es
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Ir al canal en Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
80 261
Suscriptores
-2924 horas
-907 días
-1 28430 días
Archivo de publicaciones
01:05
Video unavailableShow in Telegram
“Xalqning haqidan qo‘lingizni torting, hokim bobo!” - Yakkabog‘ning Qayrag‘ochidan murojaat Bugun xalqimizda “Tashabbusli budjet” haqida tushuncha va tasavvur deyarli shakllanib bo‘ldi. Ushbu loyihada ishtirok etish, ovoz to‘plash sarguzashtlari va g‘oliblarning qay darajada quvonganiga guvoh bo‘lib kelyapmiz. G‘oliblik haqiqiy bayramga aylanib ketyapti, chunki ko‘p yillik qiyinchiliklar tugab, qaysidir muammoning yechimiga umid bog‘lanmoqda. Biroq g‘olib bo‘lishning o‘zi yetarli emasligini “Yakkabog‘ tajribasi” misolida ko‘rdik. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Mostrar todo...
Фабрика форматовтизерча-1.mp413.03 MB
22👍 9🔥 4👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dunyo eng baland binosi uchun kurash: Jidda minorasi rekordga yaqinlashyapti Qizil dengiz sohilidagi o‘ta baland minora dunyo me’morchiligi chegaralarini qayta belgilashga shaylanmoqda. Jidda minorasi (Jeddah Tower) qurilishi jadal sur’atda davom etyapti - bino go‘yo “raketa kabi yuqoriga otilib chiqmoqda” va allaqachon 80-qavat belgisiga yetdi. 👉 https://kun.uz/31635132 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
🤯 23👍 10 9😭 3😁 1😐 1
04:24
Video unavailableShow in Telegram
Aqlli yurish. Zelenskiy nega Kupyanskka bordi? Zelenskiy jonini xatarga qo‘yib Kupyanskka bordi. Uning tashrifi haqida videoda o‘q ovozlari eshitilgan. Rossiya tomoni bu shahar egallangani haqida kamida uch marta bayonot bergan. U holda Zelenskiy Kupyanskda nima qilib yuribdi? 📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Mostrar todo...
КУПЯНСК-2_1.mp433.56 MB
👍 27 9😁 8
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida 19 dekabr kuni Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashuv o‘tkazdi. 👉 https://kun.uz/49205464 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
Фабрика форматов00.mp46.87 MB
👍 86 61🔥 24👏 14
07:55
Video unavailableShow in Telegram
Odintsovodagi qotillik. Hozirgacha nimalar ma’lum? Qobiljon Aliyev. U 10 yoshda edi. Tojikistonlik. Uni Moskva oblastidagi maktabda o‘ldirishdi. Onasi farrosh bo‘lib ishlagan maktabda. Maktabga 15 yoshli o‘smir qurolli hujum uyushtirdi. 👉 https://kun.uz/uz/74814073 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
Qobiljon ALiyev 2~1.mp461.01 MB
😭 104 10🤯 5🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Biz o‘z jamiyatimizni bilamizmi? Bugun ukrainaliklarning qanchasi urush tugashini xohlayapti – bu savolga ukrain xalqining o‘zida ham, Kiyevdagi siyosatchilarda ham javob bor. Bu javob sub’yektiv yoki xayoliy emas, u – professional va reprezentativ sotsiologik tadqiqotlar mahsuli. Axborot asrida ijtimoiy kayfiyatdan boxabar bo‘lib turish – xoh demokratik bo‘lsin, xoh avtoritar – barcha davlatlar uchun birdek hayotiy ahamiyatga ega. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Mostrar todo...
13😁 4
04:11
Video unavailableShow in Telegram
2026 yilgi davlat budjeti va “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili – mahalliy dayjest Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/75587928 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
18.12.mp423.09 MB
7😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
«Ayrimlar migrantlar mavzusini ko‘pirtirib yuborishdi». Rossiyadagi faollar Odinsovodagi fojia aybdorlari haqida Rossiyadagi siyosatchilar, davlat va jamoat arboblari Moskva oblasti Odinsovo rayonida millatchilik ruhida sodir etilgan qotillik yuzasidan fikrlarini bildirishmoqda. Xususan, taniqli telejurnalist va bloger Kseniya Sobchak bu fojiada Rossiyadagi millatchi guruhlarni aybladi. «Bunga barchangiz javobgarsiz... Sizlar ham yechilishi kerak bo‘lgan ulkan muammosiz», degan u. 👉 https://kun.uz/16582492 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 34 17🤯 14😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta? So‘nggi yillardagi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishini migrantlar yuborayotgan pullarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotning 13 foizdan ko‘proq qismini tashkil etadi. Yuqori maosh to‘lanuvchi rivojlangan mamlakatlarda mehnat muhojirlari soni ko‘payayotgani ham umumiy pul o‘tkazmalari oshishida asosiy omillardan biriga aylandi. Kun.uz Xalqaro mehnat migrantlari kunida chet elda ishlayotgan vatandoshlarning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rniga e’tibor qaratdi. 👉 https://kun.uz/86817317 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 23 17🤯 4🔥 1
08:14
Video unavailableShow in Telegram
Odintsovodagi qotillik. Hozirgacha nimalar ma’lum? Qobiljon Aliyev. U 10 yoshda edi. Tojikistonlik. Uni Moskva oblastidagi maktabda o‘ldirishdi. Onasi farrosh bo‘lib ishlagan maktabda. Maktabga 15 yoshli o‘smir qurolli hujum uyushtirdi. 👉 https://kun.uz/uz/74814073 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
BOLAKAY.mp454.49 MB
😭 51 7😐 6
Photo unavailableShow in Telegram
Vazir uy olishdan oldin obektni “Shaffof qurilish”dan tekshirishga chaqirdi. Lekin tizim murakkabligi aytilmoqda Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov fuqarolarni uy sotib olishdan avval uning seysmik xavfsiz va qonuniy ekanini “Shaffof qurilish” tizimi orqali tekshirib, ishonch hosil qilishga chaqirdi. Lekin portaldagi murakkablik sabab unga kirgan foydalanuvchilarning hammasi ham savoliga javob ololmasligi mumkin. 👉 https://kun.uz/03875188 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 19 14😭 5😐 2🤯 1
Foto: prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi Prezidentning Yaponiyaga safari boshlandi. Davlat rahbarini ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar qizg‘in kutib oldi. 📸 👉 https://kun.uz/67675532 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 169🔥 35 26😁 4🤯 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi 9 kun avval apellyatsiya sudi Akmal Shukurovga tayinlangan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib yuborgandi. Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha aybli deb topilgan, bir odamni urib, komaga tushirib qo‘ygan, qilmishidan keyin qochib ketib, Qozog‘istondan ushlab kelingan Shukurov qamoqda qoladigan bo‘ldi. Sud unga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. 👉 https://kun.uz/73374124 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
😁 73👏 35 20👍 19🔥 2😭 2
01:05
Video unavailableShow in Telegram
“Xalqning haqidan qo‘lingizni torting, hokim bobo!” - Yakkabog‘ning Qayrag‘ochidan murojaaat Bugun xalqimizda “Tashabbusli budjet” haqida tushuncha va tasavvur deyarli shakllanib bo‘ldi. Ushbu loyihada ishtirok etish, ovoz to‘plash sarguzashtlari va g‘oliblarning qay darajada quvonganiga guvoh bo‘lib kelyapmiz. G‘oliblik haqiqiy bayramga aylanib ketyapti, chunki ko‘p yillik qiyinchiliklar tugab, qaysidir muammoning yechimiga umid bog‘lanmoqda. Biroq g‘olib bo‘lishning o‘zi yetarli emasligini “Yakkabog‘ tajribasi” misolida ko‘rdik. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Mostrar todo...
Фабрика форматовтизерча-1.mp413.03 MB
🤯 23👍 12 3😁 2
00:51
Video unavailableShow in Telegram
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi Rossiya mudofaa vazirligi yig‘ilishida nutq so‘zlagan Vladimir Putin - AQSh sobiq ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni atayin urushga olib borishda aybladi. Shuningdek, Rossiya prezidenti yevropaliklarni haqorat qildi va «dunyoning hech bir mamlakatida yo‘q, modernizatsiya qilingan» yadro arsenali bilan maqtandi. 👉 https://kun.uz/90709812 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
11.mp44.60 MB
😁 33🤯 15 9🔥 4😐 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon yillik murojaatnomasida Tojikiston–Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara masalasi bo‘yicha to‘liq kelishuv hamda O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Tojikiston uch davlat chegaralari tutash nuqtasi haqidagi shartnoma mintaqada ishonch va barqarorlikni kuchaytirishga xizmat qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjatlar Markaziy Osiyo rivoji va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. 👉 https://kun.uz/72306813 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
👍 43 22🔥 3😐 3🤯 2
Photo unavailableShow in Telegram
«Bir yil oldin mamlakatimiz jonsiz edi». Tramp millatga murojaat qildi U qariyb 20 daqiqa davom etgan nutqida o‘zining iqtisodiyotdagi yutuqlarini maqtadi, Baydenni yana bir bor tanqid qildi, ammo Ukrainani ham, Venesuelani ham tilga olmadi. 👉 https://kun.uz/36657898 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
😁 41 12
08:05
Video unavailableShow in Telegram
Yevropalik siyosatchilarni haqorat qilgan Putin, Isroil-Misr gaz kelishuvi va AQShning rekord darajadagi mudofaa budjeti – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/27918836 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
Фабрика форматовДАЙЖЕСТ 18-12.mp451.77 MB
13😁 5👍 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
8 yilga qamalib, apellyatsiyada ozodlikka chiqqan Akmal Shukurov ishi bugun taftishda ko‘riladi 9 kun avval apellyatsiya sudi Akmal Shukurovga tayinlangan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib yuborgandi. Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha aybli deb topilgan, bir odamni urib, komaga tushirib qo‘ygan, qilmishidan keyin qochib ketib, Qozog‘istondan ushlab kelingan Shukurovga sudning bunday “bag‘rikenglik” qilishi “qalovini topsa qor yonar” naqli bejiz aytilmaganini ko‘rsatdi. 👉 https://kun.uz/61216304 Kun.uz rasmiy kanali
Mostrar todo...
🤯 59😁 26 17😐 9👍 4👏 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Oq oltin balosi” — yilning eng yaxshi hujjatli filmi deb topildi Jahongir Ahmedov rejissyorligida yaratilgan “Oq oltin balosi” hujjatli filmi “Oltin Humo – 2025” milliy kinotaqdimotida “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Kun.uz hamkorligida yaratilgan ushbu filmda SSSR davrida O‘zbekistonning amalda paxta plantatsiyasiga aylantirilishi, shu siyosatning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari, bu jarayonlar mustaqillikdan keyingi o‘n yilliklargacha qanday ta’sir ko‘rsatgani va nihoyat paxta qulligiga qanday barham berilgani haqida so‘z yuritiladi. 📹 “Oq oltin balosi” filmini tomosha qiling
Mostrar todo...
20👏 9👍 7🔥 3😁 2