv omborlarimizda esa 2,7 mlrd kub metr kam suv yig‘ilgan», - dedi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev. 👉 https://kun.uz/72182298 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
😭 38😐 19 18🤯 12😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi Loyihani Janubiy Koreya ajratgan 3 mln dollarlik grant mablag‘lari asosida, 4 ta koreys kompaniyasidan iborat konsorsium ishlab chiqdi. Tafsilotlar hali ochiqlanmadi. Yangi temiryo‘l Toshkent va Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlari qatnovini ko‘paytirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan. 👉 https://kun.uz/00382476 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
13👍 12😁 2😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Noroziliklardan keyin JCh uchun 60 dollarlik chiptalar chiqariladi Bunday arzon chiptalar cheklangan miqdorda bo‘ladi va har bir assotsiatsiya uchun ajratilgan kvotaning 10 foizini (stadiondagi jami o‘rindiqlarning 1,6 foizi miqdorida) tashkil etadi. 👉 https://kun.uz/85833754 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
24😁 18🔥 7😐 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qo‘qonlik tabib 10 sutkaga qamaldi Xalq orasida tabiblik bilan shug‘ullanib, «bionur» sohibi sifatida tanilgan Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi. U xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. 👉 https://kun.uz/28343352 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
😁 73👍 30 9🤯 5👏 2
01:19
Video unavailableShow in Telegram
Erdo‘g‘an tadbirda Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she’ridan parcha o‘qib berdi U o‘z nutqida so‘nggi ikki asr nafaqat turk millati, balki butun turkiy dunyo uchun qiyinchiliklar, azob-uqubatlar bilan o‘tganini ta’kidlab, endi bu davrlar ortda qolgani, Turkiya turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilganini qayd etdi. 👉 https://kun.uz/07387451 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
Фабрика форматовerdogan.mp415.38 MB
🔥 79👍 47 22👏 7🤯 3😁 1